O‘rta Osiyoda arxivlar va arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan Reja


Download 36.35 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi36.35 Kb.
#1458548
  1   2   3
Bog'liq
‘rta Osiyoda arxivlar va arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan


O‘rta Osiyoda arxivlar va arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan


Reja:
1. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxivlarning ahvoli
2. Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi


Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida
Turkistonda arxivlarning ahvoli
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib oldi. O‘lkada mustamlakachilik boshqaruv tizimi joriy qilindi. Mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati jarayonida Turkistonda ko‘plab hujjatlar yaratildi. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to volost idoralariga qadar bo'lgan boshqaruv muassasalarida hujjatlar jamlanib, bevosita shu idoralarning o‘zida saqlangan. Shunday qilib, chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda har bir muassasa qoshida idoraviy arxivlar vujudga keldi.

Muammоli savоl: Chоr Rоssiyasi mustamlakachiligi davrida arхiv ishlarida qanday o’zgarishlar yuz bеrdi?

Ammo Turkistonda tashkil etilgan idoraviy arxivlarning faoliyati yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Ko‘p muassasalarda arxivlar uchun maxsus ajratilgan xonalar yo‘q edi. Shu sababdan, hujjatlar ko‘pincha zax qaznoqlarda saqlangan.
Nazorat yo’qligi bois idoraviy arxivlar ishiga muassasa rahbarlari jiddiy zarar yetkazar edilar. Ular yakka o’zlari to’plangan hujjatlarni ko’zdan kechirib, keraksiz deb topgan hujjatlarni tso’q qilar edilar. Misol tariqasida quyidagi faktni kelitirish mumkin. Farg‘ona viloyat harbiy shtabida 25 yil davomida yig‘ilib qolgan hujjatlarni saralash chog‘ida 105 pud “keraksiz” deb topilgan arxiv materiallari savdogarlarga o‘rov sifatida sotib yuborilgan edi. Turkistonda hujjatlarni yo’q qilish keng tus oldi. Bu hol iog’or jamoatchilikni tashvishga soldi. Jumladan, 1914-yilda Orenburg shahrida bo’lib o’tgan guberna arxiv komissiyalarining I s’ezdida A.Popov degan shaxs shunday degan edi: “So’nggi 12 yil mobaynida yuzlab yig’majildlar yo’q qilindi, ularning ancha qismi O’rta Osiyoning qo’shib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan yurishlar bilan bog’liq edi”.
1884-yilda taniqli arxivshunos N.Kalachov loyihasiga binoan Rossiya imperiyasi chekka o‘lkalarida hujjatlarning ommaviy yo‘qotilishini oldini olish maqsadida arxiv komissiyasi tuzildi. Biroq, komissiya oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilmay qoldi, chunki uning a’zolariga idoraviy arxivlardagi hujjatlarni kirib ko’rish huquqi yo‘q edi. Komissiya faqat tarixiy arxivlarda yo‘q qilinishi nazarda tutilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga ega edi, xolos.
Turkiston o‘lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo‘yicha yakkayu yagona harakat general-gubernator Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873-yilning oktabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig‘iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat qurish haqida ko‘rsatma beradi. Markaziy arxivga har yili 5 mingta atrofida hujjat qabul qilish mo‘ljallangan edi. Ammo, K.Kaufmanning bu rejasi amalga oshmadi. Shunday qilib, mustamlaka Turkistonda vujudga kelgan idoraviy arxivlarning faoliyati yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi.
Turkiston o‘lkasidagi markaziy boshqaruv organi general-gubernatorlik mahkamasi bo'lgan. 1870-yilga qadar mahkamada hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash kerak, degan masala hech kimni qiziqtirmagan. Faqat 1870-yili mahkamada “jurnalist” (arxivshunos va ekzekutor) lavozimini ta’sis etish taklif etildi. 1867-1869-yillarga tegishli hujjatlarni qisman arxivga topshirish mo‘ljallanadi. Ammo hujjatlar arxivga topshirilmadi, chunki arxiv uchun maxsus xona yo‘q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz saqlandi, ulardan foydalanishga esa yo‘l qo‘yilmadi. 1877-yilda mahkama uchun qo‘shimcha bino qurilishi munosabati bilan arxiv uchun ikkita xona ajratildi. 1882-yilda mahkama amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882-yillarda to‘lg‘azilgan 9 968 ta yig‘majildni bo‘limlardan olib arxivga topshirdi. Belgilangan qoida va tartibga binoan, har yili tugallangan hujjatlar saqlash uchun arxivga qabul qilinishi lozim edi. Ammo 1904-yilda maxsus komissiya general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib, bu yerga hujjatlar bo‘limlardan betartib ravishda keltirilgani, ularning muqovalar yirtiq ekanligi, qator hujjatlarda qayd-yozuvlar noto‘g‘ri to‘lg‘azilganligini qayd ta’kidlagan edi.


Download 36.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling