Og‘zaki va yozma nutq. So‘zlashuv uslubi


Download 85.25 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi85.25 Kb.
#1345116
1   2   3
Bog'liq
Og‘zaki va yozma nutq

So‘zlashuv uslubi. So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos amal qilishidir. Bu uslub o‘z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik, soddalik, betakkaluflik, hayajonlik xosdir. Gapning dialogik, to‘liqsiz, bir tarkibli, so‘z-gap kabi shakllaridan foydalanish so‘zlashuv uslubida nisbatan ko‘proq uchraydi. So‘zlashuv uslubi fonetik, leksik, grammatik o‘ziga xosliklarga ham ega. 1. So‘zlashuv uslubining fonetik jihatlari: Nutqda tovushlarning uyg‘unlashuvi (assimilyatsiya – ketti, yigichcha), bir tovush o‘rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi (dissimilyatsiya – zaril), tovushlarning o‘rni almashishi (metateza - turpoq, dayro), tovushlarning orttirilishi (proteza - uramol, epenteza -fikir, epiteza - kioska) yoki tushirilib qoldirilishi (prokopa-irik, sinkopa - direktir, apakopa - gazet, reduksiya - bo‘rni) kabi fonetik hodisalar so‘zlashuv uslubida namoyon bo‘ladi.

2. So‘zlashuv uslubining leksik jihatlari: Og‘zaki nutqda shevaga xos so‘zlar (Namanganda: kelutti, ketutti; Xorazmda: gal, nechuksiz?, jonlimi?; Buxora, Samarqandda: nima bulopti?, kallapush); varvarizmlar (okey, da, neujeli, koroche, uchilka, stepuxa); vulgarizmlar (diydoring o‘chsin, basharang qursin, turshak); ko‘chma ma'noli so‘zlar (tulki, shayton, ilon, zal kulib yubordi, mahalla keldi, tirnoqqa zor); frazeologizmlar (ilonning yog‘ini yalagan, tepa sochi tikka bo‘ldi, burni ko‘tarildi); qisqartmalar (Begi, Dili, univer, Ozosh). 3. So‘zlashuv uslubining morfologik xususiyati: Qarachqich qo‘shimchasi (-ning) o‘rnida tushum (-ni) kelishigining ishlatilishi (Karimni telefoni, meni kitobim); kelishik qo‘shimchalarining o‘rni almashinishi (uygaman, Toshkentga o‘qiydi); ko‘plik qo‘shimchalarining turli ma'nolari (boshlarim og‘rib ketti, do‘konga yog‘lar keldi, dadamlar aytdilar); sub'yektiv baho shakllari (kichraytirish, erkalash, kesatish, ismlarga qo‘shiladigan barcha lug‘aviy shakl yasovchilar kirib ketadi)


Download 85.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling