Oʻquv loyiha “Zamonaviy tarbiyachi imidji” loyiha topshirigʻI


Download 16.4 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi16.4 Kb.
#1771532
Bog'liq
O`quv loyiha MT A


OʻQUV LOYIHA
Zamonaviy tarbiyachi imidji”
LOYIHA TOPSHIRIGʻI


Kirish. Tarbiya berish jarayonida bolalarda nafaqat qoida va xulq-atvor me’yorlari, balki barcha ijobiy fazilatlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachida pedagogik mahorat va imidji shakllangan bo‘lishi lozim. Pedagogik mahorat inson tarbiyasini amalga oshiruvchi o‘quv-tarbiya ishlarining samarali bo‘lishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Loyiha doirasida oʻz yechimini topuvchi muammo: Pedagogik mahorat nazariy bilimlarni emas, balki aniq faoliyatni ko‘rsatadi. Aynan, zamonaviy tarbiyachi imidji ushbu muammoni hal qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Loyiha maqsadi (u nima uchun yaratiladi): Zamonaviy tarbiyachi o‘zini idrok etish, o‘z faoliyatini rejalashtirish, o‘zini boshqarish, nutqini tarbiyalash, metodik va kommunikativ tayyorgarlik va pedagogik o‘zaro munosabatlarda o‘zini namoyon etish mahoratini egallagan bo‘lishi kerak. Bularning barchasi tarbiyachiga kasbiy faoliyatida aqliy, emosional, ma’naviy va jismoniy qiyinchiliklarni bemalol yengishga imkon beradi.
Yakuniy natija: vizual taqdimot (slaydli taqdimot, videorolik).
Foydalanuvchilar: MS 1- 4 guruhlar.
Bajarish muddati: 29 aprel 2022 yil.
Ishtirokchilar soni:1 nafar talaba.
Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari va faoliyat turlari:

  1. Ma`lumotlarni toʻplash. tanlash, ularni oʻqib chiqish.

  2. Tarbiyachi imidji haqida qisqa axborotni qidirish va tayyorlash.

  3. “Nima uchun bugungi kunda zamonaviy tarbiyachi imidjini yaratish kerak?” degan savolga asosli yozma ravishda javob keltirish.

  4. Taqdimotni rasmiylashtirish.




Loyiha ishi to’g`risida hisobot tuzilishi

  1. Titul varag`i.

  2. Loyihani dolzarbligi.

  3. Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi muammo, loyiha maqsadi, yakuniy natija, foydalanuvchilar.

  4. Ma`lumotnoma tuzilishini qisqa bayoni.

  5. Loyiha sifatini, loyiha ustida ishlash jarayoni: ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni engib o’tish yo’llarini baholash.



LOYIHA TOPSHIRIG’INI BAJARISH BO’YICHA KURSANTLARGA USLUBIY KO’RSATMALAR



Zamonaviy tarbiyachi imidji” mavzusidagi slaydli taqdimot maketining tuzilishi

  1. Titul varag’i: Universitet nomi, taqdimot nomi, taqdimot muallifi.

  2. “Nima uchun bugungi kunda zamonaviy tarbiyachi imidjini yaratish kerak?” degan savolga asosli javob yozish.

  3. Slaydlar taqdimoti quyidagi savollarni qamrab olishi lozim:

  • loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi muammo nimada;

  • loyiha maqsadi;

  • zamonaviy tarbiyachi imidjning o`ziga xos xususiyatlari qanday bo`lishi kerak;

  • tarbiyachining tashqi ko`rinishi;

  • muomila madaniyati;

  • ......

  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.





Download 16.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling