“Ekonometriya” fanidan yozgan mustaqil ishi
Download 173.26 Kb.
|
Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOZOR HAJMINI ANIQLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH Reja: Kirish 1.Iqtisodiy o’sishning ekonometrik modeli
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Buxoro Davlat Universiteti Sirtqi ta’lim 9/2 – Iqtisodiyot guruhi talabasi Musoev Farruxning “Ekonometriya” fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish. 2022-yil
BOZOR HAJMINI ANIQLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH Reja: Kirish 1.Iqtisodiy o’sishning ekonometrik modeli 2. Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash. 3. Imitatsion model tushunchasi va mohiyati. 4. Kompleks usulli modellari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi. Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi tadbiq etilgan. 1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir. Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan. R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan darajasigacha ko’tarilishi mumkin”. Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga maksimal yoki minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Download 173.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling