Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash


Download 119.5 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1757230
  1   2
Bog'liq
5Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash


5– AMALIY MASHGʻULOT


OLIY NERV FAOLIYATI TIPLARINI ANIQLASH.


Ishdan maqsad: Oʻquvchilar tempramentini G.Yu.Ayzenk testi orqali aniqlash va ularga individual yondashish koʻnikmalarini hosil qilish.
Oʻquv jihozlari: G.Yu.Ayzenk testi, oliy nerv faoliyati – temperamentlar haqidagi ma’lumotlar.
Nazariy qism:
Sangvinik: Boʻlar - boʻlmas narsalarga qattiq xaxolab kulaveradi. Muhim boʻlmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zoʻr qoʻzgʻalish bilan javob beradi. Diqqatini tez bir joyga toʻplaydi. Aktivligi yuksak, juda gʻayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga gʻayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U oʻz hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda oʻzgaruvchan. Yangi sharoitga osonlik bilan oʻrganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez koʻcha oladi. ekstrovertlik xususiyatiga ega.
Xolerik: Oʻzini ushlay olmaydigan, betoqat, behalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni echimini topa oladigan, bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zoʻr qatiylikka ega, diqqatini koʻchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik: Hissiy qoʻzgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Katta koʻngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, gʻayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan toʻplaydi. Diqqatini qiyinchilik bilan koʻchiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert.
Melanxolik: Arzimagan sababga koʻra, koʻzlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yigʻlaydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. Oʻziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tugʻiladigan boʻlsa, qoʻlini yuvib qoʻltigʻiga urib qoʻya qoladi. Gʻayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalgʻiydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.


Temperamentlarni aniqlash boʻyicha G.Yu.Ayzenk testi.
Sizga 57 ta savoldan iborat test taklif qilinadi. Siz ushbu savollarga faqat «Ha» yoki «Yoʻq» deb javob berishingiz lozim. Savollarning «yaxshi» yoki «yomoni» yoʻq. Shuning uchun koʻp oʻylamasdan javob berishga harakat qiling. Javob berish jarayonini tezroq va osonroq amalga oshirish uchun «Ha» javobiga «+» plyus belgisini, «Yoʻq» javobiga «–» minus belgisini qoʻyishingiz mumkin.
1. Sizda tez-tez yangidan-yangi taassurotlarni his qilishga moyillik vujudga kelib turadimi?
2. Siz tez-tez, sizni tushunadigan, kerakli paytda dalda beradigan doʻstlarga muhtojlik sezasizmi?
3. Siz begʻam kishimisiz?
4. Sizda oʻzgalarga «yoʻq» deb javob qaytarish qiyin kechadi. Shu toʻgʻrimi?
5. Siz biror bir ishni amalga oshirishdan oldin uzoq vaqt oʻylanasizmi?
6. Biror-bir ishni bajarishga va’da bergan boʻlsangiz, bu sizga qulay yoki noqulay boʻlishiga qaramasdan hamma vaqt ham va’dangizni bajarasizmi?
7. Sizda tez-tez kayfiyat tushib ketishi yoki koʻtarilishi hollari boʻlib turadimi?
8. Odatda siz oʻylamasdan biror-bir ishni qilib yoki biror-bir gapni aytib yuborasizmi?
9. Ba’zida siz hech qanday sababsiz oʻzingizni dunyodagi baxtsiz kishilardan biri deb hisoblaysiz. Shu toʻgʻrimi?
10. Siz bahsda yutib chiqish uchun hech narsadan qaytmaysiz. Shu toʻgʻrimi?
11. Sizda chiroyli, kelishgan erkak (ayol) bilan suhbatlashishga toʻgʻri kelsa, oʻzingizda qandaydir noqulaylik hissini sezasizmi?
12. Siz ba’zan oʻzingizni boshqara olmaydigan darajada jaxlingiz chiqish hollari boʻlib turadimi?
13. Sizda bir lahzalik kayfiyat ta’sirida hatti-harakatni amalga oshirish hollari boʻlib turadimi?
14. Sizda tez-tez shu ishni qilmaslik kerak edi yoki shu gapni gapirmaslik kerak edi, -degan xavotirlanish hollari boʻlib turadimi?
15. Odamlar bilan suhbatlashib oʻtirishdan koʻra kitob oʻqishni ma’qul koʻrasiz. Shy toʻgʻrimi?
16. Sizni xafa qilish osonmi?
17. Siz turli davralarda (kompaniyalarda) boʻlishni yoqtirasizmi?
18. Sizda oʻzgalardan yashirmoqchi boʻlgan oʻy, fikrlar boʻlib turadimi?
19. Sizda ba’zan ishga boʻlgan kuchli ishtiyoq birdan dangasalik holati bilan almashish hollari boʻlib turadimi?
20. Siz tor doirada faqat oʻzingizga yaxshi tanish boʻlgan doʻstlaringiz boʻlishini ma’qul koʻrasizmi?
21. Siz tez-tez hayol surib turasizmi?
22. Agar sizga baqirishsa, siz shu zahoti javob qaytarasizmi?
23. Sizni tez-tez aybdorlik hissi bezovta qilib turadimi?
24. Sizning hamma odatlaringiz yaxshi va yoqimlimi?
25. Siz davralarda oʻzingizni erkin tutib, quvnoq oʻtira olish qobiliyatiga egamisiz?
26. Siz oʻzingizni ta’sirchan va hissiyotga beriluvchan kishi deb hisoblaysizmi?
27. Oʻzgalar sizni doimo tetik va quvnoq kishi deb hisoblashadimi?
28. Siz biror bir muhim ishni amalga oshirgandan soʻng, bu ishni yanada yaxshiroq qilish mumkin edi, -degan bezovtalik hissini sezasizmi?
29. Siz oʻzga kishilar davrasida koʻproq jim oʻtirasizmi?
30. Siz ba’zan gʻiybat ham qilib turasizmi?
31. Sizda ba’zan miyangizga kelgan har xil oʻy-fikrlar tufayli uxlay olmaslik hollari boʻlib turadimi?
32. Agar biror narsani bilmoqchi boʻlsangiz, Sizga odamlardan soʻrab- bilishdan koʻra kitobdan oʻqib bilish osonroq, -shu toʻgʻrimi?
33. Sizda jismoniy ish bilan shugʻullanmagan paytingizda ham yuragingizning tez-tez urish hollari boʻlib turadimi?
34. Sizga diqqatni va fikrni bir joyga toʻplab, uzoq vaqt oʻtirib bajaradigan ishlar yoqadimi?
35. Sizda hayajondan qoʻl va oyoqning qaltirash hollari boʻlib turadimi?
36. Agar tekshiruvchi yoʻqligini aniq bilsangiz, yukingiz uchun transportga pul toʻlarmidingiz?
37. Sizga bir-birining ustidan hazillashib yuradigan davralarda boʻlish yoqadimi?
38. Siz serjahlmisiz?
39. Sizga tez aktivlik koʻrsatishni talab qiladigan ishlarni bajarish yoqadimi?
40. Sizda kelgusida boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarni oʻylash tufayli qandaydir bezovtalik hollari boʻlib turadimi?
41. Odatda siz sekin va shoshmasdan yurasizmi?
42. Siz qachondir ishga yoki uchrashuvga kech qolganmisiz?
43. Siz tez-tez dahshatli tushlar koʻrib turasizmi?
44. Aytishlaricha, siz insonlar bilan suhbatlashishni juda yaxshi koʻrganligingiz tufayli, notanish kishilar bilan ham bunday imkoniyatni qoʻldan chiqarmaslikka harakat qilar ekansiz. Shu toʻgʻrimi?
45. Sizni qandaydir jismoniy ogʻriqlar bezovta qilib turadimi?
46. Agar sizni oʻzga kishilar bilan suhbatlashish imkoniyatidan mahrum qilishsa, siz oʻzingizni baxtsiz kishi deb hisoblarmidingiz?
47. Siz oʻzingizni asabiy kishi deb hisoblaysizmi?
48. Tanishlaringiz ichida sizga yaqqol yoqmaydigani bormi?
49. Siz oʻzingizga oʻziga ishongan insonga qaragandek qaray olasizmi?
50. Agar kishilar sizning shaxsiy yoki ishdagi kamchiliklaringizni koʻrsatishsa siz tez hafa boʻlasizmi?
51.Siz turli kechalarda qatnashgan bilan haqiqiy qoniqish xissini olib boʻlmaydi, deb hisoblaysizmi?
52. Sizni tez-tez «Men oʻzgalarchalik emasman» degan tuygʻu bezozta qilib turadimi?
53. Sizda zerikarli davraga jonlanish kirita olish qobiliyati bormi?
54. Siz ba’zan oʻzingiz tushunmagan narsalar haqida ham gapirasizmi?
55. Siz oʻz sogʻligingiz toʻgʻrisida qaygʻurasizmi?
56. Siz oʻzgalar ustidan hazillashishni yoqtirasizmi?
57. Sizda uyqusizlikdan azob chekish hollari boʻlib turadimi?

Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling