Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to
Download 254.42 Kb. Pdf ko'rish
|
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, SHAHAR KENGASHINING NAMUNAVIY REGLAMENTI HAMDA XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, SHAHAR KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida davlat boshqaruvi sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, shuningdek, mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti 1-ilovaga ; Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga o‘n kunlik muddatda: xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashlarining reglamentlari va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalar asosida qayta ko‘rib chiqish; nizomlarga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari tarkibini qayta shakllantirish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari: xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirsin; doimiy komissiyalar vakolati va vazifalaridan kelib chiqib, ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba doimiy komissiya a’zolari uchun amaliy seminarlar tashkil etishni yo‘lga qo‘ysin; Senat qo‘mitalari tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari hamda o‘rganishlarga joylardagi doimiy komissiyalar a’zolarini faol jalb etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘z faoliyatini reglament asosida olib borishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatib borsin. 5. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda o‘tkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni bo‘lishi darkor” ma’ruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarni bajarishga oid O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati harakat dasturining 10- bandini amalga oshirish haqida”gi 173-I-sonli Qarori ; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentiga, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etishga oid ayrim tavsiyalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 305-I-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 154-II-sonli Qarori ; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi KQ-28-III-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi KQ-203-III-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 25-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-354-III-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 18-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-550-III-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari mazkur qarorning xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yetkazilishini ta’minlasin. 7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. 8. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Download 254.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling