O‘t oldirish shamlari benzinli dvigatellaming silindrlaridagi yonilg'i aralashmasini o't oldirish uchun xizmat qiladi
Download 23.39 Kb.
|
svecha
O‘t oldirish shamlari benzinli dvigatellaming silindrlaridagi yonilg'i aralashmasini o't oldirish uchun xizmat qiladi. O‘t oldirish sham elektrodlari orasida davriy ravishda hosil bo‘ladigan uchqunli razryad hisobiga amalga oshiriladi. Dvigatelning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shamlari qiymati katta bo'lgan elektr, issiqlik va mexanik yuklamalar ta’siri ostida ishlaydi. Benzinga tarkibida agressiv metallar (qo‘rg‘oshin va marganes) bo'lgan detonatsiyani pasaytiruvchi qo‘shimchalar qo‘shilishi shamlaming ishlash muddatini qisqartiradi. Shamning o’t oldirish kamerasidagi qismining temperaturasi 70 °C dan (silindrga uzatilayotgan yonilg‘i aralashmasining yangi ulishining harorati) 200- 700 °C gacha (siklning eng maksimal temperaturasi) o‘zgarib tursa, yonish kamerasidan tashqaridagi qismining temperaturasi -60 °C dan +100 °C gacha (kapot osti bo‘shliq harorati) bo’lishi mumkin. Shamning ikki qismi har xil temperaturaga ega bo’lishi va uni turli materiallardan (keramika, metall) tayyorlangan elementlarini chiziqli kengayish koeffitsiyentlari turli bo’ganligi, shamlarda issiqlik deformatsiyalari va kuchlanishlami vujudga keltiradi. Shamlarning о’t oldirish kamerasiga kiritilgan qism yuziga silindrdagi gazlarning 10 MPa gacha bo’lgan bosimi ta’sir qiladi. Bundan tashqari, о’t oldirish shamlariga ishlayotgan dvigateldan vibratsiya yuklamalari ta’sir qilib turadi. Ishlash jarayonida o’t oldirish shamlari, uning elektrodlariga uzatiladigan va uchqunli tirqishni teshib o’tish kuchlanishiga teng bo’lgan (20 kV gacha) yuqori kuchlanish ostida bo’ladi. Demak, о’t oldirish shamlarining tuzilishi, uning elementlarini tayyorlashga ishlatiladigan materiallar, yuqorida keltirilgan yuklamalarga chidamli bolishi va ular ta’sirida o‘z ish qobiliyatini yo‘qotmasligi kerak. Uchqun hosil bo’lish jarayonida va yonilg’i aralashmasi yonishi davomida hosil bo’ladigan mahsulotlardagi agressiv moddalaming ta’siri natijasida sham elektrodlari korroziyaga uchraydi va yemirila boshlaydi. Dvigatelning ishlash jarayonida о’t oldirish shamlari elektrodlari orasidagi tirqish, avtomobil har 1000 km masofani bosib o’tganda o‘rta hisobda 0,015 mm ga kattalashadi. Yonilg’i to’la yonmasligi natijasida shamning issiqlik konusi 9 (3.38-rasm) yuzida, elektrodlarida tok o’tkazuvchi qurum hosil bo’ladi va uchqunli tirqishni shuntlaydi, ya’ni yuqori kuchlanishning bir qismi qurum orqali o’tib, uchqun hosil bo’lish jarayonining susayishiga olib keladi. Sham izolyatorining ifloslanishi va namlanishi ham yuqoridagi hodisaga sabab bo’lishi mumkin. О’t oldirish shamlarining tuzilishi Zamonaviy о’t oldirish shamlari (3.38-rasm) bo’laklarga ajralmaydigan konstruksiyaga ega bo’lib, metall korpus 49 izolyator 1, markaziy elektrod 7, yon elektrod 8 dan iborat. Shamni silindr kallagiga o ‘matish uchun korpusning pastki qismi rezbali qilib ishlangan. Silindr kallagi bilan о’t oldirish shami orasiga metall zichlagich qistirma 6 o’rnatiladi. Zichlashtirish maqsadida korpus 4 va izolyator 1 orasiga yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan mis qistirma 5 joylashtirilib, korpusning yuqori qirrasi jo’valanadi. Izolyatoming o‘rta qismiga kontakt -o‘zak a) b) 3.38-rasm. «Issiq» (а) va «sovuq» (b) o‘t oldirish shamlari 2 o'rnatilib, u markaziy elektrod 7 bilan tok o'tkazuvchi shisha - zichlagich 3 orqali tutashadi. Markaziy elektrod materiali korroziya va erroziyaga chidamli, issiqlikka bardoshli, yuqori issiq o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Markaziy elektrodlar yuqoridagi talablarga javob beruvchi xrom-titanli (13X25T) yoki xromnikelli (X20H80) po’latlardan tayyorlanadi. Oxirgi vaqtda zamonaviy jadallashtirilgan dvigatellar uchun o'zagi mis, ustki qismi nikel-xrom qotishmasidan tayyorlangan, poyga avtomobil dvigatellariga esa kumushdan yasalgan markaziy elektrodlar o'rnatilmoqda. Mis va ayniqsa kumushning juda yuqori issiqlik o'tkazuvchanlik qobiliyati markaziy elektrodni nisbatan ingichka qilib tayyorlash va o‘t oldirish jarayonini ancha yaxshilash imkoniyatini beradi. Lekin kumush elektrodli shamlaming ishlash muddati ancha qisqa bo’ladi. Markaziy elektrodi platinadan tayyorlangan o't oldirish shamlari ishlash muddati va ishonchlilik darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Platinaning korroziya va eroziyaga o'ta chidamliligi, yaxshi issiqlik o'tkazuvchanlik xususiyatlariga ko'ra markaziy elektrod juda ingichka qilib tayyorlanadi. Bu ishchi yonuvchi aralashmani uchqunli razryad tirqishiga bemalol kirib kelishi va uni kafolatli o't oldirilishini ta’minlaydi. Markaziy elektrod o’lchamlarining kichikligi, yon elektrodlarning uchli shakli va platinaning katalitik xususiyatlari teshib o'tish kuchlanish qiymatining ancha kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga platinali shamlaming narxi oddiy shamlarga nisbatan 4...5 barobar yuqori ekanligini ham qayd qilish lozim. Yon elektrodlar nikel-marganetsli qotishmalardan (masalan, НМц-5) tayyorlanib, korpusga kontaktli payvandlash usuli bilan mahkamlanadi. O’t oldirish jarayonining barqarorligini ta’minlash, shamlarning ishlash muddatini oshirish maqsadida ba’zi firmalar (masalan, BOSCH) yon elektrodi ikki, uch va to'rtta bo’lgan o't oldirish shamlarini ishlab chiqmoqdalar. Markaziy va yon elektrodlar orasidagi tirqish 0,6-0,9 mm ni tashkil qiladi, elektron o't oldirish tizimlarida tirqish 1,0-1,2 mm gacha kattalashtirilishi mumkin. O’t oldirish shamlarining eng og’ir sharoitda ishlaydigan qismi izolyator bo’lib, uni materialining xususiyatlari shamning sifatini va tavsifnomasini belgilaydi. Izolyator tarkibi asosan aluminiy oksidi A120 3 dan tashkil topgan keramik materiallardan tayyorlanadi. Bunday materiallar qatoriga uralit (75 % A120 3), borkorund (95 % A120 3 va 0,16 % B20 3), sinoksal (98 % A120 3), xilumin (97-98% A120 3) va boshqalar kiradi. О’t oldirish tizimi ekranlangan dvigatellarga ekranlangan va odatda zichlashtirilgan o't oldirish shamlari o'matiladi. Yuqori kuchlanishli o'tkazgich o't oldirish shami bilan КУ-20 belgili maxsus kontakt moslamasi yordamida tutashadi. Shamni namdan saqlash vazifasini rezina zichlagich va ekranga buraladigan ustama gayka bajaradi. Download 23.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling