O'tmish, korrupsiya va yaqin kelajak Annotatsiya
Download 60.5 Kb.
|
korrupsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
O'tmish, korrupsiya va yaqin kelajak Annotatsiya: maqolada g’oyaviy jihatdan vayronkor , korrupsiyani kellib chiqib tarxi, korrupsiyaning oqibatlari, ijtimoiy jihatdan tengsizlikka yo’l ochuvchi korrupsiyaning kelib chiqish sabalari , unga qarshi ko’rilgan O’zbekiston va jahondagi tajriba usullari , shuningdek , unig oldini olishdagi amaliy ishlar va tajribalar haqida fikr yuritiladi. Annotation: article discusses the causes of ideologically destructive corruption, consequences of corruption, history of corruption, which leads to social inequality, the methods of experience in Uzbekistan and around the world, as well as practical work to prevent it. Аннотация: статья идеологически деструктивна и ведет к социальному неравенству. Обсуждаются причины коррупции, опыт мира и Узбекистана в борьбе с ней, а также практическая работа по ее предотвращению. Tayanch tushunchalar: Korrupsiya , deklaratsiya , korrupsiydagi jamiyat, loqaydlik, mafkura , g’oya , pora , ilmsizlik , mafkuraviy immunitet , ma'naviyatsizlik, globallashuv ,.zararli oqibatlari, ijtimoiy tengsizlik , qonun ustuvorligi. Key words: Сorruption, "secret or shadow economy" , declaration, ideology, idea, bribery, ignorance, ideological immunity, globalization, rule of law, social inequality, apathy. Базовы концепты: Коррупсия, скрытая экономика, декларация, идеология, идея, пора, невежество, идеологический иммунитет, глобализация, верховенство закона, социальное "Kelajakda kim bo‘lsam ekan" degan savol maktabni tugatib mustaqil hayot ostonasiga qadam quygan chog‘imzidanoq bizni qiziqtiradi. Va shu shirin orzular bilan universitet talabasi ham bo‘ldik, diplom ham olamiz.Xo‘sh endi bu diplom bilan qayerga boramiz?Albatta, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish izlashni boshlaymiz. Afsuski, yaqin kelajakda ham o‘tmishda ham diplom hech narsani hal qilmay qo‘ygan.Ishga kiray deb borsang choy ustida suhbatlashishni taklif qiladiganlar ham yo‘q emas. Siz bir joyda ishlab oila tebratishingiz uchun salomning qurug‘ini baquvvat qilishingiz kerak. Bu muammolardan qochib yosh,navqiron yigitlar Moskvaga yer chopish uchun ketganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Demak, 4 yil Moskvaga ishga ketish uchun o‘qibmiz. Qizlar uchun esa diplom go‘sht maydalaydigan taxtakachga aylanyapti. Ba’zan o‘tgan umringga achinasan. Oliy ma’lumotli bo‘lish "yog‘li" ish egasi qiladigan zamon ham o‘tdi hozir faqat puling bo‘lsa yaxshi maoshli ishga kirish mumkin. Yaxshi maoshga ega bo‘lish uchun ham siz uchun "salomning qurug‘i" baquvvat bo‘lishi kerak. Bunday muommolarga e’tiborli bo‘lish barchamizning vazifamiz pul bo‘lsa bilimsiz inson ham ishga kirib ketaveradi. Qo‘lingizdagi karton qog‘oz bilan biror firma yoki tashkilotlar ishga kirolmasangiz ham alam qiladi lekin. Barcha tashkilot egalarining javobi bitta "Sizni o‘zimiz chaqiramiz" yoki "Bizda hozircha bo‘sh ish o‘rni yo‘q"deb quyishadi. Yoki siz qatori o‘qishni tamomlagan do‘stingiz tanishi yo omad kelib ishga joylashdi. Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda Korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o'tiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag- tugi bilan yo'qotib bolmaydi. Hatto rivojlangan davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos bo'lolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan. Qur'oni karimda poraxo'rlik bevosita taqiqlanadi: «Bir- birlaringizni mollaringizni botil yo'l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang. (Baqara surasi, 188).Lekin shunga qaramay, poraxo'rlik Usmoniylar xalifaligida ham mavjud bo'lgan. Avvaliga, xalifa turli idoralar faoliyatini shaxsan o'zi nazorat qilardi, lekin vaqt o'tishi bilan bu ishni o'ziga yaqin odam- xalifaning turli ishlar bo'yicha shaxsiy yordamchisi bo'lgan vazirga topshirib qo'ydi. Vaqt o'tishi bilan vazirlar keng tarmoqli davlat apparatini shakllantirdi. X asrning o'rtalariga kelib, u yoki bu lavozimga tayinlash uchun amaldorlar tomonidan vazirlarga pora berish amaliyoti shakllanib bo'lgandi.Bundan, masalan, xalifa Muqtadirning vaziri bo'lgan Ubaydulloh Hoqoniy (926- yil vafot etgan) amaldorlarni turli lavozimlarga tayinlash va olib tashlashda faol foydalandi. Pulga qattiq muhtojlik sezayotgan davlat soliqlar to'plashni xususiy shaxslarga topshirgani bois bu turli suiiste'molliklarni yuzaga keltirardi. Shu tariqa poraxo'rlik xalifalik tanazzulga yuz tutishining sabablaridan biriga aylandi.Bu holat Usmoniylar saltanatida ham istisno emasdi. Xususan, dehqonlardan turli soliqlarni to'plashda harbiy xizmatchilar qing'irliklar sodir etardi. Bu suiiste'mol holatlarini hattoki Usmoniylar saltanati shayxulislomlari chiqargan maxsus fatvolar ham bartaraf qila olmadi. Sipohilar nimadir «uzatish» evaziga asta-sekinlik bilan harbiy yurishlarga bormay qo'ydi, o'zlariga taqdim etilgan yerlarda muqim qolib, amalda davlat mulkini shaxsiy mulq qilib olishdi. Davlat, esa o'z navbatida, vazirlar timsolida ko'ngilsiz reaksiyadan xavfsiragan holda, harbiylar bilan to'qnashuvga borishdan hadiksiradi.Usmoniylar saltanatida po'raxorlik oqibati shu bo'ldiki, qo'shinlar harbiy tayyorgarligini yo'qotdi, natijada 18 asr oxiri va 19 asr boshlarida qator mag'lubiyatlarga uchrab, davlatning qudratiga putur yetkazdi.Xullas, qadim zamonlardayoq ushbu illatga qarshi qattiq jazolar belgilangalariga qaramasdan, bu hamisha ham ko'ngildagidek natija bermagan.Korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan eng katta muammolardan biridir. Korrupsiya-iqlim o'zgarishi, qashshoqlik, ochlik, ishsizlik va oziq-ovqat, yo'qligi narxlarning ko'tarilishi kabi dunyo muammolarini ortda qoldirib, hammaning dardiga aylangan.Hozirgi rivojlanish davrida, mintaqalar va davlatlararo hamkorlik tezlashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Shuningdek, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambag'almi, bironta davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg'armasining ma'lumotlariga ko'ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 2-3 trillion dollargacha zarar ko'rmoqda.Ko'p yillardan beri Daniya korrupsiya yo'q mamlakatlar reytingida peshqadamlikni bermay keladi. Buni qarangki, fuqarolari o'zini baxtli his etadigan davlatlar ro'yxatida ham aynan Daniya birinchi o'rinda turadi. Qizig'-a?! Demak, qayerda korrupsiya, ya'ni chirkin manfaatlar-u yeng ichida ish bitirishlar bo'lmasa o'sha yerda odamlar o'zini baxtli his etar-ekanda! Poraxo'rlik va korrupsiya o'zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta'kidlanib, «qo'lga tushgan» amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yo'qolib ketmayapti.Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta'sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolaramizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o'z haq- huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzulishini ko'paytiradi; uchunchidan, siyosiy institutlar, jamiyat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g'arb andozasiga o'xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko'ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.Bizningcha, bu borada bitta tashkilot-adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari ko'payib borishi kerak. Yangi tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini to'liq ta'minlangan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi.Oxirgi paytlarda davlat organlari vakillariga pora taklif qilgani uchun turli darajadagi javobgarlikka tortilgan odamlar haqidagi xabarlarni ko'p kuzatyapmiz. E'tiborli tomoni, ular huquqni muhofaza qilish xodimiga pora taklif qiladi, organ xodimi bunga rozilik beradi va xonasi yoki o'ziga qulay joyda kelishilgan «narsa»ni olishini bildiradi. Buyog'i o'zingizga ma'lum.Masalaga chuqurroq qaraydigan bo'lsak, modomiki, biz korrupsiyaga qarshi kurashmoqchi ekanmiz, pora taklif qilgan har bir odamni jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortib chiqishimiz shartmi?! Agar shart bo'lmasa, pora taklif qilingan organ xodimi taklif qiluvchiga: «Aka, bunday qiling, menga taklif qilgan pulingizni o'zingiz, oilangiz uchun ishlating. Ishingizning esa qonunan hal qilishini talab qiling. Qarang, qanday ochiq zamonlar…,»-deyishi kerak. Boyagi «bechora» pora taklif qilgan to'g'ri tushunar. To'g'rimi? Nima dedingiz?«Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi» degan shiorni o'qib qoldim qayerdadir. To'g'ri gap. Lekin buni shior qilib osib qo'yish shart emas. Negaki, odamlar har kuni «korrupsiya» degan so'zni ko'raverib unga ko'zi o'rganib qoladi va e'tibor bermay qo'yadi.O'ylaymiz, taraqqiyotning kushandasi korrupsiya ekan, korrupsiyaning kushandasi nima? Axir borliqdagi har nening o'z kushandasi bor-ku! Ekspertlarning fikricha, oshkoralik korrupsiyaga qarshi kurashishda eng katta kuch. Demak, faqat oshkoralik korrupsiyani yo'q qilishi mumkin.Oshkoralik qayerda bo’ladi, albatta demokratik davlatda. Mamlakatda demokratiya darajasi naqadar past bo’lsa, korrupsiya darajasi shu qadar yuqori bo’ladi. Demokratik davlatda hamma narsa oshkora bo’ladi. Hamma sohalarga shaffoflik kirib boradi. Nihoyat, korupsiya o’zidan-o’zi o’ladi. Ammo xavotirli joyi shundaki, korrupsiyani ko’p boshli ajdarga o’xshatishadi. Korrupsiya-tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, avvalo, davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi, monopoliyaga barham berilishi lozim.To’g’ri, korrupsiyaga qarshi kurashish turli mamlakatlarda turlicha namoyon bo’ladi. Ammo davlat xizmatida o’g’rilamaslik uchun dunyoda faqat ikkita retsept tan olinadi: 1.Shveysariya-vaqtni qisqartirish. 2.Xitoy-hayotni qisqartirish Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari ko’rilmoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qarorning ishlab chiqilganligi alohida e’tiborga loyiqdir. Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz. Xo’sh, unga qarshi choralar ko’rilmayaptimi? Albatta, ko’rilyapti, nafaqat bizning yurtimizda, balki butun dunyo bo’yicha korrupsiyaga qarshi ommaviy kurashilmoqda, qonunlar yaratilmoqda, targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Ammo bugun minbarga chiqib korrupsiyaga qarshi va’z so’zlagan odamning o’zi kabinetida porani kutib turishi hollari uchramoqda. Qonunga itoatsizlik va javobgarlikdan qochish kabi hollar ustunlik qilmoqda. Joylarda qarindosh-urug’chilik yoki bir so’z bilan aytganda “o’zbekchilik” avj olmoqda. Sizningcha, bu insoniyat kasalligining davosi nima? Shaxsan men shaffoflik korrupsiyaga qarshi unumli vosita bo’ladi, deb o’ylayman. Ohkoralik bor joyda bunday illatlarga o’rin qolmaydi. Shuningdek, mansabdor shaxslarning maoshini oshirish ham juda o’rinli ishdir. Yoki mansabdorlikka raqobat ham poraxo’rlik ildiziga bolta uradi. Insonning insoniyligini uning haloligi va pokligi bilan o’lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz azaldan halol va pok yashashga harakat qilgan, halol bilan haromning farqiga borishgan va bu xususda yosh avlodga yetkazishgan.Bugungi kunda ham halollik masalasiga hayotimizning yaxshilanishi va insoniyligimizning bosh mezoni sifatida qaramoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlar samaradorligini ta'minlashda, turli illatlardan xoli, farovon, odil jamiyatni qurishda eng muhim-«richag»- har birimiz o'zimizni «halollik vaksinasi» bilan emlashimiz kerakligini ta'kidladi.«Halollik vaqsinasi- korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari majmuasi. Bu atama ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murajaatnomasida tilga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda adolat bosh mezon hisoblanadi. Bunga erishishning yagona yo'li «halollik vaksinasi»dir.Korrupsiyani yo'qotish o'z qo'limizda! Agar korrupsiyaga nisbatan o'z fuqarolik positsiyamizni bajarsak, korrupsiyaga jamiyatimizda o'rin qolmaydi! Zero, jamiyatimiz men va sizdan, ya'ni bizdan iboratdir. Jonajon O'zbekistonimizning ravnaqi uchun korrupsiyani jamiyatimizdan sug'urib tashlaylik! Foydalanilgan adabiyotar ro’yxati: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi; Korrupsiya qarshi kurashish to'g'risida LEX.uz O’zbekiston Respubliksai Prezidenting 2020-yil 29-iyun “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizmini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” farmoni. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling