Ona tili va adabiyot test


Download 39.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1495681
Bog'liq
ASOSIY BLOK TEST ona tili


ONA TILI VA ADABIYOT TEST
1. Bugungi vaqtimizni nimaga sarf etsak,
ertaga albatta shuning natijasini ko’rasiz.
Ushbu gap tarkibidagi jarangli lab
undoshlarining miqdorini aniqlang.
A) 4ta B) 5ta C) 3ta D) 2ta
2. O’qish, ilm olish oson emas, unga har
kim ham chidayvermaydi.
Gapda nechta lab undoshi mavjud?
A) 1 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta
3. Hosil bo'lish usuliga kо'ra q hamda g’
undosh tovushlariga to'g'ri tavsif berilgan
qatorni toping.
A) q-til undoshi, chuqur til orqa;
g’-undoshi, chuqur til orqa
B) q va g'–bo’g’iz undoshlari
C) g’-jarangli undosh;
q-jarangsiz undosh
D) q-portlovchi undosh;
g'-sirg'aluvchi undosh
4. Unli va jarangli undoshlardan ho-sil
bo'lgan so'zlar qatorini belgilang.
A) mashq, kitob, so'z
B) paxta, xat, choynak
C) maydon, dor, gul
D) maktab, sabab, maqo
5. Men “Registon” bilan birgalikda albatta
o’z maqsadimga yuqori natijalarda
erishaman.
Ushbu gap tarkibida necha bo’g’in jaragli til
undoshi bilan yakunlangan.
A) 8 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta
6. Qator undoshli so’zlar berilgan javobni
belgilang.
A) traktor, paxta, chaqqon
B) ikki, million, metall
C) stol, do’st, daraxt
D) paxta, nimcha, o’simlik
7. Qaysi so’zdagi bo’g’inlar ochiq+
yopiq+ochiq+yopiq shaklida?
A) jimjimador, hashamatli
B) jimirlamoq, amalparast
C) suvsizlikdan, sabrsizlikdan
D) lazzat, laylak
8. Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u ikkinchi
bo'g'inga tushadi?
A) hatto, matematika, hunar
B) respublika, albatta, gazeta
C) ruchka, katta, kimdir
D) hamma, gazeta, sanatoriy
9. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib,
saboq olib, tajribamni oshirdim.
Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarishlar
kuzatilmoqda?
A) 1 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush
almashishi
B) 2 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush
almashishi
C) 1 ta tovush orttirilishi va 2 ta tovush
almashishi
D) 2 ta tovush orttirilishi
10. Shunday o’g’li va qizi uchun
yashayotganini anglab yetdi.
Mazkur gapda qanday fonetik hodisalar
mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi
D) yuqoridagilarning barchasi
11. Axloqiy fazilatlaring, yuqori es-
tetik diding bilan uyg‘unlashganda-
gina husningga husn qo‘shiladi.
Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlari soni
nechta?
A) 4 ta B) 6 ta
C) 7 ta D) 5 ta
12. Xalq og’zaki ijodida mard yigitlar
bo’ynidagi mas’uliyat ular ulg’aygan sari
ortib borishi haqida ham to’xtab o’tilgan.
Ushbu gapdagi nechta so’zda tovush tushishi
hodisasi ro’y bergan?
A) 5ta B) 4ta C) 3 ta D) 2 ta
13. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni
toping.
A) u, e B) i, o C) a, o‘ D) i, u
14. adolatsevarlik so’zidagi undoshlar
haqida to’g’ri hukmni toping.
A) Hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhiga
mansub undosh 3 ta
B) jarangli juftiga ega undoshlar 2 ta
C) til oldi jaranglilar 6 ta
D) hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir gu-ruhga
kiruvchi jaranglilar 5 ta
15. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi
nuqtalar o‘rniga
bo‘g‘iz
undoshi yoziladi?
A) ...iyla, ...ulosa
B) sa...iy, i...tiro
C) ...ushyor, ...ozirjavob
D) ...ayot, ...aridor
16. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning
ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar
ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham
til qismlarining harakatiga ko‘ra
o‘zaro bir turga mansub emas?
A) tuzmoq-suzmoq
B) ziyon-ziyod
C) jon-don
D) g‘ildira-shildira
17. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning
ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar
ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham
til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir
turga mansub?
A) talaba-g‘alaba
B) burun-butun
C) do‘ppi-lo‘ppi
D) qovun-sovun
18. Hosil bo'lish o'rni, hosil bo'lish usuli,
ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra
birlashtiruvchi belgiga ega so'z qaysi
qatorda berilgan?
A) zamon B) vafo
C) zarur D) sulton
19. Barchasi jarangli undoshlar bi-lan
tugagan so’zlar qatorini aniq-lang?
A) hisob, likop, Zumrad, sut
B) holat, daromad, bob, payt
C) g’azab, kamgap, abjad, ko’p
D) omad, bob, gaz, barg
20. Til mavsumiy libos emaski, ob-
havoning o’zgarishiga qarab o’zgar-
tirilsa.
Ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday unli
ishtirok etmagan?
A) o’rta (keng) unli
B) orqa qator unli
C) lablangan unli
D) old qator unli
21. Oybekning birinchi she’riy toplami qachon, qaysi nom ostida chop etildi?
A. “Tanburim ovozi” 1926-yil
B. “Shu’lalar qo’ynida” 1928-yil
C. “Sayha” 1911-yil
D. “Tuyg’ular” 1926-yil
22. “U juda yuvvosh, indamas kishiydi; …qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib avaylab fonar oynalarini artardi.” Ushbu matn qaysi asar qahramoniga berilgan ta’rif?
A. Oybek “Gulnor opa”
B. Oybek “Fonarchi ota”
C. A. Qodiriy “Jinlar bazmi”
D. A. Qodiriy “Uloqda”
23. O’.Hoshimov qaysi janrlarda ijod qilgan?
A.nasr, nazm
B.faqat nasrda
C.nazm, dramaturgiya
D.nasr, dramaturgiya
24. ’’Gilam paypoq’’, ‘’Tush’’,’’ Alla’’,’’Oltin baldoq’’ nomli hikoyalar O’.Hoshimovning qaysi asarida keltirilgan?
A.’’Cho’l havosi ‘’ qissasi
B.’’Bahor qaytmaydi ‘’qissasi
C.’’Dunyoning ishlari ‘’qissasi
D.’’Shamol esaveradi’’ qissasi
25. O’.Hoshimov romanlari? 1.’’Ikki eshik orasi’’ 2.’’Ikki karra ikki besh’’ 3.’’Nur borki, soya bor’’ 4.’’To’ylar muborak’’ 5.’’Tushda kechgan umrlar’’ 6.’’Cho’l havosi’’
A.1,2,3,5,6
B.1,3,5
C.2,4,6
D.1,2,3,4,5
26. Mirtemirning birinchi she’ri qaysi?
A.’’Surat’’ 1930-yil
B.’’Tanburim ovozi’’ 1926-yil
C.’’Baliq ovi’’ 1926-yil
D.’’Yodgorlik’’ 1926-yil
27. Mirtemirning ilk she’riy to’plami?
A. 1928-yil “Shu’lalar qo’ynida”
B. 1929-yil “Ko’klam”
C. 1926-yil “Tuyg’ular”
D. 1929-yil “Shu’lalar qo’ynida”
28. Qaysi adib “Eng dahshatli sukunat – shoir jim yursa!” degan?
A. M. Shayxzoda
B. Mirtemir
C. X. Davron
D. Oybek
29. Qirg’iz xalq eposi “Manas” , qoraqalpoq xalq dostoni “Qirq qiz” asarlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A. Mirtemir
B. Oybek
C. U. Nosir
D. E. Vohidov
30. A. Navoiy 1447-yil oilasi bilan Iroqqa ko’chayotganida kim bilan tanishadi?
A. Sharafiddin Ali Yozdiy
B. Turbatiy
C. Jomiy
D. Ardasher
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling