Ona haqida sherlar toʻplami
Download 412.47 Kb.
|
Ona haqida sherlar toʻplami
Ona haqida sherlar toʻplami Ona haqida eng sara sherlar toʻplami: Ona dunyodagi eng aziz va mo’tabar zot sizni duo qilguvchi sizga uzoq umr tilovchi zot bu sizning onangizdir. Senga bagʻishladim, senga onajon! Onajon, bu galgi yurak soʻzimni, Senga bagʻishladim, senga onajon. Yoʻq-yoʻq, soʻzim emas, balki oʻzimni, Senga bagʻishladim, senga onajon! Sen meni yaratding raxmat onajon, Hadya etding meni yorugʻ dunyoga, Yaratding qalbingdan bagʻishlading joy, Koʻzimni toʻldirding nuri-ziyoga! Qancha soʻqmoqlardan oʻtding yetaklab, Oshno qilding meni hayotga, elga, Ba’zan izlaringdan yurdim emaklab, Sen meni boshlading insoniy yoʻlga! Ba’zan sen parvona, men chiroq buldim, Sen chiroq boʻlganda, boʻldim parvona, Koyisang yigʻladim, erkalasang kuldim, Shu zayl bagʻringda ulgʻaydim ona! Senga ikki qoʻllab talpindim doim, Ba’zan belanchakdan, ba’zan beshikdan, Bagʻringga intildim, quyoshim oyim, Ba’zan devor osha, ba’zan eshikdan! Ha senga intildim, intildim senga, Qalbim bogʻlik ekan qalbing toʻriga, Men senga intildim, sen esa menga, Shukr kilay dunyoda onam boriga! Qoʻllarim koʻksimda, qilaman ta’zim, Sen axir qalbingdan qon berding menga, Oʻzingdan oʻimman, koʻzingdan koʻzim, Sen axir joningdan jon berding menga! Farzandlik burchim bu sening qarshingda, Egilaman boshim yerga yetguncha, Bir umr parvonang boʻlay boshingda, Koʻz yumib dunyodan tamom oʻtguncha! Onajon, yelkamda qarzim koʻp sendan, Bir parcha et edim sen qilding odam, Ammo seni sira qarzing yoʻq mendan, Sendan oldim aqli-zakovatni xam! Ba’zan beparvoroq boʻldim onajon, Seni tashlab ketdim ba’zan yiroqqa, Begona yurtlarda boʻldim har zamon, Fakat sen chidading bunday firoqqa! Ming qulluq olamni tanitding menga, Aqli seroblikda daryo ekansan, Ming qulluq odamni tanitding menga, Bagri keng ufqsiz dunyo ekansan! Qaniydi ona, tabiat qoʻlidan kelsa, Abadiy etolsa sening umringni, Roziydim onajon iloji boʻlsa, Senga qoʻshib bersa mening umrimni! Bir kechalik allang hurmati uchun, Yuz yillik umrimni bagʻishlasam kam, Koʻchirsam qalbingga qalbimni kuchin, Qarzim uzilmasdan qolur shunda ham! Mobodo boʻlsaydim zoʻr haykaltarosh, Senga yuragimdan yasardim haykal, Yo agar boʻlsaydim moʻyqalam, naqqosh, Sur’ating yasardim berib ming sayqal! Oralab qolibdi sochlaringga oq, Ol mening sochimni qoralarini, Tishlaring tushibdi xoʻrsinma biroq Ol mening tishimni saralarini! Xiralashib qolibdi kuzlaringda nur, Koʻzlarim nurini olgin mehribon, Roziman bir umr xizmating qilsam, Yuragim qoʻrini olgin onajon! Onajon qay birin olayin tilga? Men uchun chekmading ne ne zahmatlar, Dilingni koʻchiray qay birin dilga? Menga sarflaganing ne ne fursatlar! Oltingga teng edi har daqiqasi, Meni tashvishimdan sochlaringga oq, Sevinchu iztirob barcha-barchasi, Senga azob bergan bedorlik , charchoq, Koʻzingdan uyquni olgan kechalar, Rohatingni buzgan shoʻx beboshligim, Qalbing oliyjanob ekan bunchalar, Koʻzingni quvnatgan olov yoshligim! Oʻzing yemadingu menga yedirding, Oʻzing kiymadingu menga kiydirding, Gavhari shamchiroq tuyuldim senga. Doim atrofimda aylanib yurding! Muqaddas insonsan, aziz insonsan, Aslida insonni yaratgan ona, Zaminga murabbiy, zamonga jonsan, Olamga nur ziyo taratgan ona! Onajon, bu galgi yurak soʻzimni, Senga bagʻishladim, senga onajon, Yoʻq yoʻq soʻzim emas balki oʻzimni, Senga bagʻishladim ey nuridiydam! Koʻp yashang ona Nur, ziyoga toʻla koshonam, Baxt, iqbolga yordir peshonam, Mehribonim, munis, parvonam, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Hech kimsadan qilmasman gina, Siz bor koʻksi togʻdir kamina, Har soʻzingiz hikmat, hazina, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Imonim but, ezgu tilak jam, Duo olib kam boʻlmadim, kam, Siz-la yorugʻ dunyolarim ham, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Nurga belab qalbim qoʻrini, Yuvib har dam yuzim shoʻrini, Bezab har choq uyim toʻrini, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Mehringizdan toʻlib toshar qalb, Sheʻrlar bitay men sizga atab, Kasal boʻlmang dilimni oʻrtab, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Yuzga kirib hassasiz yuring, Farishtadek yonimda turing, Farzandlarim toʻylarin koʻring, Baxtimga siz koʻp yashang onam. Ona tobingiz qochmasin Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, Dilda orom qocharkan, Uyimizdagi rayhonlar chanqab suvsiz qolarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, Kapkur menga qolarkan, Bemaza ovqatlarim, faqat sizga yoqarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, Opam, Singlim og’rib qolarkan, Ko’zlariga yosh olib, yonizga yotib olarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, OTAM soqov boʻlarkan, Siqilgandan sigaret, ovqat bo’lib o’tarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, Menga qiyin boʻlarkan, Kir ko’rmagan ko’ylaklarim kirhonada yotarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Ona, tobingiz qochmasin, Alam hasrat tirnarkan, Uyda fayz yoʻq, xavo aynib qolarkan. Maqtasam yuzlarin, Oy derdim, Ko’zlarin yulduzga tenglardim, O’xshashin osmondan izlardim, Yo oydan tushganmi Onalar, yo oydan tushganmi Ayyollar. O’t tushib gohida bu jonga, Dil bersak nozanin janonga, Oʻylaymiz termulib osmonga, Yo oydan tushganmi Onalar, Yo oydan tushganmi Ayyollar. Gullar ham ochilar ayol deb, Hislarin sochilar ayol deb, Dod erkaklar osilar ayol deb, Yo oydan tushganmi Onalar, Yo oydan tushganmi Ayyollar. Ayyollar qoshida goho, Biz sevgidan so’raymiz choʻkib tis, Bizlarku erkaklar yerlikmiz, Yo oydan tushganmi Onalar, Yo oydan tushganmi Ayyollar. Ona, tobingiz qochmasin, Ona tobingiz qochmasin, Alam, hasrat tirnarkan. Ona, tobingiz qochmasin, Singlim og’rib qolarkan, Dori ichmiyman deya, xar-xashalar qilarkan. Ona tobingiz qochmasin, Ona, tobiyz qochmasin, Dushmanlarim kularkan, Sizga bergan dardni, Olloh Menga bersa bo’larkan. Onamni bir marta erkalamabman Bolam kabi suyib «toychoq»lar boʻlib, Boʻynimga mingizib yelkalamabman. Qadrin soʻramagan munisam, gʻarib, Onamni bir marta erkalamabman… Yorim kokilini siypalab oʻrib, Ketibman atridan darmonim qurib, Oq patak sochini koʻzimga surib, Onamni bir marta erkalamabman… Yursada ortimdan pinxona tishlab, Dushmanim doʻst debman qoʻynimda ushlab, Bir dona gul bilan koʻnglini hushlab, Onamni bir marta erkalamabman… Dunyoga toʻldirib, bosib qutini, Pul bersa boqibman boyning itini, Koʻrmabman egnida arzon chitini, Yangilab qoʻymabman eski ustini… Onamni bir marta erkalamabman. Xojamlab alqabman boshimni qoʻyib, Kimlarni poyiga qoʻylarim soʻyib, «Seni»deb, rizqini yemagan toʻyib… Bir marta onamni erkalamabman. Gʻamimda — parishon xayoli toʻzgʻin, Dardimda — qoqsuyak, jussasi ozgʻin, Yerdagi farishtam, yuragi oltin… Onamni bir marta erkalamabman. Ey odam, netarsan? Makkaga borib, Jannatim jon tutib yelkalamabman. Umrbod shod ayla, duosin olib, Bir marta onamni erkalamabman… Koʻzingizda yosh koʻrmay ona Poyingizga toʻshay dunyoni, Tutib kelay simruh humoni, Mayli koʻray hamma baloni, Koʻzingizda yosh koʻrmay ona. Mayli tunlar uhlamasam ham, Kiprigingiz hech boʻlmasin nam, Ich etimni kemirsa ham gʻam Koʻzingizda yosh koʻrmay ona. Bu dunyoda mehir beqadir, Baxtim ham siz, sizsiz omadim, Dunyolardan topgan jannatim, Koʻzingizda yosh koʻrmay ona. Onam Eng guzal dunyoda bu mening onam, Mexribon padarim jufti, xaloli. Men uchun benuqson yaralgan xilqat, Qadrini bilmasam tutar uvoli. Rassom qoʻlidagi qogʻozdan soʻrang, Osonmi onani siyratin chizish. Shoir qoʻlidagi qalamdan soʻrang, Osonmi onani qalbini yozish. Men tarif beraman onamga shunday, Ulugʻlab yashaydi butun bir olam. Soʻzlarim yolgʻoni bor boʻlsa ayting, Qay inson aytadi yomon deb onam? Gʻamgin bu koʻnglimni ogʻrishi odat, Jon fido yorim xam taskin berolmas. Onamni qalbidan topaman panox, Butun bir olam xam sigʻdira olmas. Oʻtkinchi dunyoni yoʻqlari, yoʻqlab, Bugʻzimdan olganda sezguvchi onam, Bir xovuch duosi dunyolarga teng, Duogoʻy davlatim, xazinam onam. Alla ayting uhlay ona Zeriktirdi bu dunyoning tashvishlari, Halovat yoʻq, hotirjamlik bilmas jon-a, Toʻxtab tursin (Москванинг) bu ishlari, Alla ayting, alla ayting uhlay ona! Oʻz yurtimdek erkin nafas ololmadim, Baland boʻlgan binolari buncha tor-a, Tunlar koʻzdan uyqu qochdi uxlolmadim, Alla ayting, alla ayting uhlay ona. Ishlarim koʻp — dedim sajda qilolmadim, Hisob boʻlmas qiyomat kun bu bahona, Ishni tashlab jumalarga borolmadim, Alla ayting, alla ayting, uhlay ona. Inson qadrin inson bilmas qochgan mexr, Qayga qarab oʻzgarmoqda kun, zamon-a, Inson qalbin iymon emas bosdi qaxr, Alla ayting, alla ayting uhlay ona. Shum qalbimni ilitolmas hech shirin soʻz, Men bir hudbin, chala shoir qalbi qora, O‘z-o‘zimga bogʻlaganman yaramga tuz, Alla ayting, alla ayting uhlay ona. Turmush qurib ketsa chiqib tengisi ham, Armonlarda qolar yana bu vijdona, Boshda qolsin bir gʻoʻzalni sevgisi ham, Alla ayting, alla ayting uhlay ona. Doʻstim deya tushdim ayov tuzoqlarga, Asli doʻstim siz jannatim bir yagona, Alla ayting tushda ketay uzoqlarga, Alla ayting, alla ayting uhlay ona. Baxtimizga omon boʻling Onajon Dilim ravshan, koʻnglimdir baxor! Shirin so‘zga xech emasman zor! Ko‘zimga hech dunyo bo‘lmas tor. Men baxtliman, chunki Onam bor! Duolari men uchun bisyor. Do‘st axtarib, bo‘lmayman xumor. Menga hech kim berolmas ozor! Baxtiyorman, chunki Onam bor! Bizni o‘ylab bilmadingiz xalovat. Yaxshi, yomon kunga qilib qanoat. Farzandim deb yashadingiz siz faqat! Dardu g‘amdan yiroq bo‘ling xar qachon, Baxtimizga omon bo‘ling Onajon! Mana payti keldi ayturmiz raxmat. Axir siz biz uchun tortgansiz zaxmat! Endi bo‘lsa biroz olingiz roxat . Dardu g‘amdan yiroq bo‘ling xar qachon. Baxtimizga omon bo‘ling Onajon! Umringiz baxorin olib zavolin Yoshligingiz oldi yillar shamoli. O‘g‘il — qizingizni ko‘rib kamolin. Dardu g‘amdan yiroq bo‘ling xar qachon. Baxtimizga omon bo‘ling Onajon!!! Sogʻinch oʻti kuydirar tanam, Olislarda yuribman yana, Sigʻmayabdi koʻnglimga qil ham, Sizni koʻrgim kelyapti «Ona» Charchadim Ona Mening umrim ichra Yagona Rostim! Dard cheksam qoshimda Parvonaginam. Bugun men sinovlar qarida qoldim. Rosti Hammasidan charchadim Ona. Yashayapman xuddi devonalardek, qadrim xor. Mexri zor parvonalardek, Bardoshim qolmadi endi bularga. Rosti hammasidan charchadim Ona. Sevgiga ham lanat dilim oʻynagan! Doʻstlarimga raxmat! Xar on yoʻqlagan. Mendek azoblarin yutgan boʻlmagan, Rosti hammasidan charchadim Ona. Mexnatim azizu, qadrim bir chaqa, Yonimda e’zozlab, ortimdan gʻiybaat! Anglolmay qolyapman, kim doʻst, kim dushman. Rosti hammasidan charchadim Ona. Umrim boʻyi aytdim: yaxshilik qilay! Ular tosh otdilar, kechirdim yigʻlab, Qalbimni tildilar tuxmatlar etib. Bariga chidadim, aytib tinmay xamd, Eex bu umrim oʻtdi gʻamu qaygʻuda, Rosti hammasidan charchadim Ona. Javob bering ona Oʻlimizni boʻynizga olib. Keng dunyoga keltirdiz ona, Endi sizga bir savol beray, Vafolimi bu dunyo ona? Qaydan kelganim bilmay, Men yer tepib yigʻlaymi ona, Endi sizga bir savol beray, Ko’z yoshga arzirmu bu dunyo ona? Tentirab yuribman dunyo ketidan. Qachon toʻyarkin koʻzlarim ona , Endi sizga bir savol beray, Tuproqdan toʻyarmi bu koʻzlar ona? Nega koʻrsatmadiz iymonni yoʻlin, Balki men u yoʻlda yurardim ona. Endi sizga bir savol beray, Iymon halovati qayerda ona? Gunohim o’syapdi, umrim oʻtmoqda , Qabrda gar yotsam, yolgʻiz men ona. Endi sizga bir savol beray, Qabr azobi yengilmu ona? Nohaqlar ichida xaqni qidirib, Musofir yurtlarga ketdim men ona. Endi sizga bir savol beray. Musofirlar xammasi xoyinmi ona? Qalbimga xidoyat nurini sochdi, Kim berdi xidoyat bilmayman ona. Endi sizga bir savol beray, Oʻshal mehribon zot olloh-mi ona? Oʻtmishda gunohlar qolib kettiku, Tavbada oʻtmoqda tunlarim ona. Endi sizga bir savol beray, Gunohlarni kechirgan zot G’ofur-mi ona? Savob umidida yugurib yeldim, Dunyo savobin izlab, charchadim ona. Endi sizga bir savol beray, Bir harfida oʻn savob qur’onmi ona? Eshitdim robbimning jamoli haqda, Inshaalloh men uni koʻraman ona. Endi sizga bir savol beray, Robbim bilan uchrashuvim qayerda ona? Ul yer onalar oyogʻi osti, Qani uxlay endi ostonasida, Endi sizga soʻrovim aytay ona, Oyoqlarizdan bir toʻyib oʻpay ona. Erkalang Ona Erkalab boshimni silagan asta, Nahotki ulgʻayib qoldim bir pasta, Yosh edim oldimda ediz parvona, Yana bir bor meni erkalang Ona. Demang katta boʻlding ulgʻayding bolam, Odamlarga qoʻshil uynagin kulgin, Nima kerak menga toʻyu tantana, Yana bir bor meni erkalang Ona. Balki osoyishta oʻtmoqda kunim, Balki el ichida toparman hurmat, Kerak emas menga boylik koshona, Yana birbor meni erkalang Ona. Meni tashlab ketmang ona Koʻzim yoshlab ketmang Ona, Qalbim gʻashlab ketmang ona. Zor qilib bir soʻzingizga, Meni tashlab ketmang ona. Izingizga zor boʻlaman, Keng dunyoda tor boʻlaman. Sizsiz o’zim hor boʻlaman, Meni tashlab ketmang ona. Sehri qochar soʻzlarimni, Mehri qochar koʻzlarimni. Nuri qochar yuzlarimni, Meni tashlab ketmang ona. Yashab boʻlar oyoq-qoʻlsiz, Yarimta jon, xatto tilsiz. Lek yashayman qanday sizsiz, Meni tashlab ketmang ona. Bebahoyim qimmatimsiz, Mehribon, beminnatimsiz. Hudo bergan jannatimsiz, Meni tashlab ketmang ona. Sizdek meni kim kutadi, Kim erkalab, kim suyadi. Bolangiz jim kuyadi, Meni tashlab ketmang ona. Meni kutib soching oqargan Oʻgʻlim deding ona, oʻgʻil boʻlmadim, Kasal boʻlib qolding, xabar olmadim. Farzadlar bor onani, boshda koʻtargan, Meni kutib onam, soching oqargan. Menchi oʻylamadim, bormadim bir bor, Tushlarimga kirib, yigʻlading zor zor. Farzadlar bor onani, boshda koʻtargan, Meni kutib onam, soching oqargan. Oʻgʻil boʻlmay oʻlay, oʻgʻlim deysana, Xar daqiqa yigʻlay, g’amim yeysana. Mushtiparim onam, jannatim onam, Shaxarda yuribman, vayron dil xonam. Farzadlar bor onani, boshda koʻtargan, Meni kutib onam, soching oqargan. Qizlarning qoʻliga, dasta gul tutdim, Ular ogʻushida, seni unutdim. Atrofimda doʻstlar, yonimda doʻstlar, Omadim kelsa gar, xatoyim izlar. Tanxoyim onam, bebaxom onam, Yuragimda alam, qalbimda alam. Farzadlar bor onani, boshga koʻtargan, Meni kutib onam, soching oqargan. Yuqa jilt kitobim, qo’lingga olib, Sheʻrlarim oʻqiysan, qalbing quvonib. Lek diydor onini, qumsaysan yonib, Farzadlar bor onani, boshda koʻtargan. Meni kutib onam, soching oqargan, Sheʻrim tamom doʻstlar, omon qolinglar, Onanggiz xolidan xabar olinglar, Mana mendek kuyib qolmanglar, Pushaymon oʻtida mangu yonmanglar, Farzadlar bor onani boshda koʻtargan, Meni kutib onam soching oqargan. Farishtalar oʻxshar mening onamga Shodliklarim sigʻmay ketar tanamga, Bolam diya kirib kelsa xonamga. Farishtaga oʻxshar deyman, aslida, Farishtalar oʻxshar mening onamga. Donolardan oʻtib tushar zehni bor, Dunyolarga yetadigan mexri bor. Allasida oʻzgacha bir sehir bor, Farishtalar oʻxshar mening onamga. Kerak emas tilloyu zar onamga, Kerak emas qanotu par onamga. Shu sababdan farishtasiz diyaolmayman, Farishtalar oʻxshar mening onamga. Download 412.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling