O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar


Download 41 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi41 Kb.
#188480
Bog'liq
O'zbekiston tarixi mustaqil ish 2


O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar.

Reja:


1.O’rta Osiyoda islom dini hukmronlik qilgunga qadar mavjud bo’lgan dinlar.

2.O’rta Osiyoga islom dini kirib kelgandan so’ng tamoman yo’qolgan dinlar.

3.O’rta Osiyoda xristian dini.

4.O’rta Osiyoda xristian dini manzilgohlari.


Markaziy Osiyodagi qadimiy madaniyatning shakllanishi va rivojlaninishida bu madaniyat ijodkorlari bo’lmish va mahalliy va ko’chib kelgan aholining diniy e’tiqodlari ham katta ahamiyatga egadir.O’rta Osiyoda islom dini hukmronlik qilguniga qadar mavjud bo’lgan yuqori darajadagi madaniyatning rivojida otashparastlik, ma’jusiylik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik(manixeylik), mazdakiylik, xristianlik kabi dinlarning o’z o’rni, o’z roli va hissasi bor.Shunisi e’tiborga sazovorki, islom dini yoyilguniga qadar O’rta Osiyo hududida ko’plab diniy dunyoqarashlar bir vaqtda faoliyat yurgizgan bo’lsalarda,mahalliy aholi bir necha dinlarga e’tiqod qilgan bo’lsada,bu dinlarning birortasi boshqasidan ustun qo’yilmagan va hech bir din rasman davlat dini darajasiga ko’tarila olmagan. Taxminan 5 asrdan to arablar hukmronligi davrigacha O’rta Osiyoning markaziy viloyatlaridan biri Sug’diyona aholisining kattagina qismi, O’rta Osiyo hududining asosiy qismini egallagan eftalitlar, eftalitlardan keyin Markaziy Osiyoda hukmronlik o’rnatgan Turk xoqonligini barpo etgan turkiy aholining katta qismi nestorianlikni qabul qilgan.

7-8 asrlarda davom etgan arablar fathi natijasida islom dini qaror topgan hududlarda, shu jumladan, O’zbekiston hududida ham otashparastlik, ma’jusiylik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik(manixeylik), mazdakiylik kabi qadimiy diniy dunyoqarashlar b tamoman yo’qotib yuborildi. Bu dinlardan mustasno ravishda xristianlik dini yana bir necha asr davomida saqlanib qoldi. Buning sababi xristian dinining asoschisi Iisus Xristos musulmon manbalarida va diniy kitoblarida, shu jumladan, Qu’roni Karimda ham katta hurmat bilan Iso alayhissalom deb yuritiladi, uning tarixiy shaxs ekanligi tan olinadi. Aynan mana shu holat islom dini hukmronlik qilgan mamlakatlarda , shu jumladan , qadimiy O’zbekiston hududida ham arablardan keyin bir necha yuz yil davomida xristian dinining saqlanib qolishiga sabab bo’lgan. Somoniylar davrida xristianlik n birmuncha chbeklovlarga uchragan bo’lsada ,qoraxoniylar va qoraxitoylar davrida yanada aktivlashgan. Ayrim islom mamlakatlarida aholining ma’lum qismi hozirgi kunlargacha ham xristian diniga e’tiqod qilib ketadi.



Ko’plab o’rta asr yozma manbalari O’rta Osiyo hududidagi qadimiy xristianlik, xristianlar qishloqlari, xristian olimlari to’g’risida ma’lumotlar beradilar (Bartold, 1964; 1968). Mana shu ma’lumotlarning ba’zilari qadimiy Shosh, ya’ni hozirgi Toshkent vohasidagi xristianlik bilan bog’liq.Ibn Xavqal va va yana boshqa arab sayyohi al-Istaxriylar aynan mana shu davrda Choch viloyatining g’arbiy chegarasida Vinkard nomli xristianlar qishlog’I to’g’risida ma’lumot beradilar. Al-Istaxriy ‘Kitob masolik al-mamolik’ da shunday yozadsi, -(Chochning) bir chegarasi Choch daryosining Xorazm dengiziga (Sirdaryo bo’lsa kerak-R.A.) quyilishigacha, boshqa chegarasi Safijob (Isfijob-hozirgi Qozog’iston Respublikasining Sayram shahri –R.A.) sarhadlaridagi temir konlarigacha cho’zilad, (boshqasi) xristianlar Vinkardigacha boradi’. Arab olimining Choch kabi yirik viloyatning chegaralarini ta’riflashda aynan shu qishloqning nimini n tilga olishning o’ziyoq bu qishloqning 10 asrda juda yirik va mashhur bo’lganligini ko’rsastadi.

20-asrda O’zbekiston, shu jumladan, Toshkent vohasidagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar bu ma’lumotlarning to’g’riligini isbotlagani holda, bu din tarixining bizgacha noma’lum bo’lgan jihatlarini yoritish imkonini berdi. Toshkent viloyatidagi qadimgi Xarashkent(Qanqa yodgorligi) shahri ham ko’plab xristianlar yashagan manzillardan biridir. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishmalarda xristianlik biloan bog’liq osori-atiqalar ko’plab uchrab turadi. Ushbu shahar mahallalaridan birida xristianlar yashagan uy qoldiqlari ham topilgan.Toshkent shahridagi salor arig’i atroflaridan nestorianlarning bir nechta qimmatbaho buyumlari topilgan. 1980-yillarda Toshkent vohasi Chorvoq vodiysida joylashgan To’rtko’ltepa yodgorligida olib borilgan arxeologik dadqiqotlar davrida misdan yasalgan xristianlar xochi topilgan. Xoch yupqa qilib yasalgan va u xristian ruhoniysi ridosining ko’kragiga taqib yurishiga mo’ljallangan. Xochning ko’ndalang tayoqchasidan yuqori qismin singan. Uning tik holatidagi uzunligi taxminan 7 sm bo’lgan,n ko’ndalang tayoqchasining uzunligi esa 3,5 sm bo’lib, uning har ikkala uchida ip o’tkazib kiyimga gtikish uchun mayda teshikchalar qilingan. Xochning ko’ndalang tayoqchadan pastki tomoni yalpoq, nayzasimon ko’rinishda, ikkita bir-birlariga qo’shilib ketgan doiralar fonida tasvirlangan. Pastki tomonining yuzasin bir-birlari bilan kesishib, to’r hosil qilgan chiziqchalar bilan bezatilgan. Yuqoridagi qismi ham bizningtcha, nayzasimon ko’rinishda, lekin bitta doira fonida tasvirlangani haqiqatga yaqin. Bu topilma Chorvoq vodiysida joylashgan To’rtko’ltepa yodgorligi o’rnida bir paytlar faoliat ko’rsatgan qishloqda xristianlar ham yashagqanligini va ular orasida ruhoniylar ham bo’lganligini ko’rsatadi hamda xristianlik tarqalgan hududlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi. Bu topilmani taxminan 9-12 asrlar bilan davrlash mumkin. Toshkent viloyati Ohangaron tumani tog’li Norbeksoy vodiysida, Norbeksoyga quyilgan Qizotasoydan 200 m chamasi yuqorida diametri 50 m, balandligi 10-11 m bo’lgan aylana shakldagi tepalik mavjud. Bu tepalikning ichida qadimda sun’iy ravishda kavlangan yirik g’orlar tizimi bo’lib, u yerli mahalliy aholi tomonidan ‘Korxona’ nomi bilan yuritiladi. Norbeksoy vodiysi o’rta asrlarda Movarounnahrning yirik viloyatlaridan biri Iroqning markaziy shahri Tunkentdan 6 km chamasi janubda joylashgan. Bu yerda 30-yillarda M.YE.Masson tomonidan kuzatishlar olib borilgan va korxona g’orlarining planlari qog’ozga tushirilgan. M.YE.Massonning ma’lumotiga ko’ra g’orlarning asosiy qismi taxminan ilk o’rta asrlarning oxirlaridan boshlab kavlana boshlangan. Ushbu tepalikning o’zi ham arxeologik yodgorlik bo’lib, uning ustida 6 m qalinlikdagi madaniy qatlamlar mavjud. Korxona joylashgan Norbeksoy vodiysida korxonadan tashqari bir nechta qadimiy qishloqlar xarobalarining mavjudligi bu yerda inshootlar qurish uchun qurilish xomashyosining yetarli darajada ekanligini ko’rsatadi. Bunday sharaoitda korxona yerosti g’orlarining nihoyatda qiyinchilik bilan kavlab bunyod etilishi bu inshootning bu hududda, shu jumladan, ushbu tepalik ustidagin turarjoylarda qadimda yashagan aholi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. M.Ye.Masson taxdqiqotlar olib brogan 30-yillarda korxonaning asosiy markaziy zalidan masjid sifatida foydalanilgan.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling