1. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki


Download 288.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.11.2023
Hajmi288.86 Kb.
#1790498
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fonetika test tungi



 
FONETIKA
 
1. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini 
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko„ra, ham til qismlarining harakatiga 
ko„ra o„zaro bir turga mansub?
A) talaba – g„alaba 
B) burun – butun 
C) do„ppi – lo„ppi 
D) qovun – sovun 
2. Matnda jami nechta fonetik hodisa kuzatiladi?
Meni beayov qiynadi bular: yorimdan ayrildim; 
qanotlarim qayrildi, yuzlarim sarg‘aydi. Bir boshga 
shuncha azob, sanoqsiz kulfat kammi?
A) 8 ta 
B) 9 ta 
C) 10 ta 
D) 11 ta 
3. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu 
gapdagi tagiga chizilga so„z tarkibida qatnashgan 
undoshlar haqidagi to„g„ri ma‟lumotni toping.
A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. 
B) Jarangli til orqa undoshi 2 o„rinda qatnashgan. 
C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. 
D) Jarangli til oldi undoshi 2 o„rinda qatnashgan. 
4. Tarkibida unli tovushlar bilan birga faqat jarangsiz 
undoshlar ishtirok etgan so„zlar berilgan qatorni 
belgilang.
A) bigiz, kuchuk, joziba 
B) alifbe, andisha, dahshat 
C) bayon, vazmin, go„zal 
D) puchuq, hiqichoq, xohish 
5. Qaysi qatorda “ng” bir tovushni ifodalagan?
A) Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. 
B) Qo„liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo„natibdi. 
C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 
D) hammasida “ng” bir tovushni bildiradi. 
6. Qaysi so„zlarda jarangli undosh jarangsiz juftiga 
almashtirilsa yangi so„zlar hosil bo„ladi?
A) bir, bol, tong, sut 
B) bayt, band, dori, dog„ 
C) dil, dor, ozod, bob
D) darz, sud, a‟zo, yod 
7. Yopiq bo„g„inlaridan biri faqat jarangli 
undoshlardan tashkil topgan so„zni belgilang.
A) g„alla 
B) kitob 
C) po„lat 
D) toshloq 
8. Asos va qo„shimchaga ajratish bilan bo„g„inga 
ajratish teng kelgan so„zlarni toping.
1) o„yna; 2) o„yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) 
suvsizlik; 6) ko„nglim; 7) tongga.
A) 2, 3, 5, 7 
B) 1, 2, 3, 6, 7 
C) 1, 2, 5, 7 
D) 1, 2, 4, 7 
9. Berilgan qaysi so„zlarda qo„sh undosh bir undosh 
sifatida talaffuz qilinadi? 
1) chaqqon; 2) million; 3) metall.
A) 2, 3 
B) 1, 2, 3 
C) 2 
D) 3 
10. Qaysi maqoldagi so„zlar tarkibida chuqur til orqa 
undoshlari ishtirok etmagan?
A) Maqtanma, g„oz, hunaring oz! 
B) Sinamagan otning sirtidan o„tma! 
C) Aybsiz do„st axtargan do„stsiz qolar. 
D) O„ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. 
11. Sof o„zbekcha so„zlarni toping.
A) musht, ust
B) daraxt, barg 
C) qurt, yilt 
D) baxt, qurt 
12. 1) taroqqa; 2) buloqqa; 3) so‘roqqa; 4) ilikka; 5) 
kurakka; 6) terakka. Jo„nalish kelishigidagi ushbu 
so„zlarning qaysi birida so„zning ham asos, ham 
qo„shimcha qismida tovush o„zgarishi yuz bergan?
A) 1, 2, 3 
B) 3, 4, 5 
C) 1, 3
D) barchasida faqat qo‟shimchada o„zgarish yuz bergan 
13. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping.
A) Maktabda “O„tkir zehnlilar” musobaqasi bo„lib 
o„tdi. 
B) Idoraga bor, senga ham pul berishadi. 
C) U menga qaradi, men unga qaradim. 
D) Qorong„u kechada ko„kka ko„z tikib, Eng yorug„ 
yulduzdan seni so„rayman. 
14. Qaysi maqolda ikkita so„z fonetik o„zgarish 
asosida yozilgan?



Download 288.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling