Ona tili 5-sinf Sana Mavzu: test darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 82.78 Kb.
bet1/6
Sana21.11.2020
Hajmi82.78 Kb.
#149030
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 mart


Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: TEST

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarning o’tgan mavzular bo’yicha bilimlarini mustahkamlash. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa 430-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Maqsadni tushuntirish.

2. Test yechish.

1. Berilgan so’zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan.

1) muvozanat 2)larza 3) faylasuf 4) shoira 5) shovul 6) salla

A) 2,5,6 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6

2. Til va nutqning farqi noto’g’ri izohlangan javobni ko’rsating.

A) Tilga umumiylik, nutqa xususiylik xos. B) Til voqealanmagan, nutq voqealangan C) Til voqealik, nutq imkoniyat. D) Til mohiyat, nutq hodisa

3. muruvvat so’zida qo’sh undosh haqida qaysi hokum to’g’ri.

A) til undoshi, portlovchi, jarangsiz B) lab undoshi, sirg’aluvchi, jarangli C) lab undoshi, sirg’aluvchi, jarangsiz D) til oldi, jarangli, sirg’aluvchi

4 Fon (allofon) ta’rifin ko’rsating.

A) tovushning quloqqa eshitilgan ko’rinishi B) fonologik sathning ko’rinishi С) real ko’rinish D) farqlash belgilarining ko’rinishi.

5. Qaysi qatorda qo’sh undosh xato yozilgan.

A) ummon B) libbretto C) taraddud D) shilliqurt

6. Insoniyat baxti yo’lida ter to’kmay turib, haqiqiy go’zallikka erishib bo’lmaydi. Gapda nechta portlovchi undoshlar ishtirok etgan.

A) 20 ta B) 19 ta C) 18 ta D) 21 ta

7. Tovushlarning hosil bo’lishda qaysi vositalar eng muhim hisoblanadi.

1. lab 2. bo’g’iz 3. tanglay 4. til 5. Og’iz 6. Tish 7. Burun 8. O’pka

A) 1.4.7.8 B) 2. 4. 5 С) 1. 4. 5 D) 2. 5.6



5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Takrorlash

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: QO’SH UNDOSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Takrorlash.



3.Yangi mavzu.

1.Qo’sh undoshlar haqida.

2. Ikkita bir xil undosh holida talaffuz qilinadigan qo’sh undoshlar va ularning imlosi.

3. Bitta undosh holida talaffuz qilinadigan qo’sh undoshlar imlosi.

4. Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga xuddi shunday undosh bilan boshlanadigan qo’shimchalar qo’shilganda qo’sh undoshlar imlosi.

Yangi dars o’quvchilarning darslikdagi ikkita topshiriqni bajarishlari bilan boshlanadi. O’quvchilar qo’sh undoshlar ishtirok etgan so’zlarning qanday talaffuz qilinishini va imlosini aniqlaydilar. Shu asosdao’qituvchi dars rejasidagi uchta moddani tushuntiradi.

O’quvchilarning dars mavzusini o’zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun darslikdagi uchta savoldan foydalanish mumkin.

4.Mustahkamlash.

431-mashqda qo’sh undoshli so’zlar berilgan. Ularning aytilishi va yozilishi o’rtasidagi farq so’ralgan. Darsda ular ishtirokida gaplar tuzish lozim bo’ladi.

432-mashqdagi matndan esa qo’sh undoshli so’zlarni topib ularni talaffuzidagi farqlari asosida ikki guruhga ajratib yozish talab etiladi.

433-mashqda tilla, ushshoq, qattiq kabi so’zlarda qo’sh undoshlarning bittasi tushirib qoldirilsa, ma'noga putur yetishi izohlanadi.

5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 434-mashq beriladi.


Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: TUTUQ BELGISINING ISHLATILISHI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga tutuq belgisining ishlatilishi haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa sifatida 434-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Tutuq belgisi va uning alifbodagi o’rni.

2. Tutuq belgisining vazifalari:

a) unlidan keyin kelib, uning cho’ziq talaffuz qilinishini ifodalashi;

b) unlidan oldin qo’yilib, shu unlining undoshdan ajratib talaffuz qilinishini ifodalashi.

Yangi dars darslikdagi ikkita topshiriqni o’quvchilar bajarishlari bilan boshlanadi. Sinf taxtasiga ilingan ikkita plakat o’qituvchi tomonidan savol- javob orqali tushuntiriladi.

Mo’jiza, mo 'tabar so’zlarida o’ unlisi cho’ziq talaffuz etilsa ham tutuq belgisi qo’yilmasligi, buning sababi o’ harfining o’zida ana shunga o’xshash belgi borligi, agar tutuq belgisi qo’yilsa ikkita belgi bo’lib qolishi, bu esa yozuvda noqulaylik tug'dirishi mumkinligi haqida ma'Iumot beriladi.

O’quvchilarning mavzuni qanday o’zlashtirganliklari darslikda berilgan uchta savol va topshiriqlar asosida aniqlanadi.

Darslikda berilgan to’rtta mashqni bajarish orqali tutuq belgisining vazifalari haqidagi o’quvchilar bilimlari mustahkamlanadi.

4.Mustahkamlash.

Bu mashqlar orasida 436-mashq o’quvchilar so’z boyligini oshirishni ham o’z zimmasiga oladi. Unda tutuq belgisi orqali ma'nosi farqlanadigan so’zlar juftligi berilgan. Bunday so’zlarni solishtirish orqali o’qituvchi tutuq belgisining yozuvda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini o’quvchilarga uqtirishlari lozim.



5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 438-mashq beriladi. Ajdodlar merosi mavzusida matn yaratish.

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: QATOR UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga qator undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa sifatida 438-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Qator undoshlar haqida.

2. So’z boshida kelgan qator undoshlar talaffuzi va imlosi.

3. So’z oxirida kelgan qator undoshlar talaffuzi va imlosi.

Darslikda berilgan ikkita topshiriqni yechish orqali o’quvchilar diqqati yangi darsga jalb etiladi. O’quvchilar so’z boshida kelgan qator undoshli so’zlarning og'zaki so’zlashuvda qanday talaffuz qilinishi va imlosi, shuningdek, so’z oxirida kelgan qator undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida bahs yuritadilar.

O’qituvchi plakat yoki multimediya vositasida o’quvchilar fikrlarini to’g'ri yo’lga buradi va qator undoshlarning talaffuzi hamda imlosi haqida ilmiy xulosa beradi.



4.Mustahkamlash.

440-mashqda berilgan matnni o’quvchilar o’qiydilar. O’quvchilar matndan bir bo’g'inda qator kelgan undosh ishtirok etgan baxt, teat, stol, qadr, nutq singari so’zlarni topib, ularning talaffuzi va imlosi yuzasidan tushunchalarini bayonqiladilar.

Yuqorida so’zlarning qaysilarida qator undoshlardan birining tushib qolishini aniqlaydilar va ular ishtirokida gap tuzadilar.



savollar

1.Qator undosh deganda qanday undoshlarni tushunasiz?

2.Qator undoshlar qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?

5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 442-mashq beriladi. “Do’st-do’sting oynasi” mavzusida matn yaratish.


Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: MUSTAHKAMLASH
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarning o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini mustahkamlash. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa sifatida 442-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Savollarga javob berish.

2. Mashqlar ustida ishlash.

Dars savollarga javoblar berishdan boshlanadi.

Kitob, hisob, savob, obod, savod, ozod, iztirob, «Matiz» kabi so’zlar misolida jarangli undoshlarning jarangsizlashishi o’quvchilarga singdiriladi.

So’ngra egalik hamda kelishik qo’shimchalari qo’shilganda o’zgaradigan va o’zgarmaydigan so’zlarga misollar keltiriladi.

Bunda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin:


o’zgarmaydi

o’zgaradi

bola, tuman, bahor, bog', tog', daryo

qaymoq, qishloq, tomoq, bilak, yurak, tilak

H va x undoshlarining yozilishini tushuntirishda:

1. Hayot, haqiqat, mahsulot, mahalla, panoh, goh, xohlamoq.

2. Xayol, xotira, xirmon, haxt, taxt, mix, axloq kabi so’zlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, ong, tong, bang, zang, dengiz, qaytingiz so’zlari tarkibida kelayotgan ng tovushining aytilishi va yozilishi ham bayon qilib beriladi.

5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 4-topshiriq beriladi.

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: BO’G’IN VA UNING TURLARI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga bo’g’in va uning turlari haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Takrorlash.



3.Yangi mavzu.

1. Bo’g'in haqida ma'Iumot.

2. Ochiq bo’g'in.

3. Yopiq bo’g'in.

O’qituvchi bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig'indisining bo’g'in deb atalishini o’quvchilarga tushuntiradi.

So’zlarning bir, ikki, uch, to’rt va undan ortiq bo’g'inlardan tashkil topishini aytib o’tadi, misollar keltiradi. Masalan:

1. Bir bo’g'inli so’zlar: raqs, past, syezd.

2. Ikki bo’g'inli so’zlar: botir, qodir, majbur.

3. Uch bo’g'inli so’zlar: tarixan, ishsizlik, samara.

4. To’rt va undan ortiq bo’g'inli so’zlar: tantanalar, suvsizlikdan, tajribasizlik, g 'aroyibotlarni.

O’qituvchi bo’g'inli belgilashda unli tovushning muhim o’rin tutishini ta'kidlaydi, ochiq va yopiq bo’g'inni tushuntiradi.

4.Mustahkamlash.

Darslikdagi 443-444-445-mashqlar bajariladi.



Savollar

1.Bo’g’in deb nimaga aytiladi?

2.Bo’g’inlar soni nimaning soniga teng keladi?

5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 446-mashq beriladi.

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu:. BO’G’IN VA KO’CHIRISH QOIDALARI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga bo’g’in va uning turlari haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa 446-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Bo’g'in ko’chirish qoidalari.

2. Mashqlar ustida ishlash.

O’qituvchi darsni o’zbek orfografiyasi va unda bo’g'in ko’chirish qoidalarining tutgan o’rni haqidagi fikrlarni bayon qilishdan boshlaydi.

Yakkaunlilarning alohida bo’g'in sifatidako’chirilmasligini ta'kidlaydi.

Aqida, amalparast, ishonch, ilon, oqim, oriyat, o 'tinch, o 'rik, uyum, ular, e'lon kabi so’zlar misolida bo’g'in ko’chirish qoidalarini bayon qilib beradi.



4.Mustahkamlash.

448-va 449-mashqlardan berilgan Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi bilan bog'liq matnlarni o’quvchilarga o’qittirib, tagiga chizilgan so’zlarni ajrattiradi.

XV asr, 1428-yil, 30,4 metr, SamDU kabi so’zlarni keyingi satrga ko’chirishda amaldagi qoidalarga qat'iy rioya qilish lozimligi uqtiriladi. Ularning keyingi satrga olib o’tilmasligi tushuntirib beriladi.

Ko 'ngil, singil, dengiz kabi so’zlar tarkibida kelayotgan ng undoshining ajralmasligini menga, senga, Vatanga kabi so’zlardagi n va gni bir-biridan ajratish mumkinligini ham izohlab beradi.



Savollar

1.Bir tovushdan iborat bo’lgan bo’g’inlar keyingi qatorga ko’chiriladimi?

2.Sh, ch, ng harflar birikmasi ajratilib ko’chiriladimi?

3.Raqam bilan ifodalangan ko’p xonali sonlar, qisqartma sonlar qanday bo’g’inga ajratiladi?



5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 450-mashq beriladi. Tarjimayi hol yoziladi.

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil

Ona tili 5-sinf Sana_________

Mavzu: 148-dars. URG’U VA UNING TURLARI
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga urg’u va uning turlari haqida ma’lumot berish. Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, ong, ona tilimizga muhabbat, barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy:Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tafakkur va idrokini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Metod: savol-javob, test, aqliy hujum

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a)salomlashish

b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa 450-mashq tekshiriladi.



3.Yangi mavzu.

1. Urg'u va uning turlari.

2. Ma'no urg'usi.

3. Mashqlar ustida ishlash.

O’quvchilarga urg'uni tushuntirishda quyidagilarga e'tibor berish lozim.

1. So’z bo’g'inlaridan birining boshqalariga nisbatan qattiqroq aytilishiga urg'u deyilishini hamda o’zbek tilidagi so’zlarda qo’shimchalar qo’shilishi bilan urg'uning ko’chib yurishini, so’z oxiriga tushishini.

Buni gul - gullar - gullarga, dala - dalalar - dalalarga kabi misollar yordamida tushuntirish mumkin.

2. O’zbek tilidagi ko’zlar, bog'lar, olma, tugma, suzma kabi so’zlarni urg'uning qaysi bo’g'inga tushishiga qarab turib farqlanishini.

Masalan: tugma (ot) - tugma (fe'l), akademik (litsey) - akademik (Habib Abdullayev) kabi.

3. Gap ichidagi so’zlardan birining boshqalarga nisbatan qattiqroq aytilishiga ma'no urg'usi deyilishini.

Masalan: Biz komputer darslariga katta qiziqish bilan qaraymiz.

4.Mustahkamlash.

451-453 mashqlar yuqoridagi talablar asosida bajariladi.

Shuningdek, boshqa tillardan kirgan so’zlarda urg'uning turli bo’g'inlarga tushishi ham ta'kidlanadi.

Barcha, hamma, texnika, direksiya, maktab, kitob kabi.



5.Dars yakuni.

Baholarni tahlil qilish. O’quvchilar DTS asosida baholanadi. Baholashda o’quvchilarning bilimi, faolligi e’tiborga olinadi.



6.Uyga vazifa.

Uyga vazifa 454-mashq beriladi. Berilgan so’zlarni urg’ularini qo’yib, ular ishtirokida gaplar tuzish.

Tekshirdi:

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Muzaffarov B.________________

“___”_______ 20___yil


Download 82.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling