Reja: O'rta ta'lim maktablarining 6-sinf ''Ona tili'' darsliklarining tuzilishi va mazmuni to'g'risida ma'lumot bering?


Download 7.85 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi7.85 Kb.
#1314425
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim 1


Mustaqil ta'lim 1
Ona tilidan darslik va o'quv qo'llanmalarining boblari va mavzulari yuzasidan dars ishlanma.
Reja:
1.O'rta ta'lim maktablarining 6-sinf ''Ona tili'' darsliklarining tuzilishi va mazmuni to'g'risida ma'lumot bering?
2.O'rta ta'lim maktablarining 6-sinf ''Ona tili' darsliklarining tuzilishi va mazmuni?
3.Darslikning maqsadi?
4.Kitobning xususiyatlari haqida gapiring?
Ma'lumki, ta'lim sifatini ochirishda ta'lim beruvchining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati, ta'lim oluvchining munosabati bilan bir qatorda ta'lim vositalari ham muhim ahamiyatga ega.Ta'lim vositalari orasida eng ko'p qo'llaniladigani ,shubhasiz,darsliklardir.Amaldagi 6-sinf ona tili darsligi Iroda Azimova ,Klaraxon Mavlonova, Sadulla Quronov, Shokir Tursun, Nilufar Hakimova ,Mansur Siddiqov tomonidan tuzilgan. Mundarija ham noodatiy tarzda tuzilgan bo'lib, darslikdan o'rin olgan matnlar mundarija qismlarini tashkil qilgan bo'lib, 136 ta darsdan iborat.Darslikning ko'rinishi va dizayni 6-sinflar o'quvchilari uchun mos .Bundan tashqari atamalar ham mavjud bo'lib mavzu davomida bu atamalarga tarif berib o'tilgan.Darslikda bundan tashqari ''Aytingchi,yozuvchi bilan uning asarini o'qiyotgan kitobxon o'rtasida muloqot bo'lishi mumkinmi?Javobingizni izohlang'' tarzidagi o'quvchini mushohadaga tortadigan savollar ham qo'llangan.
Bilamizki,ona tilini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega.Materialning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi o'quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etadi.Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinflari uchun yaratilgan amaldagi darslik 2022-yilda chiqqan.Darslikning 20-betida berilgan ''Audiomatn uchun eng mos sarlavha qaysi deb o'ylaysiz? Nima uchun? Siz yana qanday sarlavhani taklif qilasiz?'' singari
Kitobga muhabbat Bolalik orzulari Kitob -bilim bulog'i Havaskor shoir
kabi topshiriqlar o'quvchini bir xil qolipdan qutqaradi hamda unga ham tanlov imkoni berilib,uning ham qiziqishlari bilib olinadi.Yangi darslikda doimiy an'anaviylikdan chekingan holda tuzilgan.
Bu darslikning maqsadi o'sib kelayotgan yosh avlodni faqatgina qolib doirasida emas ,balki doimiy an'anaviylikdan chekinib, o'quvchini mustaqil fikr doirasini o'stirish, har qanday holatni munosib baholay olish va munosabat bildira olishdir. 6-sinf o'quvchilari uchun yangi ishlab chiqilgan darslik oldingi darsliklarda takrorlanmagan rang-barang rasmlar va bu rasmlarga bog'liq bo'lgan savollar va muhokamalar jihatdan xususiyatlidir.
Download 7.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling