Ot turlari. Windows ot turlari


Download 0.65 Mb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1045615
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish informatika


Windows operatsion tizim turlari
Reja:


  1. WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma’lumotlar

  2. WINDOWS dasturini ishga tushirish

  3. WINDOWS yordamida oynalarni boshqarish


OT turlari.Windows OT turlari

Bilamizki, Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o'rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta'rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta'minotni bir biriga bog'lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog'lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft — Disk Operating System) bo'lgan.



MS-DOS operatsion tizimi

OS/2 operatsion tizimi
Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug'iladi? xo'sh u nima? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so'zi inglizcha so'z bo'lib, «oynalar» degan ma'noni beradi. Ya'ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo'lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o'yin o'ynaganda ham oynada ochilgan o'yinni o'ynayotgan bo'lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo'lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud:
Windows1-3.1 — ya'ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo'lib faqat ba'zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo'llanilgan, birinchi o'yinni o'z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo'llanilgan.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling