Okean dengiz suvidan iborat bo‘lib, gidroaferaning asosini tashkil qiladi. Yer yuzasining 71 ini dunyo okeanj egallaydi


Download 20.5 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi20.5 Kb.

Okean dengiz suvidan iborat bo‘lib, gidroaferaning asosini tashkil qiladi.Yer yuzasining 71 % ini dunyo okeanj egallaydi. XX asrjing 30- yillaridan boshlab dunyo okeani 4 ta alohida okeanga ajratildi: Tinch, Hind, Atlantika, Shimoliy Muz okeani. Keyingi yillarda olimlar tomonidan Janubiy okean ham ajratila boshlandi.Bilar orasida eng katta maydonni Tinch okeani egallaydi. Eng chuqur joy Marianna botig‘i(11km) ham shu yerda joylashgan.eng kichik okean Shim.Muz okeani hisoblanadi. Okeanlarda 10 mingga yaqin o‘simlik turi bor.Bu yerda asosan qo‘ng‘ir, diatom va qizil suvo‘tlar, yo‘sinlar ,marjon qoyalar, koral riflari keng tarqalgan.

Tinch okeani dunyo okeani umumiy biomassasining 50% dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Bu yerda asosan, 1300 turni tashkil qiluvchi yosunlar,fucus, yashil va qizil suvo‘tlar ,marjon riflari keng tarqalgan.Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik.

Atlantika okeanining florasi turli tuman. Bu yerda suv ustida fitoplanktonlar ustunlik qiladi. Pastki flora jigarrang ( fokus, kelp) ,yashil, qizil yo‘sin va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan.Daryolarida dengiz zosteri, tropikda yashik( kaulerpa, valoniya) va jigarrang ( sargassa) suv o‘tlari ustunlik qiladi.Okeanning janubiy qismida jigarrang suv o‘tlar ustunlik qiladi.Hayvonot dunyosida yirik dengiz hayvonlari ( kitlar,) va okean qushlari ko‘p uchraydi. Tropik kengliklarda marjon poliplari, akulalar, to‘tiqush baliqlari uchraydi. Delfinlar ko‘pincha Atlantika suvlarida uchraydi.

Hind okeanining planktoni ko‘p sonli tungi organizmlar bilan ajralib turadi. Hind okeanining florasi jigarrang ( sargassum, turbinaria) va yashil suvo‘tlari ( Cowlerna) bilan namoyon bo‘ladi. Hind okeani 2 ta biogeografik ob-lastga kiradi. Hind—Tinch okean tro-pik oblasti va Antarktika oblasti. Hind— Tinch okean oblasti planktonga boy. Fitoplankton, asosan, diato-meya va peridineya, shuningdek, havorang-yashil suvoʻtlardan iborat. Radio-dyariy, foraminifera, amfipodalar ayniqsa koʻp. Moʻʼtadil va antarktika mintaqalarida eng koʻp tarqalgan planktonlar diatomeyalardir. Fitobentoslardan tropik mintaqada sargasslar, turbinariylar tarqalgan. Ohaktoshli suvoʻtlar marjonlar bilan birga marjon qurilmalarini hosil qiladi. Hind okeanining suzib yuruvchi jonivorlari ham juda xilma-xil. Baliqlardan sardinella, anchous, stavrida, mayda tuneplar, kefal. dengiz laqqa baliqlari bor. Tosh-baqa, dengiz ilonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan kit, kashalot, del-fin, tyulen, dengiz fillari mavjud. Qushlardai chayka, baklan, albatros, janubida pingvinlar yashaydi. Endemik hayvon koʻp: ignaterililar, mollyus-kalar, marjonlarning koʻp oilalari, baliqning 20 ta oilasi endemikdir. Antarktika oʻlkasidagi 90% baliq ep-demik hisoblanadi.



Shimoliy Muz okeani oʻsimlik va hayvonot dunyosi Arktika va Atlantika oblastiga mansub. Fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shim. Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli tuman (2000 dan ziyod turi bor). Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling