O’qituvchi nutki va uning ijtimoiy moxiyati


Download 27.2 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi27.2 Kb.
#1641945
Bog'liq
Pedagogning nutq madaniyati


ESSE
O’qituvchi nutki va uning ijtimoiy moxiyati. O’qituvchi faoliyatida nutk juda muxim vazifalarni bajaradi. O’qituvchi o’z faoliyati davomida, xususan, o’quvchilarga bilim, kunikma va malakalarni singdiradi, ularni tarbiyalaydi, atroflicha rivojlantirishga o’z xissasini kushadi.
O’qituvchining so’zlari ta‘sirida bolalarda muayyan ruhiy jarayonlar va ruhiy holatlar vujudga keladi, shaxsiy xislatlar shakllanadi.
Demak, o’qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi doirasiga uning notiklik san‘atini egallaganlik darajasi, nutkiy qobiliyati, so’zamolligi ham kiradi.
Nutkni ruyobga chikaruvchi organ bu tildir. Til bu dunyoni bilish, bilimlarni tuplash, saklash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik ko’rinishlarini o’quvchiga yetkazish kabi juda ko’p vazifalarni bajaradi. Ammo shunga karamay, ilmiy manbaalarda, darsliklarda tilning moxiyati, vazifasi juda kam holda, ya‘ni eng muxim aloka vositasi bo’lgan ijtimoiy xodisa sifatida talkin kilinadi.
Nutk, ayniksa, o’qituvchi nutki tilni ana shunday rangni turli turli tuman tarzda idrok etish asosida shakllanadi. Ayniksa, yozma va ogzaki nutkni rivojlantira olgan odamgina erkin va mustakil fikrlay oladi.
Nutk, aynan o’qituvchi nutki, jamiyat madaniy – ma‘rifiy tarakkiyotining, shaxs ma‘naviy kamolotining muxim belgisidir.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunlari, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturim» va bashqa xujjatlarda ta‘lim tizimining barcha boskichlarida yosh avlodda nutk madaniyati malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga ham katta e‘tibor berilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Oliy Majlisining 1X sessiyasida so’zlagan nutkida bunday deb ta‘kidlagan edi : « O’z fikrini mutlako mustakil ona tilida ravon, go’zal va lunda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, raxbar ko’rsisida utirganlarni bugun tushunish ham, oklash ham qiyin». / «Barkamol avlod, O’zbekiston tarakkiyotining poydevori»., Toshkent., 1997 yil, 9 – bet /.
Ayniksa, o’qituvchining nutk madaniyati bizning tugunmas til boyligini egallash darajamizdir.
O’qituvchi nutkining madaniyatliligini ta‘min etadigan to’g’rilik, soflik, aniklik, mantikiylik, ifodalilik, rang – baranglik kabi bir kancha sifatlar mavjud.
O’qituvchi nutki, nutkning ana shu sifatlarini va texnikasini o’quvchilarga o’rgatadi.
O’qituvchi nutkini o’quvchilarga o’rgatishdan maksad o’quvchi va talabalarni ta‘lim – tarbiya va shaxsni shakllantirishning muxim vositalaridan biri bo’lgan nutkni egallashlariga yordam berish, pedagogik muloqot madaniyati asoslari bilan tanishtirish, ularni ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasini egallashlariga yordam berishdir.
Bu mavzuni ukish natijasida talabalar nutk haqidagi bilim asoslari bilan tanishadilar, o’qituvchi nutkining sifatlari bilan, nutk texnikasi asoslari bilan hamda xozirgi o’zbek adabiy tilining normalari bilan tanishadilar va unga amal qilishga o’rganadilar, ifodali ukish madaniyatini egallaydilar.
Buyuk mutafakkirlar o’qituvchi nutki va uni shakllantirish haqida. Notiklik mahorati kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Kadimgi Gretsiya / Yunoniston / da va Rimda notiklik madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutkning oldiga kuyiladigan talablar ishlab chikildi. Bunga kuldorlik to’zumining rivojlanishi, kuldorlik demokratiyasi sabab buldi. Bu davrda davlatning, savdo – sotikning, sud ishlarining nixoyatda tarakkiy etishi notiklikni san‘at darajasiga kutardi.
U davrda davlat arboblarining obru – e‘tibori va yukori lavozimlarga kutarilishi ularning notikligi mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Notiklik san‘ati sarkardalik mahorati bilan baravar darajada uluglangan. Notiklik va sarkardalik san‘atini mukammal egallagan arboblargina yukori lavozimlarga saylangan. Yetuk inson bo’lish uchun albatta, notiklik san‘atini egallash shart kilib kuyilgan. Ana shu extiyoj tufayli notiklik san‘atining nazariyasi yaratildi. Uning Tsitsiron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetilib chikadi. Tsitsironning « Notiklik haqida», « Notik», « Brush» kabi asarlari xozir ham ma‘lum kimmatga ega.
Rim notiklik mahoratining yana bir buyuk vakili Mark Fobiy Kvantiliandir. U o’zining «Notik bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiklikning birinchi sharti kilib qo’yadi. Kvantilian notiklikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutkning tinglovchiga tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U « Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin»,- degan edi.
Demak, kadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutk va notiklik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Ovrupoda fanning yo’zaga kelishiga asos buldi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratildi. Unda notik oldiga quyidagilarni vazifa kilib qo’yadi:

  • Materialni har tomonlama tayyorlash;

  • Materialni joylashtirishning rejasini belgilash;

  • Materialni o’zlashtirish, nutk ko’rilishini to’g’rilash;

  • Notikka nutk materialini o’rgatish;

  • Materialni so’z bilan ifodalash;

  • Nutkni talaffo’z qilish, ya‘ni nutk jarayoni.

Bu talablar xozir ham o’z kuchini saklab kelmokda.
Bugungi kunda nutk tizimida kommunikativ yondashuv, talabalarga o’z fikrini ifodalash va bashqalar fikrini tushuna olishga kumaklashishi, ya‘ni ulardan muayyan muloqotda katnashish kunikma va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Talabalar esa mashgulot jarayonida quyidagi holatlarga aloxida e‘tibor karatishlari zarur. O’rganilayotgan mavzu buyicha yangi ma‘lumotni tushunish va eslab qolish o’rganilayotgan til va mavzular buyicha ma‘lumotlarni darslik, o’quv kullanmalari, kushimcha materiallar yordamida mustaxkamlash va o’zlashtirish, yangi mavzuni o’zlashtirish jarayonida o’z – o’zini muntazam nazorat kilib borish, talabalar o’rtasida dialog – suxbat, turli uyinlarda ishtirok etish, guruhdagi talabalarning mavzu buyicha ma‘lumotlarini tinglab tushunish, ularning bilim saviyasini o’ziniki bilan takkoslash asosida tegishli xulosalar chikarish va bashqalar.
Usha davr notiklik san‘atini bugunki kun nuktai nazaridan olib karaydigan bo’lsak, bir – biriga juda yakinligini ko’ramiz.
Usha davr sud notikligining katta namoyondasi Tsitseron edi. U sud notikligida juda katta muvaffakkiyatga erishdi, notiklik nazariyasiga kata xissa kushdi.
Rossiya tarixida notiklik san‘atiga bo’lgan e‘tibor, asosan Pyotr 1 davrida ancha kuchaygan. XY11 – XY11 asrlarga kelib rus notikligi jonlangan. Bu davr notikligiga asoslangan beshta yunalish mavjud edi:

  1. Yukori lavozimdagi dvoryanlar orasidagi mavjud bo’lgan Saroy notikligi.

  2. Diniy notiklik.

  3. xalq notikligi / Bunda asosan xalq ko’zgalonlari raxbarlarining notikligi ko’zda tutiladi /

  4. Harbiy notiklik.

  5. Diplomatik notiklik.

Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi ham notiklik san‘ati rivojiga katta e‘tibor berganlar. Bizda notiklik kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Notiklik san‘ati musulmon Sharkida voizlik san‘ati deb yuritilgan. Ya‘ni sharkda nutk va‘z / arabcha pand – nasixat ma‘nosida/, notiklik esa voiz deb atalgan. / va‘z aytuvchi, nutk so’zlovchi shaxs degan ma‘noni anglatgan/.
Sharkda, jumladan Movorounnaxrda ilmiy, badiiy ijodning diniy va dunyoviy fanlarning tarakkiyoti, shuningdek, «Ko’r‘on»ni targib qilish bilan bog’liq holda va‘zxonlik san‘ati ham rivojlangan. Jaxonga mashxur olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, az – Zamaxshariy va bashqalar til, grammatika, mantikshunoslik, psihologiya masalalariga bagishlangan asarlar yozdilar. Bu asarlarda nutk oldiga kuyiladigan talablar, so’zning ahamiyati, undan makadga muvofik foydalanish, nutk odobi borasida ham kimmatli fikrlar bildirilgan.
Buyuk komusiy olim Abu Rayxon Beruniy ( 973 – 1048 ) o’zining «Geodeziya» asarining kirish kismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoklanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson xayotidagi zaruriy extiyojlari talabi bilan yo’zaga kelishi aytadi.
Uningcha : grammatika aro’z va mantik fanlari ham shu extiyoj xosilasidir. Inson nutki o’z to’zilishi materialligiga qarab, rostni ham, yolgonni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolgondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Bu mantik fanidir.
Beruniy yozadi : «Agar dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan boglanib keladigan naxv /grammatika/, aro’z /she‘r ulchovi/ va mantik /logika/ni mutolaa qilganda edi, so’z /olim nutki demokchi/ zotan nasr va nazm ajralishini bilgan bulardi. / Beruniy tanlangan asari. 3-tom., 1982 yil, 64 bet /.
Demak, Beruniy nutkning ikki xil ko’rinishi borligini ko’rsatadi:

  1. Nasr;

  2. nazm.

Nutkning bu turlari ma‘lum koidalar asosida shakllanadi.
Beruniy shakl va mazmun birliga katta ahamiyat beradi. Shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Nutk o’zining nasriy va nazmiy shaklida ham so’zlovchi /o’qituvchi nazarda tutiladi/ o’z oldiga qo’ygan fikrni ifodalashi shart.
Ulug vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ( 870 – 950 ) to’g’ri so’zlash to’g’ri mantikiy xulosalar chikarish, mazmundor va go’zal nutk to’zishda leksikologiya, grammatika va mantikning nakadar ahamiyati zarurligi haqida shunday yozadi :
«Qanday kilib ta‘lim berish va ta‘lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday surash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu xakda bilimlarning eng birinchisi jismlarga /substantsiya – narsalar, va aktsidentsiya / xodisalar/ga ism beruvchi til haqidagi ilm deb tasdiklayman.
Ikkinchisi, ilm grammatikasidir : u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda sustantsiya va aktsidentsiyaning joylashishini bilib olamiz, undan chikadigan notiklarni ifodalovchi so’zlarni va nutkni qanday to’zishni o’rgatadi.
Download 27.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling