Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 10. 00. 00 Umumdavlat soliqlari / 07. 10. 10. 00 Soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy shartlari
Download 31.53 Kb.
|
281 02.10.2012
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.10.00 Soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy shartlari; 2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar; 3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.03 Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar; 4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.07.00 Boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar] [TSZ: 1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)] PDF-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI TOMONIDAN AYRIM TOIFADAGI YuRIDIK ShAXSLARGA MOL-MULK SOLIG‘I, YER SOLIG‘I, YAGONA YER SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZLAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) 2. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2012-yil 2-oktabr, 281-son Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-oktabrdagi 281-son qaroriga ILOVA Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risida (ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) NIZOM I.Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasiga va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish tartibini belgilaydi.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni (keyingi o‘rinlarda soliqlar bo‘yicha imtiyozlar deb ataladi) soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod qilish tarzida berishlari mumkin. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish vakolatiga ega. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) 3. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar quyidagi hollarda beriladi, agar: (3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) tegishli hududning mahalliy budjeti xarajatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar moliyalashtirilishi to‘liq ta’minlanganda; muayyan soliq bo‘yicha imtiyozlar berish natijasida tegishli budjetga tushum tushmasligi mumkin bo‘lgan daromadlar (yo‘qotishlar) summasi boshqa manbalar bo‘yicha qo‘shimcha tushumlar hisobiga qoplanganda; mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilgan obyektlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkalari maydoni doirasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganda; soliq to‘lovchida budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmaganda. 4. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladi: a) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirayotganlarga; b) O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturiga kiritilganlarga; (4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) v) hududning infratuzilmasini rivojlantirishda qatnashuvchilarga. 5. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliqning bitta turi bo‘yicha, shuningdek bir nechta turi bo‘yicha bir yo‘la berilishi mumkin. Soliq bo‘yicha imtiyozlar dastlab 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bunda tegishli hududiy moliya organlarining, davlat soliq xizmati organlarining, iqtisodiyot va adliya organlarining xulosasiga ko‘ra soliqlar bo‘yicha imtiyozlarning amal qilishi 12 oygacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik ushbu toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq bo‘yicha imtiyoz kamida besh yil o‘tgandan keyin berilishi mumkin. 6. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar,xizmatlar)ning turlarini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlarga yo‘naltiriladi. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda, belgilangan tartibda penya hisoblagan holda tegishli mahalliy budjetga undiriladi. 7. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. II. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi 8. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining tegishli qarorlari asosida hamda ushbu Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 9. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashining soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalari (keyingi o‘rinlarda soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qarorlar loyihasi deb ataladi) tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi. Soliq to‘lovchilarning murojaatlari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining takliflari qarorlar loyihasini tayyorlash uchun asos hisoblanadi. 11. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risida ishlab chiqilgan qarorlar loyihalari tegishli hududiy moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari, iqtisodiyot va adliya organlari bilan kelishiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan organlar soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qaror loyihasi taqdim etilgan kundan boshlab o‘ttiz kun muddatda ushbu loyiha bo‘yicha: moliya va soliq organlari — tegishli budjetning olinmay qoladigan daromadlarini hamda soliqlar bo‘yicha berilayotgan imtiyozlarni kutilayotgan xarajatlar bilan taqqoslagan holda mahalliy budjet daromadlariga kutilayotgan ta’sirini baholash yuzasidan; iqtisodiyot organlari — soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berishning hudud iqtisodiyotiga ta’siri to‘g‘risida; adliya organlari — soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qarorlar loyihalarini yuridik ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar taqdim etadilar. 12. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qarorlar loyihalarida quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi: a) soliqlar bo‘yicha imtiyoz berilayotgan yuridik shaxslarning toifasi; b) imtiyoz berilayotgan soliq turi; v) soliqlar bo‘yicha imtiyoz berilayotgan muddat; g) soliq solishdan bo‘shaydigan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi. 13. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi kelishilgan qarorlar loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga ko‘rib chiqish uchun quyidagi materiallar ilova qilingan holda kiritiladi: tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat, tuman va shahar hokimining o‘rinbosari imzolagan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish maqsadga muvofiqligini asoslovchi tushuntirish xati; soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berishning hudud iqtisodiyoti uchun oqibatlarini baholagan holda zarur hisob-kitoblar va ko‘rib chiqish materiallari, shu jumladan soliqlar bo‘yicha berilayotgan imtiyozlarning mahalliy budjet daromadlari tushishiga ta’siri, shuningdek ularga soliq imtiyozlarining budjet va ijtimoiy samaradorligini asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilinadi. 14. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining raisi tomonidan imzolanadi. 15. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qaror u qabul qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab kuchga kiradi. III. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati 16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan javob beradilar. 17. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llanishning to‘g‘riligini va imtiyozlarning berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 18. Davlat soliq xizmati hududiy organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida, ushbu Nizomga muvofiq soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan soliq to‘lovchilarning Yig‘ma reyestrini yuritadilar. 19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati quyi organlarining ma’lumotlari asosida, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan soliq to‘lovchilarning Yig‘ma reyestrini yuritadi va har yili uni hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. Nizomga ILOVA Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi sxemasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 40-son, 467-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling