Olmaliq-Ohangaron sanoat zonasi boy mineral-xomashyo bazasiga ega, ammo suv resurslariga kambag‘al


Download 16.29 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.29 Kb.
#1018863
Bog'liq
O1


Ohangaron daryosi havzasi O‘zbekistonda sanoati rivojlangan regionlar qatoriga kiradi va Angren, Olmaliq hamda Ohangaron shaharlari va undan tashqari Angren ko‘mir koni, Yangi Angren IES va Olmaliq KMK ning mavjudligi Ohangaron daryosi havzasining yer osti suvlari shakllanishida zahirasi, suv sifati va undan foydalanish masalalarini tadqiq qilish muhimligini yana bir bor taqozo qiladi.
Olmaliq-Ohangaron sanoat zonasi boy mineral-xomashyo bazasiga ega, ammo suv resurslariga kambag‘al. Sanoat hududidagi suv resurslari Ohangaron daryosi va irmoqlarining yerusti va yerosti suvlari oqimlari bilan ifodalanadi. Ohangaron daryosi havzasida muzliklar yo‘q, shuning uchun yerosti suvlari hosil bo‘lishining asosiy omili bo‘lgan daryo oqimi ko‘p jihatdan yilning namgarchilik darajasiga bog‘liq. 10 yil ichida kam suvli yillarning takrorlanish darajasi (P > 50%) - 4-5 marta.
Ohangaron daryosining tog‘ oralig‘idagi vodiysida, yuqori antropogen davri allyuvial yotqiziqlari va suvni yaxshi o‘tkazuvchi qatlamlar bilan chegaralangan zonada yerosti suvlarining katta miqdordagi zahiralari hosil bo‘lgan. Vodiyning Turk qishlog‘idan Sirdaryogacha bo‘lgan qismida yerosti suv manbalari mavjud. Suv qatlamlarining qalinligi vodiy bo‘ylab 10 m dan 120 m gacha o‘zgarib turadi.
Yerosti suvlari zahiralari, yerusti oqimi va yon tomonlama shimilish bilan to‘yinadi. Ular yer yuzasiga sizib chiqish va bug‘lanish bilan sarf bo‘ladi.
Mintaqaning iqlimiy xususiyatlari ham yerosti suvlari rejimiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir. 2020 yil yanvar-may oylarida yog‘ingarchilikning yillik darajasi bir necha bor oshdi. Dengiz sathidan 942 metr balandlikda joylashgan Angren meteorologik postining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil uchun yillik yog‘ingarchilik miqdori 580,3 mm ni tashkil etdi, bu o‘rtacha uzoq muddatli me’yorning (495,8 mm) 115,8 % ni tashkil etadi. Ohangaron daryosi havzasida 2019-yil oktabr va 2020-yil mart oylarida yog‘ingarchilik miqdori 435 mm, ya’ni me’yorning 124,8% i.
Pastki zonalarda qorning nisbatan yuqori darajada eriganligi sababi shundaki, mart oyida Qurama va Chotqol tizmalarida havo harorati me’yordan 3-5°S ga yuqori bo‘lgan. Bizning o‘lchovlarimiz va tadqiqotlarimizga ko‘ra, havo harorati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: o‘rtacha yillik harorat 17,5°S, me’yor 16,9°S (2018-2019 yillarda havo harorati yozda 46°S ga yetgan), eng sovuq 2018 va 2019 yil fevral oylari bo‘lgan va o‘rtacha oylik harorat 2,6-3,5°S. Norma 1,6°S bo‘lgan, eng issiq iyul va avgust (20 avgustgacha) va o‘rtacha oylik havo harorati 31,5°S va 26,1° S (2019.). Havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi -54%, havoning eng yuqori namligi 76%, eng pasti iyulda -29% kuzatilgan.

Ohangaron daryosi - Toshkent viloyatidagi daryo. Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushadigan soylardan hosil boʻladi. Uz. 236 km (Oqtosh-soyning boshlanish yeridan), havzasining maydoni 7710 km². Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʻiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʻtgan tor daradan oqadi.
Daraning chuq. 250 m (da-ryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quy-ilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʻiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy kes-kin kengayadi, Obliq qishlogʻi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron shahri yaqinida 4–5 km. Vodiy yon bagʻirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi.
Obliq qishlogʻidan quyida allyuvial koʻhna qayir (terrassa)lar mavjud. Ohan-garon shahridan oʻtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Aprel—iyunda suvi koʻpayadi, eng koʻp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Oʻrta-cha suvi sarfi Turk qishlogʻi yonida 22,8 m³/sek, oʻrtacha yillik suv sarfi 400 m³/sek.
Ohangaron daryosining irmogʻi juda koʻp, yiriklari: Arashon, Yertoshsoy, Toshsoy, Dukantsoy, Qorabovsoy, Oqchasoy, Nishboshsoy, Objazsoy, Gushsoy. 1962-yilda Ohangaron daryosining quyi oqimida "Toshkent dengizi" deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989-yilda Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachi-buqa va Yordon kanallari chiqarilgan.[1]
Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling