Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo’lishi mumkin, lekin haqiqat “1” ta”dir. Kalit so’z: Uyg’onish davri, Ilmi Hay’at, Riyoziyot, Jug’rofiya, Alfraganus


Download 17.8 Kb.
Sana12.12.2020
Hajmi17.8 Kb.
#165271
Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo
Bog'liq
К-11.03.Расулева-статья, HTML hujjatlarda jadvallar, English Idioms Explained, Амирова Д. 19 - 26, Lecon 1.7, Lecon 1.7, Мавзу 1., Мавзу 1., muzeyshunoslik, Ingliz tili mustaqil ish, file 266772, file 266772, file 266772, Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo

Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo’lishi mumkin,

lekin haqiqat “1” ta”dir.

Kalit so’z:Uyg’onish davri, Ilmi Hay’at, Riyoziyot, Jug’rofiya, Alfraganus.

Annotatsiya: Ushbu maqola buyuk astranom, matematika hamda geografiya fanlariga juda katta hissa qo’shgan o’zbek qomusiy olimi to’g’risida yozilgan.

O’rta asrlarda Yevropada yuz bergan “Uyg’onish davri” ko’plab kashfiyotlarga zamin yaratdi. Bu yangiliklar zaminida bizning ko’plab buyuk ajdodlarimizning ham hissalari beqiyos edi, albatta. Amerika qit’asini tashkil etkan mashhur Yevropalik dengiz sayyohi Xristafor Kalumb ham o’z izlanish va tajribalari mobaynida bu olimning yozgan asarlaridan foydalanadi va o’z kundaligida shunday deb yozadi: “Yer meridianining 1 darajasi miqdori haqidagi al-Farg’oniy hisoblarining to’g’riligiga ishonch hosil qildim”. Ana endi qaysi buyuk o’zbek olimi haqida gap ketayaotganiga amin bo’ldik.

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy to’g’risida juda ham oz ma’lumot yetib kelgan, taxmin qilishlariga qaraganda 797-yil Farg’onada tugilgan. Ilk saboqni shu yerda olgan. Keyinchalik esa Bog’doddagi “Bayt ul-hikmat” nomli akademiyada o’z ilmiy ishlarini davom ettirgan. Bu akademiya Ma’mun davridan buyon kutubxona shaklida bo’ganligi uchun “Ma’mun akademiyasi” yoki ”Xizonat ul-hikmat” nomlari bilan ham ataladi. O’zbekcha asarlarda esa “Bilim uyi”, “Donishmandlar uyi” deb ham yuritiladi. Al-Farg’oniy ilmi hay’at (falakiyotshunoslik astranomiya), riyoziyot (matematika), jug’rofiya (geografiya) va boshqa ilmiy yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan.

Ahmad al-Farg’oniyning hayoti, kamoloti, ilmiy izlanishlari tarixiy davrga to’g’ri keladi. Bu davrda Abbosiylar sulolasi hukm surgan bo’lib, Arab halfaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida Movarunnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko’plab mutafakkirlar muhim o’ringa ega bo’la boshlagan. Al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashid vorislari al-ma’mun, Mu’tasim va Mutavakkil hukumronlik qilgan davrda yashadi. Marv, Bog’dod Damashq va Qohira shaharlarida astranomiya, matematika, geografiya fanlari bilan shug’ullanadi hamda shu qatorda ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldiradi.

Ahmad al-Farg’oniy ayrim astranomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang’ich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga katta hissa qoshgan.

Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Farg’oniy ilk o’rta asr falakiyot, riyoziyot va geograsiya ilmlari yo’nalishida bir qancha ilmiy va asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astranomik asari-“Kitob al-harakot as-samoviya va javomi’ilmi an-nujum” (“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”). Bu kitob juda mashhur kitob bo’lib, “Astranomiya asoslari haqidagi kitob” deb ham yuritiladi. 1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilinadi va shundan so’ng Al_Farg’oniy nomi “Alfraganus” shaklida G’arbda shuhrat topadi. Al Farg’oniyning aynan shu asari Yevropa Universitetlarida astranomiya fani bo’yicha asosiy darslik sifatida bir necha asrlar davomida foydalanilgan. Bu kitob astranomiya haqidagi eng muhim va zarur ma’lumotlarnini o’z ichiga olgan. Asarda falakiyot hamda geografiyaga oid bilimlar tushunarli va eng muhimi sodda mazmunda bayon etilgan. Oddiy misol qilib aytsak, yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtta ko’tarilishi, tutulishi va ko’plab ma’lumotlar mujassamdir.

Bizning davrimizgacha Al-Farg’oniyning 7 asari saqlanib qolgan. Afsuski, bu asarlar hozirgi tillarga tarjima qilinmagan. Asarlarning qo’lyozmalari jahonning turli shaharlarida xususan, berlin, Dushanbe, London, Parij, Tehron, Toshkent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va Qohiradagi kata kutubxonalarda saqlanib kelmoqda.

Ahmad al-Farg’oniyning asarlarini o’rganish O’zbekistonda Mustaqillika erishganimizdan so’ng o’rganila boshlagan. 1998-yil Al-Farg’oniyning 1200 yilligi xalqaro keng miqiyosda nishonlandi.

Ahmad al-Farg’oniyning haykali Farg’ona va Quva shaharlari istirohat bog’larida o’rnatilgan.

Ahmad al-Farg’oniy to’g’risida ilmiy anjumanlar, badiiy ko’rgazmalar hamda kitoblar chop etildi. Shu jumladan, spektakllar sahnalashtirildi. “Farg’ona farzandi”, “Bashar allomasi”, “Piri koinot” kabi spektakllar va filmlar sur’atga olindi.

Eng faxrlanadigan tomonlaridan biri, oydagi 20km li yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Farg’oniy nomi berilgan.

Ahmad al-Farg’oniy 865-yil Misrning Fustat shahrida vafot etadi. Munattan tog’ining sharqiy qismidan sal narida joylashgan Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilgan degan taxmin bordir. Aytishlaricha, vaqt o’tib uning qabri yo’qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Farg’ona vodiysining Quva shahrida 1998-yil barpo etilgan ramziy qabrga qo’yilgan.

Bu buyuk olimni qancha ta’riflasak shuncha kamdir,ularning yaratgan asarlari hali hanuz bizning taraqqiyotimizga, rivojlanishimizga katta hissa qo’shib kelmoqda. Ularning ilmiy ishlaridan foydalangan holda yanada ko’plab ma’lumotlar yig’ilgan va ilmiy amaliy ishlar olib borilgan va olib borilmoqda. Keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, al-Farg‘oniy katta kenglikdagi o‘lkalarni tavsiflagan bo‘lsa ham, o‘zining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham ta'kidlash kerakki, al-Farg‘oniyning rub'i ma'mur haqidagi tasavvuri ancha aniq bo‘lib, har xil afsonaviylikdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Mo‘g‘ulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq geografik hududni aytgan.

Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallarda suv sathini o‘lchab, yozib boradigan eng zamonaviy "Valdey" yoki okean va dengizlar suv sathini o‘lchaydigan "Rordansa" tipidagi qurilmalar al-Farg‘oniy kashf etgan "Miqyos an-Nil" qurilmasidan andoza olib tayyorlangan.

Farg‘oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va G‘arbda mashhurdir. O‘rta asrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida manbalarda, so‘nggi g‘arb va Sharq mualliflari asarlarida, o‘z yurti O‘zbekistonda, ayniqsa, zo‘r g‘urur va iftixor bilan tilga olinadi, o‘rganiladi, hozirgi kunda ko‘chalar, o‘quv yurtlariga uning nomi berilgan.

Bulardan tashqari buyuk vatandoshimiz Ahmad al Farg‘oniy taklif etgan suv sathini santimetr aniqlikda o‘lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo gidrologiyasida qo‘llaniladi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Toshkent shahrida ilk ochilgan “Prezident maktabi”ga tashrif buyurganda shunday dedilar: “20 yil tanaffus bo’ldi. Ilmga bo’gan e’tiborimiz ancha susayib ketgani rost. Ko’p bollarimiz chet ellarga ketdi. Endi biz yetib olishimiz kerak. Prezident maktablari asosida biz yo’nalish andozasi qilmasak, ertaga kech bo’lishini men to’g’ri tushunaman. Bizda o’qitilayotgan metodika menga mutlaqo ma’qul emas. Al-Xorazmiy, ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy yashagan davrda “Nobel” mukofoti bo’ganda edi, bu mukofotning 80%i o’zbeklarda bo’lar edi” deb biz yoshlardan ko’p narsalarni umid bilan kutdilar.Biz yosh avodlar shunday takrorlanmas buyuk insonlarning avlodlari bolganimizdan faxrlanishimiz kerak. Va, albatta ajdodlarga munosib avlod bo’lishimiz darkor. Bizning tariximizda jahonga don taratgan ulug’ mutaffakirlar o’tgan ekan. Ularning qoldirgan ilmiy-ma’naviy meroslari, ibratli hayoti, ta’limoti bugungi muammolarni yechishda bizga qo’l kelayotgan ekan, bu merosni o’rganmaslikka, ta’riflamaslikka, targ’ib etmaslikka haqqimiz yo’q.

Foydalanilgan adabiyotlar:

_Axmedov A, “Ahmad al-Farg’oniy”, 1998

_Buyuk siymolar, allomalar, 1995

_Qori Niyoziy T.N “Astronamicheskaya shkola” M Ulug’bek 1950



Maqolani yozdi: Farg’ona Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi bo’limi, 20-22-guruh talabasi Xaydarova Taxmina.

Tel:+998916691411
Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling