Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish Reja: Oʻsimliklar hayotida suvning ahamiyati


Download 20 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi20 Kb.
#1643527
  1   2   3
Bog'liq
Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish


Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish

Reja:



1. Oʻsimliklar hayotida suvning ahamiyati.
2. Urugʻning unib chiqishi uchun talab etiladigan suv miqdori.
3. Tuproqda suvning shakllari. Tuproqning suv rejimini boshqarish.
4. Tuproq havosi va uning ahamiyati
5. Tuproqning havo rejimini boshqarish.
1.Tuproq namligini unga kirib kelayotgan, harakatlanayotgan va sarf-lanayotgan suvga bogʻliq holda oʻzgarishi tuproqning suv rejimi deyiladi Tuproqdagi suvning ahamiyati beqiyos. Tuproqda va oʻsimlikda boʻladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. Oʻsimlik suv bilan yetarli taʻminlangandagina unda oʻsish, rivojlanishi va barcha fizologik jarayonlar normal oʻtadi. Fotosintez jarayonida suv asosiy omillardan biri sifatida reaksiyada ishtirok etadi.
2.Har qanday madaniy oʻsimlik urugʻi unib chiqishidan oldin maʻlum miqdorda suv shimadi (1-jadval ).
Urugʻlar oʻziga kerak boʻlgan suvni shimib olgandan keyin qulay sharoit boʻlsa koʻkarib chiqa boshlaydi. Oʻsimlikka shu davrdan bosh-lab, to oʻsuv davrining oxirigacha namlik zarur boʻladi. Tuproqdagi oziq moddalar eritma holida boʻlgandagina oʻsimlik ildizlari orqali soʻriladi.Suv tufayli oʻsimlikda barcha biologik jarayonlar normal oʻta-di, turgor holati saqlanadi.
1-jadval
Urugʻning unib chiqishi uchun talab etiladigan suv miqdori.
(Urugʻ vazniga nisbatan % hisobida)

Ekinlar

Talab etiladigan suv

Ekinlar

Talab etiladigan suv

Tariq
Makkajoʻxori
Bugʻdoy
Arpa
Beda
Javdar

25,0
44.0
45,5
48,2
56.3
57,5

Suli
Gʻoʻza
Zigʻir
Koʻk noʻxot
Qizil sebarga
Qand lavlagi

59,8
60,0
100,0
106,8
117,3
120.3

Oʻsimliklar tarkibida 80-90 % gacha suv boʻladi. Oʻsuv davrida oʻsimliklar bu suvning asosiy qismini bugʻlantirib yuboradi. Kuzatish-larga qaraganda, oʻsimliklar butun vegetatsiya davomida oʻzlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03% ni oʻz organizmini shakllanishi uchun sarf-laydi.
Oʻsimliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni oʻzlashtirib, uni orga-nizmi orqali atmosferaga bugʻlatib turishi transpiratsiya, 1 gramm qu-ruq modda hosil qilishi uchun sarflagan suv miqdori transpiratsiya koeffitsenti deyiladi.
Gʻoʻza oʻsish davrida juda koʻp suv sarflaydi, chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi goʻza sutkasiga 10-12 m3, shona-lash davrida 30-50 mgullash va meva tugish davrida eng koʻp 80-120 m3 , koʻsaklar ochilishi davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonida oʻsuv davrida 5000-8000 m3 suv sarflanadi.
3.Tuproqda suvning ikki xil shakli bor. "Fizikaviy birikkan" suv va "kimyoviy birikkan" suv. Kimyoviy birikkan suv mineral kolloidlar va minerallar tarkibida birikma yoki molekula shaklida uchraydi.
Fizikaviy shakldagi suv quyidagi xillarga boʻlinadi: bugʻsimon suv, gigroskopik suv, pardasimon suv, kapillyar suv va gravitatsion suv. Har qanday sharoitda tuproqdagi suvning bir qismi bugʻ holatiga oʻtadi. Tuproq gʻovakliklaridagi bugʻ tuproq haroratini oʻzgarib turishi natijasida tomchi holatiga oʻtishi va oʻsimlikning ildizi orqali oʻzlashtirilishi mumkin. Gigroskopik suv-tuproq zarralari yuzasiga
singdirilgan namlikdir. Parda suv-tuproq zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari oʻrab olgan boʻladi. Gigroskopik va parda suvni oʻsimlik oʻzlashtira olmaydi.

Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling