Ona tili va adabiyot fanidan 2-kurs sirtqilar uchun 4-semestr yakuniy savollari


Download 445.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi445.66 Kb.
#1560095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sirtqi Test-2023 (2)



 
Ona tili va adabiyot fanidan 2-kurs sirtqilar uchun 4-semestr yakuniy savollari 
1.Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi 
ishtirok etgan? 
A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham 
mardlarcha fikr bildiring. 
B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi, 
biz esa ularni kuzatib qoldik. 
C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada 
tezroq yuguradi. 
D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi, 
Jamila esa oyga termilib zavqlanardi. 
2. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, 
zorlik menga, 
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik 
menga. 
Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga 
oid so‘zlar qatnashgan? 
A) 5 ta 
B) 2 ta 
C) 3 ta 
D) 4 ta 
3. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? 
A) yugurib, harsillab, shoshib 
B) arang, mardlarcha, jim 
C) dir-dir, kuyinib, yumshoq 
D) olg‘a, qiynalib, ko‘p 
4. Unsin qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad 
bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. 
Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmasi qatnashgan? 
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
5. Qaysi gapda ish-harakatni bajarishga 
imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalagan 
ko‘makchi fe’l qatnashgan? 
A) Qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi 
shamollar esa boshladi. 
B) Pastda katta sokin bir daryo oqib yotardi. 
C) 0 ‘g‘illar cho‘plarni osonlik bilan sindirib 
tashladilar. 
D) Unutmangki, bu muammoni faqat 
hamjihatlikdagina hal qila olamiz. 
6. Qaysi gapda vubormoq fe’li ko‘makchi fe’l 
bo‘lib kelmagan? 
A) Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan 
xojayinini suzib yuboribdi. 


B) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir 
zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar. 
C) Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha 
marotaba yumalatib yuboribdi. 
D) Sinf rahbarimiz, Hasan aka, menga 
bildirmay G‘anini uyimga yuboribdilar. 
7. Quyidagi qaysi gap(lar)da yotmoq fe’li 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida 
yetakchi fe’l bo‘lib kelgan? 
1) Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning 
birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi; 
2) Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida 
qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg‘os 
ochilib yotar edi; 3) Bola chalqancha yota 
olmay qiynaldi. 
A) 1, 3 B) 2 C) 2, 3 D) 3 
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
mavjud emas? 
A) Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga 
kirib ketdi. 
B) U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya 
olmas edi. 
C) Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin 
so‘na boshladi. 
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. 
9. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l qatnashgan? 
A) Otasining Dostonni ishlashga majbur etish uchun qilgan harakatlari natija bermadi. 
B) Ish safari bilan ketgan Davron akava Sodiq aka kecha Toshkentga kelishdi. 
C) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. 
D) Keyin yana ular doimgidek men haqimda gapirishdi. 
10. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l 
qatnashgan? 
A) U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p 
gapirdi. 
B) Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan 
xotiniga ham o‘shqirdi. 
C) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki 
chavandoz ko‘rindi. 
D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib 
yotardi. 
11. Qaysi javobda uchta yasama fe’l qatnashgan? 
A) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. 
U loqaydgina alik oldi. 
B) Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, порок 
odamlar shunchalik kamayadi. 
C) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, 
cho‘zadi, yassilaydi. 


D) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi 
qor g‘irchillaydi. 
12. Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l 
qatnashgan? 
A) Majnuntol suvga egilib, salom 
berayotir. 
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab 
ketdi. 
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma 
quvonch bilan tikildi. 
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib 
to‘kilmoqda. 
13.Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan 
ifodalangan gapni aniqlang. 
A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun 
o‘ngga qayrildi. 
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 
C) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi 
quvnadi. 
D) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. 
14.Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan 
kesim qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar 
berildi. 
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga 
osildi. 
C) Temuriylar davrida qayta tiklangan bu 
qadimiy obida hali-hanuz o‘z salobatini 
yo‘qotgani yo‘q. 
D) U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir 
quchoq qilib supurib olib keldi. 
15.Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan 
kesim qatnashgan gapni aniqlang. 
A) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir 
xalqqa qo‘shilib ketadi. 
B) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida 
ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar 
edi. 
C) Bayram arafasida mahallamizda yangi 
to‘yxona ochildi. 
D) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida 
qiynaldi. 
16. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan 
kesim qatnashgan gapni aniqlang. 
A) To‘kilsa manglay tering, 
Unumli bo‘lur yering. 
B) Shundan keyin keksa qul 


Darxon zindonga tashlanadi. 
C) Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi 
bo‘lakcha bo‘ladi, albatta. 
D) Umid - parvozga otlangan lochin, 
umidsizlik - oyoqqa bog‘langan tosh. 
17. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan 
ifodalangan gapni aniqlang. 
A) Shu kuni keksa qul 
Darxon zindonga tashlanadi. 
B) Bu qadimiy obida temuriylar 
hukmronligi davrida qayta 
tiklangan edi. 
C) Quyoshli kunlarda paxtalar qiyg‘os 
ochildi. 
D) Hozirgi kunda milliy xalq 
hunarmandchiligiga katta e’tibor 
berilmoqda. 
18. O‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan 
kesim qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Keldi ochilur chog‘ing, 
0 ‘zliging namoyon qil. 
B) Oq va qora marvarid donachalari ajoyib 
shaklda ipga tizildi. 
C) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin 
xayollar girdobida qiynaldi. 
D) 0 ‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor 
archaga rang-barang o‘yinchoqlar 
osilgan edi. 
19. Tuslanuvchi so’z turkumini toping. 
A) ot B) sifat C) son D) fe’l 
20. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l 
qatnashgan? 
A) Bizning tumanimizda bir qancha sport 
inshootlari qurildi. 
B) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari 
qishning ilk kunlarida to‘kildi. 
C) Zangori ekran orqali «Qishloqdagi 
tengdoshim» ko‘rsatuvi namoyish 
etildi. 
D) «Qanotli do‘stlar» haqida film 
yaratildi. 
21. Qaysi gapda -ir qo‘shimchasi bilan 
hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l 
qatnashgan? 
A) 0‘ta qat’iylik bilan keskin va uzoq 
gapirdi. 
B) - Yolg‘on! Yolg‘on! - deb baqirdi. 


C) Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi. 
D) Choponiga cho‘nqayib o‘tirdi. 
22. Qaysi gapda -ar qo‘shimchasi bilan 
hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l 
qatnashgan? 
A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib 
ketdi, yuzining suyakka yopishgan 
chandir terisi oqardi. 
B) Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh 
o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi! 
C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan 
yasharmoqda. 
D) O‘roq mahali o‘roqchilarga go‘ja, ayron 
olib chiqardik. 
23. ...domlaning ko‘z qiri tushib qolarmikan 
degan niyatda astoydil xizmat 
qilishardi. Mehmonlar kechga taklif 
etilgan edi. 
Ushbu parchadagi fe’llar tarkibida qaysi 
nisbat qo‘shimchalari qatnashgan? 
A) birgalik va o‘zlik 
B) birgalik va majhul 
C) orttirma va majhul 
D) birgalik, orttirma va majhul 
24. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi 
qatnashgan? 
A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. 
B) Tong otgach, yo‘lga tushdik. 
C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani 
yaxshi. 
D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda. 
25. Or - bu o'ziga ep ko'rilmagan yoki 
yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, 
uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir. 
Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari 
qatnashgan? 
A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh 
B) harakat nomi va ravishdosh 
C) sifatdosh va harakat nomi 
D) harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh 
26. Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan? 
A) Yo‘lda ikkita chol sekin gaplashib 
kelishayotgandi. 
B) U jo‘rttaga dugonasining jig‘iga tega 
boshladi. 
C) Hushiga kelgan bemor qiynalib gapirardi. 
D) Sardor o‘ylanib turgan do‘stiga 


yaqinlashdi. 
27. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi 
qatnashgan? 
A) G‘afurjon tashqariga chiqib boydan 
ketishga izn so‘radi. 
B) U raisga muammoni yotig‘i bilan 
tushuntirdi. 
C) Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga 
shogirdlikka beraman. 
D) Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta 
xoda olib kelindi. 
28.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi 
qatnashgan? 
A) Keyin bozorga olib boribdi. 
B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda 
qilmadi. 
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. 
D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. 
29. Qaysi javobda ravish qatnashgan? 
A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman. 
B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib 
ketdim. 
C) Mana mavsum ham oxirlab 
qoldi. Mashina terimi tugay deb 
turibdi. 
D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, 
lekin allaqancha yerni o‘yib 
yuboribdilar. 
30. Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar 
berilgan? 
A) jimirlamoq, silkinmoq 
B) ko‘rinmoq, kiyinmoq 
C) taralmoq, yiqitmoq 
D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq 
31. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan? 
A) tishlamoq 
B) so‘lmoq 
C) ko‘karmoq 
D) gapirmoq 
32. Qaysi javobda so‘roq olmoshi qatnashgan? 
A) Toshkentning qayeriga qaramang, 
hashamatli binolar qad rostlamoqda. 
B) Tong otmoqda. Qishloq allaqachon 
uyg‘ongan. 
C) Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda 
dalil bo‘la olmaydi. 
D) Nazira opa yuzlarida qandaydir 


tabassum bilan qutini tita boshladi. 
33. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni 
aniqlang. 
A) Yo‘l bo‘yidagi rang-barang gullar qiyg‘os 
ochilgan edi. 
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi. 
C) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi. 
D) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi. 
34. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Abror yuklarni yuqoriga chiqarishga qiynaldi. 
B) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni 
bitirdi. 
C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 
D) Elektr simlariga qaldirg‘ochlar tizilib 
o‘tirardi. 
35. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni 
aniqlang. 
A) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni 
bitirdi. 
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 
C) Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida 
ko‘milib savat to‘qirdik. 
D) Muhokama qilsangiz, tushunchangiz 
yanada boyirdi. 
36. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra 
to‘rt turi qatnashgan? 
A) Sen shuni hech qachon yodingdan 
chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin 
oltin va gavharga aylanib boradi. 
B) Har qaysi millatning o‘ziga xos 
ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning 
o‘rni va ta’siri beqiyosdir. 
C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, 
butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar 
qilishimiz darkor. 
D) Hamma gapdan, hatto mening 
hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan 
mana bu yigit kim? 
37. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan 
ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? 
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan 
kamgap, lekin qaysargina bir bola edi. 
B) Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan 
yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi. 
C) Derazaning ochiq tabaqasidan mayin 
shamol kirib turardi. 
D) Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa 


ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli. 
38. Bostirib kelayotgan qo'shinni to‘xtatish, 
mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va 
mamlakatni qutqarib qolish uchun goho 
o‘rnida aytilgan birgina so‘z ham kifoya 
bo'lgan. 
Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan 
ifodalangan aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini 
aniqlab kelgan? 
A) to‘ldiruvchini B) egani 
C) aniqlovchini D) kesimni 
39. Tarkibida sifatdan yasalgan sodda yasama 
ravish qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Yarim tunda ko‘zi ilingan ayol tong 
saharlab junjikib uyg‘onib ketdi, osmon 
oqarib kelardi. 
B) U sevinchini ichiga sig‘dirolmay 
hamma bilan qadrdonlarcha ko‘risha 
boshladi. 
C) Onaxon Mutribni pinhoniy bir mehr 
bilan suyadi, unga hamisha qalban 
intiladi. 
D) G‘ulomjon keyingi vaqtlartda tanholikni 
yoqtiradigan bo‘lib qoldi. 
40. Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. 
To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. 
Mening qalbim shunday sevgiga molik: 
Bir charsillab yonay, so'ngra so‘nsam 
ham. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama 
fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 
A) kesim B) ega 
C) hoi D) aniqlovchi 
41. Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. 
To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. 
Mening qalbim shunday sevgiga molik: 
Bir charsillab yonay, so‘ngra so'nsam 
ham. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan majhul 
nisbatdagi fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida 
kelgan? 
A) aniqlovchi B) kesim 
C) hoi D) ega 
42. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? 
A) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada 
televideniyeda chiqar edi. 


B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi 
haqida faxrlanib gapirardilar. 
C) 0 ‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha 
cho‘zilib ketdi. 
D) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma 
kunga borib kelsin. 
43. U o‘ziga hayratomuz tikila boshlagan 
Oqbo'yinga boshini и yon-bu yon burib 
qarab qo'yadi. 
Mazkur gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? 
A) Ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari har xil 
gap bo‘lagi vazifasida kelgan. 
B) Ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari 
to‘ldiruvchi va aniqlovchiga tobelangan. 
C) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi 
yetakchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi. 
D) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi 
ko‘makchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi. 
44. Qaysi gapda yetakchi fe’l qismi qo‘shma 
fe’l bo‘lgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
qatnashgan? 
A) Do‘stim, ko‘rgan film va spektakllaringiz 
haqida hikoya qilib bering. 
B) Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi 
charaqlab ochilib ketdi. 
C) Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib 
kelardi. 
D) Sodiqjon, o‘rtog‘ingizga mavzuni aytib 
berib turing. 
45.Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan 
gapni toping. 
A) Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi 
ham umuman foyda bermadi. 
B) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan 
qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi. 
C) Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda 
ko‘chiraman-qo‘yaman. 
D) Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u 
tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi. 
46. Hamma qushlar baland ovozda 
yayrab-yayrab, to‘lib-toshib sayrashmoqda. 
Mazkur gapda qatnashgan fe’llar haqidagi 
to‘g‘ri ma’lumotni toping. 
A) Gapda fe’lning tuzilishiga ko‘ra to‘rtta 
turi qatnashgan. 
B) Gapda ham tub, ham yasama fe’llar 


qatnashgan. 
C) Gapda ham bo‘lishli, ham bo‘lishsiz 
fe’llar qatnashgan. 
D) Gapda fe’llar hoi va kesim vazifasini 
bajargan. 
47. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasini bajargan 
o‘zlik nisbatidagi fe’l qatnashgan? 
A) Taklif etilgan mehmonlarning ayrimlari 
hali kelmadi. 
B) Lagan-tovoqning bir-biriga teggan 
tovushi eshitilib turardi. 
C) Halima har doim juda ozoda kiyinadi. 
D) Yechishga qiynalgan masalangni menga 
ko‘rsat. 
48. Men ikkoviga uchtadan hil-hil pishgan 
shaftoli berdim. 
Mazkur gapda qatnashgan taqsim son 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? 
A) Taqsim son qo‘shimchasi tarkibida lab 
undoshi ishtirok etgan. 
B) Taqsim son tarkibida faqat jarangli 
undoshlar ishtirok etgan. 
C) Taqsim son imlosida bir unlining tushib 
qolishi kuzatiladi. 
D) Taqsim son asosi yopiq bo‘g‘indan iborat. 
49. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan 
harakat nomlari qatnashgan? 
A) Eh, qizaloq, bilmaysan-da, o‘qishning 
foydasi ko‘p! 
B) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim 
bo‘lishdi. 
C) Bu xalqni yaxshiroq bilmoq uchun uning 
urf-odatlari bilan tanishdim. 
D) Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham 
bilmay qoldi. 
50. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim 
bo‘lishdi. 
Mazkur gapda fe’lning otga xoslangan vazifa 
shakli qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 
A) aniqlovchi 
B) hol 
C) ega 
D) kesim 
51. Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni 
qilgan yaxshi. 
Ushbu gapdagi sifatdoshlar qaysi gap 
bo‘laklari vazifasida kelgan? 


A) hoi va aniqlovchi 
B) to‘ldiruvchi va kesim 
C) aniqlovchi va ega 
D) to‘ldiruvchi va ega 
52.Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan 
jamlovchi son qatnashgan? 
A) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish 
safariga jo‘nating. 
B) Ularning ikkovi bilan ham alohidaalohida gaplashib qo‘yaman. 
C) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda 
do‘stona yashay boshladi. 
D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam 
sig‘adigan yigit bo‘libdi. 
53. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining barcha 
turida qo‘llana oladigan fe’llar qatori 
berilgan? 
A) ko‘rmoq, qaytmoq, chaqirmoq 
B) bo‘yamoq, kiymoq, osmoq 
C) yuvmoq, quvonmoq, uxlamoq 
D) shovullamoq, kiymoq, aytmoq 
54. Qaysi javobda otlashgan sonlar to‘ldiruvchi 
vazifasida kelgan? 
A) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. 
B) To‘qqizida bo‘lmagan aql to‘qsonida ham 
bo‘lmas. 
C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. 
D) Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on 
mingni urar. 
55. Men doirn o‘zimni o'zim tergayman: 
«Maslahatlarim yetarlicha to‘g‘rimikin? 
D o‘stlarimga yetarlicha sadoqatlimanmi?» 
Mazkur parchadagi otlar qaysi bo‘lak 
vazifasida kelgan? 
A) ega, hoi 
B) ega, to‘ldiruvchi 
C) to‘ldiruvchi, kesim 
D) ega, aniqlovchi 
56.Qaysi javobda yasama holat ravishi bilan 
ifodalangan hol qatnashgan? 
A) Choi va kampir amallab uyga yetib 
olishibdi. 
B) U o‘z xatti-harakati va fidokorona 
mehnati bilan xalqqa tanilgan. 
C) Do‘stona yig‘inlar ham munosabatlarni 
mustahkamlab turuvchi vositalardan 
biridir. 
D) U barcha qiyinchiliklarni mardlarcha 


yengib o‘tdi. 
57. Qaysi qatorda o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar juftligi berilgan? 
A) ajraldi-ajratdi, maqtadi-maqtandi B) tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi C) yuvindi-yuvundi, 
chaqirdi-chaqirildi D) eshitdi-eshitildi, tashladi-tashlandi 
58.Qaysi gapda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qo‘llangan? 
A) Giloslar ostidagi panjaralari ko‘k bo‘yoq 
bilan sirlangan yog‘och karavotda uxlab 
yotardi. 
B) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga 
duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan. 
C) Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh 
suzib berilgan kosani tushirib sindiribdi. 
D) Shamol toy ekan, kuchga boy ekan, 
yengil ko‘charkan, ko‘kka ucharkan. 
59. Qaysi gapda aniq va o‘zlik nisbatdagi fe’l 
qatnashgan? 
A) Ular yashikdagi shaftolining ezilganla 
ajratib bolalarga berishdi. 
B) Qor qalin yog‘ayotgani uchun atrof 
zo‘rg‘a ko‘rinar edi. 
C) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘t 
labiga kelishdi. 
D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta 
atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan 
60. Qaysi gapda majhul nisbatdagi va birgalik 
nisbatidagi fe’llar qatnashgan? 
A) Ozoda gilamlar to‘shalgan past-baland 
chorpoyalar ustida odamlar choy ichishi 
ish yuzasidan maslahat qilishadi. 
B) Botayotgan quyoshning horg‘in nuri 
qorli tog‘ cho‘qqisini, uning tepasida 
uvadaday osilib turgan bulutni bir lab 
qizartirdi-da, so‘ndi. 
C) Ko‘zni quvnatadigan gulzor yonidagi 
yam-yashil daraxt tagiga qo‘yilgan 
kattagina so‘rida miriqib dam olish 
mumkin. 
D) Bolalar uni yaxshi ko‘rishib, unga 
yordam berishibdi. 
61. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qatnashgan? 
A) Biror mamlakatda jabr-zulm, fisq-faso 
kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyos 
bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozin 
B) Mehmonlar qorovulning qistashiga 
qaramay ichkariga kirishmadi. 


C) Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab 
yurgan bolalarga berdim. 
D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta 
atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalga 
62. Quyida berilgan qaysi fe’llarning asosida 
ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi 
nisbat qo‘shimchasi ta’sirida o‘zgargan? 
1) ko‘rsatmoq; 2) ajratmoq; 3) qiynalmoq; 
4) o‘qitmoq; 5) tomizmoq; 6) supurishmoq 
A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 5 
С) 1, 4, 5, 6 D) 1, 4, 6 
63. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z 
bilan o‘zaro bir xil gap bo’lagi vazifasini 
bajargan? 
A) Tog‘am - tajribali shifokor. Ular ko‘p 
insonlarning hayotini saqlab qolganlar. 
B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining 
tarjimonidir. 
C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning 
lablari pir-pir uchar edi. 
D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho 
ma’naviy mulki. Ulardan hamisha 
foydalanishimiz mumkin. 
64. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika 
yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni 
qo‘lga kiritdi. 
Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar 
haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni 
aniqlang. 
A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan 
yasalgan. 
B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid 
yasama so‘zlar qatnashgan. 
C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi 
vazifasini bajargan. 
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning 
barchasi o‘rin-joy otlariga mansub. 
65. Qaysi gapda ega vazifasida kelgan belgilash 
olmoshi qatnashgan? 
A) Agar otaxon guzardan hassasini 
do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar 
qalqib turardi va to o‘tib ketguncha 
ta’zim qilardi. 
B) Har birining navkarlari o‘zlariga 
qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan . 
og‘ir aravalarga ortib kelmoqda 
edilar. 


C) Shu tariqa hech kim hech qachon 
adashib ketmas, hamma ishtirokchilar 
sahnaga o‘z vaqtida chiqardi. 
D) Har qaysi millatning o‘ziga xos 
ma’naviyatini shakllantirish va 
yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning 
o‘rni va ta’siri beqiyosdir. 
66. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan 
ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va 
jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi 
qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush 
orttirilishi kuzatiladi. 
B) So‘roq olmoshlariga alia- yoki -dir 
qo'shimchasini qo‘shish yo‘li bilan 
hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik 
olmoshlari hisoblanadi. 
C) To‘pdan ajratilgan yoki jamlab 
ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, 
harakat-holatlarni ifodalaydigan 
olmoshlar belgilash olmoshlari 
sanaladi. 
D) Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi 
olmoshlar kishilik olmoshlari 
hisoblanadi. Ayrim kishilik olmoshlariga 
-ni, -nine, -niki qo‘shimchalari 
qo‘shilganda tovush tushishi kuzatiladi. 
67. Qaysi javobda o‘zaro bir xil turkumga oid 
so‘zlar bilan ifodalangan uyushiq ravish holi 
qatnashgan? 
A) U hayajon bilan, tez-tez, bo‘g‘ilib so‘zlar 
edi. 
B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, 
bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi. 
C) Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y 
bilan quloq soldi. 
D) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir 
joyda uchib turdi. 
68. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan 
o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan 
olmosh qatnashgan? 
A) Vatan sajdagoh kabi muqaddas 
sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz. 
B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan 
irodali bo‘lishni o‘rgandim. 
C) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho 
ma’naviy mulki. Ulardan hamisha 


foydalanishimiz mumkin. 
D) Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u 
qo‘rquvdan atrofga alanglar edi. 
69. Kitoblar - insoniyatning eng bebaho 
ma’naviy mulki, mislsiz xazinasi. 
Ulardan har birimiz foydalanishimiz
aqlimizni xohlaganimizcha ularning 
dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz 
mumkin. 
Ushbu parchada qatnashgan olmoshlarga 
oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu parchadagi olmoshlarning 
to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga ishora 
qilishi kuzatiladi. 
B) Ushbu parchadagi olmoshlar to‘ldiruvchi 
va hoi vazifasini bajargan. 
C) Ushbu parchadagi olmoshlarning 
barchasi tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir 
turga oiddir. 
D) Ushbu parchadagi olmoshlar olmoshning 
ikki ma’noviy turiga oiddir. 
70. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, 
ham dadillik baxsh etardi. 
Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim 
qismga bitishuv usulida birikkan. 
B) Gapdagi mavhum otlar otlarning 
tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. 
C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap 
bo‘lagi vazifasida kelgan. 
D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil 
turkumga oid so‘zdan yasalgan. 
71. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar 
shoirning qabristonga yaqinlashganda 
otdan tushishi sababini so'rabdilar. 
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi 
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar 
sanaladi. 
B) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qatnashgan. 
C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar 
sanaladi. 
D) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi 
qatnashgan. 
72. Nafis chayqaladi bir tup na’matak 


Yuksakda shamolning belanchagida, 
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, 
Viqor-la o ‘shshaygan qoya labida. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan fe’llar 
haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu gapda barcha fe’llar o‘timsiz 
fe’llar sanaladi. 
B) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining 
to‘rt turi qatnashgan. 
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qatnashgan. 
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda 
yasama fe’llar sanaladi. 
73. U giloslar ostiga qo‘yilgan panjaralari 
ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta 
yog‘och karavotda yonboshlab 
o'tirar edi. 
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri 
ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining 
faqat bir turi qatnashgan. 
B) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar 
qatnashgan. 
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qatnashgan. 
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda 
yasama fe’llar sanaladi. 
74. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning 
uchun ham и hidlashni bilmaganlarning 
burniga sanchiladi. 
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri 
ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi 
qatnashgan. 
B) Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz 
fe’llar sanaladi. 
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub 
fe’llar sanaladi. 
D) Ushbu gapda fe’l vazifa 
shakllarining ikki turigagina oid 
fe’llar qatnashgan. 
75. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning 
uchun ham и hidlashni bilmaganlarning 
burniga sanchiladi. 
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid qaysi 
ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar 


qatnashgan. 
B) Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishda fe’lning 
fe’lga bog‘lanishi kuzatiladi. 
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar tobe 
bog‘lanishlarda faqat hokim qism 
vazifasini bajargan. 
D) Ushbu gapda fe’lning otga bog‘lanishi 
kuzatiladi. 
76. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni 
hamjihatlikka, birodarlikka va 
samimiyatga chorlaydi. 
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid 
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega, 
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. 
B) Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum 
otlar sanaladi. 
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida 
yasama otlar hokim qism va tobe qism 
vazifasini bajargan. 
D) Ushbu gapda tub va yasama otlarning 
qatnashishi kuzatiladi. 
77. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni 
hamjihatlikka, birodarlikka va 
samimiyatga chorlaydi. 
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid qaysi 
ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar 
qatnashgan. 
B) Ushbu gapdagi barcha otlar 
tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid 
hisoblanadi. 
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida 
hokim qism vazifasini bajargan ot 
qatnashgan. 
D) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi 
vazifasini bajargan. 
78. Hayot go‘zal, hayot maroqli, 
Shuning uchun erka ko‘ngil shod. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar 
haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A) Ot turkumidan yasalgan asliy sifat 
ishtirok etgan. 
B) Tub va yasama sifatlar ishtirok etgan. 
C) Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan yasama 
sifat ishtirok etgan. 
D) Kesim vazifasini bajargan sifatlar 


ishtirok etgan. 
79. Hayot go'zal, hayot maroqli, 
Shuning uchun erka ko‘ngil shod. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar 
haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? 
A) Asliy va nisbiy yasama sifatlar ishtirok 
etgan. 
B) Tub sifatlar tobe bog‘lanishlarda faqat 
hokim qism vazifasida qo‘llangan. 
C) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan. 
D) Ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida 
qo‘llangan nisbiy sifat ishtirok etgan. 
80. Hayot go‘zal, hayot maroqli, 
Shuning uchun erka ko'ngil shod. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan. 
B) Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok 
etgan. 
C) Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok 
etgan. 
D) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan. 
81. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? 
A) 0 ‘ym-kulgi, askiya yarim kechagacha 
cho‘zilib ketdi. 
B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi 
haqida faxrlanib gapirardilar. 
C) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada 
televideniyeda chiqar edi. 
D) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma 
kunga borib kelsin. 
82. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, kо‘т-kо‘k, 
sariq gullar o‘sib yotardi. 
Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan 
qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Otlashgan sifat qatnashgan. 
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini 
bajargan. 
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan. 
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid. 
83. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak 
maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan? 
A) « O‘rningdan tura qol, do‘stim, 
tashqariga chiqaylik», - dedi u. 
B) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa 
qiynalmay yetib olardik. 


C) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun 
javob bersin. 
D) «Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab 
qo‘yay», - dedi zavqi oshib. 
84. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash 
maroqli. 
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida 
berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga 
qo‘shilishi kuzatiladi. 
B) Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan. 
C) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga 
qo‘shilishi kuzatiladi. 
D) Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan. 
85. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan 
bolakay sekingina ichkariga kirdi. 
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli 
turkumga oid bo‘la oladigan kesim 
vazifasidagi fe’l qatnashgan. 
B) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la 
oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan. 
C) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh 
bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi 
vazifasidagi ot qatnashgan. 
D) Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la 
oladigan sifatdosh qatnashgan. 
86. Charchamang, ko‘zlarim, boqay 
to'yguncha, 
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil. 
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi 
qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida 
kelgan fe’llar buyruq-istak maylida 
qo‘llangan. 
B) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv 
usulida tobelangan fe’l qatnashgan. 
C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan 
ravishdosh qatnashgan. 
D) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l 
qatnashgan. 
87. «Institutni bitirgan yilim meni 
aspiranturaga qabul qilishdi va men yana 
shaharda qoldim», - deb so‘zini davom 
ettirdi и biroz o'ylangandan so‘ng. 
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi 
qaysi fikr to‘g‘ri emas? 


A) Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda. 
B) Sof fe’llarning faqat 2 tasi xabar 
maylidagi fe’l sanaladi. 
C) O‘timli fe’llarning 1 tasi birgalik 
nisbatida. 
D) 1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l 
qatnashgan. 
88. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular 
o'ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, 
ammo ularning indamay qilgan 
razilliklari tufayli, afsuski, yer 
yuzida haligacha sotqinlik va qotillik 
yashamoqda. 
Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Kesim vazifasida kelgan fe’l + fe’l 
tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan. 
B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan 
qo‘shma sifat qatnashgan. 
C) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama 
so‘z qatnashgan. 
D) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda 
yasama otlar qatnashgan. 
90. Qaysi qatordagi gapda yasama ravish berilgan? 
A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo‘rtib ketishdi. B) Choyni 
naridan-beri ichib, oshxonaga yugurdim. C) Yig‘ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. D) 
Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi. 
91. Qaysi gapda to‘pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo‘llangan? 
A) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. B) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola 
emasman. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Men kelajagi buyuk 
Vatanning farzandiman. 
92. Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari keltirilgan? 
A) fikrlamoq, sevinib ketmoq, chaqirmoq B) fahmlamoq, pichirlamoq, ma’qullamoq C) 
imzolamoq, susaymoq, sergaklanmoq D) ijod qilmoq, tushunmoq, o‘ylamoq 
93. Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh shakli… 
A) qo‘shma fe’l sanaladi B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi sanaladi C) qo‘shma fe’l hosil 
qiluvchi yetakchi fe’l sanaladi D) yetakchi fe’l sanaladi 
94. Men vazifani bajaray. U hovlisini ancha kengaytirdi. Ushbu gapdagi fe’llar tarkibida kelgan 
-ay qo‘shimchasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? 
A) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda fe’l yasovchi, 2-gapda buyruq-istak mayli 
qo‘shimchasi B) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda buyruq-istak mayli, 2-gapda fe’l 
yasovchi qo‘shimcha C) har ikkala gapda buyruq-istak mayli qo‘shimchasi D) bu qo‘shimcha 
shakldosh bo‘lib, 1-gapda ravishdosh shakli, 2-gapda fe’l yasovchi qo‘shimcha 
95. Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi charaqlab ketdi. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi javobda 
to‘g‘ri izohlangan? 


A) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta ko‘makchi fe’l B) 3 ta ravishdosh shaklidagi 
mustaqil fe’l, 1 ta ko‘makchi fe’l C) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta qo‘shma fe’l 
D) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta qo‘shma fe’l 
96. Fe’llarning vazifa shakli qo‘shimchalari fe’lning qaysi lug‘aviy shaklini hosil qilganda, bir 
unli tovush boshqasiga almashishi mumkin? 
A) harakat nomi B) ravishdosh C) ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi D) ravishdosh va 
sifatdosh 
97. Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe’l turkumiga oid so‘zlar hisoblanadi? 
A) keldi-ketdi B) bordi-keldi C) aytdi-qo‘ydi D) ur-yiqit 
98. Otasini hovlining chekkasidan zax uyga ko‘chirdi. Ushbu gapdagi fe’lning nisbatini 
aniqlang. 
A) o‘zlik nisbat B) aniq nisbat C) orttirma nisbat D) majhul nisbat 
99. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bor? 
A) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. B) Bir-birimiz bilan tezda 
eski qadrdonlardek suhbatlashdik. C) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok 
odamlar shunchalik kamayadi. D) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. 
100. Qaysi qatorda orttirma nisbat shakli yetakchi fe’lga qo‘shilgan? 
A) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman. B) Tushga yaqin dadam bizga 
ovqat keltirib berdi. C) U eng avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi. D) Birdan 
bozor boshida dod-faryod ko‘tarilib qoldi. 
101. Ichkari tarafdan keksa bir xodima – eshikochar xola ko‘rinib, Gulshanga salom berdi va 
“Xush keldilar!” – dedi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida keltirilgan 
to‘g‘ri hukmni aniqlang. 
A) III shaxs ko‘plik shakli II shaxs birlik ma’nosida B) III shaxs ko‘plik shakli II shaxs ko‘plik 
ma’nosida C) III shaxs birlik shakli III shaxs birlik ma’nosida D) III shaxs ko‘plik shakli III 
shaxs birlik ma’nosida 
102. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni 
zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do‘stlikni mustahkamlaydi. Berilgan gapdagi sodda 
fe’llar qaysi turkumdan yasalgan? 
A) sifat B) sifat, ot C) ot, sifat, ravish D) ot 
103. Otam so‘zimni eshitdi. Yelkasi osha qaradi-da: – Ha! – deb to‘ng‘illab qo‘ydi. Mazkur 
gapdagi fe’llarning ma’noviy guruhlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 
A) eshitmoq –nutqiy harakat fe’li; to‘ng‘illab qo‘ymoq – holat fe’li; qaramoq – jismoniy 
faoliyat fe’li B) eshitmoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq – nutqiy harakat fe’llari; qaramoq – jismoniy 
harakat fe’li C) eshitmoq, qaramoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq – jismoniy faoliyat fe’llari D) 
eshitmoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq – jismoniy faoliyat fe’li; qaramoq – nutqiy faoliyat fe’li 
104. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l 
shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A) -guncha, -la, -in, -il, -gan B) -gach, -t, -ir, -n, -i C) -in, -t, -ir, -ish, -il D) -gach, -guncha, -
gani, -ib 
105. Qaysi nisbat qo‘shimchasi qo‘shilsa ishla fe’li o‘timli fe’lga aylanadi? 
A) majhul nisbat qo‘shimchasi B) o‘zlik nisbat qo‘shimchasi C) orttirma nisbat qo‘shimchasi 
D) birgalik nisbat qo‘shimchasi 
106. Faqat ko‘makchi fe’llar tarkibida qo‘llanuvchi shakllarni toping. 1) nisbat; 2) bo‘lishsizlik; 
3) zamon; 4) shaxs-son; 5) fe’lning vazifa shakllari 
A) 3, 4, 5 B) 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5 
107. Boshlamoq ko‘makchi fe’li ravishdoshning qaysi shakliga qo‘shiladi? 


A) -a (-y) B) -i (-b) C) -i (-b), -a (-y) D) -gach
108. Quyidagi shakllardan qaysi biri ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida faqat ko‘makchi fe’lga 
qo‘shiladi?
1) zamon; 2) nisbat; 3) fe’lning vazifa shakllari; 4) shaxs-son; 5) bo‘lishsizlik 
A) 3, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4 
109. -ay qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? 
A) ravishdan B) sifatdan C) ot, sifat, ravishdan D) sifat va ravishdan 
110. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi… 
A) fe’lning noaniq shakli sanaladi B) o‘tgan zamon shakli sanaladi C) buyruq-istak mayli shakli 
sanaladi D) sof fe’l shakli sanaladi 
111. 1. Oqibati nima bilan tugashini o‘ylab ham ko‘rmadi. 2. Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma. 
Har ikkala gapdagi ko‘rma fe’lini izohlang. 
A) ikkala gapda ham ko‘makchi fe’l B) ikkala gapda ham yetakchi fe’l C) birinchi gapda – 
yetakchi fe’l, ikkinchi gapda – ko‘makchi fe’l D) ikkala gapda ham qo‘shma fe’lning tarkibiy 
qismi 
112. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi? 
1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak; 6) -gandi; 7) -moqchi 
A) 3, 5, 6, 7 B) 2, 3, 6, 7 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 4, 5, 7 
113. Eshitib tursam, hadeb bir xil gapni takrorlayotibdi. Ushbu gapdagi fe’llar kesimga xos 
qaysi qo‘shimchalarni olgan? 
A) -di, -sa, -m, -yotib B) -ib, di, -m C) -ib, -la, -yotib, -di D) -ib, -yotib, -m, -di 
114. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? 
A) qo‘ymoq B) yurmoq C) chiqmoq D) yotmoq 
115. U yuziga belbog‘ini tashlab ko‘rpachaga cho‘zildi. Lag‘mon ingichka qilib cho‘zildi. 
Ushbu gaplardagi cho‘zildi so‘zining nisbatini aniqlang. 
A) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat 
C) har ikkala gapda majhul nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 
116. Nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo‘shimchalardan qaysilari doim o‘timli fe’llarga 
qo‘shiladi? 
1) -in; 2) -t; 3) -sh, -ish; 4) -tir. 
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1 D) 3 
117. O‘timsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida o‘timli fe’lga aylanadi? 
A) o‘zlik va majhul nisbat shakli B) tushum kelishigi shakli C) orttirma nisbat shakli D) bosh 
kelishik shakli 
118. Bo‘lmoq so‘zi qaysi gapda lug‘aviy ma’noga ega emas? 
A) Erkak odam bir so‘zli bo‘ladi. B) Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi. C) Hozir unga qo‘ng‘iroq 
qilsam bo‘larmikin? D) Samarqadda bir necha marta bo‘lganman. 
119. Qani qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay gapidagi fe’llar kesimga xos qaysi 
qo‘shimchalarni olgan? 
A) -la, -b B) -b, -ay C) -ing, -b D) -ing, -ay 
120. To‘liqsiz fe’llar mustaqil (yetakchi) fe’lning qanday sahkllaridan so‘ng keladi? 
A) zamon shaklari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng B) munosabat shakllari mavjud bo‘lmagan 
fe’l asoslaridan so‘ng C) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng 
D) shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng 
121. O‘timli fe’llar qaysi qatorda berilgan? 
A) ko‘rsatmoq, jiringlamoq, ko‘rmoq B) quvontirmoq, yozmoq, almashmoq C) ichmoq, 
tanishmoq, yurmoq D) o‘qimoq, qaramoq, uxlamoq 


122. 1. Gul ochildi. 2. Yig‘ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’lning nisbatini aniqlang. 
A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat B) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat 
C) har ikkala gapda majhul nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 
123. Yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin bo‘lgan 
qo‘shimchalarni toping. 
A) -gan, -ma, -in B) -di, -dir, -sh C) -il, -ma, -ish D) -man, -(i)m, -ma 
124. Ikkita mustaqil fe’l asosining birikishidan hosil bo‘lgan so‘zlarni aniqlang. 
A) aytib yubormoq, kulib qo‘ymoq B) chaqirib kelmoq, qaytarib olmoq C) tuzatib qo‘ymoq, 
ko‘rib qolmoq D) kelishib olmoq, oqib kelmoq 
125. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi fe’lning qaysi munosabat shaklini 
ifodalashga xizmat qiladi? 
A) shart mayli B) xabar mayli C) III shaxs buyruq-istak mayli D) II shaxs buyruq-istak mayli
126. Yo‘q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, – Alimardonning 
o‘ylanib turganini o‘zicha tushundi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni 
haqidagi ifodalangan to‘g‘ri hukmni aniqlang? 
A) I shaxs ko‘plik shakli II shaxs birlik ma’nosida B) I shaxs ko‘plik shakli I shaxs birlik 
ma’nosida C) I shaxs ko‘plik shakli III shaxs birlik ma’nosida D) I shaxs ko‘plik shakli II shaxs 
ko‘plik ma’nosida 
127. Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko‘ra to‘g‘ri izohlangan? 
A) gapirmoq – jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq – aqliy faoliyat fe’li; ekmoq – holat fe’li; 
muzlamoq – holat fe’li B) gapirmoq – nutqiy faoliyat fe’li; ijod qilmoq – aqliy faoliyat fe’li; 
ekmoq – jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq – holat fe’li C) gapirmoq, ekmoq, muzlamoq – 
jismoniy faoliyat fe’llari; ijod qilmoq – nutqiy faoliyat fe’li D) gapirmoq – holat fe’li; ijod 
qilmoq – nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq – jismoniy faoliyat fe’llari 
128. Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan shakllanadigan maylni 
belgilang. 
A) shart B) xabar C) barcha fe’l mayllari zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan 
shakllanadi D) buyruq-istak 
129. Quyidagi qaysi qo‘shimchalar ishla fe’liga qo‘shilib uni o‘timli fe’lga aylantiradi? 
1) -t; 2) -tir; 3) -dir; 4) -giz; 5) -sh 
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1 D) 1, 2, 4 
130. Qaysi qatordagi fe’llar tarkibida munosabat shakllar qo‘llangan? 
A) ko‘paydi, kelayotgan, kiyinmoq B) ko‘rding, chiqsin, qichqirmoqda C) aytgani, kuylashadi, 
qarasa D) o‘ylandim, ketguncha, kiribsan 
131. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? 
A) yurmoq B) yotmoq C) olmoq D) boshlamoq 
132. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi? 
A) sifatdosh B) harakat nomi C) sifatdosh va ravishdosh D) ravishdosh 
133. Morfologiyada so‘zning qaysi ma’nosi o‘rganiladi? 
A) atash ma’nosi B) leksik ma’nosi C) ko‘chma ma‘nosi D) grammatik ma’nosi 
134. Har ikkala qismi o‘zining lug‘aviy ma’nosini saqlagan fe‘llarning o‘zaro birikuvidan 
qanday birliklar hosil bo‘ladi?
A) ko‘makchi fe‘lli so‘z shakli B) qo‘shma fe‘l C) qo‘shma fe‘l, ko‘makchi fe‘lli so‘z shakli D) 
gap 
135. Ravishdoshlar qanday holatda gapda hol bo‘lib kela oladi? 


A) bir mustaqil ma’noli fe‘lni ko‘makchi fe‘l bilan bog‘lab kelganda B) harakat tarzi shakllari 
tarkibida bo‘lganda C) harakat tarzi shakllari tarkibida yoki mustaqil fe‘lni ko‘makchi fe‘l bilan 
bog‘lab kelganda D) bir mustaqil ma’noli fe‘lni ikkinchi mustaqil fe’l bilan bog‘lab kelganda 
136. 1. Bu xatda nima yozilganligini o‘qib ham ko‘rmadi. 2. Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma. 
Har ikkala gapdagi ko‘rma fe‘li qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 
A) birinchi gapda — ko‘makchi fe‘l, ikkinchi gapda mustaqil fe‘l B) birinchi gapda — 
mustaqil, ikkinchi gapda — ko‘makchi fe‘l C) ikkala gapda ham — ko‘makchi fe‘l D) ikkala 
gapda ham — mustaqil fe‘l 
137. Qanday fe‘llar qo‘shilib yoziladi? 
A) tarkibli fe‘llar B) qo‘shma fe‘llar C) sanalgan barcha fe‘llar ajratib yoziladi D) harakat tarzi 
fe‘llari 
138. Ot+fe‘l birikuvidan qanday birliklar hosil bo‘lmaydi? 
A) gap B) so‘z birikmasi C) ko‘makchi fe‘lli so‘z shakli D) qo‘shma fe‘l 
139. Quyidagilardan qaysi biri fe‘llarning lug‘aviy shakllari hisoblanadi? 
A) to‘liqsiz fe‘llar B) ko‘makchi fe‘llar C) harakat tarzi fe‘llari D) sifatdoshlar 
140. Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo‘shimchalardan qaysi biri harakat yoki holatning 
takrorlanuvchanligini ifodalaydi? 
A) -di B) -gan C) -gandi (-gan edi) D) -ardi 
141. Hazillashmoq, odatlanmoq fe‘llari qaysi nisbat shaklida ekanligini aniqlang.
A) hazillashmoq - birgalik nisbat; odatlanmoq - majhul nisbat B) hazillashmoq - birgalik nisbat; 
odatlanmoq - o‘zlik nisbat C) hazillashmoq - aniq nisbat; odatlanmoq -aniq nisbat D) 
hazillashmoq - aniq nisbat; odatlanmoq -o‘zlik nisbat 
142. Fe‘llarning lug‘aviy shakllari hisoblanadigan so‘zlarni toping.
A) ol, yur, qal B) o‘sayotgan, yozish, o‘qib C) esa, bo‘ldi D) edi, ekan, emish 
143. Qaysi ko‘makchi fe‘l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? 
A) yubormoq B) olmoq C) boshlamoq D) tashlamoq 
144. Fe‘llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
A) harakat va holat fe‘llariga B) o‘timli va o‘timsiz fe‘llarga, C) tub va yasama fe’llarga D) 
mustaqil va yordamchi fe‘llarga 
145. III shaxs birlik son shaklidagi birgalik nisbat fe‘li qanday shakldagi fe‘lga ma’nodosh 
(sinonim) bo‘lib keladi? 
A) III shaxs birlik son shaklidagi aniq nisbat fe‘liga B) harakat nomi shaklidagi fe‘lga C) II 
shaxs birlik son shaklidagi aniq nisbat fe‘liga D) III shaxs ko‘plik son shaklidagi aniq nisbat 
fe‘liga 
146. -ir orttirma nisbat qo‘shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? 
A) undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi. B) undosh bilan tugagan bir 
bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi. C) vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. D) 
fe’l yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik hosil qiladi.
147. Fe’l zamonlarini belgilash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? 
A) kelasi zamonga nisbatan B) hozirgi zamonga nisbatan C) o‘tgan va kelasi zamonga nisbatan 
D) o‘tgan zamonga nisbatan 
148. Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? 
A) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo‘ydi. B) Toqqa chiqqach, 
osmonning pastligini his qildi. C) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo‘lga tushdim. D) Gapni 
bilib-bilmay gapirmaslik kerak. 
149. Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday 
nomlanadi? 


A) o‘timli fe’llar B) o‘timsiz fe’llar C) harakat fe’llari D) holat fe’llari 
150. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni hosil qilishda qaysi nisbat shakllari o‘zaro zidlanadi? 
A) orttirma nisbat va birgalik nisbat B) majhul nisbat va birgalik nisbat C) o‘zlik nisbat va 
majhul nisbat D) o‘zlik nisbat va orttirma nisbat 
1. Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini 
diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf 
bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan 
xabardorligini tushunib yetamiz. 
Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga 
mansub bo‘lmagan so‘zlarning turkumini 
aniqlang. 
1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 
4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z. 
A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 6 
С) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 
2 . Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkiy 
emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, m o‘g‘ul va 
boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat 
bilan foydalangan. 
Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga 
mansub so‘zlar soni nechta? 
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 
3. Balki, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun 
yarmidan og‘ganda birdan uyg'onib ketasiz. 
Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga 
mansub bo‘lmagan birliklarning turkumini 
aniqlang. 
1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 
4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z. 
A) 2, 3, 5 В) 1, 3, 4 C) 3, 6 D) 2, 6 
4. Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z 
hisoblanadi? 
1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat
5) chunki; 6) biroq. 
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 5, 6 
С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4, 5 
5. Quyida berilganlardan qaysilari vazifadosh 
modal so‘z bo‘la oladi? 
1) shubhasiz; 2) koshki; 3) aftidan; 
4) chamasi; 5) shekilli; 6) ehtimol; 7) xullas. 
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 4, 6 
C) 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 7 
6. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi 
hisoblanadi? 
1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 
5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar. 


A) 1, 3, 6, 7 
B) 2, 4, 5, 6 
C) 1, 2, 4, 7 
D) 2, 3, 5, 7 
7. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishigi 
shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan 
vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang. 
1) ko‘ra; 2) buyon; 3) tomon; 4) qaramay; 
5) boshlab; 6) ko‘rib; 7) qadar. 
A) 2, 4, 6, 7 
B) 2, 3, 5, 6 
C) 1, 4, 5, 7 ; 
D) 1, 3, 4 
8. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi 
shaklidagi ismga qo‘shilib kelgan ko‘makchi 
qatnashgan? 
A) Yomonlarning qoshida yalinish mardning 
ishi emas. 
B) Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi 
somon yanglig‘ sarg‘aygan edi. 
C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, 
qishloq tomon yurdi. 
D) To‘g‘ri so‘z o‘zining egasini najot sari 
yetaklaydi. 
9. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni 
aniqlang. 
A) Qorong‘ilik quyuqlasha borar, 
ko‘kdagi yulduzlar ham yorqinroq chaqnar 
edi. 
B) Bitmas-tuganmas bilim tagida mashaqqatli 
mehnat yotadi. 
C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, 
qishloq tomon yurdi. 
D) Har bir ona singari Halima opa ham o‘z 
jigarining baxtli bo‘lishini istardi. 
10. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi 
shaklidagi so‘zga qo‘shilib kelgan ko‘makchi 
qatnashgan? 
A) Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi 
somon yanglig‘ sarg‘aygan edi. 
B) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, 
qishloq tomon yurdi. 
C) Ertalabki choy ustida biroz 
hangomalashgach, hammamiz yo‘lga 
otlandik. 
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat 
yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. 


11. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni 
aniqlang. 
A) 0 ‘rtancha botir voqeani aytib, nishona 
uchun tasmani o‘rtaga tashladi. 
B) Qish o‘tib, yana Samarqand tomon 
yo‘limiz tushdi. 
C) «Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar 
ishi emas», - dedi shunda otam. 
D) Ertalabki choydan keyin biroz 
hangomalashgach, hammamiz yo‘lga 
otlandik. 
12. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham 
sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Hasharchilar tushlikdan keyin yana 
dalaga qarab yo‘l oldilar. 
B) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini 
yana bir bor diqqat bilan o‘qidi. 
C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng 
do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi. 
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat 
yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. 
13. Bilimdonlikning sir-и asrori g‘ayrat hamda 
matonat bilan o ‘qish va o‘rganishdadir. 
Ushbu gapdagi yordamchi so‘zlar haqidagi 
qaysi ma’lumot to‘g‘ri? 
A) Gapda 2 ta vazifadosh bog‘lovchi 
ishtirok etgan. 
B) Gapda 2 ta ko‘makchi ishtirok etgan. 
C) Gapda faqat bog‘lovchilar ishtirok etgan. 
D) Gapda ko‘makchi va bog‘lovchilar 
ishtirok etgan. 
14. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv 
bog‘lovchisi ishtirok etgan? 
A) To‘satdan eshik taraqlab ochildi-yu, 
ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 
B) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, ko‘plab 
savollarga javob berolmadi. 
C) Oyim gapiryaptilar-u, mening ko‘zlarim 
Kimsan akamda. 
D) Eh do‘stim, umrlar o‘tar-u, kitoblar 
yashar. 
15. Qaysi javobda ayiruv bog‘lovchisi qo‘shma 
gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashga 
xizmat qilmagan? 
A) Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, 
Yoki so‘kildimi suvsar telpaging? 
B) Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari 


yangraydi, dam hind qo‘shiqlari ijro etiladi. 
C) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi 
quloqqa chalinardi, ba’zan itning 
akillashi eshitilardi. 
D) Nuri goh sevinib, goh ma’yus holda 
o‘y la r girdobiga botardi. 
16. Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni 
aniqlang. 
A) Oh, qanday go‘zal bu olam! 
B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, 
ovoragarchiligi bormi? 
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing 
tutdi olamni. 
D) Voy, sen hali yalpiz nimaligini 
bilmaysanmi? 
17. Qaysi javobdagi gapda aniqlovchi vazifasida 
kelgan tovushga taqlidni bildirgan so‘z 
qo‘llangan? 
A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray 
boshladi. 
B) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda 
g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim. 
C) Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq 
urardi. 
D) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars 
yorilib ketganini endi payqadi. 
 
18. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so‘z 
qatnashgan? 
A) Jimirlab oqayotgan suvga tikilib 
xayollarga berildi. 
B) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon 
labiga kelayotgandek bo‘lardi. 
C) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar 
tunga o‘zgacha shukuh berardi. 
D) Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, 
Guljonim, asaling ber, sog‘indim-ku! 
19. Qaysi gapda quvonch ma’nosini bildirgan 
modal so‘z ishtirok etgan? 
A) Xayriyat, odamlarimizga insof va 
diyonat qaytib kelmoqda. 
B) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning 
davomchilar imiz. 
C) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish 
uchun shunday deyayotgandir. 
D) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar 
bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir. 


20. Qaysi gapda achinish mazmunini bildirgan 
modal so‘z ishtirok etgan? 
A) Ularga qarshi kurashish hammamizning 
burchimizdir, albatta. 
B) Afsuski, besh qo‘l barobar emas. 
C) Masalan, o‘zbeklar va qozoqlar 
tarjimonsiz ham bir-birlarini tushuna 
oladi. 
D) Balki, ustoz Oybekdek to‘lib, yozajaksan 
yangi bir doston. 
21. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir 
turkumiga oid birliklar ishtirok etgan? 
A) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli 
kishilar bilan do‘st bo‘l. 
B) E’tibor berganmisiz yoki yo‘qmi, 
bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz 
do‘stiningiz bor. 
C) Ma’naviyat ham insonga ona suti, 
ota namunasi va ajdodlar o‘giti bilan 
singadi. 
D) Kun botgan, biroq hali atrof yorug‘ 
edi-da! 
22. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir 
turkumiga oid birlik ishtirok etgan? 
A) Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, 
forsiy, arabiy, xitoy, mo‘g‘ul 
va boshqa tillardan mahorat bilan 
foydalangan. 
B) Axir, men uning chinakam sehrli 
qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim 
kerak edi-da ... 
C) Bir kuni tongda to‘satdan bahor 
jarchilari, ya’ni qaldirg‘ochlar ham 
paydo bo‘lishibdi. 
D) Ba’zan o‘zing bilan ovora bo‘lib, kunning 
qanday o‘tganini ham bilmay qolasan. 
23. Qaysi javobda faqat vazifadosh ko‘makchilar 
berilgan? 
A) sababli, sari, bo‘ylab, qarab, uchun 
B) to‘g‘risida, qarshi, qadar, kabi, ost 
C) ko‘ra, deb, avval, boshqa, ilgari 
D) keyin, sayin, boshida, maqsadida, uzra 
24. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok 
etgan? 
A) Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan 
emas, balki ma’naviy jihatdan ham 
chiniqar ekanmiz. 


B) Yosh Farhodning fikri quyosh kabi 
yorug‘, lekin ko‘ngildagi ravshanlik 
undan ham ortiq. 
C) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, 
sababini tekshirib ko‘rishmaydi? 
D) Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab 
chiqdim-da, erta turgach eski maktab 
sari jo‘nadim. 
25. Qaysi gapda biriktiruv bog‘lovchisi 
qatnashgan? 
A) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik 
yenga oladi. 
B) Shundan so‘ng ishlarim yurishib ketdi 
ham yerim yonimga qoldi. 
C) Qish kirib keldi-yu, kunlar sovimadi. 
D) Shuni bilginki, haromning kasri yo 
farzandga, yo davlatga urar. 
26. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari 
qatnashgan? 
A) Nuqtadan bir qush uchar, g o ‘ y o k i behush 
uchar. 
B) Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab 
buyuk kishilar ishlab ketganlar. 
C) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos. 
D) Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak 
o‘ynaydigan yer-da! 
27. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni 
ro‘yobga chiqarishiga ko‘ra turli guruhga oid 
bo‘lgan 
teng bog‘lovchilar qatnashgan? 
A) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki 
undan mo‘l va shirin hosil yetkaza bilish 
ham san’atdir. 
B) Oqmoya ozg‘in va chayir, oyoqlari 
uzundan kelgan, qarilig-u og‘ir yukdan 
hali toliqmagan bebaho tuya edi. 
C) Bu xabar unda hech qanday norozilik 
tug‘dirmadi, chunki ertaroq qaytishga 
juda ham orzumand emas edi. 
D) Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa 
edi, odam ming yil yashagan bo‘lardi. 
28. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv 
bog‘lovchisi qatnashgan? 
A) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, 
sababini tekshirib ko‘rishmaydi? 
B) Shuncha harakat qildi-yu, biror natijaga 
erisha olmadi. 


C) 0‘sha kuni qo‘liga chelakni oldi-yu, 
anhor tomon yo‘l soldi. 
D) U bir narsa demoqchiday og‘iz juftladiyu, hayajonlanganidan gapirolmay qoldi. 
29. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida qo‘llai 
oladigan fe’l turkumiga mansub so‘zlar 
keltirilgan? 
A) avval, boshlab 
B) doir, uchun 
C) bo‘ylab, qarab 
D) o‘zga, muvofiq 
30. Qaysi javobda modal, undov va taqlid 
so‘zlarning har biriga misol berilgan? 
A) qars-qurs, kisht, dod 
B) yilt-yilt, shekilli, albatta 
C) dag‘-dag‘, g‘a-g‘a, haqiqatan 
D) oh, g‘iyq, avvalambor 
31. Salimjon - nihoyatda ziyrak, keng 
mushohadali, qiziquvchan, uquvli, bilimt 
chanqoq bola, shu fazilatlari bilan и 
maktabda ham hurmatga sazovor. 
Ushbu qo‘shma gapdagi yordamchi so‘zlai 
sonini aniqlang. 
A) 3 ta 
B) 1 ta 
C) 2 ta 
D) 4 ta 
32. Qaysi javobda faqat teng boglovchilar 
berilgan? 
A) bir ... bir, va, toki, ya’ni 
B) lekin, yoki, goh...goh, hamda 
C) chunki, ammo, hamda, na ... na 
D) bilan, yo ... yo, na ... na, agar 
33. Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishimizni talab qiladilar. Ushbu gapdagi 
ko’makchining ma’no turini aniqlang. 
A) chegara ma’nosi B) fikr mavzusi ma’nosi
C) yo’nalish ma’nosi D) maqsad ma’nosi 
34. -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? 
A) yarasha B) yanglig’ C) asosan D) bo’ylab 
35. Ko’makchilar qaysi kelishik shakllaridagi ismlar bilan qo’llanishi mukin? 
1) bosh kelishik; 2) qaratqich kelishigi; 3) jo’nalish kelishigi; 4) tushum kelishigi; 5) o’rin payt 
kelishigi; 6) chiqish kelishigi 
A) 1, 2, 3, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5 
36. Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni toping. 
A) qarab, keyin, ust B) so’ng, singari, bo’ylab C) tufayli, avval, to’g’risida D) tomon, haqida, 
ko’ra 
37. Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. 
A) sayin, uzra, qadar B) sari, yarasha, tomon C) uchun, doir, so’ng D) kabi, bo’ylab muvofiq 


38. O’xshatish, qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping. 
A) to’g’risida B) qadar C) qarab D) yanglig’ 
39. Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? 
A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. B) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi 
yuqoriga chiqib ketdi. C) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. D) Fursat 
g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin. 
40. Qanday so’zlar vazifadosh bog’lovchilar bo’lishi mumkin? 
1) ko’makchilar; 2) yuklamalar; 3) modal so’zlar; 4) taqlid so’zlar; 5) bog’lovchlar 
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3 
41. Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan? 
A) Sekin unga yaqin bordim, bu manzara bizning ko’ngilga yaqin-da, qarindosh. B) O’zi balo 
tog’ining boshida o’tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish. C) Barcha gaplarda yuklama sifatida 
qo’llangan. D) Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da, jo’ra. 
42. Yozuvda qaysi bog’lovchilardan oldin doim vergul qo’yiladi? 
1) sabab bog’lovchilari; 2) aniqlov bog’lovchilari; 3) shart bog’lovchilari; 4) biriktiruv 
bog’lovchilari; 5) zidlov bog’lovchilari 
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5 
43. Polvonlar epchillikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu 
gapdagi ayiruv bog’lovchisi nimaga xizmat qilgan? 
A) qo’shma gaplar qismlarini bog’lash uchun B) uyushgan bo’laklarni bog’lash uchun C) 
o’zaro tobe bo’laklarni bog’lash uchun D) qo’shma gap qismlari va uyushiq bo’laklarni 
bog’lash uchun 
44. Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi uyushiq bo’laklarni bog’lab kelgan? 
A) Hamma gullarning hidi bor, ammo rayhonning hidi bo’lakcha. B) U nafaqat kattalarga, 
balki kichiklarga ham shunday muomalada bo’lar edi. C) Dunyoda kasblar ko’p, biroq 
odamiylik kasbi hammasidan ulug’dir. D) U turmushidan, o’tgan kunidan rozi, lekin ana shu 
roziligini tushuntirib berolmas edi. 
45. Gap bo’laklari va gaplarni tobelantirib bog’lovchi, ular orasidagi shart ma’nosini 
ifodalovchi bog’lovchini toping. 
A) balki B) negaki C) ya’ni D) garchi 
46. Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? 
A) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam. B) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, 
shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. C) Menga Pushkin bir 
jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor. Ko’ksi qalqon o’zbegim. D) 
Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. 
47. Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchgi ishtirok etmagan? 
A) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. B) Bulut bo’ldi-da, yomg’ir yog’madi. C) Birov kirdi-da, 
chiqib ketdi. D) O’tin chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurillab ketdi. 
48. Qaysi javobda vazifadosh bog’lovchi berilgan? 
A) Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. B) Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun 
shunaqa deyayotgandir. C) Go’yo sharpa o’tganday bo’ldi. D) Pokiza kishi hamisha shodlik 
ustida, gunohkor esa hamma vaqt qayg’u ostida bo’ladi. 
49. Gaplarning qaysi birida yuklama ishtirok etmagan? 
A) Nihoyat, unday inson ham ko’rindi. B) Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir. C) U o’z 
ishini sira vaqtida qilmaydi. D) Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol. 
50. Quyidagilardan qaysi biri yuklama? 
1) balki; 2) nahotki; 3) nihoyat; 4) axir; 5) agar; 6) hech; 7) sira 


 A) 2, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 4, 7 
51. Yuklama qatnashgan gapni toping. 
A) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko’p. B) Abdumalik ota 
nevaralarim yeyishar deb, bahorda ko’chat ekadi. C) Bu xabar unda hech qanday norozilik 
tug’dirmadi. D) Ahmad bu gapni sira kutmagandi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi. 
52. Qaysi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga mansub emas? 
A) zidlov bog‘lovchilar B) ayiruv bog‘lovchilar C) bog‘lovchi yuklamalar D) sabab 
bog‘lovchilar 
53. Yozma nutqda biriktiruv bog‘lovchilarni nima almashtirishi mumkin? 
A) vergul B) yarim to‘xtam C) vergul, tire D) tire 
54. Fozil ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolmay qolgan 
edi. Ushbu gapda mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor? 
A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta
55. Qaysi gapda sof ko‘makchi ishtirok etmagan? 
A) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. B) Vatan ham Ona kabi qadrlidir. C) Bu uchun hammamiz 
ancha gap eshitamiz. D) Yangiliklarni xat bilan ma‘lum qilib turamiz.
56. Ko‘makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi? 
A) tushum, jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklari bilan B) jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt 
kelishiklari bilan C) barcha kelishiklar bilan D) jo‘nalish va chiqish kelishiklari bilan 
56. Qaysi qatordagi ko‘makchi chegara ma’nosini ifodalagan? 
A) Kechga qadar tinimsiz ishladik. B) Uygacha suhbatlashib bordik. C) Maktab tomon yo‘l 
oldik. D) Shu kichik yo‘lak orqali o‘tasiz.
57. Uchun ko‘makchisi qanday ma’noga ega emas? 
A) yo‘nalganlik B) atalganlik C) maqsad D) vosita. 
58. Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra qaysi birliklarga o‘xshash? 
A) to‘liqsiz fe‘llarga B) ko‘makchi fe‘llarga C) nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalarga D) 
kelishik qo‘shimchalariga 
59. Qaysi qatorda o‘xshatish qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin? 
A) Qanday xislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bilmog‘i va shunga intilmog‘i 
zarur. B) - Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. C) Bunday befarosatlar 
onda-sonda uchrab turadi. D) Unday demang, hamma ham birday emas. 
60. Tarkibida sof modal so‘z ishtirok etgan gapni toping.
A) Men, shubhasiz, bu haqda do‘stimga xabar beraman. B) Onajonim, balki bir kun Men ham 
shoir bo‘larman. C) Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan. D) Ota-onam, 
avvalo, bu ishni boshlashdan ilgari men bilan maslahatlashishadi. 
61. Quyidagi gapda ostiga chizilgan so‘z to‘g‘ri izohlangan javobni belgilang. Ha, mayli, buni 
hozircha ochiq qoldiramiz. 
A) tasdiq so‘z B) undov so‘z C) modal so‘z D) kirish so‘z 
62. Qaysi qatorda vazifadosh modal so‘zlar berilgan? 
A) attang, albatta, balki B) ehtimol, aftidan, shubhasiz C) afsuski, taxminan, attang D) chamasi, 
darhaqiqat, avvalo 
63. balki modal so‘zi yana qanday vazifani bajarishi mumkin? 
A) ko‘makchi B) yuklama C) gumon olmoshi D) bog‘lovchi 
64. Qaysi so‘zlar o‘zidan oldingi so‘zning tarkibiy qismi hisoblanadi? 
1) ko‘makchi fe’llar; 2) to‘liqsiz fe’llar; 3) ko‘makchilar; 4) bog‘lovchilar 
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4 
65. Bilan qanday hollarda ko‘makchi vazifasini bajaradi? 


A) uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog‘laganda B) uyushiq 
bo‘laklarni bog‘lab kelganda C) bosh kelishikdagi so‘zlarni boshqa kelishikdagi otlar bilan 
bog‘lab kelganda D) o‘zaro tobe bog‘lanuvchi so‘zlarni bog‘lab kelganda 
66. Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
A) tomon, orqa, qosh, atab B) ost, ro‘para, bilan, kabi C) so‘ng, qarab, orqali, sari D) avval, 
qadar, bo‘ylab, deb 
67. Qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shilib keladigan vazifadosh ko‘makchilarni 
aniqlang. 
A) old, ost, ust B) qadar, sayin, biri C) haqida, to‘g‘risida, qarshisida D) bilan, kabi, tomon 
68. Sof ko‘makchilar berilgan javobni toping. 
A) singari, misoli, haqida, bo‘ylab B) sari, sayin, so‘ng, boshida C) uzra, tufayli, haqida, qadar 
D) tomon, boshida, uchun, orqali 
69. Qaysi ko‘makchilar maqsad ma’nosini ifodalaydi? 
A) uchun, bo‘ylab, sari B) sababli, tufayli, uchun C) tufayli, qadar, tomon D) tomon, uchun, 
sababli 
70. Qaysi javobda sof ko‘makchilar berilgan? 
A) qadar, uzra, sari B) bilan, uchun, atab C) kabi, tufayli, bo‘ylab D) sayin, ko‘ra, qadar
71. old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaysi kelishik shaklidagi so‘zlarga qo‘shiladi 
A) qaratqich kelishigi B) bosh kelishik C) chiqish kelishigi D) jo‘nalish kelishigi 
72. Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib 
bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlarni toping. 
A) uchun, singari, kabi, tufayli B) lekin, shuning uchun, hamda C) tomon, keyin, misoli, qadar 
D) axir, nahotki, menimcha, chamasi 
73. chog‘li, bo‘ylab kabi ko‘makchilar qaysi kelishik shaklidagi so‘zlarga qo‘shiladi? 
A) qaratqich kelishigidagi B) bosh kelishikdagi C) chiqish kelishigidagi D) jo‘nalish 
kelishigidagi 
74. Qaysi gapda ham bog‘lovchisi uyushiq kesimlarni bog‘lagan? 
A) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham ilmparvar emishlar. B) Qalam ham daftar bo‘lsin 
yo‘ldoshing C) Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham yerim o‘zimga qoldi D) Haftalar o‘tdi ham tugadi 
savdo 
75. Vazifadosh bog‘lovchilar yana qanday vazifada kelishi mumkin? 
1) yuklama; 2) ko‘makchi; 3) modal so‘z; 4) undov so‘z 
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1 D) 1, 2 
76. Balki so‘zi vazifadosh bog‘lovchi sifatida qo‘llangan gapni toping. 
A) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. B) Xalqni qo‘rqitgan emas, 
balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir. C) Balki so‘zi vazifadosh bog‘lovchi sifatida 
qo‘llanilmaydi. D) Bo‘lib o‘tgan voqea, balki seni shoshirib qo‘ydi? 
77. O‘zaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan 
bog‘lovchilarni belgilang. 
A) shuning uchun, hamda, ya’ni, -ki B) hamda, bilan, chunki, agar C) balki, chunki, bilan D) 
negaki, basharti, garchi, agar 

Download 445.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling