6-sinf o`quvchisining adabiyot fanidan egallashi zarur bo`lgan tayanch kompetensiya elementlari


Download 15.37 Kb.
Sana27.09.2020
Hajmi15.37 Kb.

6-sinf o`quvchisining adabiyot fanidan egallashi zarur

bo`lgan tayanch kompetensiya elementlari
1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

Mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foyda- lanish.



2.O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi :

Doimiy ravishda o`zini o`zi ma’naviy rivojlantirib boorish,mustaqil o`qib –

o`rganish.

3. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

Oila , maktablarda bo`layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomala bo`lish.



4.Milliy va umummadaniy kompetensiya :

Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.



5. Matematik savodxonlik , fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish:

Oddiy kun tartibini tuza olish va unga amal qilish.


6-sinf o`quvchisining adabiyot fanidan egallashi zarur

bo`lgan fanga oid kompetensiya elementlari
1.Adabiy- nutqiy kompetensiya ( Tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, fikrni yozma bayon qilish):

o`rganilgan asarlar asosidagi audiomatn va videotasvirlarni ko`rib , tinglab tushuna oladi;

nasriy va she’riy asarni ifodali o`qiy oladi;

ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;

badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;

turli janr va hajmdagi 4-5 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali o`qiy oladi;

asar qahramonlariga tavsif, insho (3-4 sahifa ) yoza oladi.

2.Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:

O`rganilgan asarda tasvirlangan voqea- hodisalar , obrazlar tizimini boshqalarga tushuntirib bera olish.



6-sinf ona tili fanidan o`quvchilarda shakllantirilishi

zarur bo`lgan tayanch kompetensiya elementlari
1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.


2. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

A2

mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.

lash.
3.Milliy va umummadaniy kompetensiya :

A2

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.


4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



5. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish, mavzu doirasida turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish.



6-sinf ona tili fanidan o`quvchilarda shakllantirilishi zarur

bo`lgan fanga doir kompetensiya elementlari


  1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi; mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi; 95-105 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qiladi. 10-12 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, mustaqil fikrlay oladi; husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.


1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika): so‘z tarkibi va so‘z yasalishini farqlay oladi; mustaqil so‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish) ni izohlay oladi; mavzu doirasida fonetik va leksik, gaplarni morfologik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Download 15.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling