Ona davlat universiteti chet tillari fakulteti


Download 13.14 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi13.14 Kb.
#1653538
Bog'liq
Баённомадан кўчирма gulasal.docx yangi


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
CHET TILLARI FAKULTETI
GUMANITAR YO‘NALISHLAR BO‘YICHA CHET TILLARI KAFEDRASINING
NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISH QARORIDAN KO‘CHIRMA

2023 yil 19-iyun Farg‘ona shahri


QATNASHDILAR: kafedra dosenti, A.Akbarov, S.Haqnazarova, R.Mamasoliyev, R Soliyev, G.Umarjonova,D.Madazizova, M.Alimjonova, SH.Nuraliyeva, B.Umurzaqova, F.Yusupjonova,A.Arslonzoda, G.Asomiddinova, I. To‘xtarova , Porubay I, D.Gapparova, X.Xoliqova, G.Jo‘rayeva, Qosimova G, G. Madaminova, D. Muratova, G. Azamova, M. Zaylobiddinova, Sh. Abdullayev, H. Ismoilova, Nuritdinova Sh, Ibragimov V, Rahmatullayev R, Ibragimova Z, Raxmonova I, Urinova Nlar.
KUN TARTIBI
“Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023-yil 14-iyun 47-sonida gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimi uchun e‘lon qilingan tanlovga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risida.
Eshitildi: X.Sotvaldieva- kafedra mudiri
“Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023-yil 14-iyun 47-sonida Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimi uchun bo‘sh o‘ringa tanlov e‘lon qilinganligini va tanlovda ishtirok etish uchun f.f.f.d(PhD) o‘qituvchi A’zamova Gulasal Sodiq qizi va Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi Asomiddinova Gulbaro Alijonovna tomonidan ariza topshirilganligini bildirdi. Talabgorlarning hujjatlari belgilangan tartibda tayyorlangan bo‘lib, yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.
Shundan so‘ng kafedra f.f.f.d(PhD) o‘qituvchi A’zamova Gulasal Sodiq qizi 2022-2023-yillardagi o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot berdi. Ushbu yillar davomida A’zamova Gulasal Sodiq qizi o‘ziga yuklatilgan o‘quv yuklamalarini to‘liq bajarganligini, mashg‘ulot o‘tayotgan yo‘nalishlar uchun kerakli ishchi dasturlarini o‘z vaqtida tayyorlaganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birgalikda barcha kurslar uchun O‘UMlar, joriy nazorat uchun test variantlari, mashg‘ulotlar uchun kerakli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlaganligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kompyuter hamda kerakli teхnika vositalaridan samarali foydalanayotganini ham aytib o‘tdi. A’zamova Gulasal Sodiq qizi ma’naviy tadbirlarda ham faol ishtirok etganligi haqida gapirib o‘tdi. Kafedra, fakultet, universitet tomonidan berilayotgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelayotganligi, haqida hisobot berdi. O‘tgan o‘quv yillar mobaynida respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida bir nechta, ilmiy jurnallarda maqola va tezislar chop ettirildi. Ilmiy-uslubiy ishlar ro‘yхati talabgorlar tomonidan ilova qilinadi.
Kafedra dosenti, p.f.n. D.Qambarova nomzodlar to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib, tanlovda qatnashish uchun nomzodlar munosib ekanligini ta’kidladi. A’zamova Gulasal Sodiq qizi va Asomiddinova Gulbarno Alijonovna nomzodlari gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tanlovda ishtirok etishga ochiq ovozga qo‘yildi. Ochiq ovoz berish natijalariga A’zamova Gulasal Sodiq qizi 25 ta ( 71,4 %), Asomiddinova Gulbarno Alijonovna 7 ta (28,6 %) ovoz berildi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI
1. X.Sotvaldiyevaning aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. A’zamova Gulasal Sodiq qizining hisobotlari ma’qullansin.
3. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra A’zamova Gulasal Sodiq qiziga 25 ta (71,4 %), Asomiddinova Gulbarno Alijonovna 7 ta (28,6 %) ovoz berildi.
4. “Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023 yil 14-iyun 47-sonida e‘lon qilingan gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga A’zamova Gulasal Sodiq qizi va Asomiddinova Gulbarno Alijonovna nomzodlari tavsiya etilsin.


Ko‘chirma asliga to‘g‘ri

Kafedra mudiri: X.Sotvaldieva




Kotiba: X.Ismoilova
Download 13.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling