Oʻquvchilarim soni keskin kamayib ketdi


Download 16.98 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1407587
Bog'liq
Oʻquvchilarim soni keskin kamayib ketdi


-Oʻquvchilarim soni keskin kamayib ketdi ...
-kurs narhini arzon oʻtsam ham yanada arzonroq soʻrashyapti ...
-boshqa mentalchilar mendan ham arzon oʻtib mijozlarimni kamaytirishdi ...
-kursni boyitish uchun metodlarim yetmayotgandek his qilyapman
-oʻquvchilarim qiziqishi past ...

-Oʻquvchilarim soni keskin kamayib ketdi ...


Ustozga bog’liq bo’lmagan sabablar:
Sentyabr oyi, qishki anomal sovuq, gripp va boshqa kasalliklar, ota-onalarning daromadidagi keskin pasayish.
Ustoz o’zgartira oladigan sabablar:
Darslarda bola zerikishi, mijozlar natijadan qoniqmasligi, mental arifmetika haqida notog’ri fikr, boshqa raqobatchilar kuchli reklama bilan bozorni egallashi.
Ustozga tavsiyalar:
Darslarni metodlar bilan boyitish, bunda yillik rejadan chiqib ketmaslik,
qiziq bo’lishi bilan birga natijali bo’lishi: Bunda mijoz va iste’molchini hisobga olish
reklamalar va kurs natijalarini doimiy ko’rsatib borish (olimpiada emas, videodarslar va darslardan lavhalar, bepul darslar)
Iliq mijozlarni qaynoq mijozlarga aylantirish (ota onalar uchun maxsus yig’ilishlar va o’yinlar, alohida guruhda hamkorlik)

-kurs narhini arzon oʻtsam ham yanada arzonroq soʻrashyapti ...


Agar bepul o’tsangiz kitoblarni ham bepul (davlat tomonidan) berilishini so’rashadi.
Lekin kurs ishtirokchilari ichida albatta kurs pulidan ko’ra natijasi muhim insonlar topiladi, yo’qsa kursga bermasdi, o’z hududingizda eng qimmat va sifatli dars o’ting va bonuslar taqdim qilishda davom eting.
80 ming so’m emas, 180 ming so’m o’ting, vazifalarni bajarganlarga 100 ming so’mgacha chegirma qilib bering, ular 180 minglik darslarga kelganini his qilsin

boshqa mentalchilar mendan ham arzon oʻtib mijozlarimni kamaytirishdi ...


Bunda ulardan arzon o’tish chora emas, yaxshi dars, uni ko’rsata olish, sarafan marketing, shaxsiy brend muhim chora

kursni boyitish uchun metodlarim yetmayotgandek his qilyapman


albatta boshqa ustozlar darslarini kuzating, malaka oshirish kurslarida o’qing (turli o’quv markazlarida, bu kamida 16 barobar yutuq)

-oʻquvchilarim qiziqishi past ...


ularni guruhlashtiring va yoshiga, jinsiga, aqliga mos guruhchalarda turli mashqlar, kichik musobaqalar, psixologik o’yinlar o’ynating.
O’zingiz foydalanadigan o’yinlar nomini shu guruhga yozing
Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling