O‘quv dasturlarini yaratish metodikasi


Download 19.82 Kb.
Sana02.10.2020
Hajmi19.82 Kb.

1-ma'ruza. Ta‘lim mazmuni.O‘quv dasturlarining ta‘lim mazmuni rivojidagi o‘rni va ahamiyati.

Reja:


1. “O‘quv dasturlarini yaratish metodikasi” fan sifayida.

2. Fanning mazmun mohiyati

3. O‘quv dasturlari ta'ilm olish va berishning asosiy obyekti sifatida.

Bugun boshqa sohalar qatorida milliy ta‘lim tizimida ham qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan adabiy ta’limni jahon standartlariga mos holda takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar o‘quv tajribalarini milliy ta’lim tizimiga, tanqidiy tahlil asosida tatbiq etish masalasi bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va shu maqsadda Davlatimiz Rahbarining ko‘plab farmon va qarorlari e‘lon qilindi.

Mazkur “O‘quv dasturlarini yaratish metodikasi” kursi ham bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga, bugungi kunda jahon adabiy ta’limida yuz berayotgan, o‘qitish hamda o‘quv dasturlarini tuzish va ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etilgan kurs vositasida magistrantlarga o‘quv dasturlarini yaratish, nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qila olishga oid ko‘nikma-malakalari va kasbiy kompetentligini shakllantirish, ularni ilg‘or xorijiy tajribalari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi.

“O‘quv dasturlarini yaratish metodikasi” fanini o‘qitishdan maqsad– uzluksiz va oliy ta‘limdagi o‘quv daturlarining tarixiy, ijtimoiy, falsafiy va psixologik asoslarini o‘rganish, uning tanqidiy tahlili asosida yangi o‘quv dasturlarini joriy etishdan iborat. Kurs, shuningdek, magistrantlarni namunali o‘quv dasturlarini yaratishga, uni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, mavjud nazariy qarashlarga asoslanib ta‘lim jarayonining eng muhim qismi bo‘lgan samarali o‘quv dasturlarining ilg‘or strategiyalarini ishlab chiqishga tayyorlaydi. Bundan tashqari kurs o‘quv dasturlarini yartishning ilmiy –nazariy asoslari bilan bog‘liq tadqiqot usullarini ham o'rganadi.

Insoniyat tarixida ta’lim olishga ehtiyoj tug`ilgan kundan boshlab, nimani o`rgatish, qancha o`qitish, nima uchun o`qitish, qanday usullar bilan o`qitish kerak kabi savollar didaktika oldida turgan qadimiy va dolzarb masalalardan sanaladi.

Shu muammolarga bog`liq holda kishilarning kundalik faoliyatida maqsad, mazmun, natija kabi tushunchalar tez-tez uchrab turadi.

Mantiqshunoslar nuqtayi nazari bilan qaraganda maqsad - ma`lum jamiyatdagi insonlar amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi. Ba’zi adabiyotlarda qadimgi hindlarga, ba’zilarida yunonlarga yoki arablarga nisbat beriladigan: "Maqsad unga erishish yo`l va choralarni belgilaydi", degan hikmatli so`z ostida juda katta ma’no yotadi. Maqsad insonning biror voqelikka bo`lgan ehtiyojining ongdagi in’ikosi yoki fikriy modeli bo`lib, u obyektiv sharoitlardan kelib chiqadi.

Maqsadni amalga oshirish natijaga erishish demakdir. Mazmun esa natijaga erishish jarayonining majmuyi, mag`zi, maqsad va uning natijasi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning yig`indisidir. Natija o`z navbatida jamiyat ijtimoiy talabining qanday qondirilganligini belgilovchi omildir .

Pedagogik adabiyotlarda "ta’lim", "ta’lim mazmuni", "ta’lim maqsadi" tushunchalari turlicha talqin qilinadi: "Ta’lim-bilim berish, malaka va ko`nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi". Shuningdek, kishilik jamiyatida ta’lim mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida o`qituvchi va o`quvchi zimmasiga yuklangan o`qitish~o`qish jarayoni bilan belgilanuvchi vazifadir. Bu ta’limning tor ma`noda o`qitish tushunchasini anglatishidir. Keng ma`noda ta’lim jamiyatning barcha sohalarida ma’lumot berish jarayonini ham bildiradi.

Ta’lim tarbiyaning muhim omilidir. Yana ham aniqroq aytsak, ta’lim va tarbiya bir butunlik, bir-biridan ajralmasdir.

Ta’limning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzumga muvofiq o`quv predmeti, texnika, madaniyat taraqqiyoti asosida tarixan o`zgarib borishi bilan birga o`rta umumta’lim o`choqlarida o`qitishning didaktik tavsifini ham belgilaydi.

Ta’limning maqsadi o`qitishning ma’lum maqsadga qaratilganligini va shu maqsadga muvofiqligini o`zida aks ettirgan, ta’limning ijtimoiy tabiatini, uning jamiyatdagi mohiyatini ochib beradigan, uning yo`nalishini, mazmunini, shakl va usullarini belgilab beradigan boshlanmadir. Ta’lim maqsadida insonga nisbatan u qanday bo`lishi kerak, unga qanday ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’lim berish kerak, degan talablar ifodalangan bo`ladi. Ta’lim jarayonida ta’lim maqsadlarini belgilovchi jamiyat talablari to`la holda aks etsagina, bola shaxsi har tomonlama kamol topishi mumkin. Ta’limning maqsadi o`zining ijtimoiy tabiatiga ko`ra ko`p qirrali bo`lib, u amalga oshgach, ya`ni natijaga erishilgach, erishilgan natija asosida yangi maqsadlar qo`yiladi. Qo`yilgan yangi maqsadlar esa ta’limning ilk maqsadini takomillashtiradi, dastlab tanlangan ta’lim maqsadi, ularni amalga oshirish vositasiga aylanib boraveradi. Chunki umumiy ta’lim jarayonining o`zi ta’lim maqsadini jamiyat taraqqiyoti talablari asosida uzluksiz muvofiqlashtirishni taqozo etadi.

Ta’lim maqsadi ta’lim jarayonini, ta’lim mohiyatini, uning mazmuni, vositalari, usuli, o`qituvchi~o`quvchi munosabatlari va, nihoyat, uning samarasi –qanday shaxsni (yoki mutaxassisni) yetishtirishni belgilab beradi. Ta’lim maqsadi talablariga javob beradigan shaxs o`z navbatida ta’lim maqsadini oldingi bosqichdan yana ham yuqoriroq pog`onaga ko`tarishni talab qiladi va mana shu holatdagina jamiyat va shaxs taraqqiyoti uzluksiz ilgarilab, yuksalib boradi –maqsadni voqelantirish qanday shaxsni yetishtirishni, jamiyatning umumiy tarbiyalanganlik darajasi esa bo`lg`usi taraqqiyot yo`nalishini belgilaydi. Demak, ta’lim maqsadi jamiyatdan oziqlanadi va ayni zamonda jamiyat kelajagini belgilaydi. Butun ta’lim jarayoni–ta’lim materialidan boshlab, ta’lim natijasi (samarasi)gacha - ta’lim maqsadi bilan belgilanadi. Ta’lim maqsadi oldida turgan bosh masala: jamiyatga bugun va kelajakda jamiyat ravnaqi hamda istiqboli uchun qanday shaxs (mutaxassis) tayyorlash kerak, jamiyat qanday shaxsni talab qiladi – ta’lim jarayoni shunday shaxsni yetishtirib berishi zarur. Mana shuning uchun o`qitishning eng muhim bo`g`inlarida ta’lim maqsadi davlat tomonidan belgilab qo`yilgan va jamiyat uchun umumiy va qat’iy qonun tusini oladi. Hozirgi kunda ta’limning turli bosqichlarida maqsadning kim tomonidan belgilanishini qгyidagicha ko`rsatish mumkin:

TA’LIM MAQSADI VA UNI BELGILOVCHILAR

BELGILOVCHI TA’LIM BOSQICHLARI

Davlat hujjatlari (qonunlar)

Ta’limning umumiy maqsadi

Ta’lim turlari va bosqichlari maqsadi

DTS


O`quv predmeti maqsadi

O`quv predmeti bo`limlari maqsadi

O`quv predmeti bosqichlari maqsadi

Vazirlik (o`quv dasturi)

O`quv predmetining yillik ta’lim maqsadi

O`quv predmetining choraklik ta’lim maqsadi

O`qituvchi-metodist

O`quv predmetining mavzuviy ta’lim maqsadi

O`quv predmetining muayyan dars maqsadi

Shu o`rinda bir masalani alohida uqtirib o`tish lozim. Ta’lim maqsadi ta’limning mohiyatini belgilar va mohiyatan ijtimoiy buyurtma (davlat zakazi) mavqeyida ekan, u pedagoglar, didaktlar, muayyan o`quv predmetlarni o`qitishusuliyoti mutaxassislari, metodistlar diqqat markazida bo`lishi kerak. Afsuski, hamma vaqt ham shunday emas. Didaktik adabiyotlarda ta’lim mazmuniga jild-jild tadqiqotlar bag`ishlangan holda ta’lim maqsadi masalasi hamisha chetda qolib keladi. Ta’lim maqsadi pedagogik adabiyotlarda eng kam o`rganilgan masalalardandir desak, xato yoki mubolag`a qilmagan bo`lamiz.



Buning obyektiv sabablari ham bor. Birinchidan, yuqorida aytib o`tganimizdek, ta’lim maqsadi ta’lim mazmuni, usuli va, nihoyat, uning butun jarayoni va natajasini belgilovchi omil bo`lganligi uchun ta’limning istagan muammosi tadqiq-u tavsifida, muhokama-yu munozarasida ta’lim maqsadi masalasi muhokama etiladi. Shuning uchun uni maxsus o`rganishga zarurat yo`qdek tuyuladi. Ikkinchidan, ta’limning maqsadi – ijtimoiy buyurtma, ijtimoiy talab va juda ko`p hollarda siyosat, davlat hamda jamiyat taraqqiyoti, shuningdek, talabi bilan uzviy bog`liq masala, pedagog hamda didaktlar hal qiladigan sof ilmiy yoki ilmiy-metodik muammo emas. Ta’lim maqsadi–davlat ahamiyatiga ega bo`lgan siyosiy-ijtimoiy masala: u davlat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot talablari asosida ta’lim oldiga qo`yiladi. Ta’limpeshvolari, ta’lim muassasalari mana shu talabni samarali qondi rish yo`l, usul va vositalarini ishlab chiqishlari, uni takomillashtirishlari lozim. U ma’lum taraqqiyot nuqtasiga ko`tarilgach, ta’lim maqsadi yangilanishi va oldingi maqsaddan yuqoriroqlarini o`z oldiga qo`yishi mumkin.

Ta’lim maqsadi davlat ahamiyatiga molik masala bo`lganligi sababli u hukumat tomonidan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni va uni hayotga tatbiq qilish uchun ishlab chiqilgan hamda amalga joriy etilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (KTMD)dir. "Ta’lim to`g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"i bugungi kunda O`zbekistonimizda ta’lim maqsadini belgilab beruvchi asosiy hujjatlardandir.
Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling