Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети


Download 66 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi66 Kb.
#112309
Bog'liq
Asosiy Aholinin-WPS Office


ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ

ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ
ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛЬТЕТИ СИРТҚИ ТАЪЛИМ

ИҚТИСОДИЁТ (ТАРМОҚЛАР ВА СОҲАЛАР БЎЙИЧА)”

таълим йўналиши 1-курс (ўзбек) талабаси
НОСИРОВ____САРДОР__________________ нинг
ИҚТИСОДИЁТ _НАЗАРИЯСИ__________________ фанидан

Якуний назора иши
Рўйхатга олинди №__________

Манзил: НАМАНГАН_В____ЧУСТ Т_____________________

Телефон: __99 320 86 54________________

Электрон манзил:


Тошкент-2020

26-variant.


  1. O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta`minlash.

  2. Qishloq xo`jaligida takror ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatlari.

  3. Sof milliy mahsulotning,milliy daromad va shaxsiy daromad.

Asosiy Aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari

Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,3 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil et¬moqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular ja¬mi mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2015 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi.

Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobi-liyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga aylandi.

Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa, o‘z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o‘zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir joiz bo‘lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish imkonini bermoqda.

\Qayd etish kerakki, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, chuqur qayta ishlangan mahsulot hajmini ko‘paytirish, qishloqqa sanoatni olib kirishni samarali tashkil etish hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib ravishda joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2015 yilda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoqlar tuzilmasida quyidagi manzara hosil bo‘ldi:

• sanoatda 1668,3 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 12,8 foiz;

• qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ulushi 27,7 foiz;

• qurilishda 1248,5 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 9,6 foiz;

• transport va aloqada 710,7 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 5,4 foiz;

• savdo va umumiy ovqatlanishda 1481 ming kishi;

• ijtimoiy sohalarda 3053 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 23,4 foiz;

• KBXTning jami bandlikdagi ulushi 78 foizni tashkil etdi.

Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.

Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin.

Birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (65 %), Jizzax (63,4 %), Namangan (67,5 %), Qashqadaryo (70,1 %) va Surxondaryo (71,4 %) viloyatlarida mehnat resurslarining, ya'ni aholining iqtisodiy faollik darajasi pastligi kuzatiladi. Shuning hisobiga mazkur mintaqalarda band aholining jami mehnat resurslaridagi ulushi respublika ko‘rsatkichiga nisbatan ancha past ko‘rinishga ega. Ushbu holatlar mazkur hududlardagi demografik jarayonning murakkabligi bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, hududlar bo‘yicha aholi va mehnat resurslarining notekis taqsimlanganligi sababli ish bilan band bo‘lganlar soniga ko‘ra viloyatlar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, respublika bo‘yicha jami ish bilan band aholining ulushi yuqori bo‘lgan hududlarni Samarqand (11,1 %), Farg‘ona (10,9 %), Qashqadaryo (9,4 %), Andijon (9,3 %), Toshkent (8,8 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (8,4 %)ni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo (2,7 %), Navoiy (3,2 %), Jizzax (3,4 %) va Xorazm (5,3 %)ga teng ekanligini ko‘rish mumkin.

Uchinchidan, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashganligi sababli hududiy tarmoqlarda bandlik turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida aholining sanoat, qurilish, transport sohalarida bandligi nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yuqori deyish mumkin.

Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim.

Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:

• aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;

• mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;

• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;

• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.

Ushbu metodikada quyidagilar aks ettirilishi lozim:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining namunaviy tuzilmasi. Istiqbolni belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun mazkur namunaviy tuzilmada ko‘rsatkichlar nomi, ularni hisoblash algoritmi, hisobot balansi, bahoda (joriy yil) va prognoz balansi (kelgusi yil) o‘z aksini topishi kerak.

Shuningdek, namunaviy tuzilma satrlarida: mehnat resurslari soni, ya'ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi soni turlari bo‘yicha; ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab hamda ular o‘rtasidagi farq (balans «+» yoki «-» ) turlari bo‘yicha; toifalar kesimida aholining ishga joylashtirish darajasi bo‘lishi lozim.

Ikkinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish uchun ma'lumotlar taqdim etish sxemasi. Ushbu sxemada ma'lumotlar mazmuni (nomi)ni, ma'lumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idora nomini, ma'lumotni taqdim etish muddatini hamda qayerga taqdim etilayotganini aniq ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishning tashkiliy sxemasi. Sxema chora-tadbirlar nomi, amalga oshirish bosqichlari va muddatlari hamda ijro uchun mas'ul tashkilotlarni qamrab olgan holda quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lishi lozim:

• ma'lumot bazasini shakllantirish;

• hisobot balansini ishlab chiqish;

• prognoz balansini ishlab chiqish;

• ularning amaliyotda qo‘llanilishi.

Yuqorida qayd etilgan namunaviy tuzilma va sxemalar ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari ushbu tuzilma va sxemalar asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansini ishlab chiqish lozim.

Shuningdek, hisobot balansidan tashqari mutasaddi vazirlik va idoralar bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning kelgusi yil uchun prognoz balansi ishlab chiqilishi zarur:

• aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlari (demografik prognozi);

• mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi;

• respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiyot tarmog‘ini rivojlantirish prognoz parametrlari;

• mehnat bozoriga kirayotgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari prognoz ko‘rsatkichlari;

• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash to‘g‘ri¬sidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq

Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqsorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.

Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini yanada oshiradi.

Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.

Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning , har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.Shaxsiy daromad - bir shaxs tomonidan qabul naqd birikmasi. naqd, ijtimoiy va boshqa ne'matlaridan ish haqi, dividendlar, pensiyalar, nafaqalar, komissiyalar, naqd bonuslar, ishlarning ayrim turdagi to'lovlarni, sovg'alar: Bundan tashqari, shaxsiy daromad va boshqa manbalardan o'z ichiga olishi mumkin.

shaxsiy daromad Ko'p odamlar uchun, u shaxsiy daromadlarini tasarruf imkoniyatiga ega bo'lish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yordamida yaxshi xulqni mablag'larni ishlab chiqarish uchun ularning tejash nazorat qilish mumkin. Har bir kishi uchun shaxsiy daromad ta'rifi individual hisoblanadi. Uni sinab ko'ring va siz nazorat qilish boshlanadi pul oqimlarining bugun! Va siz oxir-oqibat bu muhim odat keltiradi, deb siz saqlashingiz mumkin qanchalik faqat ko'rish va.pul tejash ko'p bo'lishi mumkin, lekin qanday qilib to'g'ri va barkamol ularni investitsiya va o'sishi uchun emas, balki har bir kishi biladi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, shaxsiy daromad 25% isrof bo'ladi. Ko'p odamlar, ehtimol, ular o'zlari inkor juda ko'p bo'ladi, deb o'ylayman, lekin u emas.

Shaxsiy daromad - avvalo, mablag'larning intizom va nazorat qilish qabul va joylashtirish bo'ladi. Uni ushlab qolish uchun qanday o'rganish uchun juda muhim , oila byudjetini, va u barcha daromad va xarajatlarni yozib olish uchun bir tizza yoki tizza sotib olish bilan boshlash uchun eng yaxshi hisoblanadi.

Omonat turli bo'lishi mumkin. uy va shaxsiy jamg'arma shaxsiy o'rtasidagi farq sifatida taqdim etiladi martalik daromad va xarajatlar. O'tgan majburiy va ixtiyoriy bo'linishi mumkin. kiyim-kechak, oziq-ovqat, shaxsiy parvarishlash,: majburiy xarajatlar oila byudjeti kommunal, (bir doira ijaraga majbur bo'lganlar uchun) yassi ijaraga. oyda bu miqdor o'zgarmaydi. Shuning uchun, xarajatlar bu turi moddasida oila byudjeti qilinishi.

shaxsiy daromad manbalarido'kon Savatga rejasi borishdan oldin, bu tayyorgarlik - bir kishi bo'lishi kerak bo'lgan eng muhim odat. ro'yxati oldindan tayyorlangan bo'lishi kerak, barcha diqqat ko'rib va "tortinglar" kerak.

Oila Foundation yaratish. Misol uchun, shaxsiy daromad va ish xarajatlar uchun rejalashtirilgan mablag'lar, u sizga o'yin o'tkazish rejasi o'sha bilan ushlab qolish uchun eng yaxshi hisoblanadi.

Agar sotib olish kerak, oziq-ovqat va boshqa narsalar vaqtida har doim bo'ladi. Va u sizning shaxsiy daromad, u oqilona pul sarflash uchun faqat qobiliyati nima bog'liq emas. juda muhim, degan gap bor: ". Yomon odamlar mavsumda narsalarni sotib, va boy - chegirmalar da" Agar moliyaviy mustaqillik talip bo'lsa Shuning uchun, u boy odatlarini kuzatib uchun eng yaxshi hisoblanadi. mavsumda sotiladi narsalar qiymati, 50-80% ko'proq qimmat off-mavsumda ortiq bo'lishi mumkin. Things onlayn magazinlarda chegirmalari narxlarida sotib yoki kataloglar ularni buyurtma mumkin. oziq-ovqat kelsak, uzoq raf umrini ega bo'lganlar mahsulotlari, yoppasiga yoki oldindan sotib olish uchun yaxshidir. Shunday qilib, siz oziq-ovqat sarflash rejalashtirish pul 30% gacha tejashingiz mumkin.

shaxsiy daromad: ta'rifi rasmiylashtiriladi Xarid ro'yxatini orqasida borish uchun emas, balki harakat qilib ko'ring. barcha zarur va kerakli bo'lishi kerak faqat sotib ol. Ko'pchiligimiz allaqachon do'kondan siz ikkala sotib olish kerak, deb eslayman. Agar ro'yxatda uni o'z ichiga bo'lmasa Biroq, siz unga holda, albatta, mumkin. Asosiy narsa, vaziyatni nazorat u garovga bo'lishdir.

maslahat uchun o'zingizning do'stlaringizni va oila murojaat qiling. muhim xarid oldin qarindoshlari yoki yaxshi, bu sohada bilimdon qilingan do'stlar so'rash yaxshi emas. Ular, albatta, sizga tavsiyalar va maslahatlar bir necha beradi. Bas, siz bir kam xarajat va tezroq da mahsulotni sotib olishingiz mumkin pul uchun yangi yo'llar izlaydi shaxsiy daromad va shaxsiy daromad manbalarini oshirish.



oila byudjetini va shaxsiy moliyaviy nazorat qilish boshlash uchun bugun harakat qilib ko'ring, va siz bu narsa ruxsat tasavvur keyingi ish haqi kutish uchun emas, balki qanchalik yaxshi ko'rasiz. Tajriba va shaxsiy daromad nazorat, u keyin 10-30% investitsiya mumkin miqdorda rivojlanadi ko'rasiz, oson.
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling