O‘quv yilining 1-semestri bo‘yicha 3-kurs talabalariga fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish to‘g‘risida


Download 33.29 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1138870
  1   2   3
Bog'liq
3- kurs YN jadvali 23.01.23 y





2022/2023-o‘quv yilining 1-semestri bo‘yicha 3-kurs talabalariga fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish to‘g‘risida



Agrologistika va biznes fakulteti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi


824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069 qayd raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom, 2022/2023-o‘quv yilining O‘quv jarayoni jadvali hamda fakultet dekani v.v.b. A.Mengnorovning bildirgisiga muvofiq


BUYURAMAN:

1. Agrologistika va biznes fakultetining 5230100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), 5230400-Marketing (qishloq xo‘jaligida), 5610300-Turizm (faolyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 5232500-Logistika (agrologistika), 5233300-Agrobiznes va investitsion faolyat, 5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) taʻlim yoʻnalishlari 3-kurs talabalariga 2022/2023-o‘quv yilining 1-semestri bo‘yicha fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. O‘quv-uslubiy boshqarma (M.Atabayev), Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (B.Kamilov), Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (Ye.Berdibayev), fakultet dekani v.v.b. A.Mengnorov va kafedra mudirlariga:
yakuniy nazorat o‘tkazish jadvalini tegishli kafedralarga yetkazilishini ta’minlash;
fanlardan yakuniy nazorat o‘tkazish tartibi va baholash qaydnomalarini rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom, Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda
3069 qayd raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
3. Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi (S.Rasulov) http://hemis.tdau.uz axborot tizimi orqali fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni o‘tkazish vaqtini talabalar va professor-o‘qituvchilarga yetkazish, talabalar bilimini baholash qaydnomalarini shu tizimda rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin.
4. Fakultet dekani v.v.b. A.Mengnorov O‘quv-uslubiy komissiya raisi (O.Fayziyev) va kafedra mudirlariga:
fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni http://hemis.tdau.uz axborot tizimi orqali test shaklida yoki auditoriyalarda yozma va og‘zaki shakllarda imtihonlarni o‘tkazishni tashkil etish;
fanlardan konsultatsiyalar o‘tkazish jadvalini tuzish, tasdiqlash
hamda talabalar e’tiboriga yetkazish;
talabalarga test, yozma va og‘zaki shakllarda imtihonlarni o‘tkazish tartibi
va unga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha konsultatsiyalar berish;
test, yozma va og‘zaki shaklda o‘tkazilgan imtihonlarni sifatli tekshirilishi, baholanishi hamda saqlanishini ta’minlash;
2022/2023-o‘quv yilining 1-semestri bo‘yicha yakuniy nazoratlarning natijalarini http://hemis.tdau.uz axborot tizimidagi talabaning shaxsiy kabinetida yoritib borilishini taminlash;
kafedralar tomonidan to‘ldirilgan qaydnomalarni dekanatga topshirish va bu haqida O‘quv-uslubiy boshqarma hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limiga muntazam axborot berish vazifalari yuklatilsin.
5. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor U.Djumaniyazov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Atabayev, Fakultet dekani v.v.b. A.Mengnorov ushbu buyruq, uning ilovasida keltirilgan ma’lumotlarining hamda unga asos bo‘lgan hujjatlarning haqqoniyligiga va to‘g‘riligi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor U.Djumaniyazov zimmasiga yuklatilsin.


Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling