Ma’no ko’chish turlari uzoq yurdim keksa tog’ sari, Goh odimlab, gohida chopdim


Download 63.63 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi63.63 Kb.
#1344737
  1   2   3
Bog'liq
Ma\'no ko\'chish turlari 1


MA’NO KO’CHISH TURLARI


1. Uzoq yurdim keksa tog’ sari,
Goh odimlab, gohida chopdim.
Nuragan tosh, qoya tagidan
Go’yoki tog’ ko’zlarin topdim
Berilgan she’riy parchadagi ma’no ko’chish turini aniqlang.
A) metonimiya B) metafora C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

2. Qaysi qatorda metafora usulida ma’no ko’chishi mavjud?


A) Ko’chalarimizda chiroq porladi B) Ilm cho’qqilarini egallang. C) Zal gurullab kulib yubordi D) O’rik qiyg’os gulladi.

3. Qaysi gapda oyoq so’zi vazifadoshlik asosida ko’chma ma’noda qo’llangan?


A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan ishlangan. B) Lola kun bo’yi tik oyoqda yurdi. C) Bu xushxabarni do’stlarimga yetkazish uchun oyoq bo’lib yugurdim. D) Qishloqqa fevralning oyoqlarida boraman.

4. Quyida keltirilgan misradagi ma’no ko’chishining turini aniqlang.


Shartmi ichmak har bir qadahni yo’q demay.
A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) vazifadoshlik

5. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma'no ko'chgan so'z qatnashgan?


A) Yuragini ezib turgan tuyg'ular biroz chekinganday bo'ldi. B) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig'ladi. C) Bu darddan qora boshim oqardi. D) Qalam ushladimmi, demak, o'yin bas...

6. Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og'ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi.


Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so'zda ma'no ko'chishining qaysi turi mavjud?
A) vazifadoshlik B) metonimiya C) metafora D) sinekdoxa

7. Jo'shadi buloqning kumush yoshlari,


Ham mungli, ham shirin jildirashlari. ,.,
She'riy parchada ma'no ko'chishining qaysi turi qo'llangan?
A) sinekdoxa B) metonimiya C) vazifadoshlik D) metafora

8. Quyida keltirilgan gapdagi ma'no ko'chishining turini aniqlang.


Normatni bunchalik cho'kib qolgan deb o'ylamagandim.
A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshiik D) sinekdoxa

9. 1) Yurak yig'lar, aytishga iymanamiz. 2) Seni unsiz erkalaydi nigohim. 3) Karnay yig'lar, surnay yig'lar, qiz yig'lar. 4) Yoqub cholga "Zaporojes" berishmadi. 5) Arizalar yozib bersa ko'rishmadi.


Berilgan gaplarning nechtasida metonimiya usulida ma'no ko'chgan?
A)1 ta B)2 ta C)barchasida metafora usulida ko'chgan D)3 ta

10. Quyida keltirilgan gapda ma'no ko'chishining qaysi turi qo'llangan?


Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda ishlayman, boshlang'ich sinflar uchun "Gulxan" yaxshi.
A) metafora B) vazifadoshlik C) metonimiya D) sinekdoxa

11. Qishloq allaqachon uyg'ongan.


Ushbu gapda ma'no ko'chishining qaysi turi mavjud?
A) metafora B) vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metonimiya

12. Quyida keltirilgan gapdagi ma'no ko'chishining turini aniqlang.


Ehtiyot bo'lib gapir, bo'tam, axir oramizda quloqlar yo'q emas.
A) metafora B) vazifadoshlik C) metonimiya D) sinekdoxa

13. Berilgan gapdagi tagiga chizilgan so'zda qaysi usulda ma'no ko'chgan?



Download 63.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling