O’qituvchi nutq madaniyati
Download 23.44 Kb.
|
2 5332527778627585965
BT va STI sirtqi yo’nalish 181-guruh talabasi Ahmedova Adibaning “O’qituvchi nutq madaniyati” fanidan oraliq nazorati 25-variant I.Nazariy savollar 1.Nutq odobi haqida ma’lumot 2.Nutq texnikasining rivojlantirish vositalari. Kinoya usuli bilan ma’nosi ko’chgan so’zlarni topib izohlang. N a m u n a : “yaxshilik” – k.m.: yomonlik. 1.Bu uyning shuning kabi “bezaklari”ni Yo’lchi bir muddat tomosha qildi.(O.) 2. Toshkentga borganingizda meni yo’qlab turing. Har qalay ”qadrdon” bo’lib qoldik. (S.Ahm.) 3. Bilasizmi, hammasiga Sergey Matveevich “aybdor”. 4. Holbuki, birov tanimaydigan qo’shtirnoq ichidagi bu “san’atkorlar” sho’rlik kolxoz-sovxozlarning ming-minglab pulini o’marib ketishyapti ekan. (O.Yo.) 2. Quyidagi tayanch tushunchalarga izoh berish: nutqning ta’sirchanligi, uslub, uslubiyat, epitet. III. Muayyan mavzu yuzasidan prezentatsiya (taqdimot) tayyorlash Javoblar: 1.Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir. Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. 15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim. 2.O’qituvchilik kasbi bevosita o’qituvchining ovoz xususiyatlari bilan bog’liq. YOqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z o’quvchilarini ovozining shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. O’z ovozida kamchilik sezgan o’qituvchi uni yo’qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo’ladi. CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi. O’qituvchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo’lmog’i lozim: jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi); havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); ixchamlik, harakatchanlik; chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi); moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshtilish sharoitiga moslasha olishi); qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (halaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi); suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati). Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki o’quvchiga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganligi sababli, uning texnikasini ham ikki xilda ko’rsatish mumkin: 1. og’zaki nutq texnikasi; 2. yozma nutq texnikasi. Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi. O’quv vaqtining ko’p qismi (1/4, 1/2) o’qituvchining nutqi bilan bog’liq bo’ladi. SHuning uchun o’quv materialini o’quvchilar tushunish darajasi o’qituvchi nutqi mukammalligiga ham bog’liqdir. Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to’liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda. Tarixdan ham ma’ulumki, ba’zi kishilar o’zlarining nutq, tovushlarini takomillashtirib borganlar. Masalan, Demosfen o’zining bu sohadagi kamchiliklarini tugatib borib Qadimgi YUnonistonning siyosiy oratorlaridan biriga aylangan. YOki Vladimir Mayakovsiky ham 20 yoshdan o’zini rasmiy chiqishlari uchun tayyorlagan, og’ziga toshchalar olib, Rion daryosi bo’yicha nutqlar tayyorlagan. O’zbek adabiy tili og’zaki nutq texnikasining rivojiga o’zbek madaniyatining atoqli namoyondalari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo’shdilar. Bu borada H.Olimjon, G’.G’ulom, aktyorlardan: A.Hidoyatov, SH.Burhonov, O.Xo’jayev, S.Eshonto’rayeva, R.Hamroyev, H.Umarov, suhandonlardan: Q.Maxsumov, N.Qambarova, O’.Jobirovlarning xizmatlarini ko’rsatib o’tish joizdir. Ular o’zlarining shirali ovozlari bilan tinglovchilarni maftun qilib kelganlar. Hozirgi she’r o’qish texnikasida ikki xil yo’nalish mavjud. Bu she’rxonlikda yaqqol sezilib turadi. Biri an’anaviy she’r o’qish bo’lib, unda asosan she’r turoqlarga, she’r birikmalariga bo’lib o’qiladi. Bu usul keska shoirlarning she’r o’qiganida eshitamiz. Ikkinchi xil she’r o’qishni esa, shoir A.Oripov va H.Xudayberdiyevalar boshlab berdi. Bu usulda, asosan misradagi har bir so’zga alohida urg’u beriladi, so’zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib o’qiladi. YOshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday yangicha she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom berilgan emas. YOzma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyat va ish qog’ozlariga xos bo’lgan texnik xususiyat. YOzma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (o’quvchi) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o’quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o’quvchi ham manfaatdor. SHuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi kerak; ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim; v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi; g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi; nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi; ot, kesim (bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi; j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi. 1.Bu uyning shuning kabi “bezaklari”ni Yo’lchi bir muddat tomosha qildi.(O.) “bezaklari”- k.m- ko’rimsiz narsalar. 2.Toshkentga borganingizda meni yo’qlab turing. Har qalay ”qadrdon” bo’lib qoldik. (S.Ahm.) “qadrdon” k.m- dushman Bilasizmi, hammasiga Sergey Matveevich “aybdor”. “aybdor” k.m- aybsiz. Holbuki, birov tanimaydigan qo’shtirnoq ichidagi bu “san’atkorlar” sho’rlik kolxoz-sovxozlarning ming-minglab pulini o’marib ketishyapti ekan. (O.Yo.) “san’atkorlar”-k.m- yuqori mansab xodimlari. Quyidagi tayanch tushunchalarga izoh berish: nutqning ta’sirchanligi, uslub, uslubiyat, epitet. NUTQNING TASIRCHANLIGI-Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik N.ning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Muloqot paytida suhbatdoshlarning shaxsiy ruhiy holatlari muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, so’zlovchining nutqi uning nutq so’zlanib turgan paytdagi ruhiy holatiga ko’ra turlicha leksik tarkibda va ohangda bo’lishi mumkin. Bunday nutq tinglovchiga ham turlicha ta’sir ko’rsatadi. Eng o’rinsiz nutq-qo’pol nutqdir. Qo’pol nutq tinglovchi kayfiyatini vayron qiladi va ruhiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi nutqining kommunikativ o’ziga xosligi bilan bilimni o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o’rtasida to’g’ridan - to’g’ri aloqa bo’lib, nutq buni ta’minlashi yoki qiynlashtirishi mumkin. O’qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o’quvchining ongi, sezgisiga ta’sir qilishi, ularni o’ylash faoliyatiga undashi kerak. USLUB-Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi. Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki,tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin. USLUBIYAT-Uslubiyat(Stilistika). Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va Grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi. O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. (Ayrim darsliklarda so’zlashuv uslubidan boshqa uslublar “kitobiy uslub” degan umumiy nom ostida beriladi). uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi. Zamonaviy S. turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obʼyektiv asosiga ega. S. til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. S. oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlarga boʻlinadi. Funksional S. adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi. Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar S.si bir tomondan funksional S. bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi. Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq S.si til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi. Qiyosiy S. — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining Download 23.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling