O’QI, idrok et, tasvirla


Download 14.95 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi14.95 Kb.
#1164837
Bog'liq
Xudoyberdi To\'xtaboyev 90 maqola


O’QI, IDROK ET, TASVIRLA

O’zbek bolalar adabiyotini Xudoyberdi To’xtaboyev asarlarisiz tasavvur etish qiyin. Chunki o’tgan asrning oltmishinchi yillaridan “Omonboy va Davronboy” nomli sarguzasht qissasi bilan bolalar nasriga kirib kelgan adib shundan so’ng “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Quyonlar saltanati”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Jannati odamlar”, “Qiz bolaga tosh otmang”, “Qiz talashgan o’smirlar”, “Mungli ko’zlar” singari bolalar va o’smirlarga atalgan o’nlab romanlar bilan milliy adabiyotimizni boyitdi. Yozuvchi asarlari dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlarida chop etildi.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Koson tuman bo’linmasi tomonidan O’zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “O’qi, idrok et, tasvirla” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlov shartiga ko’ra umumta’lim maktablarining tasviriy san’atga qobiliyatli o’quvchilari adib asarlaridan birini o’qib, asardan olgan taassurotlarini ranglar vositasida ifoda etishlari kerak edi. Tanlov jarayonida yuzga yaqin ishlar topshirildi. Ular orasidan saralangan asarlarning ko’rgazmasi tashkil etilib g’oliblar taqdirlandi. Birinchi o’rinni tumandagi 95-IDUM o’quvchisi Setora Qurbonnazarova, ikkinchi o’rinni 59-maktab o’quvchisi Feruza To’rayeva, uchinchi o’rinni 89-maktab o’quvchisi Rayhona Diyorova egalladi. Shuningdek, 32-maktab o’quvchisi Nastarin Xonqulova, 8-maktab o’quvchisi Donoxon Chopulova, 74-maktab o’quvchisi Madina Rahmonova faol ishtiroki uchun tashakknoma bilan taqdirlandi. Tanlovning tadqirlash marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Koson tuman bo’linmasi rahbari E.Xolmurodov, tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri A.Tursunov va tuman madaniyat bo’limi rahbari N.Bomirovlar so’zga chiqib bu kabi tanlovlar yoshlarimizni kitobxonlikka bo’lgan ishtiyoqini yanada oshirishini ta’kidlab o’tishdi.
Shohjahon NORMURODOV,
tumandagi 61-maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi.

SHUKR QILIB YASHASANG
Qalb yig’laydi pinhona,
Ammo ko’z yosh to’kmaydi.
Qancha ozor topsam ham,
Qaddim tik bukilmaydi.

Ishonaman bir kuni,


Omad ham yelib kelar.
Tashvish-u, qayg’ularim,
Barisi ortda qolar.

Baxt va omad kelajak,


Shukur qilib yashasang,
Bukilmaydi qomating,
G’amni ortga tashlasang.
Oynisa QOBILOVA, Regzor mahallasi.

YANGI YILDA
Quvnab ukam ikkimiz,
Archani bezatamiz.
Qachon kelar ekan deb,
Qorboboni kutamiz.

Ukam qo’shiq boshlasa,


Hamma bo’lar parvona.
Dasturxon atrofida,
Bo’lar zo’r shodiyona.

Qorbobo va qorqiz ham,


Bizla raqs tushadi.
Ularning ham quvonchi,
Daryo kabi tochadi.

Chunki biz Qorboboga,


Qishdan, qordan so’zlaymiz.
Aytajak qo’shiqlarda,
Yangi yilni kuylaymiz.
Kamola INNATULLAYEVA, tumandagi 85-maktab o’quvchisi.
Download 14.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling