O’quv-uslubiy majmua zararkunanda


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1318093
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish 2



O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Zararkunanda dasturlar



Amaliy ish №2.

Mavzu: Virtual mashina va Antivirus dasturiy vositasini o‘rnatish va sozlash





Ishdan maqsad: Zararkunanda dasturiy kodlarni tahlil qilish uchun himoyalangan sohani yaratish. Zararkunanda dasturiy kodlardan himoyalash maqsadida antivirus dasturiy vositasini yaratish.

Nazariy qism:

Zararkunanda dasturiy vositalarni dinamik tahlil qilishdan oldin, himoyalangan tizim qurish talab etiladi. Ixtiyoriy zararkunanda dastur tahlili OTda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilmaydi. OTda xavfsiz muhitni yaratishda Virtual mashinalardan foydalaniladi.


Virtual mashina deganda, kompyuter ichida kompyuter tizimini tushinish mumkin (1.1-rasm).

1.1-rasm. Virtual mashina tuzilishi


Yaratilgan vertual mashinada host OT mehmon OT dan ajratilgan bo‘lib, hozirda Hyper-V, Xen, ESX, VMware, VertualBox Virtual mashina ilovalaridan keng foydalaniladi.
Ushbu labaratoriya ishlarida tahlil qilinadigan zararkunanda dasturlar

aksariyati Windows XP OT ga mos bo‘lganligi sababli, VMware Virtual mashinasida Windows XP OT o‘rnatiladi.


Host OT ni zararkunanda dasturlardan himoyalash uchun unga antivirus himoya vositasi o‘rnatiladi.

1.2-rasm. Windows 8. 1 OT uchun mos antiviruslar


Amaliy qism.


    1. qadam. VMware Virtual mashinasini o‘rnatish. Virtual mashinani o‘rnatish uchun VMWARE\setup-win\ katalogiga o‘tib, VMware-workstation-6. 5. 3-185404. exe dasturini yuklang (1.3-rasm). Quyida ko‘ringan oynadan “Next” tugmasini bosing.

3-rasm. VMware verutal mashinasini o‘rnatish


Shundan so‘ng 1.4-rasmda keltirilgan oyna hosil bo‘ladi. Ushbu oynadan “Typical” bandini tanlab, “Next” tugmasini bosing.


1.4-rasm. Virtual mashina o‘rnatilish rejimini tanlash


Shundan so‘ng 1.5-rasmda keltirilgan oyna hosil bo‘ladi va undan kerakli manzilni tanlang va “Next” tugmasini bosing.

1.5-rasm. Virtual mashinani o‘rnatish manzili tanlash


Quyidagi 6-rasmda Virtual mashinani yorliqlarini xususiyati tanlanadi va “Next” tugmasi bosiladi. Keyingi oynada dastur o‘rnatilishga tayyorligi ko‘rsatiladi va undan “Install” tugmasini tanlang.



1.6-rasm. Dastur yorliqlarini xususiyatini tanlash

1.7-rasm. Dasturni o‘rnatishni boshlash


1.8-rasm. Dastur o‘rnatilish jarayoni


Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan oynada foydalanuvchi nomini, tashkilot nomini va dastur ishlashi uchun kerakli bo‘lgan kalitni kiriting (ushbu kalitni VMWARE\keygen-win\keygen-embrace. exe dasturini yuklash orqali olishingiz mumkin). Shundan so‘ng dastur muofaqiyatli o‘rnatilganligi haqidagi oyna chiqadi (9-rasm). Shundan so‘ng kompyuterni qaytadan yuklang.


1.9-rasm. Dastur o‘rnatilishi yakuni






    1. Download 0.64 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling