O’lmas Umarbekov
Download 21.66 Kb.
|
2 5298565135755906254
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: Munira Mashkurova Kurs rahbari
O’lmas Umarbekov O'lmas Umarbekov tug'ilgan sanadan 15 kun avval qaysi adib tavallud topgan? Javob: Oybek, 10-yanvar O’.Umarbekov o’qigan 40-maktabga asos solgan jadidchi ozarbayjon tilidan tarjima qilgan va o’zi yozgan pyesalarini soni qancha? Javob: Ozarbayjon tilidan tarjima qilgani 10 ga yaqin, o’zining qalamiga mansub pyesalarining soni 3 ta O’lmas Umarbekov qachon tavallud topgan va vafot etgan? Javob: 1934-yil tavallud topgan, 1994-yil vafot etgan Maktabni oltin medal bilan tamomlagan adib o’qishni qayerda davom ettiradi? Javob: O’rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida Talabalik yillaridayoq asarlar yaratgan adiblarni ayting. Javob: O’.Hoshimov, P.Qodirov, O’.Umarbekov O’.Umarbekov xalqimiz hayotida nimalari bilan chuqur iz qoldirgan? Javob: Badiiy asarlari va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan Adib birinchi asari e’lon qilingan yili qayerda, qanday kasb egasi bo’lib ish boshlaydi? Javob: 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida Adib badiiy ijodni nimadan boshlagan? Javob: hikoyachilikdan O’lmas Umarbekov 1971-yilgacha qayerda, qanday lavozimda faoliyat yuritgan? Javob: Respublika radiosida bosh muharrir O’lmas Umarbekov to’plamlarini sanang. Javob: “Hikoyalar”, “Qishlog’imiz kishilari”, “Yulduzlar”, “Charos”, “Bolgar qo’shiqlari”, “Ko’prik”, “ Oltin yaproqlar”, “Qiyomat qarz”, “ Yer yonganda” “Yulduz” so’zi uchraydigan asarlarni muallifi bilan qo’shib sanang. Javob: “Yulduzlar”-O’.Umarbekov, “Yumaloq yulduz”-O’.Sulaymon “Olis yulduzlar”-Sh.Xolmirzayev “Mening yulduzim”-E.Vohidov Yozuvchining qaysi asari “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan? Javob: “Xatingni kutaman” O’.Umarbekov birinchi asari e’lon qilingan yili qayerda faoliyat boshlaydi? Javob: Respublika radiosida Yozuvchi 1974-1981-yillarda faoliyat yuritgan joyda qaysi adib ssenariy bo’lim mudiri bo’lgan? Javob: “O’zbekfilm” kinostudiyasida Turob To’la Adib nechanchi yillar va qayerlarda o’rinbosar lavozimlarida faoliyat yuritgan? Javob: 1982-1986-yillarda Madaniyat vazirligida va 1989-1991-yillarda Respublika Bosh vazirligida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida qaysi yillar xizmat qilgan? Javob: 1987-1989-yillar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritgan adiblarni ayting. Javob: O.Yoqubov, O’.Umarbekov, Said Ahmad, S.Zunnunova Yozuvchining qaysi asari “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan? Javob: “Xatingni kutaman” O’.Umarbekov asarlarida qanday tuyg’u kuchli va ularning qahramonlari kimlar? Javob: samimiyat kuchli, qahramonlar- oddiy odamlar Qissanavis sifatida e’tibor qozongan adibning qissalarini sanang. Javob: “Sevgim, sevgilim”, “Kimning tashvishi yo’q”, “ Urush farzandi”, “Damir Usmonovning ikki bahori”, “Cho’li Iroq”, “Yoz yomg’iri”, “Oq qaldirg’och” Adibning hikoyalarida nimalar sezilib turadi? Javob: Yozuvchining sinchkov nigohi, tasvirlanayotgan narsa-yu hodisalarni miridan sirigacha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda ohangini yanglishmay topa olishi Adibning ko’p bahslarga sabab bo’lgan asarining janri qanday? Javob: Qissa (Sevgim, sevgilim) Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi omonsiz kurash ko’rsatib berilgan asar? Javob: “Fotima va Zuhra” Adibning tomoshabinlar e’tiborini qozongn asarlari qaysilar? Javob: “Komissiya”, “Qiyomat qarz”, “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga ko’ra” O’.Umarbekov ijodining qirralarini ochib bergan asarlarini sanang. Javob: “Sud”, “Komissiya’, “Qiyomat qarz”, “ Shoshma, quyosh”, “ Kuzning birinchi kuni”, “ Arizasiga ko’ra”, “ kurort”, “Yer yonganda”, “Oqar suv” Milliy adabiyotimizga fojia tasviri kimning qaysi asari orqali kirib kelgan? Javob: O’.Umarbekov “Sevgim, sevgilim” Sujet to’qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining favqulodda ekanligi va ifoda maromining shiddatkorligi bilan e’tiborni tortgan asar va uning yo’nalishi? Javob: “Yoz yomg’iri” dedektiv yo’nalishda Ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo’sinida aks ettirilgan asar? Javob: “Fotima va Zuhra” O’z singlisini qimor o’yini natijasida boy bergan obraz qaysi asarda uchraydi? Javob: “Fotima va Zuhra” Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar hayotida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi qaysi asarda tasvirlangan? Javob: “Sevgim, sevgilim” Yoshgina go’zal ayolning sirli o’limi sabablarini ochish qaysi asar mazmunini tashkil etadi? Javob: “Yoz yomg’iri” Cho’giri tilimidek ko’tarilgan quyosh tasviri qaysi asarda keltirilgan? Javob: “Qiyomat qarz” Asarlarida Gulchehra va Abdulla obrazlari uchrovchi adib 1971-1974-yillarda qayerda, qanday lavozimda ishlagan? Javob: O’zbekiston kompartiyasi Markaziy qo’mitasida sektor mudiri Tasvirning samimiyligi bilan e’tiborni tortgan asar? Javob: “Urush farzandi” Manfaatni insoniylikdan yuqori qo’yish odamni ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida ko’rsatib berilgan asar va uning janri? Javob: “Odam bo’lish qiyin” Roman Asarlarida “Uzumli” nomli joy o’rni keltirilgan adibning kinosenariylarini ayting. Javob: “Sevgi afsonasi”, “ Changalzor qonuni”, “Ikki soldat haqida qissa”, “O’zgalar uchun”, “ Yigit va Qiz” “Yuksak qorlikdagi uchrashuv” va “Yuksak yulduzlar” asarlari muallifini aniqlang. Javob: O’.Umarbekov va R.Hamzatov Odam insonlarga bo’lgan ishonchini yo’qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to’daga xos o’ylay boshlagan kishi o’ziga ham, o’zgalarga ham falokat yog’dirishi qaysi asarda aks ettirilgan? Javob: “Sevgim, sevgilim” Adibning “Urush farzandi” qissasi qaysi xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi? Javob: Voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, chuqur hayotiy kuzatishlarga egaligi va samimiyligi bilan Talabalik yillaridayoq Xabar, Maqola, Ocherk va Lavha lar yozgan adib qanday unvon bilan taqdirlangan? Javob: O’zbekiston xalq yozuvchisi Muallif: Munira Mashkurova Kurs rahbari: Mavlon Burxanov Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling