Urug`li o`simliklar spermatophyta


Download 39 Kb.
bet1/2
Sana19.03.2023
Hajmi39 Kb.
#1284392
  1   2
Bog'liq
1363699946 42475


www.arxiv.uz

Reja:


1. Urug`li o`simliklarni sporali o`simliklardan farq qiluvchi belgilari.
2. Urug`li o`simliklarni bo`limlari.
3. Ochiq urug`li o`simliklarning anatomo-morfologik tavsifi.
4. Ochiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi va tarqalishi.
5. Ahamiyati.

1. Urug` bilan ko`payadigan barcha o`simliklarga urug`li o`simliklar deb ataladi. Urug` ko`p xujayrali murtak va enospermdan tashkil topgan. Murtak boshlang`ich ildiz, poya va bargdan iborat.


Urug`li o`simliklar spora hosil qilib ko`payuvchi o`simliklardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
1. Spora bilan ko`payuvchi o`simldiklarda gametofit bo`g`ini mustaqil hayot kechiradi. Urug`li o`simliklarda esa gametofit sporofit hisobiga yashaydi.
2. Sporali o`simliklarning hammasida erkaklik gametasi ya`ni spermatozoidlari serharakatchan bo`ladi, urug`li o`simliklarda esa spermasi serharakatchan emas.
3. Sporali o`simliklarda urug`lanish faqat suv yordamida amalga oshadi. Urug`li o`simliklarda esa urg`lanish ko`pchiligida quruqlikda boradi.
4. Sporali o`simliklarda onalik (megaspora) megasporangiylarda etilsa, urug`li o`simliklarda onalik a`zosi urug`kurtakda etiladi. Urug`kurtakning hosil bo`lishi evolyutsiya natijasida megasporangiyning shakl o`zgarishidan hosil bo`lgan deb qaraladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, urug`ni hosil bo`lishiga sporalarning megasporangiylardan ajralmasdan gametofitga aylanishidir, ya`ni sporani o`rab turuvchi megasporangiylar urug`ni qoplab turuvchi qavat bo`lib hisoblanadi. Ochiq urug`lilarda urug` qubbalarda, yopiq urug`lilarda esa mevaning ichida etiladi.
2. Urug`li o`simliklar 2-ta bo`limga bo`linadi:
1. Qarag`aytoifalar (ochiq urug`liklar) bo`limi-Pinophyta (Gimnospermae)
2. Magnoliyatoifalar (yopik urug`li yoki gulli o`simliklar) bo`limi - Magnoliophyta ,Angiospermae ,Anthophyta.
3. Qarag`aytoifalar bo`limining anatomo-morfologik tavsifi.
Qaragaytoifalar bo`limiga mansub o`simliklarning urug`i «ochiq» xolda, meva ichida emasligi bilan xarakterlanadi. Bular daraxt va butalar bo`lib, o`t o`simliklari uchramaydi. Poyasi (tanasi) murakkab tuzilishga ega. Kambiy taraqqiy etgan. O`tkazuvchi nay bog`lamlari – ksilema, floema, traxeidlar, ba`zan traxeyalar ham mavjud. Barglari xar-xil: patsimon, qirqilgan, yirik, ba`zilarida esa mayda, ninasimon tuzilishiga ega. Ko`pchilik ninabarglilar poyasi tarkibida smola (elim) va boshqa organik moddalar saqlovchi naychalar bo`ladi. Bularda ham asosiy o`simlik sporofit nasl, qonuniy ravishda gometofit bilan gallanib turadi.
Ko`payish a`zolari, mega va mikrosporofil bargchalarining yig`ilishidan hosil bo`lgan qubbalar hisoblanadi. Qubbalar ayrim jinsli ba`zilarida ikki jinsli (Bennettitlarda). Ayrim jinsli qubbalardagi mikrosporofil bargchalarda mikrosporalar etilib, u o`sib, changga aylanadi. Mazmun jihatdan erkak gametofit hisloblanuvchi chang tuzilishi bo`yicha ikki qavatdan: ekzina va intinadan iborat. Chang tarkibida protoallial, anteredial xujayralar va havoda uchib yurishga yordam beradigan havo pufakchalari shakllangan.
Urg`ochi gametofit, bu urg`ochi qubbalardagi megosporofil bargchalarda joylashgan urug` kurtaklardan iborat. Urug` kurtak endosperm va arxegoniydan tashkil topgan. Uning tashqi tomoni integument va ichki nutsellus qatlamlaridan tuzilgan. Urug` kurtak otalangandan so`ng megosporofillarda ochiq holda urug` hosil bo`ladi.
Qubbalar shakli jihatdan tuxumsimon bo`lib, erkak qubbalari kichikroq, urg`ochi qubbalari yirikroq bo`ladi. Bularda jinsiy ko`payish jarayonida changdan chang naychasini o`sib chiqishi, bu muhim evolyutsion rivojlangan belgi hisoblanadi.
4. Kelib chiqishi. Ochik urug`lilar Paleozoy erasida dastlabki yirik bargli paporotniklardan paydo bo`lgan deb qaraladi. Bularda barglarining yirikligidan tashqari, sodda vakillarida harakatchan spermotozoidlarning bo`lishi ham ularni paporotniklardan kelib chiqqanligini ko`rsatadi. Ular Mezozoy erasida eng yuksak darajada taraqqiy etgan. Mezozoy erasi oxiri-bo`r davridan boshlab juda ko`p ochiq urug`lilarning yirik bargli vakillari: urug`li paporotniklar, bennettitlar, sagovniklarning ma`lum bir qismi yo`qolib ketgan. Shimoliy yarim sharda sovuqqa chidamli ninabargli vakillari va tropik mintaqalarda ba`zi bir yirik bargli vakillari saqlanib qolgan. Yirik barglilaridan Ginkgo (Ginkgo biloba) hozirgi vaqtda Xitoy hududlarida uchraydi.
Bennettitlar va urug`li paporotniklarning yo`qolishi bilan, ular o`rniga gulli o`simliklar paydo bo`lgan.
Hozirda 800 ga yaqin turni birlashtiruvchi bu bo`limni bizgacha etib kelgan vakillari deyarli ninabargli o`simliklar hisoblanadi. Ular sovuqqa chidamli bo`lib, har ikkala yarim sharning shimoliy qismida keng tarqalgan. Sagovniklar esa Amerika, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyoning tropik hududlaridagina tarqalgan.
5. Ahamiyati: Ochik urug`li o`simliklar hozirgi vaqtda ham tabiatning muhim bir qismi bo`lib, ular bepayon o`rmonzorlarni hosil qiladi. Ular qaragay, qoraqaragay, archalar hisoblanadi. Bu o`simliklar o`zining turli hususiyatlari (qurilish materiali, turli-xil elimlar, efir moylari, dori-darmon, hayvonlar uchun ozuqa va boshqalar) bilan muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:




  1. Download 39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling