O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet1/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)


2.2. MEZOLIT DAVRI YODGORLIKLARI
Qadimgi tosh asrining so‘nggi bosqichiga kelib, yer yuzidagi ulkan muzliklarning chekinishi natijasida iqlim o‘zgardi, u hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. Muzlikning chekinishi, haroratning ko‘tarilishi natijasida O‘rta Osiyoning hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Qadimgi tosh asrining yirik hayvonlari asta-sekin yo‘qola borib, ular o‘rniga elik, arxar, muflon, tog‘ echkilari, bug‘ular, jayron, sayg‘oq, qulon, quyon, arslon, yo‘lbars, bars, qoplon, gepard va boshqa hayvonlar ko‘paya boshladi. Shuningdek, O‘rta Osiyodagi issiqtalab yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘paya bordi. Tabiatdagi bu o‘zgarishlar, o‘z navbatida, mezolit davri ibdoiy ajdodlarimizning turmush tarzida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi.
O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII—VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Mezolit so‘zi mezos-o‘rta va litoe—tosh degan qadimgi grek so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, o‘rta tosh asri degan ma’noni bildiradi. Mezolit davrining xususiyati, chegarasi va atalishi haqida arxeologlar orasida hamon qizg‘in bahs bormoqda. Bir guruh arxeologlar bu davrni qadimgi tosh asrining alohida bosqichi deb hisoblasalar, boshqalari tosh asrining so‘nggi bosqichi, deb biladilar. Ammo ko‘pchilik arxeologlar bu davr tosh asrining o‘rta bosqichi ekanligiga ishonch hosil qildilar. Mezolit, davrining quyi va yuqori chegarasini belgilashda ham turli fikr-mulohazalar mavjud. Ko‘pgina olimlar mezolit davrining chegarasini aniqlashda tabiiy geografik muhitga suyansalar, boshqalari toshni ishlash texnikasiga asoslanadilar. Uchinchi guruh olimlar esa bu masalada xo‘jalik mashg‘ulotlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar. So‘nggi tosh asri, ayniqsa uning ikkinchi bosqichi tosh qurollarini qayta ishlash, ularni takomillashtirish sari shart-sharoitni vujudga keltirdi. Bu hol mezolit davrining ancha nozik qurollari tayyorlanishiga olib keldi. Mezolit davriga kelib, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda sigment, trapetsiya va uchburchak shaklidagi mayda qurolchalar - mikropitlar paydo bo‘lib, suyak yoki yog‘och dastachadan qadama sifatida foydalanilgan. Qadamalar dastalarga bitum-qatron bilan yopishtirib mustahkamlangan yoki qayish bilan bog‘langan. Bu qurollardan odamlar kesish va o‘rish maqsadlarida pichoq va o‘roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit davrining eng katta kashfiyot va yutuqlaridan yana biri -kamalak va o‘qning kashf etilishi edi. Kamalak va o‘q - inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama bo‘lib, u insoniyatning uzok davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi edi. F Engels va mashhur etnograf L.G.Morgan kamalak va uning o‘qiga yuksak baho berganliklari bejiz emas edi. Chunki bu qurol uzoqqa otilishi jihatidan o‘sha davrdagi boshqa qurollardan ustun edi. F. Engels o‘q-yoyning ixtiro qilinishi ustida to‘xtalib, «O‘q-yoyning ixtiro qilinishi orqasida parranda doimiy oziq-ovqatga aylandi, ovchilik bo‘lsa mehnatning oddiy sohalaridan biri bo‘lib qoldi. Yoy, tanob va o‘q juda ham murakkab quroldirki, bu asbobning ixtiro qilinishi uchun uzoq vaqt tajriba to‘plangan bo‘lishi, aqliy layoqat ko‘proq rivojlangan bo‘lishi va, binobarin, ayni zamonda boshqa bir ko‘p ixtirolar bilan ham tanishilgan bo‘lishi kerak. Temir qilich varvarlik davrida va miltiq sivilizatsiya davrida eng kuchli qurol bo‘lganidek, o‘q-yoy ham yovvoyilik davrida eng kuchli qurol bo‘lgan»1 ,-deb yozgan edi.
O‘rta Osiyodagi, shuningdek, qo‘shni o‘lkalardagi juda ko‘p yodgorliklardan mezolit davriga xos trapetsiyalar, sigmentlar, uchburchaklar, qirg‘ichlar, o‘roq-randalar, nayza va kamon o‘qlarnning uchlari, keskich, teshgich va ha rxil shakldagi uchrindi va nukleuslar ko‘p topilib, ular orasida nayza va kamalak o‘q uchlari - poykonlar ancha keng tarqalgan. Ayni vaqtda mezolit makonlaridan tosh qurollar bilan birga suyakdan yasalgan igna so‘zan, bigiz va boshqa qurollarning topilishi diqqatga sazovordir. Mazkur davrda mayda qurolchalar qatori yirik va uzun tosh qurollar-makrolitlar ham keng ko‘lamda qo‘llanilgan. Boltasimon tosh qurollar shular jumlasidandir. Mezolit davrining eng katta yutuqlaridan biri it, cho‘chqa, qo‘y, echki va boshqa hayvonlarni qo‘lga o‘rgatila boshlanishi edi. Arxeologik tadqiqotlarga asoslanib aytish mumkinki, mezolit, davriga kelib, Old, Yaqin va O‘rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka va ovchilikdan chorvachilikka, binobarin, xo‘jalikning ilg‘or, unumdor shakliga o‘tish boshlangan. Bu jarayon ba’zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda bir oz kech sodir bo‘lgan bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajada rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liq edi. F.Engels aytganidek, dastlab odamlar tabiatda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotlardan foydalanib, termachilik va ovchilik bilan shug‘ullanishgan bo‘lsalar, keyinchalik ular o‘z mehnat faoliyatlari bilan tabiatga faol ta’sir etib, ilg‘or unumdorlik xo‘jaligiga - chorvachilik va dehqonchilikka o‘ta boshlaganlar. Bu hol chorvachilik va dehqoichilikning ilk kurtaklari bo‘lib, asl ma’nodagi dehqonchilik va chorvachilik keyinchalik qaror topdi.
Mezolit odamlarning yer yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular shimol tomonga ham, Pomir kabi baland tog‘li rayonlarga ham tarqala boshlaydilar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan-Pomirgacha, Markaziy Qozog‘istondan Turkman-Xuroson tog‘larigacha bo‘lgan yerlardan mezolit davri yodgorliklarining eng ajoyib namunalari topilgan va o‘rganilgan. Shuningdek, mezolit davriga mansub bo‘yoq bilan ishlangan tasvir va manzaralar O‘rta Osiyoning baland tog‘li rayonlaridan topilgan. Bular ibtidoiy san’atning eng nodir namunalari edi. Shunday qilib, mezolit so‘nggi tosh asriga nisbatan katta siljish, o‘zgarish va rivojlanish bilan xarakterlanib, jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi uchun katta __________________
1 K.Marks va F. Engelьs. Tanlangan asarlar. 3-tom, 236—237- betlar, Toshkent, «O‘zbeknston» nashriyoti, 1981. 58
Imkoniyatlar ochib berdi. Bu katta siljishlar ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji bilan bog‘liq edi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling