Online" masofaviy shaklda ta’lim davom ettirildi. "Moodle" ta’lim platformasida


Download 27.5 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi27.5 Kb.
#136486
Bog'liq
iyun oyi hisoboti


Online” masofaviy shaklda ta’lim davom ettirildi. “Moodle” ta’lim platformasida https://moodle.jspi.uz sayt manzili orqali professor o’qituvchilar tomonidan berilib borayotgan topshiriqlarni bajarib bordim.Shu bilan birgalikda magistrlik dissertatsiya mavzuyim ustida ishladim.

Shaxsiy kalendar ish rejam bo’yicha ilmiy rahbarim nazorati va maslahatlari bilan tanlagan tadqiqot mavzuyim bo’yicha ilmiy-tadqiqot, so’rov ishlarini o’tkazdim. Konspekt, annotatsiya va taqrizlarni birgalikda yozdik, tadqiqot uchun zarur bo’lgan usul va yo’nalishlar ro’yxatini tuzdik. Tadqiqot usullarimni belgilab olgach, ulardan tadqiqot o’tkazish uchun foydalandim. Ilmiy tadqiqot muammosini shakllantirishda tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzib chiqdik. Ilmiy tadqiqot ishimni dolzarbliligi va uni o’rganilganlik darajasini aks ettiruvchi xulosalarni va ilmiy nazariy jihatdan yangilik alomatlarini yozib bordim. Shulardan kelib chiqqan holatda ilmiy tadqiqot ishimning hajmi, uning mazmuni va olib boradigan eksperiment ishlarning gipotezasini shakllantirdim.

Yurtimizda iyun oyi – yoshlar oyligi ekanligini inobatga olib 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida “Kelajakni birga quramiz!” online loyihasida ishtirok etdim.

Hafta mobaynida bizga o’tiladigan barcha fanlardan oraliq nazorati ishlari masofaviy ta’lim platformasida olina boshlandi. “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi qo’yildi. Barcha fanlardan oraliq nazoratlarga to’liq qatnashdim, menga topshirilgan “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi kursining predmeti va vazifalari” mavzusidagi kurs ishimga kerakli bo’lgan barcha adabiyotlarni to’plab yozdim.

15-iyundan 25-iyungacha bo’lgan muddatda yakuniy nazoratlarga to’liq qatnashdim. Barcha fanlardan yakuniy nazorat ishlari masofaviy ta’lim shaklida ya’ni, “Moodle” ta’lim platformasida “Test” ko’rinishida bo’lib o’tdi.

Har bir magistr, ilmiy tadqiqotchi, hozirgi zamon pedagogi albatta chet tillarni bilishi, kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi va ularni imkon darajasida o’rganishi lozim. Yakuniy nazoratlar yakunlangach, yozgi ta’tilni maroqli va sermazmun o’tishini ta’minlash uchun rus tili, ingliz tili hamda kompyuter akademiyasi online kurslariga yozildim. O’z ustimda ishlashga, tadqiqot ishimda axborot texnologiyalarini va chet el pedtexnologiyalarni kiritishda bu ayni muddao va samarali hisoblanadi.


Magistr: S.Normatov
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling