Oila tarbiyasida Garb mutafakkirlarining fikrlari
Download 9.83 Kb.
|
Oila tarbiyasida Garb mutafakkirlarining fikrlari maruza matni
Oila tarbiyasida Garb mutafakkirlarining fikrlari Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola,er-xotin, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. SHuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o’rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o’zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz. 1.G`arbmutafakkirlariningoiladabolatarbiyasito`g`risidagiqarashlari. Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir. Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi. Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi. XULOSA Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko’rsatadiki, musulmon olami, SHarq mutafakkirlari orasida oila muammolari, farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullangan va shu xususda o’zlarining qimmatli fkrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko’p. Biz ularning ayrimlariga to’xtaldik xolos. Foydalanilgan adabiyotlar Islom Karimov. «O`zbekistonnig o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li». T.: «O`zbekiston», 1994 yil. Islom Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: «O`zbekiston» 1994 yil. Islom Karimov. «Istiqlol va ma`naviyat». – T.: «O`zbekiston». Islom Karimov. «Yuksak malakali mutaxassislar – taraqiyot omili». T. «O`zbekiston» 1995 yil. Islom Karimov. «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqlolining asosiy tamoyillari». – T.: «O`zbekiston». Islom Karimov. «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. Sharq, 1997. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O`zbekiston», 2000 yil. A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil. A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O`qituvchi» nashriyoti., T. 1993 yil. Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti. T. 1993 yil. TAKLIF VA TAVSIYALAR Oilada bola tarbiyasining milliy o’ziga xos qoidalari mavjud bo’lib, ota-onalar ulardan o’rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma`naviy-ruhiy hotirjamlik, o’zaro totuvlik xukmron bo’lsa, oila a`zolari bir-birlariga g’amxo’r bo’lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg’a siljish bo’ladi. Farzandning go'zal xulqli bo'lib tarbiya topishini faqatgina onaga bog'lab qo'yish to'g'ri emas. Bu borada otaning ham o'rni beqiyos. Agar ota solih bo'lsa, farzandlar ham uning ketidan ergashadi va hayotda doim otaning yaxshiligi farzandlarga kuch-quvvat bo'ladi. Agar ota dunyodan o'tsa ham, ularga manfaati to'xtamaydi. http://fayllar.org Download 9.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling