Oila yoki oila boshqarish tartiblari


Download 14.52 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi14.52 Kb.
#1401045
Bog'liq
Oila yoki oila boshqarish tartiblari esse


"Oila yoki oila boshqarish tartiblari"

Ulug‘ adibimiz Abdurauf Fitratning badiiy va ilmiy asarlari bilan birga axloqiy masalalarga doir bir qator risolalari bor. Ularda komil inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi aks etgan. Jamiyatning asosi bo‘lgan oila, uning inson hayotidagi o‘rni, oila boshlig‘i va a‘zolarining vazifalari hamda oilaviy tarbiya muammolari o‘z aksini topgan mazkur asarda teran nigoh va tengsiz hikmatlar topa olish mumkin.


"Eng kichik jamiyat bu oila", "Jamiyat oiladan boshlanadi" deb yuritilar ekan oilani o‘rni jamiyatimizda ijtimoiy taraqqiyot manbayi va axloqiy tarbiya o‘chogi hisoblangan.
Ulugʻ insonlarnining hayotlariga e‘tibor qilarkanmiz oilani jamiyat, balki davlatchilikni qurish asoschilarida ilk maktab deb aytib oʻtishgan, milliy gʻoya va ruhiy tarbiya asosida milliy tasavvurga yuz tutgan komil inson tarbiyalash fozil inson qilib yetuk mukammal shaxs qilib voyaga yetkazish va huquqiy davlatchilik asoschilariga poydevor qurish davrida nafaqat ishtimoiy, balki siyosiy ham ma‘naviy, ham maʼrifiy ahamyatga molik ushbu fikrlarni Fitrat bobomiz birgina islomiy oila timsolida anglatib oʻtgan. Inson muhabbatdan yaralgan, muhabbatdan tugʻilgan, oiladagi ilk bor onalik mehri va otalik muhabbati ham muhabbatla yo‘rgaklangan goʻdakni insoniy sifatlari bilan kamol topishi ham manashu mehr-muhabbat tarbiya maskani hisoblanadi. Fitrat qarashlarining zamirida islomiy mohiyatini anglatish yotgani uchun oilada millatni qalbi, sha‘nini belgilovchi harakatlar va eng avvalda er-xotinni iffatli, diyonatli boʻlishi bilan bogʻliq hayotiy masalalar, hayotiy misollar bilan anglatadi. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tugʻilishiga qaramasdan hakimlar erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat beradilar, ushbu fikrlarni ham Fitrat oldinga surgan, har bir oilada oddiy mojoro, turli hil harakatlar chiqishi bu tabiy holat deb oladigan boʻlsak, ushbu harakatlar bilan o‘ralashmay bolalar aqlini ham fikri ham tarbiyasi millatni niyati bilan uyg‘un qilish lozim bo‘ladi. Ahloqiy tarbiya kishi ahloqini kamolga yetkazilishi fe‘l atvorini harakatiga yaxshi fazilatlarni qoʻshib borish, uning ongiga singdirish bilan birgalikda davom etmoq lozim, Fozil inson binosini qurishda uning taraqqiyotida avlod tarbiyasi ro‘li, ahamyati kattadir. Fitrat bu borada uch narsani aytib oʻtgan, tan sihatlik, sog‘lom fikr va yaxshi aqloq muhimligini koʻrsatadi. Bu risolani oʻqigan inson oʻzini topishi muqarrardir. Shu bilan birgalikda tarbiya topmogʻi haqiqatdir.
Download 14.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling