O`simliklar sistematikasi
Download 64.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqO`simliklar sistematikasi. Tuban o`simliklarga xarakteristika
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`simliklar sistematikasi
O`simliklar sistematikasi. Reja:
1. O`simliklar sistematikasi nimani o`rgatadi. 2. O`simliklar sistematikasi tarixi. 3. K.Linney sistemasi. 4. Engler sistemasi. 5. Tuban o`simliklarga xarakteristika. O`simliklar sistematikasi Sistematika bu o`simliklarni tuzilishi jixatidan bir-biriga yaqinligini aniqlab, gruppaga ajratadi. O`simliklar yer yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo`lgan. Yer yuzida 500.000 xil o`simlik bor. Yovvoyi o`simliklarning turi 350000, shulardan 200.000 gulli o`simliklar, 150.000 gullamaydigan sporali o`simliklar. MDX florasida 18.000 xil o`simlik borligi aniqlandi. O`simliklarga ayniqsa Kavkaz va O`rta Osiyo boydir. O`rta Osiyo va Kavkaz florasida 7000 o`simlik turi uchraydi. Botanikaning sistematika va morfologiya qismi qadimgi zamonlardan beri tekshirilib kelingan. Misrda bizning eramizdan 3000 yil ilgari uzumchilik taraqqiy eta boshlagan. Misrda dorivor o`simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga nisbatan oldin boshlangan. Bu yerda bizning eramizdan 2000 yil ilgari kanakunjut-Ricinus comunis. Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o`simliklari xaqidagi ma`lumotlarni grek adabiyotlarida uchratish mumkin. O`sha vaqtda grek olimlaridan Gippokrat, Aristotel, Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan 460-377 yillar ilgari 236 xil dorivor o`simliklarni tasvirlagan. Aristotel va uning shogirdi Teofrast bizning eramizdan 4 asr oldin ko`pgina o`simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, hamda o`simliklarning 1 pallali va 2 pallali bo`lishini ko`rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. Chunki uning yozgan kitoblaridan 15 tasi shu fanga bag`ishlangan. Dioskarid bizning eramizning 1 asrida yashagan. O`zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko`p dorivor o`simliklarni rasmlari bilan tasvirlagan. Qadimgi Rimning o`simliklar bilan shug`ullanganlaridan Pliney Starshiydir. Dioskarid va Pliney Starshiy gullaydigan va gullamaydigan o`simliklarni aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillyea, Adonis va boshqalar. Qadimgi zamonlarda dorivor o`simliklar sohasida yozilgan xind kitoblaridan eng ahamiyatlisi "Yadjur veda" hisob-lanadi. Bu kitobda ko`rsatilgan dorivor o`simliklar xozir ham o`z qimmatini yo`qotgan emas. Xitoyda o`sim-liklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000 yil ilgari "Bensao"degan kitob yozgan. O`rta asrlarda o`tgan olimlardan butun dunyoga mashxur bo`lgan atoqli vrach Abu Ali Ibn Sino hisoblanadi (980-1037). Avitsenna Buxoroga yaqin joydagi qishloqda tug`ilgan. 1020 yilda "Alqonunfit Tib"deb atalgan 5 tomli kitob yozgan. Petr 1 1724 yilda Rossiyada fanlar Akademiyasini ochish to`g`risida buyruq chiqardi. U fanlar akademiyasi oldiga Rossiya florasini tekshirish vazifasini qo`yadi. Shu maqsadda bir qancha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Ekspeditsiya qatnashchisi akademik Pallas "Flora Rossica" degan kitob yozgan. 18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linney (1707-1778) o`simliklarning sistematikasini tuzadi. U 1000 ga yaqin o`simliklarni morfologik terminlarini ishlab chiqaradi. K.Linney "O`simliklarning turlari: degan asarida 10.000 xil o`simlik turini tasvirlab ularni 1000 ta avlodga, bu avlodni 116 tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo`lib chiqadi. TUR -VID 10.000 AVLOD- ROD 1000 TARTIB - PORYADOK 116 SINF - KLASS 24 Shulardan 23 sinfga gullaydigan o`simliklarni, 1ta sinfga esa, gullamaydigan o`simliklarni kiritadi. Gullamaydigan o`simliklarga suv o`tlarini, zamburug`larni, moxlarni va qirqquloqsimonlarni kiritadi. K.Linney gullaydigan o`simliklarni "jinsiy urchishi aniqlangan" (Yavnobrachnыye), gullamaydigan o`simliklarni "jinsi ma`lum emas" (Taynobrachnыye)deb ataydi. K. Linney har bir o`simlikni 2 nom bilan atalishini kirita-di. "Binarnaya nomenklatura"deyiladi. Bunda oldin avlod, so`ngra tur nomi yoziladi. Avlod nomini ot, tur nomini sifat qilib olinadi. Mas:paxtaning avlodi, Yossypium Amerika paxtasi.-Yossypium hirsutum, Misr paxtasi -Yossypium barbadense Oq tut - Morus alba Qora tut - Morus nigra Qizil tut - Morus rubra K.Linney sistemasi sun`iy sistema hisoblanadi. Chunki Linney o`simliklarning kelib chiqishini, bir-biriga yaqinligini va rivojlanishini hisobga olmagan. Linney idealist olim bo`lgan. Uning fikricha o`simlik-lar va xayvonlar o`zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz turni shunday tushunamizki,tur bir qancha individlardan iborat bo`lib, tashqi sharoit ta`sirida, odam vositasida, ichki protsesslar natijasida o`zgarib rivojlanib turadi. Tur o`zgarishi mumkin. K.Linneyning o`simliklarni gruppaga bo`lib tekshirishga hozir o`zgartirish kiritilgan: 1.Tur – vid - Specis eng kichik -Sub species 2.Avlod – rod - genus 3.Oila – simeystvo - amilia 4.Tartib – poryadok - Ordo 5.Sinf – klass - clasis 6.Tip – tip - tipus 7.Bo`lim – otdel - divisio Ba`zan tur yana kichik turlarga bo`linadi. Kichik turni - Sub species deyiladi. Tabiiy sistemani 1- marta 1841 yil Peterburg akademiyasining professori Goryaninov tuzgan. Bu o`simliklarni 4 gruppaga bo`lgan. 1 - gruppasida sporali o`simliklar, lishayniklar, moxlar, qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2 gruppasiga "soxta urug`-lilar"-igna barglilar, qarag`ay, archa. 3-gruppasiga "g`alla donli o`simliklar, ya`ni bir pallali o`simliklar. 4 - gruppasiga - "haqiqiy urug`li o`simliklar"- 2 pallalilar gruppasi. Suv o`tlari, zamburug`larni esa, hayvonot va o`simliklar dunyosi oralig`idagi organizm deb hisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o`simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan Belyayev, Moskva Universitetining professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda urug`li o`simliklar sporali o`simliklardan paydo bo`lishiga asolanganlar. Ular o`z sistemasini buyuk ingliz olimi Charlz Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin o`simlik va hayvon turlarining yer yuzida paydo bo`lishi va rivojlanishini ko`rsatadi. Darvin materialist olim bo`lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi: 1.IRSIYAT-nasledstvennost 2.O`ZGARUVCHANLIK-izmenchivost 3.Tabiiy saralanish yestetstvenniy stbor. 1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo`yicha o`simliklar sistemasini 3 ta bo`lim,7 ta sinfga bo`lgan. 1-bo`lim. -Tuban sporali o`simliklar – Oodoniata Bu bo`limga 2 ta sinf kiradi a) Aldae - suv o`tlari b) Fungi - zamburug`lar - Mucophita 2-bo`lim-Yuqori sporali o`simliklar - Archimycetes Bu bo`limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta b) Qirqquloqsimonlar- Polyhodyophyta v) Ochiq urug`lilar - pinophyta 3-bo`lim yopiq urug`li o`simliklar - Angiospermae Bu bo`limga 2 ta sinf kiradi a) Bir pallalilar - Monocotyledoneae b) Ikki pallalilar - Dicotyledoneae Bundan keyin ham o`simliklar sitemasi o`zgartirilib, mukammallashtirilgan. Xozirgi sistema nemis olimi Engler sistemasiga asoslangan. Yer yuzidagi hamma o`simliklar 2 ta gruppaga bo`linadi: 1.SPORALILAR - Sporophyta 2.URUFLILAR - Spermatophyta a) Sporalilar 2 ta otdelga bo`linadi: 1) Tuban sporali o`simliklar-Oogoniatae 2) Yuqori sporali o`simliklar- Archegoniatae TUBAN SPORALILARGA: Suv o`tlari - Algae, Bakteriyalar - Bacteriophyta, Zamburug`-lar-Fungi Lishayniklar Lichenophyta kiradi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling