O’quvchilarni tarbiyalashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish
Download 27.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqАвалова Турсуной
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
O’QUVCHILARNI TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH Avalova Tursunoy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda xalq og‘izaki ijodi namunalaridan foydalanish borasidagi o‘rganishlar va amaliy ishlar haqida so‘z boradi. Ushbu ilmiy ishimizdan oliy o‘quv yurti talabalari, tadqiqotchilar, doktarantlar hamda keng auditoriya foydalanishlari mumkin. Kalit so‘zlar: intelekt, omma, tendensiya, xalq o‘yinlari, qadriyat, intelektual salohiyat Kirish. Ma’lumki, har qanday davlatning rivojlanishi uning intellektual salohiyatiga bog’liq. Intellektual salohiyat xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotni ta’minlay oladigan mustaqil fikrli, malakali bilimli, yuksak insoniy fazilatlarga ega kadrlarning majmuidir. Davlatimiz esa mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardanoq intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bu yo’lda amalga oshirilgan asosiy vazifalaridan biri mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishga asos bo’ladigan yangi ta’lim tizimining tashkil etilishidir. 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi” qonun1, “Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasi”2 va Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan “Muhim besh tashabbus”3 belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Haqiqatan ham, maktabda olingan bilimgina kasbiy bilimlarni egallash uchun zamin bo’la oladi. Bu o’rinda maktabning eng muhim vazifasi o’quvchilarning ilmiy bilimlarni chuqur va puxta o’zlashtirish, ularni amaliyotda qo’llash, malaka va ko’nikmalarni egallash, ilmiy dunyoqarash va ahloqiy estetik madaniyatni shakllantirishga erishishdan iborat. Barcha ta’lim muassasalari o’quvchilarining salomatligini saqlash, jismoniy ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda aqliy sifatlarni rivojlantirishdan iborat. O’quvchining aqliy faoliyati izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi. Barchamizga ma’lumki, bola shaxsining rivojlanishi uch asosiy faoliyatda kechadi. Bular – o’yin, o’qish va mehnat faoliyati. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda maktabda o’qishiga qaramay, ularda o’yin faoliyatini hali butunlay o’qish faoliyati egallab olmagan bo’ladi. SHundan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda dars, darsdan tashqari mashg’ulotlarida va jismoniy tarbiya darslarida milliy xalq o’yin turlaridan foydalanib tashkil etish o’quvchilar aqliy faoliyatining rivojlanishiga hamda ularda amaliy ko’nikmalarning tezroq shakllanishiga xizmat qiladi. O‘yin - bolalarning har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi hamda asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Milliy xalq o‘yinlari - uzoq davrlardan beri, mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan. Bola tarbiyasida o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va turlari mavjud. O‘yin mazmuni va tashkiliy ko‘rsatkichi darajasiga ko‘ra: xalq milliy harakatli o‘yinlari, ijodiy o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, ermak-ovutmachoq o‘yinlar, sanamalar xalq og‘zaki ijodidagi o‘yin turlari mavjud. O’zbek xalq milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. Milliy xalq o’yinlari xalqimzning bir necha ming yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi. Milliy xalq o’yinlari jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Xalq o‘yinlari – doimo hayotni aks ettiradi. O‘yin o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. O‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, xissiyoti, extiyoji, qiziqishlari, ta‘sirchanligi – uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o‘yinda amamliy ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi. Bunda u o‘zining bevosita ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bolalar mustaqil ijodiy o‘yinlarni ko‘proq o‘ynaydilar. Bu o‘yinlarni bolalar o‘zlari o‘ylab chiqadilar. Bolalar o‘z taassurotlari, ko‘rgan-eshitgan, his qilgan narsalarga nisbatan o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Insoniyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotining turli davrlarida o’yinlar muhim o’rin tutgan. O’yinlar yordamida insoniyat o’sgan, ulg’aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo’lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Xullas, o’yin odamzod taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etgan. Buning sabablari quyidagicha: Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling