O’QUV DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MUTAXASISLAR TAYYORLASHDAGI RO’LI Reja - Laboratoriya va amaliy darslar.
- Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati.
- Pedagogik texnologiyalar va ularning talabalar bilimini oshirishdagi ahamiyati.
- Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi.
Ma’ruza bu- o’qituvchi tomonidan o’quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy va boshqa materiallarni sistematik va ketma-ketlikda og’zaki bayon etishdan iboratdir. U boshqa darslarnimg ham asosiy mazmunini ifodalaydi. Yaxshi o’qilgan ma’ruza darsi talabaning bilimga intilishini yuksaltiradi va bu bilimlarni egallashda faolligini oshiradi. - Ma’ruza ma’lum fan soxasida uning nazariy va amaliy yo’nalishlari bilan tanishtiradi, talabalarning mustaqil ish yo’nalishlarini belgilaydi, ilmiy ijod qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, ilmiy muammolarga munosabatini shakllantiradi.
Ma’ruzaning maqsadi - Berilgan mavzu bo’yicha eng muhim ma’lumotlarni taqdim qilish;
- Ilmiy bilimlar usullarini o’zlashtirish jarayonini soddalashtirish;
- Talabalarning ongi va fikrlashini yuksaltirish.
Laboratoriya va amaliy darslar. - Oliy o’quv yurtlarida laboratoriya va amaliy darslar ma’ruza eshitish davomida olgan bilimlarini mustahkamlash uchun o’tkaziladi va nazariyani amaliyot bilan bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
- Amaliy darslar butun guruhda o’tkazilsa ,laboratoriya darslarinio’tishda esa guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh o’qituvchi rahbarligida mustaqil shug’ullanadi.
- Laboratoriya va amaliy darslar maxsus yangi o’quv-ilmiy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriya va kabinetlarda o’tkaziladi
- Talabalar dars boshlanishigacha laboratoriya va amaliy darslarning mazmunini, tadqiqotlarning ham mazmunini , hajmi, jihozlardan foydalanish qoidalari bilan oldindan tanish bo’lishlari kerak.
- Laboratoriya eksperimentini bajargandan keyin talaba daftariga topshiriqni bajarish uslubini yozishi, natjalarni hisoblashi va olingan natijalarni tekshirish uchun o’qituvchiga topshirishi kerak.
- Amaliy darslarning turlaridan yana biri seminar darslari xisoblanadi. Seminar darslarni asosan gumanitar fanlardan o’tkaziladi. Bunda har bir talaba qo’yilgan savollarga javob berib, o’zining tayyorgarlik darajasini ko’rsatishi kerak.
- Talabaning seminar darslardagi javobi ham joriy nazorat ballarida o’ aksini topadi.
Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari:
- Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi.
Ta’lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash,bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy,ishlab chiqarish iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda qo’llash;
|
Ijodiy ishlash ishlab chiqarilayotgan masalaning qo’yilish jarayonidan boshlab, uni tola nixoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bolgan masuliyatni xis etishga orgatish
|
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirisshi kerak.
| - Topshiriq beradi, malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi, asosiy adabiyotlar, ma’lumot va mavzu bo’yicha manbalarni tavsiya etadi.
- Malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi, talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi.
Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qiladi.
Malakaviy ishni himoya qilish
- Malakaviy ishning bajarilishi bo’yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda talaba malakaviy ishning bajarilishi xaqida raxbar va kafedra oldida hisobot beradi.
- Talaba-ish muallii, tanlangan qarorning to’g’riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko’chirmachilik holatining yp’qligiga javob beradi.
Malakaviy ishning bajarilishi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati - 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Tosh.”O’zbekiston” 1992
- 2. Mirziyoyev SH.M Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Xalq so’zi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar, N_11
- 3. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Tosh. “O’zbekiston” NMIU, 2017.-29b.
- 4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Tosh. “O’zbekiston”, 1997y.
- 5. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Tosh. “O’zbekiston” 1997y.
- 6. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”.-T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2008-180b.
- 7. John C. Smart. Michael B. Paulsen Editors “Higher Education: Handbook of Theoryand Research” Springer Science – Business Media.
Do'stlaringiz bilan baham: |