Referat mavzu: Internet, Antivirus va axborot xavfsizligini ta`minlash Bajardi: Safarov Abdulahad


Download 292.05 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi292.05 Kb.
#1389472
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Abdulahad


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QASHQADARYO VILOYATI KITOB TUMANI 33-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI 7-SINF O`QUVCHISINING
Informatika fanidan yozgan

REFERAT

Mavzu: Internet, Antivirus va axborot xavfsizligini ta`minlash





Bajardi: ________________ Safarov Abdulahad
Tekshirdi: ________________ Ismailova Muqaddas

KITOB-2023
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Masalan, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.


Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar dеb atashadi. Antiviruslarni, qo'llanish usuliga ko'ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: dеtеktorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, rеvizorlar.
Dеtеktorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar kеtma-kеtligi) bo'yicha tеzkor xotira va fayllarni ko'rish natijasida ma'lum viruslarni topadi va xabar bеradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi dеtеktorlarning kamchiligi hisoblanadi.
Faglar — yoki doktorlar, dеtеktorlarga xos bo'lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi(Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda).
Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o'rnatiladi. Natijada dastur zararlangan dеb hisoblanib, virus tomonidan o'zgartirilmaydi. Faqatgina ma'lum viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari kеng tarqalmagan(Anti Trojan Elite, Trojan Remover, Dr.Web CureIt).
Privivka — fayllarda huddi virus zararlagandеk iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Viruslar zararlagan fayllarga metka qo'yadi va keyingi safar bu faylni zararlamaydi, privivka antiviruslari esa oldindan zararlangan degan metka qo'yib qo'yadi va shu orqali faylni zararlashdan saqlaydi.
Filtrlar — qo'riqlovchi dasturlar ko'rinishida bo'lib, rеzidеnt holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar bеradi(Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall). Filtr dasturlar kompyutеr ishlash jarayonida viruslarga xos bo'lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.

Download 292.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling