1. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
A) Ko„ngli qoraning yuzi qora. B) Achchiq bilan chuchukni totgan bilar
Download 288.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Fonetika test tungi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qol, qot, qor
A) Ko„ngli qoraning yuzi qora. B) Achchiq bilan chuchukni totgan bilar. C) Burgaga achchiq qilib, ko„rpangni kuydirma! D) Yeridan ayrilgan yetti yil yig„lar, Elidan ayrilgan o„lguncha yig„lar. 15. Qator undoshli so„zlar berilgan javobni belgilang. A) traktor, paxta, chaqqon B) ikki, millon, metall C) stol, do„st, daraxt D) paxta, nimcha, o„simlik 16. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapdagi nechta so„z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan? A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 17. Berilganlardan qaysi birida so„z yasovchi urg„u olgan? 1) terma (ot); 2) olma (fe‟l); 3) gapirma ( fe‟l); 4) olma (ot); 5) qaynatma (sifat); 6) tortma (ot). A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 5, 6 D) 2, 5, 6 18. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 4 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 7 ta 19. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko„ra, ham til qismlarining harakatiga ko„ra o„zaro bir turga mansub emas? A) qayla-qayra B) narvon-karvon C) quduq-quruq D) dutor-duchor 20. Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilomoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o„zgarishlar soni haqidagi to„g„ri fikrni aniqlang. A) tovush tushishi – 1, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 2 B) tovush tushishi – 2, tovush ortishi – 1, tovush almashishi – 2 C) tovush tushishi – 1, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 1 D) tovush tushishi – 2, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 1 21. Qaysi so„zlarda «n» va «g» alohida tovush hisoblanadi? 1) onangga; 2) shudring; 3) menga; 4) tutunga; 5) ko„ngil A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 3, 4 D) 2, 3 22. Qol, qot, qor so„zlarining ma‟nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) bo„g„iz undoshi B) chuqur til orqa undoshi C) til oldi undoshi D) til orqa undoshi 23. Qaysi qatordagi barcha so„zlarda jurnal so„zidagi j jaranglisining jarangsiz jufti berilgan? A) chalg„i, kuch, shosh B) tosh, bosh, kuch C) charos, ko„cha, xipcha D) osha, qo„sha, shish 24. Quyidagi gaplarning qaysi birida men bo„lagi gap urg„usini olgan? A) Men bugun qiziq voqealarni ko„rdim. B) Qiziq voqealarni men bugun ko„rdim. C) Bugun men qiziq voqealarni ko„rdim. D) Bugun qiziq voqealarni men ko„rdim. 25. Faqat ochiq bo„g„indan iborat bo„lgan so„zlar qatorini belgilang. A) arra, fazo, quyosh B) nozanin, azamat, ota C) mazali, go„yo, keladi D) mana, ko„rpa, semiz 26. Yopiq bo„g„inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so‟zni aniqlang. A) konduktor B) bolg„a C) mavsum D) maktab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling