Omillar orasida fikr


Download 20 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi20 Kb.
#1243044
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


inchlik eng buyuk ne’matdir, osoyishta va farovon hayot kechirish tiriklikning eng asosiy sharti hisoblanadi, chunki barcha ezgu orzu-niyatlarning ro’yobi, eng birinchi navbatda, shu oliy ne’matga bog’liq. Shu sababli ham insoniyat yaralgandan buyon tinchlik va uni asrash uchun bor vujudi, jon-jahdi bilan kurashib keladi. Ammo bugungi globallashuv zamonida yuzlab mamlakatlar uchun hali hanuz bu bebaho ne’mat orzu bo’lib qolmoqda.Mutaxassislar tinchlikka raxna soluvchi omillarni har xil sanaydilar- mamlakatlar orasidagi nifoqli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy nizolar, tabiatdagi tabiiy ofatlar va boshqalar. Lekin bularning ichida eng jiddiy xafv solayotgan, juda katta vayronkorliklarga sababchi bo’layotgan omil bu- diniy ekstremizm va terrorizmdir. Buni har bir ma’naviyatli, sog’lom fikrli inson anglab yetmoqda.
Inson o'ylaydigan,fikr qiladigan voqea-hodisalar asosida xulosa chiqaradigan ongli mavjudotdir.U aqli bilan olam sirlarini kashf qiladi, qalbi vositasida uning go'zalligini his etadi, voqealikdan hayratlanib, uning qonunlariga moslashib yashashga intiladi.Dunyo sezgilar orqali insoning qalbi va ongida o'ziga xos timsol va tasavvurlar uyg'otadi,unda orzu -intilish,maqsad muddaolalarini vujudga keltiradi.Ana shu intilish va maqsadlar insonning faoliyati orqali amalga oshadi, ya'ni hayotga, voqealikka qaytadi, unga ta’sir qiladi va uni o'zgartiradi.
Odam zotini hayotni, o'zini o'rab turgan tashqi muhitni o'zgartirishga majbur qiladigan ma'naviy omillar orasida fikr, g'oya maqsad nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda biz, eng avvalo, g'oya nima ekanligiga alohida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir.
Xo'sh g'oya nima? Nega unga katta ahamiyat va katta e'tibor beriladi?! Ma'lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o'z manfaatlari, maqsad -muddaolari , orzu -intillishlarini ko'zlab harakat qiladi. G'oya- insonning borliqqa, o'z hayotiga bo'lgan munosabati, oldiga qo'ygan maqsadlari asosida shakllanadi va o'ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.G'oya- alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamilarga tarqaladi. Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g'oyalar tasirida tarbiyalanadi; muayyam qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. G'oyaning eng muhim xususiyati -insonni va jamiyatni
ma'lum maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir. Oldimizga qo'ygan har qanday maqsad va vazifalarimizni bajarishimizda, qarshimizda paydo bo'ladigan muommolarni hal qilishda, ularni yengib o'tishimizda, bizga dalda kuch berib turadi. Ezgu g'oya insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e'tiqod bilan kurashishga o'rgatadi. Ezgu va yuksak g'oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Milliy g'oyaning ajdodlardan avlodlarga,asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgani va har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otiib borayotgani, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgani hech kimga sir emas ,albatta. Insoniyatning ko'p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o'zining milliy davlatini qurishga azm-u qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo'lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg'otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o'tishda o'ziga qo'shimcha kuch -quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu -intilish ifodasi bo'lgan milliy g'oyani tayanch va suyanch deb biladi. Milliy va ezgu g'oyalar yurtni obod,xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlari bilan ajralib turadi . Sizga ma'lumki, g'oyalar yaqin orada bugun yoki kecha paydo bo'lib qolmaydi. Ular qadimdan paydo bo'lib, ota -bobolarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaga. Insoniyat tarixida odamlar ongiga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi g'oyalar urug'ini sepgan zot, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfutsiy (mil. av .551-479) g'oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu g'oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo'yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalash bo'lgan. Bundan tashqari ezgu g'oyalar Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy va boshqa juda ko'plar ijodida chuqur o'rin egalladi va o'zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo'lib xizmat qildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari "kitobida ham adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g'oya sifatida ilgari surildi. Bunday g'oyalar Temuriylar davlatida g'oyaviy tamoyillarning ustuvor yo'nalishi edi va bunday g'oyalarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shunday ekan milliy g'oyaning asosiy mazmunini ifoda etganimizda, gapirganimizda, hech shubhasiz, Ona Vatanimizning ravnaqi va taraqiyotini ko'z oldimizga keltiramiz . Uning istiqbolli kelajagini ko'rishga harakat qilamiz .Lekin barchamizga ayonki, ezgulik va yovuzlik o'rtasida azal -azaldan to'xtovsiz jang olib borilgan . Shunday ekan g'oyaning ham ezgu va buzg'unchi kabi turlari mavjud . Ezgu g'oyalar , yuqorida keltirilgandek, insoniyatni yaxshilikka ,ezgulikka yetaklasa, buzg'unchi g'oyalar insoniyatni
tubanlikka, jaholatga, yovuzlikka chorlaydi.
Buzg'unchi g'oyalar qadimdan goh yashirin, goh oshkora va turli bayroqlar ostida harakat qilib kelgan. Buning natijasida qanchadan qancha odamlar qirilib ketgan, qanchadan qancha go'zal shaharlar vayronaga aylangan. Hozir ham bunday ko'ngilsiz voqea va hodisalar davom etib kelmoqda. Insoniyat ,shu jumladan ,O'zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo'ravonlik, kulfat urug'larining sochilishi va qon to'kilishiga sabab bo'lgan buzg'unchi g'oyalar va mafkuralarning halokatli ta'siri bilan bog'liq sahifalar juda ko'p. Ular hozirgi davrda butun olamni tashvishga solib kelayotgan terrorizm va diniy ekstremizmdir. Terrorizm- lotincha “ terror”-“ qo’rquv, dahshat” degan ma’noni bildiradi ,u ma’lum yovuz maqsadlar yo’lida kuch ishlatib, odamlarni qo’rqitish va dahshatga solish va jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usulidir. Diniy ekstremizm-diniy davlatlarni barpo etish va mavjud bo’lgan davlatni tannazulga uchratishga qo’porish va qon to'kishlar , qurolli to’qnashuvlar va har xil usullar bilan erishishdir.
Amerika Qo’shma Shtatlarida 2011-yil 11-sentabr kuni terroristik guruhlar o'z qo’poruvchilik ishlarini olib bordilar. Eng yomon tomoni shundaki, ularning asosiy kuchini yoshlar tashkil qilar edi. Ular yoshlarimizni milliy mafkuramizga tamomila yod bo'lgan g'oyalarni singdirib, ularga mavhum bo'lgan narsalarni va'da berib aldashmoqda. Ular yoshlarimizdan o'zlarining nomaqbul va jirkanchli g'oyalarini amalga oshirishda foydalanmoqda. Bu esa biz uchun juda katta falokatdir. Ular yoshlarimiz ongiga "Kimki islom dinini tarafini olsa, bizning safimizga qo'shilsa, kofirlarni o'ldirsa yoki ularni ham islom diniga e'tiqod qilishiga majburlasa va islom dini uchun jang qilsa va jangda halok bo'lsa u kishi shahid bo'lib, tog’ri jannatga boradi" degan puch so’zlarni singdirib,ularni yo'ldan urmoqda. Ular bunday yoshlarni jalb qilish uchun turli internet saytlaridan, gazeta ro'znomalaridan va boshqa vositalardan foydalanishmoqda; bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimiz ongini zaharlashga to'xtovsiz ravishda harakat qilyaptilar. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: "Hozirgi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo’lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa ,buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatini tezda ilg'ab olish qiyin".3 Hozirgi payt mafkuraviy tahdidlar juda avj olgan davr, desak adashmagan bo'lamiz. Ayniqsa, hozirda buzg'unchi g'oyalarning, diniy ektremizm va terrorizmning rivojlangan o'chog'i Eron, Suriya Pokiston, Afg'oniston hisoblanadi. U yerda “Ishid”, “Tolibonlar”, “Yahudiylar” kabi uyushgan diniy ekstremistik va terroristik guruhlar mamlaktni tanazzulga uchratib ,u yerning ko'pgina shahar, qishloqlarini egallab olib, u yerlarning kulini ko'kka sovurmoqda. U yerdagi bo’layotgan urush nafaqat butun Osiyo, balki butun dunyo uchun global muammo bo’lib qolmoqda. U yerdagi hozirgi ahvol juda achinarlidir. U yerdagi urush qanchadan qancha begunoh insonlarning yostig'ini quritdi,qanchadan qancha yosh go'daklar o'ldirildi; qizlar, ayollar qul qilindi va sotildi. Bunday voqea o'zimizning O'zbekiston hududida ham ,jumladan, Andijon viloyatida sodir bo'laganini hammamiz bilsak kerak. Diniy esktremistik guruh vakillari ya'ni terroristlar davlat chegaralarimizni buzib o'tib, Andijon viloyati hokimligini egallab u yerdagi begunoh davlat hodimlarini vahshiylarcha o'ldirgan, xalqni qo'rquvga solgan.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz o'zining "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida ta'kidlaganidek: " Afsuski bu tahdidlar dunyoning turli buzg'unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o'zining jozibali ta'sir kuchi orqali ko'plab insonlarni kundan kunga o'z domiga tortib bormoqda".
Diniy ekstremizm va terrorizm illatining yaqin yillarda borgan sari kuchayib ketayotganligi ushbu muammoning dolzarbligidan dalolat beradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham shunday fikrlarni aytgan edi: “Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to’qnashuvlar va qarama- qarshiliklar, millatlar va dinlar o’rtasidagi turli mojarolarni hammamiz ko’rib, bilib turibmiz. Ayniqsa, yovuz maqsadlari yo’lida muqaddas islom dinimizni niqob qilib olgan g’arazli harakat va kuchlar sog’lom fikrlaydigan hech bir insonni tashvishga solmasligi mumkin emas. Dunyoning turli burchaklarida, musulmon mamlakatlarida yuz berayotgan qo’poruvchilik va buzg’unchilik harakatlaridan barchamiz tegishli xulosa chiqarib, doimo hushyor, sezgir va ogoh bo’lib yashashimiz kerakligini hayotning o’zi taqazo etmoqda”.


Bunday holat har bir insondan doimo ogoh va hushyor bo’lishni, yon-atrofda yuz berayotgan hodisalarga befarq qaramaslikni talab etadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, yurtimizning to’qson foizidan ko’prog’ini musulmonlar, ya’ni islom dini vakillari tashkil etadi. Shunday ekan, har bir o’zini ma’naviyatli hisoblaydigan inson islom dini bilan bog’liq bo’lgan ibodat marosimlari va diniy tushunchalarini to’g’ri anglab yetishi zarurdir. Chunki bularni tushunmagan, islom dinining mazmun-mohiyatini to’liq anglab yetmagan inson an’anaviy sof islom bilan soxta diniy oqimlarni farqlay olmaydi, natijada esa turli diniy guruhlarning “qurbon”iga aylanib qoladi. Muxtasar qilib aytganda, muayyan shaxslarning manfaaatlari yo’lida ularning nog’orasiga o’ynayotgan kimsaga aylanib qoladi. Biz yashayotgan bu zamonda buzg’unchi g’oyalar va ularga yetaklaydigan kishi bilmas qora yo’laklar shunchaliik ko’pki, bu bizdan, yoshlardan, tinch va farovon hayotimizni asrab qolish uchun juda kuchli bilim, ogohlik va hushyorlik talab qiladi. Har bir jamiyatning asosiy bo’g’ini bu yoshlardir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: “Taraqqiyotni to’xtatib bo’lmaydi”. Har bir narsaning yaxshi va yomon tomoni bo’lganidek, taraqqiyotning ham ikki xil tomoni mavjud. Ayniqsa, gap “XXI asr – axbrot texnologiyalari asri” haqida ketganda. Insoniyat ibtidosidan to intihosigacha axborot, ya’ni informatsiyalar qurshovida yashaydi. Jahon miqyosida 8 milliarddan ziyod odam bo’lsa, ularning hech birining barmoq izlari bir xil bo’lmaganidek, ularning o’y-fikrlari, orzu-umidlari va qarashlari ham har xil. Afsuski, ularning orasida buzg’unchi, vayronkor g’oyalar ham talaygina. Insonlar yaxshi va yomonga ajratilgani kabi ularning maqsadlari ham turlicha. Mana shunday buzg’unchi oqimlarning asosiy qurbonlari, afsuski ,biz kabi yoshlar bo’lmoqda. Chunki, yoshlar o’tmish va kelajakni bog’lab turuvchi ko’prikdir. Bizning vatanimiz miqyosida oladigan bo’lsak, xalqimizning 58 % ini yoshlar tashkil qiladi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon yoshlarimizga kelajakning poydevori sifatida qaralib, ularning har tomonlama yetuk, barkamol, bilimli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Bu sohada qilinayotgan ishlar va islohotlar tahsinga sazovordir. Ammo mustaqillikkacha bo’lgan davr, uning asoratlari va o’sha davrda vujudga kelgan g’oyaviy bo’shliq osonlikcha to’lmaydi. Nimaiki bo’lmasin agar unda bo’shliq hosil bo’lsa bu bo’shliqni boshqa narsa to’ldirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham yoshlarimiz ko’p hollarda boshi berk ko’chalarga kirib qolmoqda. Shubhasiz, bu boshi berk ko’chalarga kirib qolishning asosiy vositalaridan biri bu internet bo’lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, internetdagi axborotlarning 70-75 % ini noqonuniy buzg’unchi g’oyalar tashkil etar ekan. Har kim dunyoni o’z qarashlariga ko’ra tasavvur qiladi va undan nimani izlasa shuni topadi. Internet ham hozirgi zamondagi eng qulay axborot va bilim almashish vositasidir. Shunga qaramasdan u turli xil buzg’unchi oqimlar terrorizm, diniy ekstremizm va yana turli ommaviy madaniyat targ’ibotchilarining buzg’unchi g’oyalariga ham to’lib-toshmoqda. Internetdagi foydali ma’lumotlardan ko’ra buzg’unchi g’oyalar ko’plab yoshlar e’tiborini tortmoqda. “Taqiqlangan daraxtning mevasi shirin bo’ladi” –deyishganidek, qo’rqinchli, vahimali, buzg’unchi g’oyalar tinchlikparvar g’oyalardan ko’ra tezroq va ko’proq ko’rilmoqda. Tabiiyki, axborot oqimlarini endi cheklab qo’yishning iloji yo’q va endi bundan faqatgina xalqda o’ta kuchli mafkuraviy immunitet hosil qilish orqaligina himoyalanish mumkin. Yoshlarimizning mafkuraviy-immunitetini hosil qilishda avvalo, uning ota-onasi, mahallasi, ,maktabi umuman uning atrofidagi zamondoshlari birdek muhim rol o’ynaydi. Ozgina e’tiborsizlik ham yoshlarimiz hayotiga turli mudhish oqimlarning kirib kelishiga turtki bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonda yoshlarni muqaddas diniy ta’limotlarimiz va qadriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, millat dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka ishonch bilan qarash kabi tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi jamiyatimizning eng asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda. Hindistonlik ma’rifatparvar Mahatma Gandi aytganidek: “Tashqaridagi bo’rondan qo’rqib derazamni butunlay yopib qo’yolmayman. Chunki, menga toza havo kerak, toza havo kerakligi uchun butunlay boricha ochib ham qo’yolmayman. Chunki uyim chang-to’zonga to’lib ketishini istamayman.”
Islom dini- inson qadri va taraqqqiyoti uchun xizmat qiladigan eng ezgu g’oylar bilan yo’g’rilgan tinchlikparvar din. Biroq turli diniy ekstremestik va terrorchi tashkilotlar o’zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g’oya va tamoyillari mazmun-mohiyatini bir yoqlama, noto’g’ri talqin qilib, odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtirishga urinmoqda. Masalan, “Qur’oni karim”ning “Baqara” surasi 256-oyatida “La ikroha fid-din”, ya’ni”Dinda zo’rlash yo’q” deya aytilgan bo’lsa, yana birida qon to’kishning kechirilmas gunoh ekanligi keltirib o’tilgan. Shuningdek har bir musulmon tinchlikni saqlashga kirishishi kerakligi ta’kidlangan: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..”
Missionerlik- bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishdir, asl maqsad esa bundan ancha dahshatliroq. Bunda o’z diniy ta’limotlarini targ’ib qilish yo’li bilan jamiyatda xayrixoh bo’lgan guruhlarni shakllantirish va shu orqali jamiyat boshqaruvini qo’lga olishdir. Islom niqobi ostida faoliyat ko’rsatayotgan ekstremistik, terroristik guruhlarning maqsadlari esa yuqoridagidan ham dahshatliroq va razilroqdir. Terrorizm tom ma’noda jaholatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning tajovuzidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bo‘lmoqda; jamiyat rivojlanishiga ayrim davlatlar,mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda; tarqalishi esa ham ekstremizm va terrorizmning jahon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda.
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling