Ombudsman faoliyati va Tarixi
Download 0.49 Mb.
|
ombudsman shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat!
Ombudsman faoliyati va TarixiOmbudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik Dunyoda 1-marta Ombudsman lavozimi 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. Ombudsman institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Ombudsmani ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuqukiga ega. Masalan kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari. Ombudsmanning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ombudsman davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari "Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida" OʻzRning qonuni (1997 yil 24 aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqpari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga OʻzR da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huqukdari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan Vakil oʻz faoliyatida OʻzR ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, OʻzRning xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. E’tiboringiz uchun raxmat!Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling