Oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalariga doir masalalar


Download 19.11 Kb.
Sana17.05.2020
Hajmi19.11 Kb.
#106989
Bog'liq
Oksidlanish-qaytarilish (masalalar bazasi)


Oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalariga doir masalalar

  1. 3,4 g vodorod peroksid eritmasini KOH ishtirokida oksidlash uchun 0,8 molyarli kaliy permanganat eritmasidan qancha hajm ( ml) zarurligini hisoblang.(J: 250 ml)

  2. Oltin shoh arog’ida eritilganda 42 g NO hosil bo’lgan. Reaksiya natijasida olingan oltin (III)-xloridning massasini (g) hisoblang. (J: 424,9 g)

  3. Natriy oksalat sulfat kislota ishtirokida kaliy permanganat bilan ta’sirlashganda 63,2 g oksidlovchi qatnashganligi ma’lum bo’lsa, reaksiya natijasida qancha hajm (l. n.sh.) karbonat angidrid hosil bo’ladi? (J: 44,8 l)

  4. Metanol sulfat kislota ishtirokida kaliy bixromat bilan oksidlandi. Reaksiyaga 0,8 mol oksidlovchi kirishganligi ma’lum bo’lsa, hosil bo’lgan chumoli kislota miqdorini (mol) hisoblang. (J: 1,2 mol)

  5. Xrom (III)-sulfat kaliy gidroksid ishtirokida vodorod peroksid bilan ta’sirlashganda 19,4 g kaliy xromat hosil bo’ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. (J: 5,1 g)

  6. Ishqoriy sharoitda oltin (III)-xlorid vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishganda 13,44 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada hosil bo’lgan oltinning massasini (g) hisoblang. (J: 78,8 g)

  7. 400 ml 0,3 molyarli kaliy sulfit eritmasini sulfat kislota ishtirokida oksidlash uchun 0,25 molyarli kaliy permanganate eritmasidan qancha hajm (ml) zarurligini hisoblang. (J: 192 ml)

  8. Kaliy permanganatning sulfat kislota ishtirokidagi natriy peroksid bilan ta’sirlashishi natijasida 33,6 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. (J: 94,8 g)

  9. 8,5 g fosfin sulfat kislota ishtirokida kaliy permanganate bilan oksidlanganda fosfat kislota hosil bo’ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. (J: 63,2 g)

  10. KMnO4 + H2O2 + H2SO4 → Ushbu reaksiyaning o’ng tomonidagi koeffitsiyentlar yig’indisini hisoblang. (J:16)

  11. Pt + HCl + HNO3 → H2[PtCl6] + NO + H2O Ushbu reaksiyaning chap tomonidagi koeffitsiyentlar yig’indisini hisoblang. (J:25)

  12. Kaliy yodid sulfat kislota ishtirokida natriy peroksid bilan reaksiyaga kirishganda 7,62 g kristall modda ajraldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. (J: 2,34 g)

  13. 10,2 g vodorod peroksidni neytral sharoitda kislorodgacha oksidlash uchun zarur bo’lgan kaliy permanganatning massasini (g) hisoblang. (J: 31,6 g)

  14. 76,2 g yod olish uchun mo’l miqdordagi kaliy yodid eritmasiga qancha hajm (l,n.sh.) ozon shimdirilishi kerak? (J: 6,72 l)

  15. 3,04 g temir(II)-sulfatni oksidlash uchun necha gramm kaliy permanganate talab etiladi? Agar jarayon kislotali muhitda olib borilgan bo’lsa. (J: 0,632 g)

  16. KMnO4 sulfat kislota ishtirokida KNO2 bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’lgan eritma bug’latildi va qattiq qizdirildi. Qizdirish natijasida 560 ml gaz ajralib chiqdi. Qattiq qoldiqning massasini aniqlang. (J: 4,25 g)

  17. 15,75 g suyultirilgan nitrat kislota bilan aluminiy ta’sirlashuvidan 90% unum bilan qancha hajm (l,n.sh.) kuldiruvchi gaz ajralib chiqadi? (J: 0,504 l)

  18. K2Cr2O7 + C + H2SO4 → Cr2(SO4)3 + CO2 + K2SO4 + H2O reaksiyada qatnashgan oksidlovchining ekvivalentini toping. (J: 49)

  19. X2Y3 + HNO3 + H2O → H3XO4 + H2YO4 +NO. Agar X2Y3 modda tarkibidagi X ning oksidlanish darajasi +3 bo’lsa , ushbu reaksiyaning chap tomonidagi koeffitsiyentlar yig’indisini toping. (J: 35)

  20. K2X3O7 + HY → XY3 + Y2 + KY + H2O Agar XY3 modda tarkibidagi X ning oksidlanish darajasi +3 bo’lsa, ushbu oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidagi barcha koeffitsiyentlar yig’indisini aniqlang. (J: 57)

  21. H2SO4 va HCl koeffitsiyenti o’zaro teng bo’lgan

X + H2SO4 → Cr2(SO4)3 + SO2 + HCl + H2O reaksiyada qanday modda reaksiyaga kirishganligini aniqlang. ( Reaksiyada hosil bo’lgan HCl kislota koeffitsiyenti metanning to’la xlorlanishidan hosil bo’lgan kislota koeffitsiyentiga teng). (J: CrCl2 )

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uchun olingan kislota va kumol massasi yig’indisi 649,2 g bo’lsa, reaksiyada hosil bo’lgan barcha tuzlar massasini yig’indisini (g) aniqlang. (η=75%)

C6H5CH(CH3)2 +KMnO4 +H2SO4→C6H5COOH+CO2+K2SO4+MnSO4+H2O (J: 642,6 g)

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida hosil bo’lgan gaz va suv massasi ayirmasi 324,8 g bo’lsa, reaksiya uchun olingan barcha moddalar massasini yig’indisini (g) aniqlang. (η=80%)

P2S5 + HNO3 →H3PO4+ H2SO4+ NO2+ H2O (J: 685,5 g)

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida hosil bo’lgan azot oksidi massasidan kislotalar massasi yig’indisining ayirmasi 88,7 g bo’lsa, reaksiya uchun olingan kislota massasini (g) aniqlang. (η=66,7%)

P4S7 + HNO3 →H3PO4+ H2SO4+ NO2+ H2O (J: 292,95 g)

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida hosil bo’lgan barcha moddalarning massasi yig’indisi 2791,2 g bo’lsa, reaksiya uchun olingan moddalar massasi ayirmasini (g) aniqlang. (η=66,7%)

Hg3N + HNO3 →Hg(NO3)2+ NO+ H2O (J: 255,6 g)

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uchun olingan tuz va kislota massasi yig’indisi 823,5 g bo’lsa, reaksiyada hosil bo’lgan barcha tuzlar

Massasi yig’indisini (g) aniqlang. (η=66,7%)

C6H4CH3C2H5+ KMnO4+ H2SO4→ C6H4(COOH)2 + CO2 + K2SO4+MnSO4+H2O



(J: 428,4 g)

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uchun olingan moddalarning massasi yig’indisi 312 g bo’lsa, reaksiyada hosil bo’lgan tuz va kislota massasi yig’indisini (g) hisoblang. (η=80%)

FeS2 + HNO3 →Fe(NO3)3+ NO+H2SO4 + H2O (J: 175,2 g)
Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling