Oila-vatan ichra vatandir
Download 13.72 Kb.
|
Oila-vatan ichra vatandir-fayllar.org
Oila-vatan ichra vatandir OILA-VATAN ICHRA VATANDIR Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘inidir. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Oila bu jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushu- nish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo֥‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab- ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to֯g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Oilaning jamiyatdagi nufuzi, e‘tibori nihoyatda katta. Jamiyat oila- dan tashkil topadi. Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha barqaror bo‘ladi. Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ham oilaning qandayligiga, uning ma’rifatiga, oilada tarbiyalanib, voyaga etkazilgan har tomonlama etuk va barkamol avlodga bog‘liqligi tarixda o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Chunki, aynan oila zamirida, sog‘lom oila muhitida xalqimiz va millatimizning buguni va kelajagi bunyod etiladi. Bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ishlashi, o‘qishi va kasbiy tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga to‘siqsiz ega bo‘lishi – mazkur yig‘ilishda bo‘lib turgan barcha mutasaddilarning oldida turgan eng katta masalalardan biridir. Darhaqiqat har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham yoshlarimizdagi aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. O‘zbekiston bu - yoshlar mamlakati hisoblanadi, aholimizning teng yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qilishi, bu yurtimizda hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan yoshlar siyosati - davlat siyosatining asosiy tarkibiy qismi ekanligini yana bir bor ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning bevosita tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida mamlakatimizda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilib, bugungi kunda samarali amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentining tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida o‘tgan to‘rt yil mobaynida yoshlar siyosatiga doir jami 5 ta Qonun va Download 13.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling