Ona-tilidan test savollari


Download 26.32 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1189979
Bog'liq
Ona-tili test


ONA-TILIDAN TEST SAVOLLARI
1. Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasiga oid ma’lumotni aniqlang.
A)Ushbu asarda yebto‘ymas og‘a urug‘ga jangda ko‘maklashgan va bora-bora milliy g‘ururini yo‘qotgani tufayli unga mute bo‘lib qolgan ini urug‘ haqidagi rivoyat keltirilgan. B)Ushbu asarda qirg‘in mahali o‘rmonga ketib omon qolgan, ammo dushman qo‘shini ortidan yetib borgan ikki go‘dak haqidagi rivoyat keltirilgan. C)Ushbu asarda so‘qir ko‘zni davolab ochgan, ammo odamzodga qilgan bu yaxshiligi uchun gulxanda yoqishga hukm qilingan hakim haqidagi rivoyat keltirilgan. D)Ushbu asarda tinimsiz urushlar, qirg‘inbarotlar tufayli daraxtlar-u, o‘t-o‘lanlar, daryolar-u qushlar Xudoga nola qilgach, zimistonga aylanib qolgan u yurt bilan bu yurt haqidagi rivoyat keltirilgan.
2. Men uchun xilxona bo‘lganda olam Gumbazlar ostidan chiqdi bir alam: “Hayotsan, bunchalar faryod aylama, Men o‘zim madadga zorman-ku bolam”. Ushbu she’riy parchada qaysi tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) vergul D) tire
3. Muallif gapi qismi qolipidagi ergashgan qo‘shma gap sanaladigan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A)Shoir: “Mening hech kimim yo‘q o‘zingdan boshqa”,− deydi o‘z Vataniga murojaat qilib, chunki u Vatansiz o‘zini juda yolg‘iz hisoblaydi. B)To‘g‘ri, insonning aqli uni yorug‘likka eltadi, lekin bir olim: “Inson aqli bilan atomni kashf etdi va bu bilan eng qabih ishga qo‘l urdi”, − deganida haq edi. C)“Tinchlik bizning eng bebaho boyligimizdir, shuning uchun bu uni qadrlashimiz kerak”, − deb ta’kidlar edi. D)Buyuk rus adibi: “Agar insoniyat tafakkur atalmish ne’matdan mosuvo bo‘lsa, dunyo razolatga g‘arq bo‘ladi”, − deb yozgan edi.
4. Qaysi gapda so‘roq-taajjub yuklamasi mavjud?
A)Siz-chi, yuribsizmi g‘imirlab, Ko‘nglingizda g‘aroyib hislar? B)Kim o‘z ixtiyori bilan kelgan ekan? O‘zlari aytsin. C)Toki odamlar meni ko‘rishmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin. D)Go‘yo butun o‘rmon qor ostida orom olib uxlayotgandek edi.
5. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida tovush tushishi, tovush almashishi va tovush ortishi hodisalari kuzatiladi?
A)Barmoq bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, og‘riq darrov to‘xtaydi. B)Yuragim hayajondan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmadi. C)U o‘z o‘rtoqlaridan ayrilib qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg‘anadi. D)Agar shunday o‘ylasangiz, xato qilasiz, buncha qovog‘ingiz osilmasin, uka.
6. Soy bo‘yida chuvullashib o‘ynayotgan, bir-birlarining sochlarini tarab, o‘rayotgan qizlarni ko‘rib yana zavqi oshdi. Ushbu gapdagi o‘rayotgan so‘zi qaysi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi? 1. Mashrab indamay, o‘roq o‘rayotgan joyiga qarab ketdi. 2. Hovlisining atrofini devor bilan o‘rayotgan vaqtda bu haqida hech o‘ylab ko‘rmagan ekan. 3. Uning yuragini qarama-qarshi hislar o‘rayotgan edi, shubhasi yanada ortdi. 4. Otasiga taqlid qilib qamchi yasash uchun qo‘lidagi tol novdalarini o‘rayotgan edi, qo‘lini novda tilib ketdi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4
7. Quyidagilardan nuqtalar o‘rniga y harfi yozilmaydigan so‘zlarni aniqlang. 1) do...ira; 2) lo...iq; 3) milli...on; 4) mone...lik; 5) jo...iz; 6) muha...yo A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 6
8. Quyidagilardan nuqtalar o‘rniga y harfi yozilmaydigan so‘zlarni aniqlang. 1) do...ira; 2) lo...iq; 3) milli...on; 4) mone...lik; 5) jo...iz; 6) muha...yo A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 68. Qaysi javobda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani voqealari bayoni to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)Ra’no har qancha kuchli iroda sohibasi bo‘lmasin, uning ayollarga xos hissiyotlariga mag‘lub bo‘lgani sabab Anvar qo‘lga tushib qoladi. B)Dor tagida turgan Anvar mulla Abdurahmonni g‘olib qilgan narsa vijdonsizlik, o‘zini mag‘lub etgan narsa sof vijdon ekanligini aytadi. C)Anvar bolalikdagi do‘sti Nasimning ko‘magi bilan Solih maxdumning uyidan Ra’noni olib qochishga muvaffaq bo‘ladi. D)Buxorodan Anvarni izlab kelgan akasi Qobilboy tasodif tufayli o‘rdaga borib qoladi va xon tomonidan garovga olinadi.
9. Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin, Xalqiga bag‘ishlar shuhratin-shonin. Lekin shu chopishda keta-ketguncha Tozalab boradi xalqning hamyonin. Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)Ushbu parchada o‘timsiz va o‘timli yasama fe’llar ishtirok etgan. B)Ushbu parchada fe’lning ikki xil vazifa shakli qo‘llangan. C)Ushbu parchada fe’llar ikki xil nisbat shaklida qo‘llangan. D)Ushbu parchada tub va yasama fe’llar ishtirok etgan.
10. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida O‘gdulmish O‘zg‘urmish huzuridan qaytib kelgandan so‘ng elig Kuntug‘di: “Kim aytsa, desa (ham) to‘g‘ri so‘z dag‘aldir, (ya’ni keskin bo‘ladi). Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi”, − deydi. Elig nutqidagi “ipak gazmol o‘rniga tikan jo‘natish” ifodasi qanday ma’no ifodalagan?
A)O‘zg‘urmishning elig taklifini rad etganini B)O‘zg‘urmishning tuhfaga javoban biror sovg‘a jo‘natishga qurbi yetmasligini C)O‘zg‘urmishning nochor ahvolga tushib qolganidan zorlanganligini D)O‘zg‘urmishning sovg‘a olishni istamasligini
11. Qaysi gapda qatnashgan barcha to‘ldiruvchilar boshqa bo‘laklarga nisbatan faqat tobe qism vazifasini bajara olgan?
A)G‘ijjak ovozi meni olis kengliklarga chorlaydi, yoshligimni yodga soladi, bo‘g‘zimni olov kuydirgandek bo‘ladi, tanamni yoqimli titroq bosadi. B)G‘ijjakni hamma ham maromiga yetkazib chala olmaydi, san’atkorlarimiz ham: “G‘ijjak chalgan sozanda boshqa har qanday sozni eplay oladi”, − deb bejiz aytishmagan. C)Hofizning qudratli ovoziga jo‘r bo‘layotgan g‘ijjak nolasi har qanday insonni to‘lqinlantiradi, xayollarimizni uzoq-uzoqlarga olib ketadi. D)E’tibor berganmisiz, g‘ijjak nolasi yig‘layotgan odam ovoziga o‘xshab ketadi, bu nolaning yuraklarimizga yaqinligi shundandir, ehtimol.
12. Qaysi javobdagi ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi Boybo‘ri obrazi haqida?
A)U kunlardan bir kun o‘g‘li bilan saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi. B)U bir necha yil o‘zining o‘rniga qushbegisini qo‘yib, o‘g‘lining o‘tida kuyib, tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotadi. C)U darvozabon bilan suhbatlashib o‘tirganda begona yurtga otlangan o‘g‘lini ko‘rib qoladi. D)U o‘g‘lini qutqarish uchun otlanadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi.
13. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin. Hajridin bog‘ ichra berur yodima Qomatidin sarv-u, gul − ruxsoridin. Ushbu tuyuq qaysi shoir qalamiga mansub? A) Lutfiy B) Alisher Navoiy C) Boborahim Mashrab D) Zahiriddin Muhammad Bobur
14.Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Qofiyadosh so‘zlarda "r" tovushi raviy bo‘lib kelgan. B)Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan. C)Radifi bir so‘zdan iborat. D)Ushbu misralarda tazod san’atidan foydalanilgan.
15. Qaysi javobda Sharof Boshbekov ijodiga oid ma’lumot keltirilgan?
A)Adibning dastlabki asarlari o‘n olti yoshlarida chop etilgan “Ishqiboz” nomli hajviy hikoyasi, “Tortiq” nomli hikoyalar to‘plami edi. B)Adib bir qancha kinossenariylar yaratilishida, xususan, “Maftuningman”, “Shashmaqom”, “Furqat” singari filmlarning suratga olinishida faol ishtirok etdi. C)Adib “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, “Tushov uzgan tulporlar”, “Temir xotin” sahna asarlarining muallifidir. D)Adibning “Xumor” “Ora yo‘l”, “Odam”, “Omon ovchining o‘limi” singari o‘nlab asarlari milliy hikoyachiligimiz xazinasidan munosib o‘rin olgan.
16. Qaysi gapda tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan?
A)Temur insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi. B)Bog‘imizdan nafis va chiroyli gullarning xushbo‘y hidlari anqiydi. C)Naqadar go‘zal jonivor bular. Sevaman, ko‘ngildan, chindan sevaman otlarni!.. D)Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g‘ishtin uycha bor.
17. Qaysi gapda qo‘llangan tushum kelishigi qo‘shimchasini unga ma’nodosh bo‘lgan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi bilan ham, chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan ham almashtirib qo‘llash mumkin?
A)Erta turib olganimni ko‘rib onam biroz hayron bo‘ldi. B)Eshitgan yangiliklarimni jo‘ralarimga aytmasam bo‘lmaydi. C)Gapingizni tushundik, aka, mehmonning ketishi mezbonning ixtiyorida ekan-da. D)Bugun biznikiga mehmon kelishini opamdan bilib olganman.
18. Ish bizni uch illat: zerikish, qusur va muhtojlikdan xalos etadi. Ushbu gapdagi gap bo‘laklari haqida berilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A)Ushbu gapda kesim ega, vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchini to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelantirgan. B)Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklar faqat tub so‘zlar bilan ifodalangan. C)Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklar ikki xil turkumga mansub so‘zlar bilan ifodalangan. D)Ushbu gapda to‘ldiruvchilar hokim bo‘lakka faqat kelishiklar yordamida bog‘langan.
19. Uning huzurigа ilm оlish mаqsаdi bilаn dunyoning turli tоmоnlaridаn kеlаyotgаn оdаmlаr оqimini ko‘rgаn аmir Xоlid ibn Ahmаd hаm bоlаlаrini unda o‘qitmоqchi bo‘lаdi vа оlimgа chоpаr yubоrib, sаrоyigа kеlib farzandlariga dаrs bеrishini buyurаdi. U аmir chоpаrigа: "Mеn ilmni хоr qilmаymаn, uni hukmdоrlаr еshigigа оlib bоrmаymаn", − dеb jаvоb bеrаdi. Ushbu parchadagi ma’lumot kim haqida? A) Imom-al Buxoriy B) Lutfiy C) Nosiruddin Rabg‘uziy D) Ahmad Yassaviy
20. Qaysi asarda madrasada o‘qiguvchi uch mullavachchaning orzusi (birinchisi palov yeyishni, ikkinchisi falon kitob o‘qishni, uchinchisi esa mamlakat malikasiga erishishni xohlashadi) bilan bog‘liq kichik sarguzasht aks ettirilgan?
A)"Sohibqiron" (Abdulla Oripov) B)"Kecha va kunduz" (Cho‘lpon) C)"O‘tkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) D)"Ulug‘bek xazinasi" (Odil Yoqubov)
21. Qaysi javobda aniqlovchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A)Do‘stim, ta’magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi. B)Kotiba qiz tanlovda mukofatlanganlar ro‘yxatini yozib chiqdi. C)Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. D)Bugungi farovon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak.
22. Xojaning Iskandar va ikki inoq qul haqidagi hikoyatida Doroning ikki inoq quli qanday insonlarning umumlashma obrazlari hisoblanadi? A) qo‘rqoq insonlar B) hiylagar insonlar C) xiyonatkor insonlar D) vatanparvar insonlar
23. Qismlari o‘zaro ko‘makchilar yordamida bog‘langan fe’lli birikmalarni aniqlang. 1) avval tushuntirmoq; 2) yuksalish sari; 3) gapirishdan oldin o‘ylamoq; 4) onam kabi mehribon; 5) qalam bilan yozmoq; 6) ko‘z qirini tashlamoq A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 3, 5 D) 3, 5, 6
24. Qobil boboning qo‘shnisi − burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi, negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi: − Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. Abdulla Qahhor qalamiga mansub “O‘g‘ri” hikoyasining umumiy mazmuni va voqealar rivojidan kelib chiqib, ellikboshining ushbu holati to‘g‘ri tahlil qilingan javobni aniqlang.
A)ellikboshining ko‘pni ko‘rgan, dono inson ekanligini, sodir bo‘lgan o‘g‘irlikni taftish qilib, fosh qila olishga qodir ekanligini ifodalash uchun B)ellikboshining asli maqsadi bechora Qobil boboning ho‘kizini topib berish emas, undan nimadir umidvor ekanligini anglatish uchun C)ellikboshi har qancha dono inson bo‘lmasin, bunday puxta o‘ylab amalga oshirilgan jinoyatni fosh qilib bo‘lmaydigan davr ekanligini anglatish uchun D)ellikboshining Qobil boboga rahmi kelib, aslida yordam bera olmasligini bilsa-da, uning ko‘nglini xotirjam qilishga urinayotganligini ifodalash uchun
25. Qaysi javobda keltirilgan ma’lumot Erkin Vohidov qalamiga mansub “Ruhlar isyoni” dostoniga tegishli emas?
A)Ushbu asarda insoniyatning barcha dardlariga davo topgan, ammo johillikning davosiz dard ekanligiga imon keltirgan, ana shu jaholat qurboni bo‘lgan hakim haqida hikoya qilinadi. B)Ushbu asarda asriy qadriyatlar sifatida ulug‘lanuvchi, ammo aslida inson qadrini toptab, uning boshiga kulfat keltiruvchi urf-odatlarga qarshi bosh ko‘targan jangchi yigit haqida hikoya qilinadi. C)Ushbu asarda mustamlakachi amaldorlarning zulmi va qabih siyosatiga qarshi ona xalqini birlashishga chorlagan shoir qismati bayon qilingan. D)Ushbu asarda jangda halok bo‘lgan o‘g‘lining qasdini olish uchun fotih podshohni zaharlagan hind malikasi haqidagi hikoya keltirilgan.
Ona tili va adabiyot(8004670) - Sotish taqiqlanadi! T-105
26. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanida Homidning Otabekka tuhmat qilib, undan Xoliqbek qo‘rboshiga shikoyat qilib borishiga asl sabab nima edi?
A)Otabekning Marg‘ilonga otasining topshirig‘i bilan isyon chiqarish uchun kelganiga ishonchi komil ekanligi B)ko‘pdan buyon Musulmonqulga sadoqatini namoyish etib, qushbegi lavozimiga erishishni orzu qilib yurgani C)Otabek Kumushbibiga uylangach, zimdan umid qilib yurgani − Kumushbibiga erishish ilinjining puchga chiqqani D)Mirzakarim qutidor bilan oralaridagi ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan nizo tufayli undan o‘ch olishga imkon tug‘ilgani
27. Qaysi maqoldagi yasama so‘zlarning barchasi bir xil so‘z turkumiga mansub?
A)O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. B)Ishchanning tilagi − tong, Erinchoqning tilagi − tun. C)G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D)Yomonning bir qilig‘i ortiq, ustiga yoqasi yirtiq.
28. Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usulida ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A)Tig‘ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi. B)“Bir boshga bir o‘lim”, − dedi mardlar. C)“Yegan og‘iz uyalar”, − deydi otam. D)“Bolali uy − bozor, bolasiz uy − mozor”, − deydi bobolarimiz. Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI
1. Konstitutsiya davlatni asosiy qonunidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida konstitutsiyaviy tuzum, davlat qurilishi asoslari, davlat ramzlari, shuningdek, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Unda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyatlar sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. 2. Alohida ta’kidlash joizki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonun ustuvorligi e’tirof etilgan hamda davlat tashkilotlari, mansabdor shaxslarning jamiyat va shaxs oldidagi mas’uliyatlari belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy tashkilotlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bo‘linish tamoyili asoslab berilgan. 3. Ushbu tuzilishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Senat (yuqori palata)
Qonunchilik palatasi (quyi palata)
Senat (yuqori palata)
Qonunchilik palatasi (quyi palata)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va boshqa sudlar
PREZIDENT
ijro etuvchi hokimiyat
qonun chiqaruvchi hokimiyat
sud hokimiyati
29. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI mavzusidagi ushbu matnning 1- va 2-bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A)1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik B)1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik C)1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik D)1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik
30. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI mavzusidagi ushbu matnda keltirilgan ma’lumotlar asosida mazmunan to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang.
A)O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat sanaladi. B)Qonunchilik palatasi Senat, ya’ni yuqori palataning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. C)Oliy Sud ijro etuvchi hokimiyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. D)Qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘z ichida uch tarkibga ajraladi.
31. Qaysi javobda yordamchi so‘z turkumiga oid birliklarning hamma turi ishtirok etgan? A)Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo‘lib qolmay, buyuklik va insoniylikning ayni o‘zidir. B)Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. C)Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga va fikrlariga qarshi na Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon. D)Usmon Nosir nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turar edi.
32. Tabiat ishlariga qo'pollik bilan aralashish tufayli paydo bo'lgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib bo'lmaydi. Ushbu gapdagi yordamchi so'z turkum(lar)iga mansub birliklar hamda ular bilan shakllangan bo'laklar haqida berilgan to'g'ri fikrni aniqlang. A) Yordamchi so'zlar bilan shakllangan bo'laklarning barchasi kesimga bevosita tobelangan. B) Yordamchi so'zlarning barchasi sof ko'makchilar hisoblanadi. C) Gapdagi yordamchi so'zlarning barchasini kelishik qo'shimchalari bilan almashtirish mumkin. D) Yordamchi so'zlar bir o'rinda hol, ikki o'rinda to'ldiruvchini shakllantirishga xizmat qilgan.
33. Qaysi javobda tarkibidagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirish mumkin bo‘lgan so‘z birikmalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) chapga burilmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) uyalganidan kelmoq A) 1, 4, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6
34. Bog‘lovchi uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelmagan gapni toping. A)Unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. B)Ko‘ngil, sen munchalar nega kishanlar birla do‘stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? C)Tilning bilish borasidagi ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oddiy martabasini ham o‘z ichiga oladi. D)Menda na bol tayyorlamoq va na uya solmoq mashaqqati bor.
35. Qaysi gapda bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama qo‘llangan? A)Mehmonlar sut-qatiq bilan choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanamas uyquga ketdilar. B)Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi. C)Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi. D)Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l.
36. Qaysi javobda bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan? A)naq, negaki, sayin, atigi, hamda, uzra B)nahotki, basharti, qadar, balki, hatto, faqat C)nahotki, hatto, sayin, ya’ni, tufayli, uzra D)atigi, hatto, naq, mabodo, tufayli, uzra
37. Qaysi javobda bog‘lovchi, ko'makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan? A) ammo, hatto, sayin, ya’ni, tufayli, uzra B) sari, hatto, qadar, lekin, tufayli, uzra C) va, basharti, qadar, chunki, hatto, faqat D) biroq, chunki, faqat, naq, uchun, kabi
38. Jarangli va jarangsizligiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan
vazifadosh ko‘makchi mavjud bolgan gapni aniqlang. A ) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. B) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. C) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. D) Tinchlik deb kurashgan ota- bobolarimiz tufayli shu yorug’ kunlarga yetib keldik.
39. Ushbu misollarda qo'llangan avval so‘zi qaysi qatorda to‘g ‘ri izohlangan? 1) Bu keng xonaga G‘ulomjon avvallari ham ko‘p kelgan edi. 2) Bundan to‘rt yil avval u yerlar cho‘l edi. 3) Mana so‘nggi xotira: ikki yarim yil avval mehribon ona uni shaharga uzatgandi. 4) Tirikchiligimiz avval qanday bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday. A) 1, 3 - mustaqil so‘z; 2, 4 - , vazifadosh ko‘makchi B) 2, 3 - mustaqil so‘z; 1, 4 - vazifadosh ko‘makchi C) 1, 4 - mustaqil so‘z; 2, 3 - vazifadosh ko‘makchi D) 2, 3, 4 - mustaqil so‘z; 1 - vazifadosh ko'makchi
40. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko‘makchilar yasama so‘z bilan ifodalangan gap bo'laklarini shakllantirishga xizmat qilgan? A) «Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, - dedi otaxon donishmandlik bilan, - bu haqda bilib qo‘ying». B) U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan - oyoq aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani uchun uni Naziraga qaytarib berdi. C) «Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish kerak- da», - dedi u beg‘uborlik bilan tog‘ tomonga qarab. D) U do‘stidan xavotirlangani uchun changalzor tomon yurdi- yu, biroz qo‘rqoqligi tufayli u yerga kirishga ikkilandi.
41. Vazifadosh ko‘makchili gaplarni ajrating. 1) Musiqa sadolari ostida qadamlar ildamlashdi. 2) Bu chiroqlar bir-ikki soatgina yonib, keyin kuyib qolardi. 3) Dars tamom bo‘lgandan keyin o‘quvchilar uylari tomon tarqaldilar. 4) Qoziq ustida qor turmas. 5) U turli mamlakatlarni kezgan, turli xalqlar, urug‘- aymoqlar ichida bo‘lgan. 6) Zafar kelar qishlog‘iga kechga yaqin. 7) Albatta, oshna-og‘ayni orasida mol pisand emas. A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3 5, 7
42. Ko‘makchilar bilan birga kelgan so'zlar odatda qaysi kelishik shakllarida bo‘lmaydi? A) qaratqich va tushum B) tushum va o‘rin-payt C) bosh va qaratqich D) jo'nalish va chiqish
43. Donolar deydi: «Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo'ladi≫. Qaysi gapda yasama otga birikib kelgan sof ko'makchi mavjud? A) Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo'lib qolmay, buyuklikning ayni o'zidir. B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. C) Nigora yaxshi xulqi, chiroyli muomalasi uchun ham obro‘ga erishishi mumkin edi-ku! D) Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo'lish bilan birga insoniy, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi.
44. Qaysi javobda jo'nalish kelishigi shaklidagi so‘zlarga qo'shilib qo‘llanadigan ko‘makchilar qatori berilgan? A) qaramay, ko‘ra, muvofiq, asosan B) boshqa, buyon, o‘zga, ko‘ra C) boshlab, tomon, sari, kabi D) doir, bo'lak, buyon, beri
45. Qaysi gapda vazifadosh ko‘makchi otlashgan sifatga birikib kelgan? A) Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g‘am va qayg‘u ostida bo'ladi. B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. C) Donolar uchun har bir sinov yangi yutuqlarning ibtidosidir. D) Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho berishadi.
46. Qaysi gapda chegara ma’nosini ifodalab kelgan ko'makchi qatnashgan? A) Shu yilning oxiriga qadar korxonaga yana beshta dastgoh keltiriladi. B) Axir baliq ham suvga intiladi ko'kat yorug'lik sari bo‘y cho'zadi. C) Bu olimning dong'i xon saroyigacha yetib borgan edi. D) Ustoz bir necha soniyalik mulohazalardan so'ng gap boshladi.
47. Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) ko'ra, qaramay, yarasha, bo'ylab, muvofiq B) qaramay, asosan, doir, tomon,, uzra ’ C) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab,' sari D) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan
48. Vazifadosh ko‘makchi qo'llangan gapni toping. A) Yangi yoqqan qor oyoq ostlarida g‘irchillama etik singari ovoz berib yotar edi. B) 0 ‘zni ozod qush kabi Ko‘rmoqni istaydir ko'ngil. C) Sarhad uzra soqchidek Turmoqni istaydir ko‘ngil. D) Qish o‘tib, bahor kelishi bilan Qorabog'da o'tkazilgan qurultoyda Boyazid ustiga yurishga qaror qilindi.
49. Qaysi gapda ko'makchi harakat nomidan keyin kelmagan? A) Bu kitob qo‘liga tushishi bilan bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi.
B) Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. C) Arslondan qo‘rqqandan ko‘ra o‘z nafsidan qo‘rqqan foydaliroq. D) Vaqtni samarasiz tortishuvlar uchun sarflamaylik.
50. old, ost, orqa, ro‘para, ust - vazifadosh ko‘makchilari qaysi so‘z turkumidan o'tgan? A) ravishdan B) otdan C) modal so'z turkumidan D) ost, ust so'zlari otdan; old, orqa, ro'para so'zlari ravishdan
51. Qaysi gapda yasama otga birikib kelgan sof ko'makchi mavjud? A) Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo'lib qolmay, buyuklikning ayni o'zidir. B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. C) Nigora yaxshi xulqi, chiroyli muomalasi uchun ham obro'ga erishishi mumkin edi-ku! D) Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo'lish bilan birga insoniy, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi.
52. Vazifadosh ko‘makchilar qatorini aniqlang. A) sari, ko‘ra, qaramay, singari B) uchun, tufayli, uzra, haqida C) orqali, bilan, sayin, keyin D) ko‘ra, qarab, deb, atab
53. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi? 1) avval; 2) sari; 3) kabi; 4) shekilli; 5) uchun; 6) masalan; 7) bilan. A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 2, 3, 5, 7
54. Jo‘nalish kelishigi bilan qo‘llanadigan ko‘makchi qaysi qatorda? A) yang‘lig‘ B) uchun C) yarasha D) tufayli
55. Ismlar guruhiga mansub quyidagi qaysi so‘zlar ko'makchi vazifasida qo'llana oladi? A) muvofiq, qarshi, sababli, tomon B) avval, boshida, qadar, maqsadida C) sababli, oldida, ustida, qarab D) uzra, orqa, ko‘ra, o‘rtada
56. Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? A) Bu kitobni qo'liga olgandan keyin, bosh ko’tarmay o‘qish kerak. B) Avval o‘yla, keyin so‘yla. C) Xalqimiz jisman, ham ruhan uyg‘oq bo‘lmog‘i lozim. D) Ish bilan ovvora bo‘lib, kunning o‘tganini ham sezmay qolibman.
57. Qaysi gap tarkibida vazifadosh ko‘makchi bor? A) Kitob ustida uzoq ishladi. B) Osmon uzra qaldirg‘ochlarning yoqimli parvozi dillarni xushnud qildi. C) Ajdodlari bilan faxrlana oladigan millatning kelajagi buyukdir. D) Bahor kelishi bilan daraxtlar oq kiyimini kiya boshlaydi.
58. Qaysi gap tarkibida ko‘makchi qatnashmagan? A) Avval o‘yla, keyin so‘yla. B) Bu kitob qoiiga tushgandan keyin, osh ko'tarmay o‘qidi. C) Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. D) Sen singari o'quvchilar bizning faxrimiz.
59. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘lgan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U do'stining gaplarini diqqat bilan eshit di. B) Xatni olib, ko'k qalam bilan ostiga chizilgan satrlarni o‘qidi. C) U mumtoz qo'shiqlarni zavq bilan kuylardi D) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
60. Ko‘makchiga xos xususiyat noto‘g’ ri izohlangan javobni toping. A) Ko‘makchi sifatdoshdan keyin kelib, uni hokim qismga tobe bog‘laydi. B) Ko‘makchi harakat nomidan keyin kelib, uni hokim so‘zga tobe bog‘laydi. C) Ko‘makchi olmoshdan keyin kelib uni keyingi so’zga tobe bog'laydi. D) Ko‘makchilar ravishdoshdan keyin kelib, uni hokim so‘zga tobe bog‘laydi.

1



2

3

4

5

6

7

8

9

10

11



12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31



32

33

34

35

36

37

38

39

40

41



42

43

44

45

46

47

48

49

50

51



52

53

54

55

56

57

58

59

60

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling