Oybek “navoiy” romani savol-javob


Download 42.26 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi42.26 Kb.
#264273
Bog'liq
''Navoiy'' romani


Oybek

NAVOIY ROMANI



savol-javob

@UZTILIM

"NAVOIY" (savol-javob I qism)

1. Gavharshod madrasasi qayerda?

J: Hirot

2. Tolibi ilmlar madrasada qaysi kitoblarni o'qir edilar?

J: Qofiya, Hoshiya, Shamsiya, Arabiyot

3. Chuvak yuzini dag'al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har vaqt yarim yumuq ko'zli, past bo'yli, chamasi 40 yoshlar chamasi 40 yoshdagi kishi kim edi?

J: Aloiddin Mashhadiy

4. Mashhadiy qanchadan buyon «Gavharshod» madrasasida istiqomat qiladi?

J: o'n besh yil

5. Tunlarni uyqusiz kechirib, "devon" ham tartib qilgan, "muammo"da o'zini yagona bo'lmasa-da, har holda chapdastlardan hisoblaydigan obraz qaysi?

J: Mashhadiy

6. Savodsiz bekni "Jomi ul-ulum", "Xazinai maoniy", "Fuzalo va shuaro homiy" deb yuksaltiradigan obraz qaysi?

J: Mashhadiy

7. Shohlarga bo'lmasa-da, beklarga, vazirlarga, hatto ulardan quyiroqdagilarga ham qasidalar yozib taqdim etadigan obraz qaysi?

J: Mashhadiy

8. Asabiy, jizzaki, sezgir shaxs kim?

J: Mashhadiy

9. Kimdan ranjisa, o'sha soatda bir hajv ila o'z "dushman"ini so'z balchig'iga bulg'aydigan obraz qaysi?

J: Mashhadiy

10. Qaddi -qomati nozik, xushmuomala, xushsuhbat, havoyi tabiatli obraz kim?

J: Zayniddin

11. Zayniddin qanchadan beri tahsil olib kelmoqda?

J: 4-5

12. Zayniddin qaysi tillarni yaxshi biladi?



J: arab va fors

13. Madrasa ahli orasida o'z "husnixat"i bilan mashhur bo'lgan, yaxshi kuylaydigan, g'ijjakni go'zal chaladigan inson kim?

J: Zayniddin

14. 2 yil burun Shahrisabzdan tahsil uchun kelgan talaba kim?

J: Sultonmurod

15. Do'ng peshonali, miqti gavdali, o'tkir, yirik ko'zli o'n sakkiz yashar talaba kim?

J: Sultonmurod

16. Shahrisabzdagi mashhur sangtarosh ustaning o'g'li kim?

J: Sultonmurod

17. Dadasi Samarqandda bur bino tepasidan yiqilib o'lganda, Sultonmuqod necha yosh edi?

J: uch yosh

18. Zamona olimlarining peshvosi, "saromad"(peshqadam)i bo'lishga tirishgan obraz qaysi?

J: Sultonmurod

19. Sultonmurod necha yoshida Samarqandda bir domlasi unga harakatni to'xtatmasligi to'g'risida nasihat qiladi?

J: 14 yosh

20. Sultonmurod diniy ilmlardan tashqari, yana qaysi fanlarni chuwur egallagan edi?

J: riyoziyot, ilmi nujum, mantiq, adabiyot

21. Yo'g'on, chorpahil gavdali, dakkam-dukkam qizg'ish mo'ylabli, keng, qoramtir yuzining yonoqlari bo'rtgan, qisiq ko'zlari ayyorcha beqaror obraz qaysi?

J: To'g'onbek

22. To'g'onbek qayerlik?

J: samarqandlik

23. To'g'onbekning dadasi kim?

J: Feruzbek

24. O'n yetti yoshdan boshlab To'g'onbek qayerlarda siyosiy kurashlarga sho'ng'idi?

J: Movarounnahr, Xuroson, Dashti Qipchoq, Iroq

25. To'g'onbek necha yoshida Hirotga keladi?

J: 25 yoshida

26. Chalasavod bo'lsa ham, ilm-fanning qadr-qiymatini biladigan qahramon kim?

J: To'g'onbek

27. Qal'alarga bosqin yasashni, tog'day yuksalgan qo'rg'onlarga botir yigitlar bilan birga shotular qo'yib, hoy-huy, arosat solishni, sahroyi xalqning qishlovlariga ot qo'yibx minglab qo'ylarni o'lja haydashni sevadigan obraz qaysi?

J: To'g'onbek

28. "Uftod ast dar jahon bisyor,

Betamiz arjimandu oqil xor."

Misralar muallifi kim?

J: Mashhadiy

29. "So'fi so'g'on yer, topilsa yo'g'on yer" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?

J: To'g'onbek

30. "Sahroning bag'ri yomg'irga tashna bo'lganidek, ko'hna Xurosonning eli adolat va fazilat quyoshiga tashnadir" gali kim tomonidan aytiladi?

J: Sultonmurod

31. Darveshnamo, kamtari , xayolchan kishi kim?

J: Hoji Solih

32. Farrosh kim?

J: Hoji Solih

33. Halvofurush shoir kim?

J: Turobiy

34. Halvofurush chaqirganini Sultonmurodlarga kim aytadi?

J: Hoji Solih

35. Qat-qat tog' kabi yuksalgan, muazzam qulalari kungirador qalin devorlari, tepa-tepa tuproq uyumlari bilan Hirot samosiga hokimlik qilga qal'a qaysi?

J: Qal'ai Ixtiyoriddin

36. Iroqdan kelgan Mufrid qalandardan "Havzi mohiyon" da besh tayoq yeb, Shayx Husayn tomonidan qirq kunda tuzatilgan obraz qaysi?

J: Hatdar pahlavon

37. O'ttiz hunarda yagona bo'lgan, cho'qqi soqol, yelkasi chiqiq chol kim?

J: usta Orif Buxoriy

38. Shahar dorug'asining amakibachchasi kim?

J: Shodi bedod

39. Kimning oldiga soqol-mo'ylabini qirdirgan kunida aslo yaqinlashmaslik kerak?

J: Shodi bedod

40. Mayin harakatli, kamtar, ko'zlari sho'x, qirq yoshlar chamasidagi shoir kim?

J: Turobiy

41. She'rni go'zal o'qiydi. U o'qiganda she'riyat otashidan mahrum oddiy misralar ham go'yo birdan yaltirab ketardi. Ushbu ta'rif kim haqida?

J: Sultonmurod

42. G'azallarga aksar vaqt musiqiylik nuqtayi nazaridan qarab baholaydigan obraz qaysi?

J: Zayniddin

43. Alisher Navoiy Hirotga qaytganligi to'g'risidagi yangilikni kim olib keladi?

J: Halvofurush

44. Navoiyning otasi Abulqosim Bobur zamonida kim bo'lib ishlagan?

J: Sabzavor hokimi

45. Navoiy Abulqosim Bobur xizmatiga mirganda necha yosh edi?

J: o'n besh yosh

46. Navoiy qaysi tillarda qaysi taxallyslar ostida ijod qilgan?

J: turkiy "Navoiy", forscha "Foniy"

47. Alisher qayerlarda tahsil ko'rgan?

J: Hirot, Mashhad

48. Navoiyning tarix, falsafa, mantiqdan boshlab tirandozlikka musiqiyga qadar hech bir sohani qoldirmaganligini Sultonmurod kimdan eshitgan?

J: Mavlono Fasihiddin

49. Zayniddinnig ta'kidlashicha, Navoiy nimani shoir uchun zo'r nuqson deb hisoblaydi?

J: musiqiydan xabarsizlikni

50. Navoiy Samarqandda kimdan tahsil olgan?

J: Fazlullo Abulays Samarqandiy

51. "Ikkinchi Abu Hanifa" laqabini olgan shaxs kim?

J: Fazlullo Abulays

52. Navoiy bilan do'stona munosabatda bo'lgan Samarqand hokimi va yaxshi shoir kim?

J: Ahmad Hojibek

53. Kim Vafoiy taxallusi bilan she'rlar yozgan?

J: Ahmad Hojibek

54. Har kuni besh karra takrorlaydigan namozda xato qilishi mumkin, lekin umuman Hirot voqealarining ichini bilishda xato qilmaydigan shaxs kim?

J: Zayniddin

55. Uch oy ilgari Hirotga kelganda yigirma besh dinorgina puli bo'lgan shaxs kim?

J: To'g'onbek

56. To'g'onbekda sotiladigan narsadan faqat nima qolgandi?

J: xanjari

57. To'g'onbek xanjarini qanchaga sotadi?

J: besh dinor

58. To'g'onbek xanjarni sotgach, qaysi darvoza yaqinidagi sharobxonaga kiradi?

J: Hirotning "Feruzobod" darvozasi

59. To'g'onbek sharobxonada kim bilan uchrashib qoladi?

J: To'qli Mergan

60. To'g'onbek kimga uchraganda Xizrga yo'liqqanday mamnun bo'ladi?

J: To'qli mergan

61. Epchil, dov yigit kim?

J: To'qli mergan

62. To'g'onbek va To'qli mergan qayerda birga xizmat qilgan?

J: Badaxshon hokimida

63. To'qli mergan Iroqdan bir hafta burun kelib, qayerga xizmatga kirgan edi?

J: Ixtiyoriddin qal'asiga

64. "Otilmagan sopqon ham boshga tegar" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?

J: To'qli mergan

65. To'qli mergan kimni saxiylikda Hotamtoy deb ataydi?

J: Majdidin

66. Vaziyatida kibr-havo,.asabiylik, o'zbilarmonlik jilvalangan obraz kim?

J: Majdiddin Muhammad

67. Majdiddin kimning o'g'li?

J: G'iyosiddin Havofiy

68. Majdiddin hozir kim bo'lib xizmat qiladi?

J: Muhammad Sultonning vazirchasi

69. "Mirzoiy kichik" kim?

J: Muhammad Sulton

70. Majdiddin "korsoz"(ishbilarmon, yordam beruvchi) deb kimni ataydi?

J: To'g'onbek

71. Navoiyni Hirotga kelganida Husayn Boyqaro qanday vazifaga tayin etadi?

J: muhurdorlik

72. Navoiyning Hirotga qaytganini ilk eshitgan chog'ida kimning ko'nglida tug'ilgan kuchli orzu—shoirni ko'rish ishtiyoqi edi?

J: Sultonmurod

73. O'ttizdan oshmagan bo'lsa ham, yoshi ulug'roq ko'rinadigan, qomati o'rtadan baland, ingichka, lekin pishiq, barmoqlari uzun va nafis, qora va qisqa soqolli, xushbichim miyiqlari tekis va silliq, yonoqlari chiqiq shaxs kim?

J: Alisher Navoiy

74. Kenggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma'nosi, ma'naviy qudrat va yengil, go'zallashtiruvchi bir horg'inlikz jilvalanadigan, qabariqroq qovoqlaru ostidagi qiyg'och ko'zlarida go'yo tafakkur va xayol bilan birga qandaydir iroda kuchi ifodalanadigan obraz qaysi?

J: Navoiy

75. Fasihiddinning fikricha, zamonasining Abu Ali ibn Sinosi kim?

J: Sultonmurod

76. Musiqani she'rdan ayirmagan va go'zal sadolar ilmini chuqur bilib, chuqur sevadigan shaxs kim?

J: Navoiy

77. Navoiy necha yoshligida Qosim Anvorning she'rini o'qib berib, otasini quvontiradi?

J: 4 yosh

78. Qosim Anvor qayerlik?

J: ozarbayjonlik

79. Alisher Sharafiddin Ali Yazdiy bilan qayerda necha yoshligida uchrashadi?

J: 6 yoshligida, Taft shahrida

80. Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr"ini necha yoshida yodlab olgan?

J: 8-9 yoshligida

81. Navoiyning ukasi kim?

J: Darvishali

82. Husayn Boyqaro Darveshalini qanday lavozimga tayin etadi?

J: dorug'aiy kutubxonaiy humoyun

83. "Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o'zi ulug' mukofotdir" deb Navoiy kimga aytadi?

J: Darvishali

84. Past bo'yliz tiyrak ko'zliz xushmuomala, qariyb Navoiyning o'zi bilan tengdosh kishi kim?

J: Xo'ja Afzal

85. Belidan yuqorisi kengayib borgan, qabariq ko'krakli, keng yag'rinliz miqti gavdali shaxs kim?

J: Husayn Boyqaro

86. Yirik, qiyiq, o'tkir qarovchi ko'zlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik ifodalaydigan shaxs kim?

J: Husayn Boyqaro

87. Sulton Mahmud kimning o'g'li?

J: Abusaid Mirzo

88. Qadim beklar naslidan bo'lgan, g'oyat bilimli, sardor, ulug'vor, lekin ovga, qushga shunchalik o'ch ediki, mabodo qushlaridan bir o'lib qolsa, rosa motam mutadigan, bu o'lgandan ko'ra, falon o'g'lim o'lsa bo'lmasmidi, deydigan shaxs kim?

J: Muhammad burunduq barlos

89. Telbaroq, lekin ajoyib qilichboz, bahodir, yovqur bek, har vaqt ikki qo'l bilan shatranj o'ynardi. Ta'rif kim haqida?

J: Zunnun Arg'un

90. Sodda, dilovar, ov va qushlarning piri, o'zining maxsus yoyini kuch bilan otib, o'qni taxtadan o'tkazadigan shaxs kim?

J: Islim Barlos

91. Kimning ishi—hamisha qimor?

J: mo'g'ulbek

92. Shunday chaqqon ediki, yetti otning ustidan qatorasiga sakragan edi. Ta'rif kim haqida?

J: Badriddin

93. Butun harakati nozik, nafis, ajoyib raqs etadigan, o'zi ixtiro etgan raqslari bor obraz kim?

J: Saydbadriddin

94. Ajoyib qonun chalardi, she'r aytardi, xatni chiroyli bitardi, she'rni favqulodda zavq va noziklik bilan tanlardi, lekin ashaddiy fisq va fusurchi edi. Ta'rif kim haqida?

J: Xo'ja Abdulla Marvoriy

95. Majdiddinning xizmatidagi o'n olti yashar cho'ri qiz kim?

J: Bo'ston

96. O'n uch yoshida Badaxshonda sahroiy qaroqchilarning qo'liga asir tushib,turli azob-uqubatlar chig'rig'idan o'tib, bundan ikki yil burun, o'n to'rt yoshida Majdiddin cho'ri—"gung" qilib sotib olgan inson kim?

J: Bo'ston

97. Xurosonga dong'i ketgan boylardan, chuvak yuzini qoplagan qop-qora, quyuq soqolli, payvasta qoshli shaxs kim?

J: Abulziyo

98. Majdiddin Bo'stonga yomon ko'z bilan qaraganida, kim kelib qoladi?

J: Abulziyo

99. To'g'onbekning mo'ysafid quli kim?

J: Nurbobo

100. To'g'onbek soliq yig'ish uchun borganda kimni yoqtirib qoladi?

J: Dildor

101. Baland bo'yli, jussalikkina, butun andomi o'ziga kelishgan, tiniq oq yuzli, ingichka, nafis qoshli; ko'zlarining qora yulduzi yoshlik husnining , kuchining jonli, fusunkor olovi bilan yongan o'n olti-o'n yetti yashar qiz kim?

J: Dildor

102. "Men o'z boshimga o'zim hokim" deb asarda kim aytadi?

J: To'g'onbek

103. "Ko'p so'z eshakka yuk" maqoli asarda kim tomonidam aytiladi?

J: To'g'onbek

104. Barvasta qomat, o'mrovli, sodda, o'n sakkiz yashar yigitcha kim?

J: Arslonqul

105. Dildor kimni yaxshi ko'rar edi?

J: Arslonqul

106. Arslonqul Hirotga necha marta borgan?

J: 2 marta

107. Dildor qaysi qishloqlik edi?

J: "Foryon" qishlog'i

108. Kimning ko'zlari namli, qizargan, salobatli yuzida olov yallug'i jilvalanadi, ko'rkam, soqolining oqi kir sarg'ish tus olgan, ellik besh yillik umrining yarmidan ko'pini yolg'iz boshiga bu xonada kimyo ilmi mashg'ulotiga bag'ishlagan edi?

J: Abdulahad

109. Asarda kimga nisbatan "zamona Ja'fari" so'zi ishlatilgan?

J: Abdulahad

110. "Uch nimarsa uch nimarsasiz qoim bo'lolmagay: mol—betijorat, davlat—besiyosat, ilm—bebahs". Ushbu gap asarda kim tomonidan aytiladi?

J: Sultonmurod

111. Yetti sayyoraga muvofiq tushgadigan yetti moqdda mavjudliginix jumladan, oltin— quyoshga, kumush—oyga, mis—Zuhra yulduziga mos kelishini asarda kim aytadi?

J: kimyogar Abdulahad

112. Abdulahad bilan Sultonmurod necha kundan so'ng ota-bola kabi xayrlashdi?

J: o'n besh kun

113. Olomon Sultonmurodga kimlardan shikoyat qiladi?

J: Xo'ja Abdulla, Xo'ja Qutbiddin, Nizomiddin Baxtiyor, To'g'onbek

114. Sultonmurodning ta'kidlashicha, ulus kimning boshini yordi?

J: Xo'ja Abdulla Xatib

115. "Xalqning qudratiga, bo'roniga hech qanday tog' dosh kelolmas" deb asarda kim aytadi?

J: Sultonmurod

116. Husayn Boyqaro Mirzo Yodgorga qarshi urushda odamlari bilan qayer(lar)da chodir tikkan edi?

J: Janushon, Isfaroin mavzularida

117. Erka o'sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, ishq, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan ovraz qaysi?

J: Mirzo Yodgor

118. Tadbirli ayol va umuman, bilimdon, Mirzo Yodgorning "oqila"hisoblangan ammasi kim?

J: Poyanda Sultonbegim

119. Mirzo Yodgor Xuroson taxti uchun kurashda kimdan katta ko'mak oladi?

J: turkman sultoni Hasanbek

120. Mirzo Yodgor kimning ustiga yurish qilib, osongina yenggandi?

J: Jurjon hokimi

121. O'zini kordon hukmdor qilib tanitishga intilgan shaxs kim?

J: Husayn Boyqaro

122. Kim chorpahil va beso'naqay?

J: Islim Barlos

123. Husayn Boyqaro uchun arbobi jang farz nima?

J: jang arafasida munajjimlarning maslahati bilan ish ko'rmoq

124. Munajjimlarning mulohazasida haqiqatdan ko'ra xurofot yaqinligini kim aytadi?

J: Navoiy

125. Oz so'zlovchi, sodda bahodir kim?

J: Zunnun Arg'unbek

126. Husayn Boyqaro Jirong'orga kim(lar)ni sardor qilib tayinladi?

J:Valibek, Mirzoyi Kichim, Islim Barlos

127. Birong'orga kim(lar)ni sardor qilib tayinlaydi?

J: amir Badriddin

128. Husayn Boyqaro urush vaqtida hirovulni kimlarga topshirdi?

J: Shaux Temur, Zunnun Arg'unbek

129. Kim qilichbozlikda mohir?

J: Valibek

130. Hamisha o'zini jangda arslonsifat tutadigan obraz qaysi?

J: Islim Barlos

131. Husayn Boyqaro Navoiyni chaqirganida chodirni kimning boshchiligidagi posbonlar qo'riqlardi?

J: Shirim qorovul

132. "Podshohi olam hazratlarining fikrlari aqli salim mevasidir", deb kim ta'kidlaydi?

J: Majdiddin

133. Navoiyning fikricha, kim xomtama va ajdarnafs edi?

J: Xo'ja Abdulla Xatib

134. Hazil-mutoyibani sevuvchi, zavq bilan tinglab, chechanlik bilan chuqur javob berishga mohir shaxs kim?

J: Navoiy

135. Barvasta qomat, aqlli, baadab, Navoiyning sadoqatli navkarlaridan biri bo'lgan obraz qaysi?

J: Boboali

136. Jangchining surati tushirilgan tosh kimning davridan qolganligi taxmin qilinadi?

J: Iskandar Zulqatnayn

137. Asarda qayer kar va sovuq deya ta'riflangan?

J: Hirot

138. Umid, g'ayrat va imon bilan qadam qo'yilsa, maqsad yo'lidagi har qanday mushkulotni bartaraf etish mumkinligini kim aytadi?

J: Navoiy

139. Husayn Boyqaro Sartoq o'langidan so'ng qayerga boradi?

J: Soqilmon dashtiga

140. Soqilmon dashtida bir gyruh sipohlardan ayrilib, keyin qayerga boradi?

J: Naratog'

141. Poyanda Sultonbegim kimning o'rgatishi bilan Hirot tashqarisidagi o'z manzilidan shaharga kirdi?

J: Amir Farididdin Barlos

142. Poyanda Sultonbegim Mirzo Yodgorni Xuroson podshosi deb e'lon qilgandan so'ng Mirzo Yodgior qaysi viloyatdan jadal harakat qildi?

J: Tus viloyati

143. Mirzo Yodgorga odamlar to'qqiz martadan bukilib, etaklarini o'pgandan so'ng, Mirzo Yodgor qayerda qaror topdi?

J: Bog' Zog'onda

144. "Oqila" va "mudarriba" ayol sifatida dong chiqargan, Aloviddin va uning darjasida bo'lgan ba'zi shoirlar unga qasidalar bag'ishlagan shaxs kim?

J: Poyanda Sultonbegim

145. Poyanda Sultonbegim kimlarning g'ururini, o'zboshimchaliklarini kesa olmadi?

J: turkman sarkardalari

146. Mirzo Yodgor hukmdorligining uchinchi kuni Aloiddin Mashhadiy kelib Sultonmurodni qayerga birga borishga taklif etdi?

J: To'g'onbek qoshiga

147. "Aqlni ko'paytiraman deb, aqldan ozmoq kabi falokat bormi", - deya asarda kim aytadi?

J: Aloiddin

148. Falakni ko'hna buqalamunga o'xshatgan shaxs kim?

J: Aloiddin

149. Hozirgi zamonda forsiycha yozadigan shoirlarning o'ndan to'qqizi qofiyabozlar bo'lib, bir qismigina qadim ulug' shoirlarning ojiz taqlidchisi ekanini juda oson isbot qilgan shaxs kim?

J: Sultonmurod

150. "Davron nodirasi" bo'lgan Poyanda Sultonbegimga atab, uzun qasida yozib, unga taqdim ettirmoqchi bo'lgan obraz aqysi?

J: Aloiddin

151. "Bo'zchining hunari to'qigan bo'zidan ko'rinadi" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?

J: To'g'onbek

152. "Chashma gar in astu abro' in-u noz-u ishva in,

Alvido; ey aql-u donish, alvido ey ilm-u din" misralari asarda kim tomonidan aytiladi?

J: Sultonmurod

153. Husayn Boyqaro Maymananing qaysi bog'ida dilgir yashar edi?

J: Chahor bog'ida

154. Navoiy va Boyqaro urush haqida maslahatlashib olgach, "Maymana" dan qaysi daryoga otlanildi?

J: "Murg'ob" daryosiga

155. Qayerda Husayn Boyqaro eski shon-shavkatini eslatadigan katta majlis tuzadi?

J: "Tog'kun" mavzusida

156. "Pilpoyon" mavzusida Boyqarolarga kimlar qo'shildi?

J: Muhammad Arlot, Amir Sarbon

157. Boyqaro Murg'ob suvi bo'ylab, o'zining qacha suvoriysi bilan kechalab ham yurib ketdi?

J: 850


158. Sakson yoshlarga yetgan, chillakday oriq, ingichka va yelkasi turtib chiqqan shaxs kim?

J: Bobo Xokiy

159. Bir tog'ning g'ori ichida yashaydigan mashhur darvesh kim?

J: Bobo Xokiy

160. Boyqaro Bobo Xokiyning g'orida qanday taom yedi?

J: qatiq ichdi

161. Husayn Boyqaro qo'nimsiz yurish bilan yarim kechada to'xtagan Hirotga yaqin chashma qaysi?

J: Juzduq

162. Boyqaro tojining dushman qo'liga o'tgan eng yirik duri qaysi?

J: Hirot


163. Chaqqonlik va hiylada o'zini "Mehtarbod Yaldo" dan aslo tuba hisoblamaydigan shaxs kim edi?

J: Shirim qorovul

164. Boyqaro yuz kishini ajratib, kimlarning boshchiligida Bog' zog'onning katta darvozasini ochishga buyurdi?

J: Muzaffar barlos, Ibrohim barlos, darvesh Arlot

165. Boyqaro Imom Faxriy mozoriga yetganda kimni Bog' zog'onning Gavharshodbegim madrasasiga yopiahgan darvozasini o'rashga buyuradi?

J: Sulton Xo'ja O'zbek

166. Mirzo Yodgorning ko'shkiga borishga kim jazm etdi?

J: Navoiy

167. Mirzo Yodgorni kim(lar) ushlab , pastga olib tushishdi va o'ldirishdi?

J: Boboali va bir dasta yigitlar

168. To'g'onbek qanchadan buyon ko'chaga chiqa olmaydi?

J: bir hafta

169. To'g'onbek Majdiddinga yomon ishlarni kimning odami bo'lib qilganini aytadi?

J: Abulziyo

170. Asarda kimga nisbatan "cho'loq qarg'a" so'zi ishlatiladi?

J: Nurbobo

171. Husayn Boyqaroning ilk xotini kim?

J: Beka Sultonbegim

172. Beka Sultonbehimning to'ng'ich farzandi kim?

J: Badiuzzamon

173. O'n ikki-o'n uch yoshli, nozik, xushbichim, chiroyli bola kim?

J: Badiuzzamon

174. Ko'knori bashara, ko'zlariga surma qo'ygan, nozik chol kim?

J: kabutarchi chol

175. Kabutarxonada qaysi kitobdan bur bayt o'qildi?

J: Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr"idan

176. Husayn Boyqaro yozgan yangi g'azalni o'qib bergan, she'rni yaxshi o'qiydigan va juda ingichka tushunadigan mansabdor kim?

J: Marvoriy

177. Bazmdagi mashhur hajvi latifachi kim edi?

J: Abulvose

178. Boyqaro o'ltirishlarda kimning qaysi asaridagi an'anaga sodiq edi?

J: Temurning "Tuzukot"i

179. Boyqaroning qo'riqchisi, ikki omonsiz quli kim?

J: Bo'dana, Do'lana

180. Kimning yetti otasi jallod, yetti onasi yalmog'iz o'tgan, deb ta'riflanardi?

J: Bo'dana, Do'lana

181. "Sovg'a bermoq ham, sovg'a qabul etmoq ham bag'oyat savob ish" ,- deb asarda kim aytadi?

J: Husayn Boyqaro

182. Majdiddin Boyqaroga Dildorni sovg'a qilayotganda, Boyqaro qaysi baytni yodga oladi?

J: Hofiz Sheroziyning

"Agar on turki sheroziy ba dast orad dili moro,

Baholi hinduyash baxsham Samarqand-u Buxoro" bayti

183. Majdiddin qanday lavozimga ko'tarilgan edi?

J: parvonachi

184. Kimning tafakkur, amal, harakat magu hamrohi edi?

J: Navoiy

185. "Bir soat tafakkur bir yillik toatdan afzal" kimning doimiy dasturi edi?

J: Navoiy

186. "Ijod dardini, tug'uliq dardi bilan qiyos etadilar, ijod dardi—qalbning qa'rida uyg'onib, butun vujudni larzaga soladigan og'riqdir". Ushbu gap qaysi asardan olingan?

J: "Navoiy" romani

187. Navoiy qancha baytni yod bilar edi?

J: o'n minglarcha

188. Necha yoshdan boshlab Alisher jiddiy go'zal she'rlar yodlagan?

J: 3-4 yoshida

189. Navoiy necha yoshidan butun-butun ilmiy, falsafiy, she'riy asarlarni, o'zini unutajak ravishda zavqqa berilib mutolaa qilgan?

J: 8-9 yoshida

190. Ancha tahsil ko'rgan, har vaqt mutavoze, yuvoah tabiatli, kamtarin yigit kim?

J: Shayx Bahlul

191. Zahiriddin Muhammad Boburning ta'biricha, "shiringina" imorat qaysi?

J: Tarabxona

192. Tarabxonanin kim qurdirgan?

J: Abulqosim Bobur

193. Saroy pahlavonlarining eng zo'ri va mohiri, keng yag'rinli, quloch ko'krakli, butun dov-jussasidan quvvat barq urib turadigan, "pahlavoni olam" laqabli shaxs kim?

J: Muhammad Sayid

194. Turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so'z bermaydigan, musiqiyni chiroyli chaladigan, yangi g'azallar, kuylar to'qiydigan, uning bu xislatlarini uzoqda eshitganlar ishonmas, lekin yaqindan tanuvchilar uning qobiliyatlarini ehtirom qiladigan shaxs kim?

J: Muhammad Sayid

195. Qimorboz kim?

J: Amir Mo'g'ul

196. Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, ayyor, o'zini Navoiyga sirdosh ko'rsatishga tirishgan shaxs kim?

J: Nizomulmulk

197. Navoiynjng uyidagi katta tantanada qayerning olimlari o'tirishardi?

J: Hirot, Ozarbayjon, Iroq

198. Majlisda kimlar jang ham ov-qush haqida suhbatlashardi?

J: Muzaffar Barlos, Muhammad Burunduq, Jahongir barlos

199. Kim bir Iroq olimi bilan arab tilida sekin suhbatlashardi?

J: Sultonmurod

200. Navoiyning ta'biricha, osmonni pastga tushirgan shaxs kim?

J: Ulug'bek



NAVOIY” (savol-javob II qism)

1. Munajjim Shams va Qamar deb kimlarni aytadi?

J: Shams – podshoh,

Qamar—vazir

2. "Tarix" asarlarining mualliflari kimlar?

J: Atoullo va mavlono Burhoniddin

3. Mudarrislik vazifasini orzu qilsa-da, Hirotda olimlar ko'pligidan, ulug' chollar bilan kurashmoqqa jasorat qilolmaydigan shaxs kim?

J: Sultonmurod

4. Sultonmurod kimga nisbatan jonimning gulshani, - deydi?

J: Zayniddin

5. Sultonmurod ishq dardini kimga so'zlab beradi?

J: Zayniddin

6. Badiuzzamon Mirzoning majlisiga waysi musiqachiar keladi?

J: Qulmuhammad Udiy, Shayx Noyiy

7. Abusaidning xotinlaridan biri bo'lgan Ruqiyabegim majlislarda kimga oshiq bo'lganini aytib, sharmanda bo'ladi?

J: Mirzo Pirim

8. Mirzo Pirim Ruqiyabegimdan qochib, qayerlarda musofir bo'lib yashaydi?

J: Balx, Astrobod, Nishopur

9. Sultonmurod uchun go'zallar samosining oftobi kim?

J: Dildor

10. Kimlar shatranj o'ynab o'tirardi?

J: Xo'ja va Amir Xalil

11. Xuroson olimlari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri, u ilm dunyosiga yolg'iz shallaqilik bilan kirgan. Ta'rif kim haqida?

J: Mavlono Shahobiddin

12. Iste'dodli shoir, lekin ruhi fitna-fasodchi tili achchiq, o'jar, hayotda halol-xaromni farq qilmaydigan kishi kim?

J: Binoiy

13. Majlisda Navoiydan Foniy yo Navoiydan qaysu biri dilbar ekanligini kim so'raydi?

J: Modar Zodaiy

14. "Gulning to'ni qirq parcha bo'lsa ham, u guldir" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy (Sultonmurodga)

15. "Ilm ko'mig'liq xazina emas, jonli daraxtdir, o'smog'i, gullamog'i, meva bermog'i kerak" gapi kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy

16. Devondagi ishlarni bajarib ulgura olmayotgan ikki vazir kim?

J: Xo'ja Ato va Abduxoliq

17. Majdiddinning fikricha, "Zamonaning Aflotuni" kim?

J: Shahobiddin

18. Abu Said davrida o'n ming dinorlik vaqf mulkini yeb qo'yib, sharmanda bo'lgan shaxs kim?

J: Majdiddin

19. Hirotdagi yuzlarcha naqqoshlarning orasida eng oldingilardan turadigan, qidiruvchi fikrli, "Sayd Ruhullo" nomi bilan shuhrat qozongan shaxs kim?

J: Mirak Naqqosh

20. Mirak Naqqosh aytgan hirotlik yetim bola kim edi?

J: Kamoliddin Behzod

21. Uzun bo'yli, ingichka gavdasida noziklik va pishiqlik go'zal birikkan, o'n besh-o'n olti yasharlik o'spirin edi. Uning fikr, ilhom balqib turgan qora ko'zlarida uyatchanlik va toza, ulug' ruhga xos qandaydir ma'sumlik jilvalanardi. Ta'rif kim haqida?

J: Kamoliddin Behzod

22. Husayn Boyqaroning sevimli xotini kim?

J: Xasichabegim

23. Xadichabegimning eng e'timodli kanizagi qaysi?

J: Davlatbaxt

24. Husayn Boyqaro xotinlaridan biri bo'lmish Opoqbegimning turkman kanizlari qaysilar?

J: Xumor, Asalxon

25. Eron go'zali kim?

J: Zulfizar

26. "Yurakning dardini dardlashish bosadi" gapi asarda kim tomonidan aytilgan?

J: Davlatbaxt

27. Davlatbaxt Navoiyning qaysi g'azalini aytib beradi?

J: "Ko'rgali husningni..."

28. Hech kimning fikri bilan kelisholmaydigan o'jar, kajbahs bog'bon kim?

J: Darvesh Hoji

29. Navoiyning marhum tog'osining o'g'li bo'lgan yuragi g'uborsiz, rind tabiatli yigitcha kim?

J: Haydar

30. Xattotlarning sultoni kim?

J: Sultonali

31. U "kecha tong otkuncha, kunduz oqshom bo'lguncha" mutolaa qiladi. Birov bilan masala talashguday bo'lsa, o'zini ham, vaqtni ham unutib, yengmaguncha qo'ymaydi.

Ta'rif kim haqida?

J: Mir Mirtoz

32. Ba'zilar uning xislatlarini to'qqizga , ba'zilar o'n ikkiga olib boradigan, o'rta yoshli, qotma, ko'zlari sho'x ozarbayjonlik olim kim?

J: Xo'ja G'iyosiddin Dehdor

33. Majlisdagi jarroh kim edi?

J: Shayx Husayn

34. "Chaqmoq qancha baland chaqmasin, egri bo'lgani uchun, albatta, yerning qa'riga borur" gapi qaysi asarda uchraydi?

J: "Navoiy" romanida

35. Oltmish yoshlarga kirgan, lekin hali tetik, minglab odamlar ixlos qo'ygan dongdor shayx, she'ri , ilmiy asarlari bilan ovozasi o'z yurtidan uzoqlarga ketgan shoir, burushqoq mahsisidan boshlab oddiy sallasiga qadar darveshona bo'lgan shaxs kim?

J: Jomiy

36. Jomiy Navoiyga qaysi g'azalning forsiy namunasini taqdim etadi?

J: Navoiyning "Ochmag'ay erding jamoli olam oro koshki"

37. Kaltakesakdek rangsiz, qonsiz odam kim?

J: Shahobiddin

38. Hirotdan jo'nashda eshagi uchun "to'qumi Alisher" degan bir baloni ixtiro qilgan kimsa kim?

J: Binoiy

39. Shahobiddin qayerning lisonini Alloh Taolo ilhom chashmasi bilan sug'organini va hamma u lisonda yozmoqligi kerakligini aytadi?

J: eron

40. "Xalq bir podadir. Podani yo'lga solmoq uchun cho’ponga yolg'izgina gavron kerak" deb kim aytadi?

J: Majdiddin

41. Xadichabegimdan tug'ilgan podshohning sevimli o'g'li kim?

J: Muzaffar Mirzo

42. Madh alyo begim kim?

J: Xadichabegim

43. Xadichabegim Muzaffar Mirzoning yangi saroyiga kimni chaqirtiradi?

J: Majdiddin

44. Ortiqcha xushchaqchaqlikni yoqtirmasa ham, lekin har vaqt sokin va yuvish, kayfiyati joyida bo'luvchi qadrdon mulozim kim?

J: Shayx Bahlul

45. Sohib Doro sholchada yonboshlab, g'azal o'qiyotganda kim uning oldiga keladi?

J: Arslonqul

46. "...Tushda ham ko'rolmayman, Hirotdagi yorimni" qo'shig'ini kim dardli qilib kuyladi?

J: Arslonqul

47. "O'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma" maqoli kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy

48. Baland bo'yli, keng yag'rinli, qirg'iy burun yigit kim?

J: Qilichbek

49. Navoiyning fikricha, "o'ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo" bo'lgan odam kim?

J: Alishoh

50. Tohiriy nima bilan shug'ullanadi?

J: kavshdo'zlik

51. Shoirlar she'rlarda tarannum etgan go'zal bog' qaysi?

J: "Bog'i jahon oro"

52. "El moliga uzatilgan qo'llarni kesmoq kerak, agar navkarlar chigirtkalarga aylansalar, tez kunda el gadoy to'basini bo'yniga osur", —deb kim aytadi?

J: Navoiy

53. Yangi tayinlangan eshik og'asi kim edi?

J: Boboali

54. O'n ikki yashar shahzoda kim?

J: Muzaffar Mirzo

55. Mast qilingan fil bilan kurashgan pahlavon qaysi?

J: Molon Pahlavon

56. Muqova ustasi kim?

J: Sherali

57. Tunda o'ldirib ketilgan qiz kim edi?

J: Mir Halim bo'zchining qizi

58. Husayn Boyqaro aytgan afsonaviy g'oyat mohir josus kim?

J: Kamak Qayyo

59. Uzun, oriq, o'ynoqi ko'zli, ko'rinishida o'z soyasidan hurkadigandek ko'rinadigandek yigit kim?

J: Mirqobil

60. Navoiy g'azallardan mumkin qadar ko'proq kitib tuzishni kimdan o'tinadi?

J: Sohib Doro

61. Tunda o'ldirilgan bo'zchining qizi kimni sevardi?

J: naychi yigitni

62. Qotillar kimlar edi?

J: Majdiddinning yaqin qarindoshi; Muzaffar Mirzoning xos yigitlaridan , ya'ni Muhammad Ali Tarxonning kichik o'g'li

63. Qotillar kimning bog'ida sharob ichib o'tirishardi?

J: Gulimolonda amir Shujoiddin barlosning bog'ida

64. Navoiy kim(lar) dan yozayotgan ilmiy asarlari tugasa, Marvga bir nusxadan berib yuborishini so'raydi?

J: Mit Mirtoz , Sultonmurod

65. Navoiy Hirotdan chiqishi bilan, Marvga borish o'rniga qayerga boradi?

J: Sa'diddin Koshg'ariyning marqadi tomonga

66. Jomiy Navoiyga qaysi asarni sovg'a qildi?

J: "Bahlul Abror"

67. "Bahlul Abror" qaysi asarga javoban qalamga olingan?

J: Xusrav Hindiyning " Daryoyi Abror" iga

68. "Otashin la'leki toji Xusravanro zevarast,

Axrake bahri xayoli xom puxtan bar sar ast". Ushbu bayt qaysi asarning matla'si edi?

J: "Tuhfat ul-afkor"

69.Sultonmurodning doimiy shogirdi qancha edi?

J: o'n to'rtta

70. Shohrux madrasasiga mudarris tayinlangan shaxs kim?

J: Sultonmurod

71. "Yopar fonus birla shu'lasin sham,

Ko'rarlar pardadin ul shu'lani jam..." qaysi asarning bayti sanaladi?

J: "Farhod va Shirin"

72. Arslonqulning pochchasi kim?

J: yetmish yashar kulolchi odam

73. Xolasi kim?

J: Chevar-jo'madoz

74. Arslonqul uchun ko'hi qofdek yiroq joy qayer?

J: Saroy, haram

75. Qish tongining sovuq nuri kimning o'lik yuzida aks etgandi?

J: turkman qizi Gulsanam

76. Kim uchun o'lim bilan hayot orasidagi o'pqin(girdob) oddiy va yaqin narsa kabi sezila boshlanadi?

J: Dildor

77. Folbinning fikricha, kim kuch-quvvatda Rustamday?

J: Arslonqul

78. Dildornjng ko'ziga folbin qanday ko'rindi?

J: Bibi Fotimadek

79. Folbinning gaplaridan keyin Dildorga hokim bo'lib qolgan fikr nima edi?

J: Yo o'lim, yo yorga qovishmoq

80. Dildor xanjarni qayerdan topib olgandi?

J: Xadichabegimning ziyofatidan

81. Eng zolim, it fe'l, kanizaklar orasida "qopog'on" deb nom olgan qul kim?

J: Olloyor

82.Tabib kim?

J: mavlono Abdulhay

83. To'g'onbek kimga uylangan?

J: Abulziyoning go'zal qiziga

84. Dildordan dastlabki so'roqni kim so'raydi?

J: Erali jallodning o'g'li Pirmat kalla

85. "Daryo palid menashavad az dahani sak" misrasini kim eslaydi?

J: Zayniddin

86. Arslonqulning pochchasiga tegishli qilich qanaqa?

J: isfihon po'latli

87. Pochchasining otasi kim bo'lgan?

J: Amir Temurning bahodirlaridan

88. "Ya'juj-Ma'jujga qarshi otlanayotgan" kim?

J: Arslonqul

89. Najot izlab Alisherning yoniga, Marvga kim bormoqchi?

J: Arslonqul

90. Zulmga qarshi zamonning "sheri", haq va adolatning tig'i bo'lgan shaxs kim?

J: Navoiy

91. Arslonqul Marvga ketayotganda, kim xat yozib jo'matadi?

J: Sultonmurod

92. "Juvozkashning otiday" deb kim(lar) tasvirlangan?

J: zindonni aylanib yurgan Sultonmurod va Zayniddin

93. Olamning xazinasi Sultonmurodning boshiga jamlanganligini kim aytgan edi?

J: To'g'onbek

94. "Yomonlardan yaxshilik kutmoq , hayvon shoxida gul unmagini orzu qilmoq bilan barobardir" bayti kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy

95. "Kishilarni baxtli ko'rmakning o'zi ham baxtdir" gapi kim tomonidan aytiladi?

J: Sultonmurod

96. Mavlono Darvesh Shamrez kim?

J: latifachi devona

97. Sultonmurod kimga qarata " Haqiqat hamisha ustun, u hamisba g'olib chiqur" deb aytadi?

J: To'g'onbek

98. Dildor kimning xati tufayli omon qoladi?

J: Navoiy

99. Kulimsiragan ko'zli, hamisha mutavoze, kichkinagina shaxs kim?

J: Xo'ja Hasan

100. Madrasa va xonaqoh binolaridam iborat bir dast binoga qanday nom qo'yiladi?

J: "Ixlosiya"

101. Kasalxona va hammom qanday nomlandi?

J: "Shifoiya"

102. Kutubxona va shoir, do'stlari yashashi uchun solingan imorat qanday nomlandi?

J: "Unsiya"

103. "Ixlosiya" madrasasiga ilmi mantiq va riyoziyot mudarrisi bo'lib kim tayinlandi?

J: Sultonmurod

104. Tib ilmidan kim dars berishi belgilandi?

J: G'iyosiddin Muhammad

105. Navoiy qirq yoshida umrining buyuk g'oyasi, kuchli orzusini kimga ochdi?

J: Jomiyga

106. Ustma-ust qo'yilgan besh tog' qaysi?

J: "Xamsa"

107. "Navoiy janoblarining qo'llari taqir yerlardan chamanlar yaratadi" deb kim aytadi?

J: Sultonmurod

108. "Hazil, latifa—yorqin bur gukdirki, hidlasang maza qilasan" deb kim aytadi?

J: Binoiy

109. "Yomg'ir tomdi—yo'q bo'ldi" deb kim aytadi?

J: Sohib Doro

110. Saroy makkorlarining oqsoqoli kim?

J: Pir Hoji Bakovul

111. Suv bilan olovday dushman kimlar?

J: Ikki vazir—Xo'ja Afzal va Nizomulmulk

112. Husayn Boyqaroga ikki ming tumanni va'da qilgan shaxs kim?

J: Majdiddin

113. Boyqaro Navoiyni qayerga hokim qiladi?

J: Astrobod

114. Eshik og'a kim?

J: Boboali

115. Majdiddin Boyqaroning farmoni bilan qanday lavozimga ko'tarildi?

J: bosh vazir

116. Majdiddinga vazir bo'lganda, qanday unvon beriladi?

J: "Mu'tamad ul-saltanat va mu'imtan -ul mamlakat"

117. "O Mir, tu piti mo ba irshodi tuyyom,

Doim ba duogo'yi-yi bo yodi tuyyom" misralari muallifi kim?

J: Pahlavon Muhammad Sand

118. Navoiy Astrobodda nima yozishga kirishdi?

J: "Devon"

119. "Orazin yopg'och ko'zumdin..." misrali g'azalga kim fors va turkiyda aytgan o'n ikki ming baytini almashmoachi bo'ladi?

J: Lutfiy

120. Haydarning taxallusi qanday?

J: Sabuhiy

121. Haydarning aytishicha, Navoiy "Favoyid ul-kibar" ni yozishga kirishganda necha yosh edi?

J: qirq yetti

122. Navoiy umrni to'rt faslga bo'lib, yozilmish narsalarni tartiblashni kim g'oyat maqbul ko'rganligini aytadi?

J: Jomiy


123. "Soqol oqi o'limga peshravdir,

Tiriklik sabzasi uzra qirovdir" bayti Navoiyning qaysi asaridan olingan?

J: "Xamsa"

124. Hirotda yaxshiliklarga ajdahoday olov va zahar purkayotgan shaxs kim?

J: Majdiddin

125. "Lo'lining chirmandasi yorilsa, gardishi maymunga o'yinchoq bo'ladi" deb kim aytadi?

J: Navoiy

126. Navoiyning fikricha, savdosi katta, lekin xarob shahar qaysi?

J: Astrobod

127. Kim hirqapo'shlarga qanchalik nafrat qilsa, o'z xayolida tasavvur etgan va tarixda nodir uchragan haqiqiy darveshlarga ahunchalik muhabbat tuyardi darveshlikni haqiqat ishqi, donolik manbai deb hisoblar edi?

J: Navoiy

128. Dildor va Arslonqulning nechta farzandi bor edi?

J: 2 ta :bir qiz, Oynisa 4 yosh, bir o'g'il

129. Arslonqulning xolasi kim?

J: Zubayda

130. Dildor qanday ish qilar edi?

J: chevarchilik

131. Rumdan kelgan Chalabiy degan zo'r olimni yenggan shaxs kim?

J: Sultonmurod

132. "Havzi Mohiyon" da kurashgan ikki mashhur oahlavon qaysi?

J: Pahlavon Olam, Molon Pahlavon

133. Mashhur pahlavon bilan kurashga solish uchun o'zining o'n yetti yashar jiyanini gushtigirlik ilmi asosida tayyorlayotgan shaxs kim?

J: Muhammad Said Pahlavon

134. "Qil qalam" laqabli obraz qaysi?

J: Sulton Ali

135."Aybsiz yolg'iz Parvardigordir" deb kim aytadi?

J: Majdiddin

136. Shahobiddinning fikricha, kimning qalami bodraftordek ravon?

J: Sultonmurod

137. "So'z bir— Alloh bir " deb kim aytadi?

J: Shahobiddin

138. "So'z teri emaski, kafshdo'zdek suv purkab, chaynab torta bersang", - asarda kim aytadi?

J: To'g'onbek

139. Alisher Navoiyni bu dunyodan olib tashlash fikrini kim aytadi?

J: To'g'onbek

140. Husndor, xushmuomala, qizlarday uyatchan shaxs kim?

J: Shahobiddinning jiyani

141. "Aybni qilmoqdan ko'ra, aybni iqror qilmaslik yomon" gapi asarda kil tomonidan aytiladi?

J: Shahobiddinning jiyani

142. Arslonqulning fikricha, beli ilmda chumolining beliday mo'rt bo'lgan shaxs kim?

J: Shayxulislom

143. "Fikrlarning sayr-sayohati uchun qog'ozlar tolmas qanot kabidir, ular tog'dan ham, dengizdan ham uchib o'tgusi" gapi kim tomonidan aytiladi?

J: Zayniddin

144. Bosh tabib kim?

J: Abdulhay

145. Makka sayohatini bahona qilib Yaqubbekning oldiga borgan shaxs kim?

J: Xo'ja Afzal

146. Favqulodda iste'dodli olim kim?

J: Sultonmurod

147. "Gulning to'ni qirq yamoq, barglari yirtiq bo'lsa ham husni toza emasmi" gapi kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy

148. Abdusamadning bobosi Shobrux Mirzo zamonida kim bo'lgan?

J: jallod

149. Abdusamad otasi o'lganda necha yoshda edi?

J: o'n yosh

150. Majdiddinning saroydagi ishonchli, qadrdon josusi kim?

J: Pir Hoji Bakovul

151. Navoiynkng eski qadrdon oshpazi kim edi?

J: Hasan Sayyoh

152. Hasan Sayyohning o'rniga kim oshpaz bo'ldi?

J: Abdusamad

153. Navoiyning chizgan rasmi qanday edi?

J: zanjirband sherning rasmi

154. Abdusamad tayyorlagan sho'evaning ichida bir balo bor ekanligini Navoiyga kim aytadi?

J: Hasan Sayyoh

155." Xursandchilik tirikchilikning ziynatidir", —deb kim aytadi?

J: Jomabof

156. "Podshohning davpat qushi aslida talov qushi bo'lsa kerak, —deb o'ylagan shaxs kim?

J: Arslonqul

157. Yaxshigina shoir bo'lgan bukri shahzoda kim?

J: G'arib Mirzo

158. To'yi bo'layotgan Muzaffar Mirzo necha yoshda?

J: o'n besh

159. Bo'zchisidan shoiri ko'p bo'lgan shahar qaysi?

J: Hirot

160. Muzaffar Mirzoga kelin kim edi?

J: Xonzoda begim

161. Mirzolarga Alisher Navoiyning g'azabli salomini keltirgan shaxs kim?

J: Haydar

162. "Shoh va gado" asari muallifi kim?

J: Mavlono Hiloliy

163. Podshohga yaqin turmoq, og'zini ochgan ajdahoga yaqin turmoq bilan barobar ekanligini aytgan shaxs kim?

J: Navoiy

164. "Ko'mirchining yuzi qora, jallodning ko'zi qon" deb kim aytadi?

J: Navoiy

165. "Musiqiy ijod to'g'risida musiqiysiz so'zlashmoq maholdir" deb kim aytadi?

J: Kamoliddin Behzod

166. Tabiatning o'zi husni mutlaqning bepoyon jilvalar ko'rsatgan ulug' ko'zgusi ekanligini kim aytadi?

J: Navoiy

167. Alisherning o'rniga Astrobodga tayin etilgan shaxs kim?

J: Amir Mo'g'ul

168. Qandahor hokimi kim?

J: Arg'unbek

169. "Tojdor bo'lmoq tilagan boshlar o'limdan qo'rqmaydi" deb kim aytadi?

J: Muzaffar Mirzo

170. Badiuzzamonning o'g'li kim?

J: Mo'min Mirzo

171. Oqillarning ishi xatolarni tuzatmoqlik ekanligini kim aytadi?

J: Nizomulmulk

172. "Vafosizlik qadar qabig badnomlik yo'qdir. Tangri bir, so'z bir" deb kim aytadi?

J: Nizomulmulk

173. Navoiyning fikricha, ilmi jarri saqil(mexanika) dan ma'lumot sohibi kim?

J: Mirak Naqqosh

174. Navoit ko'rsatgan Hirot kosasini kim yasagan edi?

J: Muhammad Jamol

175. Husayn Boyqaro Balxda Sulton Mahmud ustiga qo'shin tortish uchun kimning "Chahor bog'i" ga qo'nadi?

J: amir Arg'un

176. Balx hokimi sifatida Darveshalini kim qamashi kerak edi?

J: Navoiy

177. "Sub keltirga xor-u zor, ko'za sindirgan aziz" maqoli kim tomonidan aytiladi?

J: Navoiy

178. Podshohga yigirma ming dinor sovg'a qilib, uning ostonasida "it bo'lish bilan faxrlanishini" aytgan obraz qaysi?

J: Majdiddin

179. Burunduq barlosning o'g'li kim?

J: Shujoiddin Muhammad

180. Uvays Mirzoni taxtga mindirmoqchi bo'lgan obraz(lar) qaysi?

J: Burunduq barlos, Shujoiddin Muhammad

181. Boyqaro Majdiddinning barcha mol-mulkini olib kelishni kimga buyurdi?

J: Amir Ali Atka

182. Majdiddinning aytishicha, uning hayotidahi eng katta xato qaysi edi?

J: Navoiyga dushmanlik qilgani, 20 yildan ortiq unga qarshi harakatlar qilgani

183. Jomiyning o'g'li kim?

J: Ziyoiddin Yusuf

184. Jomiy boshida kim muttasil Qur'on o'qir edi?

J: G'iyosiddin Dehdor

185. Jomiy qayerga dafn etildi?

J: Sa'diddin Koshg'ariy mozorining yoniga

186. Xalq orasida " Balogardon" unvoni bilan mashhur shaxs qaysi?

J: Bahouddin Naqshband

187. Qandahor hokimi kim?

J: Zunnun Arg'unbek

188. O'yinchi topilsa, har narsani, madrasadagi darslarni ham unutib yuboradigan shatranjparast olim kim?

J: Mir Mumtoz

189. Rind tabiatli olim, zamonning eng ulug' tarixchisi kim?

J: Mirxond

190. Mirxondning o'n ikki yashar nabirasi kim?

J: G'iyosiddin Muhammad(Xondamir)

191. Mir Mumtoz yozayotgan tarixiy asar qaysi?

J: "Ravzat us-safo"

192. Sherandom bo'ylik qilichboz kim ?

J: Husayn Boyqaro

193. Qunduzga yuborilgan Badiuzzamon kimdan kaltak yegan edi?

J: Xusravshoh

194. Husayn Boyqaro Haydar Mirzoga kimni olib berdi?

J: Sulton Mahmudning qizi

195. Boyqaroning bosh o'g'li, valiahd kim?

J: Badiuzzamon

196. Boyqaroning shahzodalari qancha?

J: o'n to'rtta

197. To'kilgan har bir tomchi qon ulug' jinoyat ekanligini kim aytgan?

J: Navoiy

198. Nizomulmulkning farzandlari kimlar edi?

J: Kamoliddin Husayn, Amidalmulk

199. O'qimishli, g'oyat nozik tabiatli, shirin so'z, nazokat va ta'zimni juda joyiga tushiradigan yigit kim?

J: Kamoliddin Husayn

200. Nizomulmulkning harbiy ishlarga maroqli bo'lgan o'g'li kim edi?

J: Amidalmulk

201. Zunnun Arg'unbekning o'g'li kim?

J: Shoh Shujobek

202. "Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz" deb kim aytadi?

J: Zunnun Arg'un

203. Badiuzzamon Balxga ketayotganda, Astrobodni kimga topshirib ketadi?

J: Mo'min Mirzo

204. Aql sharobda erib ketishini kim aytgan?

J: Amidalmulk

205. Qalin soqolli, kichik yuzli, ko'zlarida doimo qotgan qandaydir bur xiralik ko'ringan odam—so'roq va qiynoq mutaxassisi kim edi?

J: Amr Obodiy

206. Husayn Boyqarodan Mo'min Mirzoni o'ldirish haqidagi farmonni kim olib beradi?

J: Xadichabegim

207. Ayol makrining bir uchquni siyosatda zo'r yong'inlar yaratishi mumkinligini kim aytadi?

J: Navoiy

208. Har vaqt zardali, achchiq so'z, dag'alroq, lekin shu bilan baravar sodda, kamtar bek kim?

J: Valibek

209. Dildor kimdan qilich olib, jangga keladi?

J: Tangri Berdi yasovulning qizidan

210. Jangda vafot etgan Xurosonning bebaho gavhari kim?

J: Zayniddin

211. Shoira, qo'shiqchi go'zal ayol kim?

J: Zayniddinning xotini

212. "Otang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l", —deb kim aytadi?

J: Arslonqul

213. "Dushman ikki shohdan, bir-biriga yaqin va do'st ikki darvesh yaxshi" deb kim aytadi?

J: Navoiy

214. "Inson uchun toj kiymoq shart emas, balki nomys ham vijdon sohibi bo'lmoq, jamiyat oldida o'z ma'suliyatini sezmoq shart " deb kim aytadi?

J: Navoiy

215. Sobiq qozi Shahobiddinning aslida Muzaffar Mirzo josusi ekanligini Navoiyga kim aytadi?

J: Zamoniy

216. She'r va fikr o'chog'i, Xuroson, Movarounnahrning ko'rki,, iftixori, qalbi va vijdoni nima?

J: "Unsiya"

217. Ikki pahlavon til qaysi?

J: o'zbek va fors tillari

218. Sultonmurod yozgan mashhur asari qaysi?

J: "Jomiul funun"

219. Navoiy qachon vafot etadi?

J: hijriy 706-yil 12-jumodiloxir(1501-yil )

220. Navoiy qayerga dafn etiladi?



J: "Jome" ga

Tuzuvchi: OYPOPUK ANORBOYEVA

Kurs rahbari: MAVLON BURXONOV
Download 42.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling