Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 259.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.10.2023
Hajmi259.26 Kb.
#1713932
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
03.00.07-Ўсимликлар физиологияси ва биокимёси



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
03.00.07 – O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi 
 
IXTISOSLIGI BO’YICHA TAYANCH DOKTARANTURAGA 
KIRUVCHILAR UCHUN O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI VA 
BIOKIMYOSI FANINING DASTURI 
 
 
 
 
 
 
 
SAMARQAND– 2020 



KIRISH 
 
Ushbu dastur o’simliklar fiziologiyasi fani predmeti, tarixi, maqsadi va 
vazifalari; Fanning tadqiqot uslublari, obyekti-fototroforganizmlar; O’simliklar 
fiziologiyasining biologiya fanlari bilan o’zaro bog’liqligi; Hozirgi zamon 
fitofiziologiyasining asosiy metodologik aspektlari; Fanning qishloq xo’jaligi va 
ekologik muammolarni yechishdagi o’rni; Fanning nazorat turlari va baholash 
mezonlari kabi masalalarni qamraydi. 
 
 
I. O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI VA BIOKIMYOSI 
O’simlik hujayrasining fiziologiyasi 
 Hujayra o’simlik organizmining elementar struktura va funksional 
birligidir. Hujayraning struktura tashkil topishi —uning biokimyoviy faolligini 
va butun tirik tizimni ishlashining asosidir. O’simlik va hayvon hujayralarining 
o’ziga xos xususiyatlari. Prokariot va eukariot elementlari. Yadro. Uning 
tuzilishi va faoliyat prinsiplari. Hujayra devori, sitoplazma, vakuol, plastidalar, 
mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, lizosomalar, endoplazmatik tur. 
Goldji apparati. Hujayra organoidlari va protoplazma yuzasining tashkil 
topilishini membranali prinsiplari. Biologik membranalarning tuzilishi, 
xossalari, o’tkazuvchanlik va faol transport tizimlari hamda asosiy funksiyalari. 
Biologik membranalarning kimyoviy tarkibi. Moddalarning membrana orqali 
tashiluvining qiyinligi. Diffuziya moddalar tashiluvining bir mexanizmidir. 
Membrananing tashuvchi oqsillari. Membranalar orqali makromolekulalarning 
tashiluvi. Ionoforlar. Protoplazmaning fizik— kimyoviy xossalari. Hujayra turli 
organoidlarining o’zaro funksional ta’siri. Hujayra o’rtasidagi bog’lanishlar. 
Tirik hujayraning xossalari. O’simlik hujayrasiga xos qo’zg’alishlar va ularning 
uzatilish mexanizmi.

Download 259.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling